Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi

tshbk_rasmiy
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati telegram kanali
Subscribers
1 395
24 hours
-2
30 days
-81
Post views
154
ER
11,04%
Posts (30d)
18
Characters in post
832
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 10, 10:35
Media unavailable
4
Show in Telegram

2026-yil 10-sentyabr kuni Toshkent shahar Yashnaobod tumani 206-sonli umumta'lim maktabida Payshanba "Rahbar va yoshlar"  uchrashuvi munosabati bilan Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Botirjon Ergashev bilan maktabda tashkil etilgan "Jadidlar klubi" a'zolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bõlib õtdi.Tadbirda õquvchilar bilan shoir õrtasida qiziqarli suhbat olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

September 09, 08:14
Media unavailable
5
Show in Telegram

Ayni paytda Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida
"Jadidlar izidan"
Respublika koʻrik-tanloviga tayyorgarlik jarayonining suratga olish (syomka) ishlari qizgʻin davom etmoqda!
🎥
📚
​Yoshlarimiz milliy maʼrifatparvarlarimiz merosini oʻrganish va ularning hayot yoʻlini chuqur anglash yoʻlidagi tayyorgarliklarini katta shijoat bilan namoyish etishmoqda. Tariximiz va kelajagimizni bogʻlovchi bunday ezgu loyihalar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yanada kuchaytiradi.

​Tanlov ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌟

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

September 09, 07:44
Media unavailable
5
Show in Telegram

Bugun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasiga Yangihayot tumani
330-maktab
ning yuqori sinf oʻquvchilari tashrif buyurishdi.
📚

​Tashrif davomida oʻquvchilar kutubxona fondidagi yangi badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar haqida maʼlumot olishdi. Shuningdek, ular zamonaviy oʻqish zallari, elektron resurslar markazi va kutubxonada yaratilgan qulay sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.
📚
​Yosh kitobxonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish sirlarini oʻrganishdi. Kitobga boʻlgan mehrni oshirishga qaratilgan bunday uchrashuvlar davom etadi!
🤝
📖

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

September 02, 07:35
Media unavailable
4
Show in Telegram


🎨
"Ona diyor — ranglar jilosida" an'anaviy rasmlar ko'rik-tanlovi boʻyicha oʻquvchilar taqdirlandi
.
​Aziz maktab o‘quvchilari va ijodsevar yoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan maxsus tanlovimiz boʻyicha sovrindorlar taqdirlandi.

🏆
G‘oliblar va sovrindorlar:
​Qatnashchilarning ijodiy ishlari munosib baholanib, quyidagi o‘quvchilar faxrli I, II, III oʻrinlar bilan taqdirlandilar:

🥇
1-o‘rin:

Mirzaraximova Visola
(Yashnabod tumani, 244-maktab, 8-G sinf);

🥈
2-o‘rin:

Doniyorova Mushtariybonu
(Yashnabod tumani, 255-maktab, 9-B sinf);

🥉
3-o‘rin:

Bobojonova Zaxro
(Chilonzor tumani, 270-maktab, 7-G sinf).
​Barcha g‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

August 28, 07:57
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🇺🇿
​Yuragimizda cheksiz g‘urur va shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh urgan ushbu qutlug‘ ayyom kunlarida Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida yana-da fayzli va mazmunli tadbirga start berildi!
📚

​Vatanimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami — Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab
“Mustaqillik – eng ulug‘ ne’mat”
hamda
“Vatan va kitob”
mavzularida maxsus kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
​Ko‘rgazmadan o‘rin olgan har bir asr, har bir sahifa yoshlarimizni yurtimiz tarixi, erishgan ulkan yutuqlari, ajdodlarimizning jasorati bilan tanishtirish barobarida ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Kitobxonlar Vatan, istiqlol va milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi eng sara badiiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
​Barcha yosh kitobxonlarimizni va qadrli ota-onalarni kutubxonamizga taklif etamiz! Keling, Vatanimiz bayramini birgalikda ma’rifat va kitob mutolaasi bilan nishonlaymiz!

August 27, 12:42
Media unavailable
2
Show in Telegram


🎉
Munosib e’tirof va ulkan g‘urur!
📚
​Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi direktori
F. Sh. Yulchiyeva
yosh avlodni kitobxonlik ruhida tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tashabbuskorligi va samarali faoliyati uchun yuksak mukofotga loyiq topildi.

​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan
"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI"
esdalik nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi!
🏅
​Bu e’tirof — nafaqat rahbarimizning ko‘p yillik tinimsiz mehnati, balki butun jamoamizning yutuqlari, kutubxonamizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar va kitobsevar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yuksak bahosidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

August 27, 11:52
Media unavailable
10
Show in Telegram


🤖
​Bugun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida haqiqiyilmiy-ijodiy muhokamalar va qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan ajoyib tadbir bo‘lib o‘tdi!

​IT Academy o‘quv markazi rahbari
G. Shodiyeva
bilan hamkorlikda yoshlar uchun
“Hayotning turli jabhalarida sun’iy intellektni qo‘llash”
mavzusida maxsus davra suhbati tashkil etdik.

​Tadbir davomida sun’iy intellektning shunchaki texnologiya emas, balki kelajagimizni belgilovchi asosiy kuchga aylanib borayotgani haqida fikr almashildi.
​Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Eng muhimi, yoshlarga sun'iy intellekt ularning o‘rnini bosuvchi raqib emas, balki har qanday sohada imkoniyatlarini kengaytiruvchi
eng yaxshi yordamchi
ekanligi tushuntirildi.

​Kelajak – texnologiyani to‘g‘ri boshqara oladiganlar qo‘lida! Biz bilan birga bo‘lgan barcha ishtirokchilarga va G. Shodiyevaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
🌟

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

August 26, 09:53
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🎉
Toshkent shahar bolalar kutubxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi
munosabati bilan Mustaqillik bayramining bosh g‘oyasi —
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!»
asosida
«Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans sari!»
shiori ostida yosh ijodkorlar iste’dodini ro‘yobga chiqarish, vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalari va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yosh avlodda san’atga, tarixga, ona diyorga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, o‘quvchilarning ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy saviyasini, ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va darsdan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan kitobxonlik to‘garaklaridagi o‘quvchilar qamrovini oshirish maqsadida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

August 25, 07:47
Media unavailable
8
Show in Telegram

Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida
adabiyot va mutolaasevarlarni birlashtirgan quvonchli tadbir bo‘lib o‘tdi.

​Mahallalardagi faol kitobxonlar va yoshlar ishtirokida
"O‘qilgan kitob muhokamasi"
mavzusida qizg‘in va mazmunli davra suhbat tashkil etildi.

📖
​Ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan eng sara badiiy asarlar, ularning mazmuni va hayotimizdagi o‘rni haqida o‘z fikrlashlari bilan o‘rtoqlashdilar.
​Asar qahramonlari harakatlari tahlil qilinib, hayotiy xulosalar chiqarildi.
​Kitobxonlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashinuvi, savol-javoblar va bahs-munozaralar muhitiga boy tarzda o‘tdi.

💡
Maqsadimiz:
Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularda mutolaaga bo‘lgan mehrni kuchaytirishdan iborat. Shunday samimiy muloqotlar bolajonlarimizning dunyoqarashini kengaytirib, ularni yangi marralarga ilhomlantirishi shubhasiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

August 24, 13:52
Media unavailable
8
Show in Telegram

📚
"Buyuklar bolaligi" to‘plam kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

​Bugun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida yosh kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlari uchun unutilmas kun bo‘ldi. Kutubxonamizda ma’naviy-ma’rifiy ruhda
“Buyuklar bolaligi”
to‘plam kitobining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

​Tadbir davomida:
​To‘plamdan o‘rin olgan har bir asarning mazmun-mohiyati, undagi hayotiy saboqlar va tarbiyaviy ahamiyat to‘la-to‘kis ochib berildi.
​Kitobxon yoshlar buyuk allomalarimiz va tarixiy shaxslarning bolalik yillari, ular bosib o‘tgan ibratli yo‘l bilan yaqindan tanishdilar.
​Mualliflar va kitobxonlar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar, samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
​Yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan bunday asarlar har doim qadrli! Barcha kitobsevarlarni kutubxonamizdagi yangi loyiha va uchrashuvlarga taklif etamiz!
🌟

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram