Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi

tshbk_rasmiy
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati telegram kanali
Подписчики
1 311
24 часа
-3
30 дней
-59
Просмотры
88
ER
6,71%
Посты (30д)
14
Символов в посте
724
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 13:40
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Toshkent shahar
“Eng kitobxon maktab”
ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari aniqlandi!
📚
✨
​Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, o‘quvchilarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu nufuzli tanlovda eng faol va bilimdon maktablar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
​
🥇
1-o‘rin:
​
Uchtepa tumani
— 107-maktab
​
🥈
2-o‘rin:
​
Yashnobod tumani
— 231-maktab
​
Chilonzor tumani
— 202-maktab
​
🥉
3-o‘rin:
​
Shayxontoxur tumani
— 324-maktab
​
Yakkasaroy tumani
— 160-maktab
​
🎉
Barcha g‘olib va sovrindor maktab jamoalarini, ularning ustoz va o‘quvchilarini erishilgan yuksak zafar bilan samimiy tabriklaymiz! Ilm va kitobga bo‘lgan muhabbatingiz hamma vaqt hamrohingiz bo‘lsin!
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 26, 06:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Kutganmidingiz?
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida kitobxonlar uchun yangilik. Endi siz oʻzbek adabiyoti va jahon adabiyotining eng sara namunalarini qulay sharoitlarda, kutubxonamizning 2-etajida kitobxonlar uchun tashkil qilingan joyda mutolaa qilishingiz va xordiq olishingiz mumkin.
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 23, 14:27
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

✅
Bugun Toshkent shahrining barcha tumanlarida oʻquvchilar oʻrtasida maʼrifat, kitobxonlik va milliy oʻzlikni targʻib etuvchi “Jadidlar izidan” respublika koʻrik-tanlovining birinchi bosqichi yuksak saviyada va koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
📚
Mirobod, Yunusobod, Chilonzor, Shayxontohur hamda poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilgan ushbu bilimlar bellashuvida iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etdilar. Ular jadidchilik harakati tarixi, maʼrifatparvar ajdodlarimizning hayoti va boy ilmiy-adabiy merosi boʻyicha oʻzlarining chuqur bilim, zukkolik va intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi.
✅
Murosasiz va shaffof tarzda kechgan bahslar yakunida har bir tuman boʻyicha eng bilimdon, faol va iqtidorli oʻquvchilar aniqlandi. Gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar tantanali ravishda diplomlar, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 23, 14:24
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Zukkolik va maʼrifat maydoni: Mirobodda “Jadidlar izidan” koʻrik-tanlovining ilk bosqichi boʻlib oʻtdi!
✅
​Bugun Toshkent shahrining barcha tumanlarida yoshlar oʻrtasida maʼrifat va kitobxonlikni targʻib etishga qaratilgan
“Jadidlar izidan”
respublika koʻrik-tanlovining birinchi bosqichi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
✅
​Xususan,
Mirobod tumanida
boʻlib oʻtgan bellashuvda ham iqtidorli, bilimdon va zukko yoshlarimiz ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi, jadidchilik harakati tarixi hamda ularning maʼrifiy gʻoyalari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
✅
​Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar yakunida tanlov gʻoliblari aniqlanib, ularni tantanali taqdirlash marosimi amalga oshirildi. Gʻoliblarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
​
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 23, 07:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Jadidlar_izidan_2026
#Respublika_tanlovi
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 23, 07:21
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#Jadidlar_izidan_2026
#Respublika_tanlovi
✅
Xabaringiz bor,
Respublikadagi jamiki 14ta hududda, ya'ni 12 viloyat, Toshkent shahar va Qoraqalpogʻistonda umumiy oʻrta taʻlim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan edi.
✅
Ayni damda Toshkent shahar Yunusobod tuman 9-umumta'lim maktabida "Jadidlar izidan" ko'rik tanlovining tuman test va savol-javob jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Ushbu maktab har tomonlama namunali maktab boʻlib, "Jadidlar izidan" koʻrik-tanloviga ham yaxshi tayyorgarlik koʻrgan. Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring...
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 23, 07:05
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#Jadidlar_izidan_2026
#Respublika_tanlovi
✅
Xabaringiz bor,
Respublikadagi jamiki 14ta hududda, ya'ni 12 viloyat, Toshkent shahar va Qoraqalpogʻistonda umumiy oʻrta taʻlim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan edi.
✅
Ayni damda Toshkent shahridagi umumta'lim maktablarida "Jadidlar izidan" ko'rik tanlovining tuman test jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring...
🖌
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi
📩
Telegram
📹
Youtube
🌐
Facebook
🖼
Instagram

October 22, 11:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi direktor oʻrinbosari, ma'rifat targʻibotchisi I.Umarova Mahalla telekanalining "Mahalla tongi" dasturi mehmoni boʻldilar. Dasturda hozirgi kunda kutubxonada amalga oshirilayotgan targʻibot ishlari haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtildi.
Siz ham kutubxonamizga tashrif buyurib, kitob mutolaasi bilan shugʻullaning.
✅
Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

October 21, 09:59

​
21 oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni muborak!
​Hürmatli vatandoshlar!
Bugun biz milliy oʻzligimiz, davlatchiligimiz ramzi boʻlgan ona tilimiz — oʻzbek tilining bayramini nishonlamoqdamiz.
​Bundan 37 yil oldin, 1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, oʻzbek tiliga ilk bor davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy voqea xalqimizning mustaqillik sari qoʻygan muhim huquqiy qadamlaridan biri boʻldi.
​Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida «Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir», deb mustahkamlab qoʻyilgan. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
​Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
​Davlat tilini hurmat qilish, uni ish yuritishda, hujjatchilikda va jamoat hayotida toʻgʻri qoʻllash — har birimizning fuqarolik burchimiz va qonun oldidagi masʼuliyatimizdir.
​Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligi va boyligini kelajak avlodga yetkazish barchamizning sharafli vazifamizdir.
​Barchangizni Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
📱
Telegram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Instagram

October 21, 09:59
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram