
TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi
Bugun Toyloq tumani hokimligida qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi rahbariyati, soha mas’ullari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda fermer xo‘jaliklarining daromadliligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, takroriy ekinlarni o‘z muddatida ekish uchun dalalarni sifatli tayyorlash, sertifikatlangan urug‘lik bilan ta’minlash, ekish jarayonining borishi hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Muhokamalar davomida qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar bo'yicha seminar
Toyloq tumani sogʻliqni saqlash bo‘limiga qarashli Tepaqishloq 18-sonli oilaviy poliklinikasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi bo'yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda DMED ilovasi va uning qulayliklari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Bugungi kunda aholiga elektron retseptlar asosida dori-darmonlar yozilishi, reimbursatsiya asosida 7 xil turdagi kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turuvchi bemorlarga 69 turdagi dori-darmonlar bepul berilishi haqida fikr almashinildi.
Seminar bahs va munozaralar, savol-javoblar bilan yakunlandi.
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
Youtube
OAV biz haqimizda
Yangi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar xalqimiz turmush farovonl
https://xs.uz/kr/news/-2f50a6f4
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
Youtube
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASI IJROSI NAZORATDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi
PQ–392-son qarori
ijrosini ta’minlash hamda Samarqand viloyatida belgilangan “drayver” loyihalarni amalga oshirish maqsadida Toyloq tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Xususan, Xo‘jaqishloq, Saribozor, Jumabozor va Jalolobod mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi
“Darg‘om” kanali
bo‘yida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy biznes infratuzilmasini yaratish hamda “Sohil bo‘yi” maskani loyihasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamda mutasaddi rahbarlar loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.
O‘rganish davomida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1,5 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi barpo etilgani ko‘zdan kechirilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi.
Shuningdek, hududni obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 141 ta beton tayanch ustun o‘rnatilib, elektr tarmoqlarini tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Tumanda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish hududini yaratishga xizmat qiladi.
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
Youtube
Toyloq tumani hokimi koreyalik investorni qabul qildi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Janubiy Koreyalik qurilish sohasi muhandisi va investor bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilish sohasidagi islohotlar hamda istiqbolli investitsiya loyihalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy etish va yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish borasidagi takliflarni muhokama qildilar.
Shuningdek, investor tumandagi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan joyiga chiqilgan holda tanishtirildi. Hududning investitsiyaviy salohiyati, mavjud infratuzilma va qurilish uchun qulay imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
Youtube
⚡️
Qurilish tashkilotlari va fuqarolar diqqatiga!
Qurilish, qazish ishlarini olib borayotganda aloqa tarmoqlariga shikast yetkazmang! Bunda albatta tegishli aloqa tashkilotlarini xabardor qilishingiz zarur!
❗️
Aks holda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishingiz mumkin
.
#doimiy_komissiya
Toyloq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari muhokama qilindi
✔️
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Toyloq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A. Sharipovning xulosa va taklifi hamda budjet mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha umumlashtiruvchi komissiyaning bayonnomasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi.
✔️
Muhokamalar davomida mablag‘lardan amaldagi qonunchilik talablari asosida samarali va maqsadli foydalanish, hududlarni rivojlantirish hamda ustuvor yo‘nalishlarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mazkur masalani xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Bizni kuzatib boring:
👇
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube
Prezidentimiz Italiya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Jazoir, Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon va Qozogʻiston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
—
Президент нашей страны принял верительные грамоты у послов Италии, Палестины, Саудовской Аравии, Кувейта, Алжира, Малайзии, Пакистана, Азербайджана и Казахстана.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
DOLZARB 40 KUN: PROFILAKTIK TADBIRLAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA
“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toyloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Yastepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli profilaktik hamda targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida aholi xonadonlarining sanitariya holati o‘rganilib, hududlarni obodonlashtirish, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish, ichimlik suvidan xavfsiz foydalanish hamda o‘tkir yuqumli ichak va parazitar kasalliklarning oldini olish yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, hovli va ko‘chalarni ozoda saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya talablariga muvofiq iste’mol qilish hamda kasallik alomatlari kuzatilgan taqdirda o‘z vaqtida tibbiy muassasaga murojaat qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tuman hokimi navbahorlik yoshlar murojaatini joyiga borib o‘rgandi
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Navbahor mahallasining Dehqonobod qishlog‘ida bo‘lib, mahalla yoshlari tomonidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Hududdagi stadionning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur sport maydonini qayta tiklash, uni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash hamda mahalla yoshlari uchun doimiy foydalaniladigan sport maskaniga aylantirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi. Mas’ullarga stadionni qisqa muddatlarda foydalanishga tayyorlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi Dehqonobod qishlog‘i ko‘chalarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish hamda infratuzilmani tartibga keltirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Qishloq faollari bilan o‘tkazilgan samimiy muloqotda hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, umumxalq hasharlarini samarali tashkil etish hamda aholi va yoshlarning bu jarayonlardagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
Youtube