
Shaharses.uz | Rasmiy kanal
#Tavsiya
🟡
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🧠
MENINGIT — XAVFLI KASALLIK! UNING BELGILARINI BILASIZMI?
⚠️
Meningit — bosh miya va orqa miyani o‘rab turuvchi pardalarning yallig‘lanishi bilan kechadigan jiddiy kasallik. U ayrim hollarda tez rivojlanib, inson hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
🛡
Meningitning oldini olish uchun
emlash bo‘yicha shifokor tavsiyalariga amal qilish, qo‘llarni muntazam yuvish, xonalarni shamollatish va kasallik alomatlari kuzatilganida o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish muhim.
🎙
Ushbu videoda
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi
epidemiologiya vrachi
Shohsanam Abdullayeva
meningitning xavfi, klinik belgilari va profilaktikasi haqida muhim ma’lumotlar beradi.
🚨
Eslatma:
meningitga xos belgilar, ayniqsa isitma va kuchli bosh og‘rig‘i bilan birga bo‘yin qotishi yoki ong o‘zgarishi kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Barcha belgilar bir vaqtda namoyon bo‘lishini kutmang.
👁
Salomatligingizga befarq bo‘lmang! Videoni yaqinlaringiz bilan ulashing — muhim ma’lumotlar inson hayotini saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🟡
🟦
🟦
🟦
⚠️
KEMIRUVCHILAR TISHLAB OLISHI DA’VOSI YO‘Q QUTURISH KASALLIGIGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN!
🚨
Eng muhim jihati:
kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lgach, u deyarli 100 foiz hollarda o‘lim bilan yakunlanadi.
Ammo o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam va vaksina kasallikning oldini olishga yordam beradi.
🐕
It, mushuk yoki boshqa hayvon tishlasa yoki tirnasa:
— jarohatni zudlik bilan sovun va suv bilan kamida 15 daqiqa yuvish;
— darhol tibbiyot muassasasiga murojaat qilish;
— shifokor tavsiyasiga ko‘ra quturishga qarshi emlash kursini o‘z vaqtida olish zarur.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram
| Instagram |Web sayt
🔴
🟦
🟦
🟦
🏫
MAKTABLARDA SANITARIYA NAZORATI: ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI
🔎
Bugun
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi
xodimlari tomonidan tumandagi 169-sonli umumta’lim maktabida rejali sanitariya nazorati o‘tkazildi.
🎯
Nazoratdan ko‘zlangan maqsad
— ta’lim muassasasida sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga rioya etilishini o‘rganish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini ta’minlash hamda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar holatini baholashdan iborat.
✏️
Nazorat yakunlari bo‘yicha
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab direktoriga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
⚠️
Nima uchun bu muhim?
Ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
✅
Sanitariya qoidalariga rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va profilaktik tadbirlarni muntazam amalga oshirish har bir ta’lim muassasasi mas’ullarining muhim vazifalaridan biridir.
📌
Sanitariya nazorati — sog‘lom avlod va xavfsiz ta’lim muhiti yo‘lida muhim qadam!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
🟡
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🍁
MAVSUMIY KASALLIKLARGA QARSHI QANDAY KURASHISH MUMKIN?
🌡
Fasllar almashishi bilan gripp, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) va boshqa mavsumiy kasalliklar ko‘proq uchrashi mumkin. Bunday paytda salomatlikni asrash, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish muhim.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
🔴
🟦
🟦
🟦
🛡
PROFILAKTIKA TADBIRLARI NAZORAT QILINMOQDA
🦠
Mavsumiy gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar (O‘RI) bolalar jamoalarida tez tarqalishi mumkin. Shu bois ta’lim tashkilotlarida kasalliklarning oldini olish, infeksiya alomatlarini erta aniqlash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
🔎
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo'limi
mutaxassislari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar o‘rtasida gripp va O‘RI tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar monitoring qilinmoqda.
❓
Monitoring davomida nimalarga e’tibor qaratilmoqda?
🌡
Ertalabki tibbiy filtr
— bolalarning sog‘lig‘ini kuzatish, kasallik alomatlarini erta aniqlash va zarur choralarni ko‘rish.
🏥
Izolyator xonalari
— kun davomida o‘zida kasallik belgilari kuzatilgan bolalarni vaqtincha alohidalash uchun tegishli sharoitlar yaratilganligi.
🌬
Harorat va mikroiqlim
— xonalarda belgilangan harorat me’yorlariga rioya qilinishi hamda xonalarni shamollatish tartibi.
🧼
“Toza qo‘llar” dasturi
— bolalarning qo‘l yuvishi uchun zarur sharoitlar, gigiyenik vositalar bilan ta’minlanganlik va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi.
🧴
Dezinfeksiya tadbirlari
— xonalar va umumiy foydalanish joylarida dezinfeksiya ishlarining tashkil etilishi hamda zarur dezinfeksiya vositalarining mavjudligi.
💉
Emlash targ‘iboti
— o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida mavsumiy grippga qarshi emlanishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi.
📌
Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olingan.
✅
Unutmang
, muntazam gigiyena, toza va shamollatilgan xonalar, kasallik alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda profilaktik tavsiyalarga amal qilish bolalar jamoalarida respirator infeksiyalar tarqalish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
🟡
🟦
🟦
🟦
🦠
GRIPP VA O‘RVI: SALOMATLIGINGIZNI ASRANG!
🍂
Sovuq mavsumda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) keng tarqalishi mumkin. Ular oddiy shamollash kabi ko‘rinsa-da, ayrim hollarda jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
⚠️
Ularning xavfi nimada?
💬
Gripp va O‘RVI tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, burun oqishi, bosh og‘rig‘i va holsizlik bilan namoyon bo‘ladi. Gripp pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, yosh bolalar, keksalar, homiladorlar va surunkali kasalligi bor insonlar ehtiyot bo‘lishlari lozim.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
🟡
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🍽
MAKTAB OSHXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR: BOLALAR SALOMATLIGI — BOSH MAQSAD!
🏫
Maktab oshxonasi — o‘quvchilar kun davomida ovqatlanadigan muhim maskan. Bu yerda taomlarning sifati va xavfsizligi, oshxona tozaligi hamda xodimlarning shaxsiy gigiyenasi bolalar salomatligini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega.
⚠️
Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmasligi oziq-ovqatning ifloslanishi, ovqatdan zaharlanish va ayrim yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini oshirishi mumkin.
🌿
UNUTMANG!
Maktab oshxonasida gigiyena qoidalariga rioya qilish — shunchaki tozalik masalasi emas. Bu bolalarni oziq-ovqat bilan bog‘liq xavflardan himoya qilish, sog‘lom ovqatlanish muhitini yaratish va ularning salomatligini asrashga qaratilgan muhim mas’uliyatdir.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
🟡
🟦
🟦
🟦
☄️
FARZANDINGIZ QO'L YUVISH QOIDALARINI QAY DARAJADA BILADI?
Hojatxonadan so‘ng qo‘l yuvmaslik – kasalliklarning tez tarqalishiga olib keluvchi asosiy omillardan biridir. Bolalarda bu odat shakllanmasa, ichak infeksiyalari va boshqa virusli kasalliklar xavfi ortadi.
🧼
Sovun va suv – bu kasalliklarga qarshi eng samarali vosita! Farzandingiz sog‘lig‘i uchun gigiyenaga e’tiborli bo‘ling!
🔝
Videoni tomosha qiling va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ulashing.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt
🟡
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🩺
TIBBIY KO‘RIK VA SANITARIYA MINIMUMI — SALOMATLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI!
👩🍳
🍽
Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish, aholiga xizmat ko‘rsatish hamda boshqa tegishli sohalarda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun shaxsiy gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya etish nihoyatda muhim.
🔎
Tibbiy ko‘rik nima uchun kerak?
📚
Sanitariya minimumi kurslari nimani o‘rgatadi?
⚠️
Nima uchun bunga befarq bo‘lmaslik kerak?
❌
Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik kasalliklar tarqalish xavfini oshirishi mumkin.
✅
O‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va sanitariya bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash esa xodimlar hamda ular bilan muloqot qiluvchi insonlar salomatligini muhofaza qilishga yordam beradi.
📌
Unutmang!
Sanitariya qoidalariga amal qilish — shunchaki talab emas, balki har bir inson salomatligi va jamoat xavfsizligi uchun mas’uliyatdir!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Web sayt