
TSUL - Science and Innovation
💡
G‘oyangiz bor-mi? Uni real loyihaga aylantirish uchun yangi imkoniyat!
Yangi g‘oyalar, innovatsion yechimlar va tashabbuskor talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi
start olmoqda!
🎓
Tanlovda bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘z innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
🏆
Respublika bosqichida esa g‘oliblar uchun
500 mln so‘mgacha
grant mablag‘lari nazarda tutilgan. Shuningdek, inkubatsiya, akseleratsiya va xorijiy stajirovka imkoniyatlari yaratiladi.
📅
Tanlovning birinchi bosqichi uchun arizalar
5-oktabr
ga qadar quyidagi
google forma
orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
@ashrafxon_m
🚀
Innovatsion g‘oyangizni imkoniyatga aylantiring!
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura shoʻbasi a’zolarining yig‘ilishida mustaqil izlanuvchi Zokirov Sherzod Ilxom o‘g‘li tomonidan yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining sho‘ba muhokamasi (dastlabki ekspertizasi) bo‘lib o‘tadi.
📕
Dissertatsiya mavzusi: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”
🎓
Ixtisoslik: 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.
📅
Sanasi: 17-sentabr kuni soat 16:00 da
📍
Manzil: 2-bino, 207-xona
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti Tadbirkorlik va korporativ huquq shoʻbasi a’zolarining yig‘ilishida mustaqil izlanuvchi Jumayev Qahhor Hakimali o‘g‘li tomonidan yuridik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining sho‘ba muhokamasi (dastlabki ekspertizasi) bo‘lib o‘tadi.
📕
Dissertatsiya mavzusi: “Kreativ sanoatni fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalari”
🎓
Ixtisoslik: 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi.
Xalqaro xususiy huquq.
📅
Sanasi: 15-sentabr kuni soat 15:00 da
📍
Manzil: 1-bino, 214-xona
Diqqat, e'lon!
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi sho‘basi a’zolarining yig‘ilishida mustaqil izlanuvchisi Xolmo‘minov Shavkat Jumaevich tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishining sho‘ba muhokomasi (dastlabki ekspertizasi) bo‘lib o‘tadi.
📕
Dissertatsiya mavzusi: “Iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta’minlash masalalari”
🎓
Ixtisoslik: 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq
📅
Sanasi: 11.09.2026, soat 10.30 da
📍
Manzil: 2-bino, 313-xona
📢
XALQARO ILMIY KONFERENSIYAGA TAKLIF!
Cyber University tomonidan
2026-yil 25–27-sentabr kunlari
“
2026 IEEE 4th International Conference on Digital Transformation: Algorithms, Computing and Future Technologies (AI-Khwarizmi)
” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
🌐
Konferensiya doirasida raqamli transformatsiya, algoritmlar, hisoblash texnologiyalari, sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalariga oid ilmiy-tadqiqotlar muhokama qilinadi.
📌
Konferensiyada ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va soha mutaxassislarini
o‘z ilmiy ishlari bilan faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Diqqat, e'lon!
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti Tadbirkorlik va korporativ huquqi sho‘basi a’zolarining yig‘ilishida mustaqil izlanuvchi Ubaydullayeva Zarifa Muxiddin qizi tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining sho‘ba muhokamasi (dastlabki ekspertizasi) bo‘lib o‘tadi.
📕
Dissertatsiya mavzusi: “Tadbirkorlik faoliyatida elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish”
🎓
Ixtisoslik: 12.00.03 – Fuqarolik huquqi.Oila huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Xalqaro xususiy huquq
📅
Sanasi: 11.09.2026, soat 10.00 da
📍
Manzil: 1-bino, 214-xona
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (463-son, 04.09.2026-y.) bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🏛
Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
⏳
Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🤑
Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi.
✅
Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
🧾
Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi.
🔘
Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.
⭐
Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:
➖
innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha;
➖
innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha;
➖
mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
➖
xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha;
➖
innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.
💸
Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
▪️
1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m;
▪️
2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m;
▪️
3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.
✉️
Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
▫️
1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
▫️
2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m;
▫️
3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn
🎉
ILMIY YUTUQ
Toshkent davlat yuridik universiteti Tadbirkorlik va korporativ huquq sho‘basi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Toshkanov Nurbek Baxriddinovich
“Akademik harakatchanlik” dasturi
(2026-II)
tanlovi g‘olibi deb e’tirof etildi.
📌
“Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning fuqarolik-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish”
mavzusidagi loyiha o‘zining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati bilan tanlovda yuqori baholandi.
💡
Mazkur tadqiqot oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini samarali tijoratlashtirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.
🔹
Kelgusidagi ilmiy faoliyati va izlanishlarida yangi yutuqlar, tadqiqotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿
XII Global yosh parlament a’zolari konferensiyasida “Huquq maktabi” platformasi taqdim etildi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son Farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 4–6-sentabr kunlari Samarqand shahrida XII Global yosh parlament a’zolari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli xalqaro konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining 3-kurs talabasi Dilmurodov Jasurbek faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida yaratilgan “Huquq maktabi” platformasi konferensiyaning taqdimotlar ko’rgazmasida taqdim qilindi.
“Huquq maktabi” platformasi zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy bilimlarni keng ommalashtirish hamda fuqarolarga huquqiy ta’lim olish uchun qulay imkoniyat yaratishga xizmat qildi.
🌐
Huquqiy bilim — huquqiy madaniyat, huquqiy madaniyat esa kuchli jamiyat asosidir!
⚖️
TDYUda elektron mediatsiya bo‘yicha xorijiy ekspert ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
.
💻
Raqamlashtirish sharoitida nizolarni
tezkor, shaffof va samarali hal etish
imkonini beruvchi elektron mediatsiya mexanizmlarini rivojlantirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
📌
2026-yil 7-sentabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida
“Nizolarni mediatsiya tartib-taomillari asosida hal qilishning elektron platformasini yaratish”
amaliy tadqiqot loyiha granti doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
🇩🇪
Tadbirda
O'zbekiston bo'yicha LDE dasturi loyiha koordinatori,
Myunster universiteti (Germaniya) tadqiqotchisi Nigora Isroilova
xorijiy ekspert sifatida ishtirok etib,
“Mediatsiya protsedurasi: Germaniya tajribasi”
mavzusida ma’ruza qildi.
🌐
Davra suhbatida ODR, elektron mediatsiya, raqamli identifikatsiya va maxfiylik hamda ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🤝
Raqamli yechimlar — tezkor va adolatli nizolar yechimi sari muhim qadam!