Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

training_institute_for_lawyers
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy Telegram kanali. Manzil: Toshkent sh. Mirobod tumani, Xamal koʻchasi 29. ☎️ 55 518 57 77 55 518 47 77 💬 @minjusttraining 📥 http://minjusttraining.uz/
Подписчики
3 863
24 часа
12
30 дней
108
Просмотры
673
ER
17,42%
Посты (30д)
87
Символов в посте
774
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
October 26, 08:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Diqqat
⚡️
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tayanch doktoranturasi uchun qabul savollari
e’lon qilindi
minjusttraining.uz
|
Facebook
|
Instagram |
Telegram

October 26, 04:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
6 oylik kurslarga qabul davom etmoqda!
➡️
Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.
✅
Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
⏰
Hujjatlarni qabul qilish
5-oktabrdan 5-noyabrga qadar
(shu kuni ham)
qabul.minjusttraining.uz
sayti orqali amalga oshiriladi.
✉️
Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.
♻️
Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun)
;
to‘lov-kontrakt miqdori: 17 990 952 so‘m.
❗️
Bitiruvchilarga diplom berilib,
yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari
v
a fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida
oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
☎️
55 518-57-77 (ichki raqam 9)
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 26, 04:22
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📣
6 oylik qayta tayyorlov kurslari bitiruvchilarining faoliyat yo‘nalishlari yanada kengaytirildi
➡️
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar endilikda nafaqat yuridik xizmatlarda, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek advokatura hamda notariat tizimida oliy yuridik ma’lumot talab etilmaydigan lavozimlarda, balki yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarida ham faoliyat yuritishlari mumkin.
⏺️
Batafsil videoda
📞
+998 55 518-57-77
+998 55 518-47-77
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 23, 12:29
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

📚
Institutda “Adliya kitobxonlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xodimlar o‘rtasida
“Adliya kitobxonlari”
tanlovi o‘tkazildi.
📖
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mustaqil va tahliliy fikrlash hamda notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tanlovda ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan taqdimot-taqrizlarini namoyish etdilar.
💬
Taqdimotlarda asarlarning asosiy g‘oyasi, ulardan olingan hayotiy saboqlar, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritildi. Ishtirokchilar adabiy qahramonlarning taqdiri va tanlovlariga munosabat bildirib, shaxsiy xulosalarini ijodiy yondashuv asosida ifoda etdilar.
🏅
Tanlov yakunida ishtirokchilar taqdirlanib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, faolligi va ijodiy izlanishlari e’tirof etildi.
✨
Mazkur tadbir hamkasblar o‘rtasida kitob haqidagi fikrlarni baham ko‘rish, yangi asarlar bilan tanishish va mutolaaga qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 23, 08:57
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Ona tiliga ehtirom — savodxonlikdan boshlanadi
🖋
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
munosabati bilan Institut yoshlari o‘rtasida
umummilliy diktant yozish tadbiri
bo‘lib o‘tdi.
📚
Tadbir yoshlarning ona tiliga hurmatini yuksaltirish, yozma savodxonligini oshirish hamda o‘zbek tilining imlo qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
🏆
Diktant natijalariga ko‘ra, yuqori savodxonlikni namoyon etgan g‘oliblar
Institut direktorining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✨
Ona tilimizning boy imkoniyatlarini o‘rganish, uning sofligini asrash va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish — har birimizning mas’uliyatimiz!
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 23, 04:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
6 oylik kurslarga qabul davom etmoqda!
➡️
Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.
✅
Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
⏰
Hujjatlarni qabul qilish
5-oktabrdan 5-noyabrga qadar
(shu kuni ham)
qabul.minjusttraining.uz
sayti orqali amalga oshiriladi.
✉️
Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.
♻️
Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun)
;
to‘lov-kontrakt miqdori: 17 990 952 so‘m.
❗️
Bitiruvchilarga diplom berilib,
yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari
v
a fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida
oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
☎️
55 518-57-77 (ichki raqam 9)
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 23, 04:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📣
6 oylik qayta tayyorlov kurslari bitiruvchilarining faoliyat yo‘nalishlari yanada kengaytirildi
➡️
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar endilikda nafaqat yuridik xizmatlarda, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek advokatura hamda notariat tizimida oliy yuridik ma’lumot talab etilmaydigan lavozimlarda, balki yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarida ham faoliyat yuritishlari mumkin.
⏺️
Batafsil videoda
📞
+998 55 518-57-77
+998 55 518-47-77
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 22, 12:32
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Notarial faoliyatning amaliy jihatlari o‘rganildi
🎓
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida notariuslikka talabgorlar guruhi tinglovchilari uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius
O‘. Muxtorov
tomonidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔹
Mashg‘ulot davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:
▫️
bitimlarni tasdiqlash;
▫️
vekselni protest qilish, chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash;
▫️
meros ochilgan vaqt va joy, merosxo‘rlar;
▫️
meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar.
⚖️
Amaliyotchi notarius ishtirokidagi mashg‘ulot tinglovchilarning nazariy bilimlarini kasbiy tajriba bilan boyitish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
minjusttraining.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 22, 11:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bolajonlar uchun qiziqarli huquqiy multfilmlarni tomosha qilishni istaysizmi?
❓
Bola huquqlariga oid ishonchli ma'lumotlarni qayerdan olish mumkinligini bilasizmi?
✅
Quyida Sizlar uchun manfaatli bo'lgan manbalarni taqdim etamiz:
🎬
Qiziqarli animatsion videolar va multfilmlarni shu yerda tomosha qilishingiz mumkin
👇
https://www.youtube.com/@bola_huquqlari/featured
🎮
Bolalar va ota-onalar uchun huquqni o'rgatuvchi interaktiv portal
👇
https://bolahuquqlari.uz
💻
Bolalar va ota-onalar uchun telegram kanal
👇
@bolahuquqlariuz
Barchasiga obuna bo'ling!
minjusttraining.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 22, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎓
Patent vakili bo‘lishni maqsad qilganmisiz?
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti sizni
“Patent vakillarini tayyorlash”
o‘quv kursiga taklif etadi!
Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, patent olish jarayonlarini yuritish va huquq egalarining manfaatlarini ifodalash uchun zarur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallang.
📚
Kurs davomida siz:
🔹
patent vakilligi faoliyatining huquqiy asoslari va kasbiy etika talablarini o‘rganasiz;
🔹
ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlash tartiblarini o‘zlashtirasiz;
🔹
tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlaysiz;
🔹
patent talabnomalari, litsenziya shartnomalari va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz;
🔹
xalqaro patentlash tizimlari hamda intellektual mulkka oid nizolarni hal etish mexanizmlari bilan tanishasiz.
👥
Kimlar uchun:
patent vakilligiga nomzodlar.
⏳
Kurs hajmi:
120 soat.
💳
Kurs narxi:
5 280 000 so‘m.
📞
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
+998 55 518 47 77
minjusttraining.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Telegram