Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

toyloq_hokimligi
Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart. MUROJAATLAR UCHUN @toyloq_murojaat_bot
Подписчики
13 508
24 часа
-8
30 дней
-835
Просмотры
1 792
ER
13,27%
Посты (30д)
520
Символов в посте
1 075
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 19, 16:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎉
TOYLOQLIK PEDAGOG — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI!
Quvonchli va faxrli xabar!
Prezident tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilgan
“Yil o‘qituvchisi”
tanlovida 208 nafar pedagog g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Quvonarlisi, g‘oliblar safidan
toyloqlik 2-maktab o‘qituvchisi Esanova Nigina Tulkinovna
ham joy oldi!
👏
Bu yuksak natija
Nigina Tulkinovna
ning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, pedagogik mahorati va ta’lim-tarbiya yo‘lidagi samarali mehnatining munosib e’tirofidir.
🌟
Hurmatli Nigina Tulkinovna!
Sizni ushbu ulkan yutuq bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatingizda yangi marralar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.
Toyloq ahli Siz bilan faxrlanadi!
🇺🇿
👏
🏆
Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 15:53
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Xo‘jaqishloq mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Xo‘jaqishloq mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlarining ijtimoiy holati, daromad manbalari hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida Nuriddin Murodovning ishga joylashish bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqilib, uni munosib ish bilan ta’minlash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
Gulchehra Akramovaning kardiologiya yo‘nalishida davolanishga ehtiyoji borligi o‘rganilib, Qorayev Mahmadaminning ham davolanish masalasi tegishli mutasaddilar nazoratiga olindi.
Shuningdek, Feruza Boboxonovaning tibbiyot sohasida hamshira sifatida ishga joylashish bo‘yicha murojaati tinglanib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
Bahron Jo‘rayev, Olimjon Saidov xonadonlaridagi holat ham o‘rganilib, mavjud masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Nargiza Jalolovaning uy-joyini ta’mirlashga ehtiyoji borligi o‘rganildi. Shuningdek, uning daromad manbasini yaratish maqsadida tikuvchilik mashinasi olib berish bo‘yicha taklif bildirildi.
Aholi bilan muloqot davomida har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish va ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 15:50
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Ta’zim sizga, ustoz va murabbiylar!
62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ta’zim sizga, ustoz va murabbiylar!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Bayram dasturidan o‘quvchilar tomonidan ustoz va murabbiylarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari o‘rin oldi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi va “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ayniqsa, o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari, sportdagi chaqqonligi va bilimdonligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 15:40
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Ijtimoiy obyektlar qurilishi va ta’miri bo‘yicha yig‘ilish
Toyloq tumanida qurilishi va qayta ta’mirlanishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari quruvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda masʼullar biriktirilgan vakillar hamda quruvchilar qatnashdi. Uchrashuvda hududdagi maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy obyektlarda amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari muhokama qilindi.
Mas’ullarga qurilish jarayonlarini belgilangan loyiha va me’yoriy talablar asosida tashkil etish, ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 15:39
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Jalolobod mahallasida mahalla mas’ullari, nuroniylar hamda faol pedagoglar hamrohligida ehtiyojmand oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolari va mavjud ehtiyojlarini o‘rgandi.
Xonadonlar bilan muloqotlar davomida fuqarolarning sog‘lig‘i, farzandlarining ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, oilaviy sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni joyida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday xonadonlarning holidan muntazam xabar olish, ularni qo‘llab-quvvatlash va oilalar farovonligini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 08:49
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Saribozor mahallasida aholi murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, mahalla mas’ullari hamda nuroniylar ishtirokida Saribozor mahallasida xonadonma-xonadon yurib, aholining muammolari, murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolarning uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, sog‘lig‘ini tiklash va bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Ashurboyeva Shaxnoza uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Mazkur masalani qonuniy tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Malika Sodiqovaning jigar sohasi bo‘yicha davolanishga ehtiyoji borligi o‘rganilib, tibbiy ko‘rik va zarur davolanish choralarini tashkil etish masalasi belgilandi.
Sami bobo Raximovning tish proteziga ehtiyoji bo‘yicha murojaati ham e’tiborga olinib, tibbiy yordam olish uchun tegishli tartibda yo‘naltirildi.
Shuningdek, mahallada kosibchilik bilan shug‘ullanib, oilasi daromadini ta’minlab kelayotgan Ilhom Sayidmurodovning faoliyatini kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Jumabozor bozori hududida unga qulay faoliyat yuritishi uchun savdo shoxobchasi tashkil etish imkoniyatlari o‘rganildi.
Nuroniy To‘xtamurod ota Sayidmurodovning salomatligi ham e’tibordan chetda qolmadi. Uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va zarur hollarda davolanishini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
O‘rganishlar davomida har bir murojaatni manzilli hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 08:38
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Toyloq markazida yangi turar joy massivi loyihasi o‘rganildi
✔️
Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamda faol nuroniylar ishtirokida tuman markazida qad rostlashi rejalashtirilayotgan yangi ko‘p qavatli turar joy massivi loyihalari bilan tanishildi.
✔️
Taqdimot davomida hududni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️
Xususan, “Toyloq Avenue” loyihasida turar joylar bilan bir qatorda aholi uchun zarur infratuzilma obyektlari, bolalar maydonchalari, dam olish hududlari, avtoturargoh va boshqa qulayliklarni tashkil etish ko‘zda tutilgani qayd etildi.
✔️
Mas’ullarga loyiha doirasida hududning mavjud infratuzilmasi, transport va piyodalar harakati, obodonlashtirish hamda aholining kundalik ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️
Shuningdek, nuroniylar tomonidan loyihaning hudud qiyofasiga uyg‘unligi, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishi va qurilish ishlarida sifat talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 06:58
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🍅
Toyloq tumani jamoasi “Pomidor sayli”da g‘olib bo‘ldi
Bulung‘ur tumanidagi Fozil Yo‘ldosh mahallasida viloyat miqyosidagi III “Pomidor sayli” bo‘lib o‘tdi.
Bayramona tadbirda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Unda Toyloq tumani qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari ham faol qatnashib, hududda yetishtirilayotgan namunali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini keng namoyish etdi. Tuman jamoasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma o‘zining rang-barangligi, mahsulotlar sifati va ko‘rgazmali taqdimoti bilan ishtirokchilar e’tiborini tortdi.
Quvonarlisi, Toyloq tumani jamoasi “Eng yaxshi ko‘rgazma” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube

September 19, 05:53
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.
​Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.
​Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.
​Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
​Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.

Вместе с Президентом посетили ряд объектов в Каракалпакстане.
Побывали в новой медицинской академии, на предприятиях и в интенсивных садах, посмотрели, какие условия создаются для работы и повышения доходов людей.
Главным событием стал запуск целого ряда крупных проектов в энергетике, промышленности, транспорте, медицине, цифровой инфраструктуре и других сферах.
Многие из них реализуются вместе с солидными зарубежными партнёрами. Инвестиции в Каракалпакстан растут, появляются новые масштабные проекты. Это говорит о серьёзном доверии к нашей стране и возможностям, которые мы создаём для бизнеса.
Мы намерены двигаться дальше. Привлекать ещё больше инвестиций, расширять круг международных партнёров и запускать проекты всё большего масштаба.

September 19, 01:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#iqtibos
«Insonning kelajagini bashorat qilish uchun uning vaqtini nimaga sarflayotganiga qarash kifoya».
©
​Uinston Cherchill

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube