Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

training_institute_for_lawyers
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy Telegram kanali. Manzil: Toshkent sh. Mirobod tumani, Xamal koʻchasi 29. ☎️ 55 518 57 77 55 518 47 77 💬 @minjusttraining 📥 minjusttraining@adliya.uz
Subscribers
3 806
24 hours
5
30 days
91
Post views
648
ER
17,03%
Posts (30d)
84
Characters in post
920
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Law
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Law & Legal Services
Summary
July 28, 07:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

Qo‘shimcha daromadli kasb egasi bo‘lishni istaysizmi?
Bugungi kunda nizolarni sudgacha hal etish va tomonlarni kelishtirishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Aynan shu sababli mediatorlik eng talabgir va istiqbolli kasblardan biriga aylanmoqda.

Siz ham professional mediator bo‘lib:
🔹
qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishingiz;
🔹
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalarini egallashingiz;
🔹
yangi kasbiy faoliyat yo‘nalishini boshlashingiz;
🔹
yuridik va muzokara olib borish mahoratingizni oshirishingiz mumkin.
📚
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida "Mediatorlarni tayyorlash" kursiga qabul davom etmoqda.
Kurs davomida siz:
✔️
mediatsiyaning huquqiy asoslari;
✔️
nizolarni boshqarish texnikalari;
✔️
muzokaralar olib borish usullari;
✔️
amaliy keyslar asosida mediatorlik ko‘nikmalarini o‘zlashtirasiz.
🎯
Bugun bilimga sarmoya kiriting, ertaga esa yangi imkoniyat va daromad manbaiga ega bo‘ling!
🖥
Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling
.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
👇
📞
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

July 28, 04:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📑
Rasmiy hujjatlarni professional darajada tayyorlashni xohlaysizmi?
Har bir puxta tayyorlangan hujjat — tashkilot nufuzi, xodimning malakasi va samarali boshqaruvning muhim ko‘rsatkichidir.
🎓
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
sizni
“Hujjatlarni tayyorlashda zamonaviy yondashuv. Ish yozishmalari va rasmiy hujjatlarni tayyorlash. Qonunchilik texnikasi va yuridik dizayn”
mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv kursiga taklif etadi.

Kurs davomida siz:
🔹
zamonaviy ish yuritish talablari bilan tanishasiz;
🔹
rasmiy hujjatlar va xizmat yozishmalarini to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganasiz;
🔹
qonunchilik texnikasi asoslarini amaliy misollar orqali egallaysiz;
🔹
yuridik dizayn tamoyillari yordamida hujjatlarni aniq, tushunarli va professional tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz.
👥
Kurs davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, yuristlar, ish yurituvchilar, kadrlar bo‘limi mutaxassislari hamda hujjatlar bilan ishlovchi barcha mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.
🎯
Bilimingizni zamon talablari darajasiga olib chiqing va hujjatlar bilan ishlash madaniyatingizni yangi bosqichga ko‘taring!
📞
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun biz bilan bog'laning.
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84
https://t.me/ShA_4884
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

July 27, 11:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#qabul
🔵
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchiligiga
qabul boshlandi!
📄
Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi:
➡️
05.01.09
– Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
➡️
12.00.02
- Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
➡️
12.00.03
- Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
🗓
Hujjatlar
2025-yilning 15-avgusti
ga qadar qabul qilinadi.
🌐
Hujjatlar
daraja.ilmiy.uz
sayti orqali elektron qabul qilinadi.
📞
+998 55 518 57 77 (717)
📩
minjusttraining@exat.uz / minjusttraining@adliya.uz
🚀
@Institut_ilmiy

July 27, 09:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Biz_OAVda
📣
Matematiklar 50 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi

Eshpo‘latov Behruz – Institut o‘qituvchisi
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

July 27, 07:59
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

⚖️
Aloqa inspeksiyasida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash mavzusida seminar o‘tkazildi
📣
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi
Aloqa inspeksiyasi
da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
➡️
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti professori D. Raximov
ishtirok etib, murojaatlar bilan ishlashning amaldagi qonunchilik talablari, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijro intizomini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
👨‍🏫
Tadbir davomida murojaatlarni ko‘rib chiqishda uchraydigan amaliy holatlar, ularning huquqiy yechimlari hamda zamonaviy yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda mas’ul xodimlarning javobgarligi, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🤝
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bildirildi.
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

July 27, 05:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Biz_Adliya_oilasimiz
⚔️
Adliya — shunchaki ish joyi emas.
Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.
Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.
Biz Adliya oilasimiz!

July 27, 04:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
Singapurda malaka oshirish va stajirovka imkoniyati!
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan yuridik soha vakillari uchun
Singapur Respublikasida
malaka oshirish va stajirovka dasturi tashkil etilmoqda.
🎯
Stajirovka davomida:
▪️
Singapur Respublikasining yuridik amaliyoti va ilg‘or institutsional tajribasi bilan tanishish;
▪️
Yuridik soha, huquqni qo‘llash, ta'lim va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi tashkilotlarga tashriflar hamda mutaxassislar bilan uchrashuvlar;
▪️
Treninglar, seminarlar va boshqa kasbiy tadbirlar;
🏛
Institut tomonidan quyidagi tashkiliy ko‘maklar taqdim etiladi:

viza rasmiylashtirish jarayonida amaliy ko‘mak;

stajirovka dasturini shakllantirish;

borib-kelish jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

xorijiy hamkorlar bilan rasmiy aloqalarni ta'minlash.
💳
Moliyaviy shartlar:
🔹
xorijga borib-kelish va u bilan bog‘liq barcha xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi;
🔹
stajirovka xarajatlari tashrif buyuriladigan davlat, dastur mazmuni hamda davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi.
🌏
Singapurning ilg‘or tajribasini o‘rganish, xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalaringizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📞
Batafsil ma'lumot uchun:
+998 91 191 47 84
+998 91 270 27 07
+998 99 109 48 85
+998 99 937 04 33
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

July 24, 11:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi va vazirlik huzuridagi muassasalar faoliyati to'g'risida quyidagi telegram sahifalari orqali xabardor bo'lib borishingiz mumkin!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
💬
|
Adliya organlari va mussasalari faoliyatiga oid yangiliklar
💬
|
Davlat xizmatlari sohasiga oid yangiliklar
💬
|
Intellektual mulk sohasiga oid yangiliklar
Adliya vazirligi tizmidagi muassasalar
💬
|
Adliya vazirligi huzuridagi
“O‘zarxiv” agentligi
💬
|
Adliya vazirligi huzuridagi To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
💬
|
Adliya vazirligi huzuridagi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
💬
|
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi
💬
|
Adliya vazirligi huzuridagi
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti
💬
|
Toshkent davlat yuridik universiteti
💬
|
Adliya vazirligi huzuridagi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
━━━━━━━━━━━━━━━━
🌐
website
📱
facebook
📱
instagram
📱
linkedIn
📱
youtube
📱
twitter

July 24, 08:18
Media unavailable
5
Show in Telegram

Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi yo‘nalishida malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi.
Namangan viloyatida murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi bo‘yicha 3 kunlik seminar tashkil etildi. Bunda, Andijon viloyatidan 16 nafar, Namangan viloyatidan 14 nafar mutaxassis-operatorlar ishtirok etib, o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar.

IHMA_Andijon

July 24, 05:39
Media unavailable
1
3
Show in Telegram

📣
Mehnat qonunchiligini bilmaslik — nizolar, ortiqcha muammolar va huquqiy xavflarga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda har bir rahbar, HR mutaxassisi, yuristlar hamda kadrlar bilan ishlovchi xodimlar mehnat qonunchiligini amaliy jihatdan puxta bilishi zarur.
📘
“Mehnat huquqi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish”
o‘quv kursi — aynan amaliyot uchun ishlab chiqilgan samarali dastur!
Ushbu kurs davomida siz:
🔹
mehnat qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar
🔹
mehnat shartnomalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va bekor qilish
🔹
ish vaqti, ta’til va dam olish bilan bog‘liq qonuniy tartiblar
🔹
ish haqi, kompensatsiya hamda moddiy javobgarlik masalalari
🔹
mehnat nizolarining oldini olish va ularni qonuniy hal qilish usullari
🔹
real keyslar va hayotiy vaziyatlar asosida amaliy yechimlarni o‘rganasiz.
🎯
Kurs sizga:
✔️
ish jarayonidagi xatolarni kamaytirish
✔️
huquqiy xavflarning oldini olish
✔️
hujjatlarni to‘g‘ri yuritish
✔️
mehnat inspeksiyasi bilan bog‘liq muammolardan himoyalanish
✔️
zamonaviy kadrlar siyosatini samarali tashkil etishga yordam beradi.
👨‍🏫
Darslar Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
🖥
Shunga o‘xshash malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling
.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
👇
📞
+998 55 518-47-77
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram