
Jinoyat protsessi
📌
Amaliyot amalda: TDYU Yuridik klinikasi ko'ngillilari Toshkent tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudida
2026-yil 7-oktabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) Yuridik klinikasi ko'ngillilari professor Dilbar Suyunova rahbarligida Toshkent tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudiga tashrif buyurdilar.
Tashrifning asosiy maqsadi sud jarayonlarini amalda kuzatishdan iborat edi. Kun davomida talabalarimiz ma'muriy huquqbuzarliklarga oid 16 ta sud majlisining guvohi bo'ldilar.
Bunday intensiv amaliyot ko'ngillilarga quyidagi imkoniyatlarni berdi:
✅
Sud ish yuritish tartibini ichidan kuzatish;
✅
Ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish xususiyatlarini o'rganish;
✅
Sudya va jarayon ishtirokchilarining ishini tahlil qilish;
✅
Universitet auditoriyalarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Bunday tadbirlar bo'lajak yuristlarni tayyorlashning muhim qismidir. Tashrifni tashkil etgani va bebaho kasbiy tajriba orttirish imkoniyati uchun Dilbar Suyunovaga minnatdorchilik bildiramiz!
@TSUL_CPL
🧷
🧷
🧷
Ilmiy maktab doirasida uchrashuv tashkil qilindi
🔥
🔥
🔥
Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish hamda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil 21-sentyabr kunida
Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi professori Bazarova Dildora Baxadirovnaning
ilmiy maktabi doirasida
“Jinoyat protsessida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlari”
mavzusida ilmiy uchrashuv tashkil etildi.
👨🏫
👨🏫
👨🏫
Mazkur ilmiy uchrashuvda sho‘ba professor-o‘qituvchilari, sho‘baga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar hamda
“Central Asian Legal Research Fellowship”
xalqaro huquqiy tadqiqot dasturi doirasida Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurgan
Indoneziyaning Sebelas Maret universiteti dekani Muhammad Rustamaji
ham ishtirok etdi.
💻
💻
💻
Ilmiy uchrashuvda Muhammad Rustamaji tomonidan jinoyat protsessida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlarini taʼminlashda jinoiy odil sudlov prinsiplari va ularni qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari, raqamlashtirish sharoitida shaxs huquqlarini himoya qilishning zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur ilmiy uchrashuvda shaxs huquqlarining protsessual kafolatlarini ta’minlashda qonuniylik, aybsizlik prezumpsiyasi, tortishuvchanlik, sud nazorati va boshqa huquqiy kafolatlarni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
📝
📝
📝
Ilmiy uchrashuv yakunida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlari takomillashtirish, shu jumladan tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, “asosli gumon” (Prima Facie) xalqaro standartini milliy qonunchilikka joriy qilish mexanizmlari yuzasidan takliflar ilgari surildi.
@TSUL_CPL
#Tugilgan_kun
📣
Bugun Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professori, yu.f.d.,
Tulaganova Gulchexra Zaxitovnaning
tavallud topgan kunlari.
🎉
Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat va farzandlarini rohatini ko'rib yurishlarini tilab qolamiz.
Yuzingizdan tabassum hech qachon tark etmasin!
26-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni
@Hazratali_uz
Тошкент давлат юридик университетида жорий йилнинг
2026 йилнинг 25 сентябрь
куни «Жиноят-ҳуқуқий фаолият» йўналиши доирасида «Жиноят-процессуал ҳуқуқи» модули бўйича навбатдаги амалий маҳорат дарси (мастер-класс) бўлиб ўтди.
«Жиноят процесси иштирокчилари» мавзусига бағишланган мазкур очиқ лексияда Юқоричирчиқ туман судининг
судьяси Жумонова Дилноза Баходировна
меҳмон маърузачи сифатида иштирок этди.
Дарс давомида судья амалиётидаги реал мисоллар асосида жиноят процесси иштирокчиларининг ҳуқуқий мақоми, уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари, шунингдек, суд жараёнида юзага келадиган муҳим жиҳатлар батафсил тушунтирилди. Талабалар ўзларини қизиқтирган саволларига амалиёт ходимидан жавоб олишди.
#maqola
"Asosli gumon" kafolatni kuchaytiradigan mezonmi yoki yangi huquqiy noaniqlikmi?
Yuqoridagi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi sho'basi katta o'qituvchisi
Sunnat Maxmudov
tomonidan yozilgan maqolani o'qishni tavsiya qilamiz. Maqolada qonunchilikka kirib kelayotgan yangi xalqaro standart haqida so'z boradi.
@Hazratali_uz
⚠️
⚠️
⚠️
Quyidagi holatlarda ekspertiza tayinlanishi va o'tkazilishi shart:
👉
o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
jinsiy aloqada bo‘lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun’iy yo‘l bilan tushirish belgilarini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining
yoshini aniqlash
zarur bo‘lganda, agar bu haqda hujjatlar bo‘lmasa yoki hujjatlar shubha tug‘dirsa;
👉
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning
ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning g‘ayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda o‘z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko‘rsatuvlar berish hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
jabrlanuvchining, guvohning
ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so‘roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog‘ida o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni
davolash zarurligini va imkoniyatlarini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
pul belgilari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini
aniqlash zarur bo‘lganda;
👉
portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini
aniqlash zarur bo‘lganda.
@Hazratali_uz
🧷
🧷
🧷
"SUD AMALIYOTIDAGI ENG KO‘P YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR"
mavzusida BEPUL MAHORAT DARSI!
Jinoyat va jinoyat-protsessual huquqida har bir protsessual xato yoki noto‘g‘ri kvalifikatsiya ishning taqdirini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Amaliyotda bunday xatolar qayerda yo‘l qo‘yiladi va ularni qanday aniqlash mumkin? Shu va boshqa ko‘plab amaliy savollarga tajribali ekspertlarimiz bilan birgalikda javob topamiz!
📝
Mahorat darsida nimalarni o‘rganasiz?
➡️
Tergov va sud xatolari
— amaliyotda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan buzilishlar;
➡️
Dalillarning maqbulligi
— qaysi holatlarda dalil maqbul emas deb topiladi;
➡️
Kvalifikatsiya masalalari
— qilmishni to‘g‘ri malakalash sirlari;
➡️
Real keyslar
— haqiqiy jinoyat ishlari va sud amaliyoti tahlili;
➡️
Ehtiyot choralari va Jazo tayinlash
borasidagi muhim jihatlar.
🎙
Spikerlar:
•
Xazratali Qudratillayev
— TDYU dotsenti v.b., PhD, advokat va
Bobur Otaboyev
— TDYU katta o‘qituvchisi, PhD, advokat.
📆
24.09.2026-yil
⏰
20:00
😎
:
@Milliy_huquq_maktabi
telegram kanalida bo'lib o'tadi
👉
Darsni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga ulanib qo‘ying:
@Milliy_huquq_maktabi
📥
Batafsil ma’lumot uchun izohlarda «+» qoldiring yoki bizga yozing!
@Milliyhuquqmaktabi_admin
📞
+998979535555
TELEGRAM
│
INSTAGRAM
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yoshidan va holatidan kelib chiqishi hamda:
✅
7 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz oʻttiz daqiqadan, jami bir soatdan;
✅
7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan;
✅
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami toʻrt soatdan oshmasligi kerak.
@Hazratali_uz
Endi
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlari sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin
emas.
@Hazratali_uz