Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Jinoyat protsessi

tsul_cpl
🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯 For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
Подписчики
2 329
24 часа
30 дней
-31
Просмотры
650
ER
27,91%
Посты (30д)
5
Символов в посте
877
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
July 20, 11:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
#Diqqat
, e'lon
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar, muassasalar bilan shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yilgan.
🔹
Universitetda 21 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislik sho'balari shuningdek, tadqiqot markazlari mavjud bo‘lib,
huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy fanlarga oid darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, oʻquv kontentini tayyorlab berish shuningdek mutaxasislar tomonidan huquqiy maslahat berish
xizmatlari taklif etiladi.
Ma’lumot uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling
– 50-010 89 79.

June 30, 04:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Ushlangan shaxs quyidagi joylarda saqlanib turilishi mumkin
👇
👇

ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan
xizmat binolari
da;

vaqtincha saqlash hibsxonasi
kamerasida;

gauptvaxtada
(faqat harbiy xizmatchilar);

maxsus
moslashtirilgan binolar
da (istisno tarzida);

maxsus ajratilgan
kayutalarda
(dengiz va daryo kemalarida);
t.me/Hazratali_uz

June 29, 16:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

☄️
☄️
☄️
Advokat, TDYU o'qituvchisi Hazratali Qudratillayevning
@Hazratali_uz
telegram kanaliga
a'zo bo'ling.
Mazkur kanal orqali quyidagilar berib boriladi
👇
👇
👇
➡️
tergov, sud, jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi, moliyaviy xavfsizlik bo’yicha oid qonunchilik yangiliklar;
➡️
Eng dolzabr masalalar yuzasidan taniqli huquqshunoslar ishtirokida mahorat darslari;
➡️
Viktorinalar va qiziqarli ma'lumotlar;
➡️
Huquqga oid bepul vebinarlar;
➡️
tergov, sud, jinoyat, jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi, moliyaviy xavfsizlikga doir darsliklar, o'quv qo'llanmalar va monografiyalar.
Kanalimizga a'zo bo'ling:
t.me/Hazratali_uz

June 29, 16:26
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
Miranda prinsipi. Tergov qanday boshlanishi kerak?
“Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytgan har bir so‘z sudda o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin va ishlatiladi.
Advokatingiz so‘roq paytida hozir bo‘lishi mumkin. Agar advokat uchun pul to‘lay olmasangiz,
advokat davlat tomonidan ta’minlanadi.
Huquqlaringizni tushundingizmi?” – AQSH politsiyasining bu “ibodat”i jangovor filmlarni sevuvchi deyarli barchaga tanish. Bugungi kunda gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish nafaqat AQSHda, balki boshqa ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham majburiy. JPKning 46, 48-moddalariga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish (
ya’ni, sukut saqlash
) va
ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish
, shuningdek, himoyachiga ega bo‘lish hamda
uchrashuvlar soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda
u bilan xoli uchrashish huquqiga ega. Bu huquqlar so‘roq boshlanishidan olgan tergovni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan tushuntirilishi lozim.
Agar advokat yo'llash uchun pul bo‘lmasa-chi?
JPKning 50-moddasiga asosan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi. Bunda ular yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etilishi mumkin. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari davlat hisobidan bo‘ladi.
Guvohga keladigan bo‘lsak,
JPKning 66-moddasiga asosan u ham advokatning yuridik yordamidan foydalanishga haqli. Ammo,
faqatgina o‘z hisobidan.
t.me/Hazratali_uz

June 29, 11:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 18, 04:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

1️⃣
2️⃣
4️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
#jinoyat_protsessi
Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo'zg'atiladigan jinoyatlar ro'yxati:
👉
105-moddaning birinchi qismi
(qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) ;
👉
109-modda
(qasddan badanga yengil shikast yetkazish) ;
👉
110-moddaning birinchi qismi
(qiynash) ;
👉
118-moddaning birinchi qismi
(Nomusga tegish) ;
👉
119-moddaning birinchi qismi
(Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) ;
👉
121-moddaning birinchi qismi
(shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish) ;
👉
136-moddasi
(ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) ;
👉
139-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari
(tuhmat)
👉
140-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari
(haqorat qilish)
👉
141-1-moddaning birinchi qismi
(shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) ;
👉
141-3-moddasi
(shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) ;
👉
149-moddasi
(mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) ;
t.me/Hazratali_uz

June 13, 17:09

Tergovga chaqirilsa bormasa ham bo‘ladimi?
“Tergovga borishim shartmi? Bormasam men bilan nima sodir bo‘ladi?” – suhbatga chaqirilgan biror kishi yo‘qki, uning hayolidan shu kabi savollar o‘tmasa. JPKning 261-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart. Bunda quyidagi ikki holatga e’tiborni qaratish lozim. Birinchidan, kishilar “belgilangan tartib”da chaqirilgan bo‘lishi lozim. Bunday tartib, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda so‘roq qilish uchun hozir bo‘lish to‘g‘risidagi chaqiruv qog‘ozi yuborish hisoblanadi. Ikkinchidan, qonunchilik “uzrli sabablar” bo‘lgan taqdirda tergovga kelmaslikka yo‘l qo‘yadi. Ammo, bunday sabablar doirasi belgilanmagan. Chunki hech bir ro‘yxat hayotda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni qamrab ololmaydi. Uzrli sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqiruv qog‘ozining belgilangan muddatdan kechikib olinganligi yoki umuman olinmaganligi, tergovga ishtirok etishga imkon bermaydigan darajada betoblik va h.k.. Bunda vaziyatning uzrli yoki uzrli emasligi har bir holatda alohida hal etiladi. Agarda uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, ular majburiy keltiriladi. Ammo, oldin ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi fakti aniqlanishi lozim. Shundagina shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilib, ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
t.me/Hazratali_uz

June 13, 11:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 13, 07:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚖️
⚖️
⚖️
Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra quyidagi toifalarga bo'linadi
:
✔️
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar;
✔️
uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar;
✔️
ogʻir jinoyatlar;
✔️
oʻta ogʻir jinoyatlar.
@Hazratali_uz

June 07, 07:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram