
TSUL - Science and Innovation
📢
Diqqat, e’lon!
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy kengashi qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishida Pirnazarov Abdurashid Abdulxayevich
tomonidan yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
📕
Dissertatsiya mavzusi:
“Jinoyat protsessida hukm barqarorligini ta’minlashning nazariy va amaliy muammolari”
🎓
Ixtisoslik:
12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika,
tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.
📅
⏰
Sana:
2-noyabr 2026-yil, soat 14:00 da
Zoom:
https://us06web.zoom.us/j/7453429606?pwd=GmrUeehIfc9CbJtvCrcAi2kCghJ2TE.1&omn=86534051838
Идентификатор конференции: 745 342 9606
Код доступа: 123123
#ilmiyseminar
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari sho'basi tayanch doktoranti Normurodova Behro'zaning "Raqamli dalillarni to'plashda xalqaro-huquqiy hamkorlik mexanizmlari" mavzusidagi ilmiy ishi yuzasidan ilmiy-amaliy munozara (crowdsourcing) o'tkaziladi.
🗓
Sana: 2026-yil 26-oktyabr
⏰
Vaqt: 11:00
📍
Manzil: TDYU 3-binosi (ODO), 105-xona
🖥
Ilmiy munozarada tadqiqot ishiga doir quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
— Raqamli dalillar tushunchasi va ularni xalqaro-huquqiy hamkorlik doirasida to'plashning nazariy-huquqiy asoslari;
— Transchegaraviy elektron dalillarni olishda o'zaro huquqiy yordam mexanizmlari va Budapesht konvensiyasining qo'llanilishi;
— Xalqaro tashkilotlar (Interpol, Yevropol, MDH) doirasida raqamli dalillar almashinuvi tartibi va uning ijrosi;
— Xizmat ko'rsatuvchi provayderlar va milliy vakolatli organlarning xalqaro hamkorlikdagi o'rni;
— Mavjud muammolar, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari;
— O'zbekistonning raqamli dalillarni to'plash sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirish istiqbollari.
Zoom:
https://us05web.zoom.us/j/81745567690?pwd=J5L74IgynyZSPIRSHZcMx8ko3MMF27.1
🔈
TDYU ilmiy xodimi Yaponiya mehnat huquqi assotsiatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi
Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot markazining katta ilmiy xodimi, universitet Yosh olimlar kengashi raisi
Xasanboy Raximberganov
Yaponiya mehnat huquqi assotsiatsiyasi (日本労働法学会) a’zoligiga qabul qilindi. Assotsiatsiya ofisi uning a’zoligini 2026-yil 24-oktabrda tasdiqladi.
🇯🇵
Yaponiya mehnat huquqi assotsiatsiyasi mamlakatdagi mehnat va bandlik huquqi sohasidagi yetakchi ilmiy jamiyat hisoblanadi. U butun Yaponiyadan olimlar va amaliyotchilarni birlashtiradi hamda muntazam ravishda milliy konferensiyalar o’tkazib keladi.
✅
Ushbu a’zolik qo’shma tadqiqotlar, ilmiy almashinuv va Assotsiatsiya konferensiyalarida ishtirok etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Shuningdek, u TDYUning Yaponiya universitetlari bilan uzoq yillik hamkorligini yanada mustahkamlaydi.
🔎
X. Raximberganovning ilmiy izlanishlari mehnat huquqi, jumladan platforma bandligi hamda O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi mehnat migratsiyasi masalalariga qaratilgan.
Tabriklaymiz!
👏
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
Facebook
📣
ILMIY-AMALIY MUNOZARA BO‘LIB O‘TADI
TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi tayanch doktoranti (PhD) Mirzayeva Nixola Akramovnaning “O’zbekiston va BMT Inson huquqlari qo’mitasi o’rtasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy jihatlari” mavzusidagi ilmiy ishi yuzasidan ilmiy-amaliy munozara (crowdsourcing) o‘tkaziladi.
🗓
Sana:
2026-yil 26-oktyabr
⏰
Vaqt:
14:30
📍
Manzil:
TDYU 3-binosi (ODO), 105-xona
🖥
Ilmiy munozarada tadqiqot ishiga doir quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
— BMT Inson huquqlari qo’mitasi bilan hamkorlikning nazariy-huquqiy asoslari;
— Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning milliy huquq tizimida qo’llanilishi;
— Davriy ma’ruzalar tartibi, Qo’mitaning Yakuniy mulohazalari va ularning ijrosi;
— Milliy institutlarning (Ombudsman, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz) Qo’mita bilan hamkorlikdagi o’rni;
— Mavjud muammolar, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari;
— O’zbekistonning Qo’mita bilan hamkorligini rivojlantirish istiqbollari.
Zoom:
https://us05web.zoom.us/j/83053207579?pwd=YNhRAbkMfY0J9vEfAONktbGWF3iI2i.1
Diqqat, e'lon!
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq sho‘basi a’zolarining yig‘ilishida mustaqil izlanuvchi Nazarov Fozil Maribjonovich tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining sho‘ba muhokamasi (dastlabki ekspertizasi) bo‘lib o‘tadi.
📕
Dissertatsiya mavzusi: “
DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINI
RAQAMLASHTIRISHNI TASHKILIY-HUQUQIY TA’MINLASH
”
🎓
Ixtisoslik: 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
📅
Sanasi: 28.10.2026, soat 08.30 da
📍
Manzil: 2-bino, 109-xona
https://us04web.zoom.us/j/75934529542?pwd=qpc3MuXidglNnCEFcmCQKaqlGgg3mb.1
#shobamuhokamasi
#ilmiybolim
🏛
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchilari,tayanch doktorantlari uchun bo'lib o'tadigan malakaviy imtihon savollari tanishib chiqish uchun yuborilmoqda
🎓
TAYANCH DOKTORANTLAR DIQQATIGA!
🏆
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi uchun TDYUda saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi
226-son qarori
bilan tasdiqlangan tegishli Nizomga muvofiq, Prezident davlat stipendiyasiga munosib nomzodlarni tavsiya etish maqsadida universitet miqyosida
saralash bosqichi
tashkil etilmoqda.
📅
Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 23-oktabr.
📍
Hujjatlar
@xodjayevasa
ga
topshiriladi.
✨
Ilmiy faoliyati yuqori natijalarga ega bo‘lgan va belgilangan talablarga javob beradigan
2-bosqich tayanch doktorantlarni
TDYU saralash bosqichida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📣
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI — SIZNING ISHONCHLI HUQUQIY VA ILMIY HAMKORINGIZ!
⚖️
Professional yuridik va ilmiy-konsalting xizmatlari — maqbul narxlarda!
Toshkent davlat yuridik universiteti tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida professional yuridik, ekspertlik va ilmiy xizmatlarni taklif etadi.
🎓
Yuqori ilmiy salohiyat — sifatli xizmat kafolati!
Universitetda:
▪️
396 nafar professor-o‘qituvchi;
▪️
205 nafar ilmiy darajali mutaxassis, jumladan 75 nafar fan doktori (DSc) va 130 nafar fan nomzodi hamda falsafa doktori (PhD);
▪️
66 nafar professor va 65 nafar dotsent faoliyat yuritadi.
🏛
21 ta mutaxassislik sho‘basi va 5 ta tadqiqot markazi
tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
🔹
Huquqiy maslahat va ekspertlik xizmatlari;
🔹
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
🔹
Tashkilotlarning lokal hujjatlari, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlar va shartnomalarni tayyorlash hamda ekspertizadan o‘tkazish;
🔹
Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning huquqiy faoliyatini kuzatib borish;
🔹
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy-amaliy materiallar tayyorlash;
🔹
O‘quv-uslubiy materiallar va raqamli ta’lim kontentlarini ishlab chiqish.
🤝
Biz bilan hamkorlik — bu:
✅
Yuqori malakali mutaxassislar;
✅
Tezkorlik va ishonchlilik;
✅
Sifatli xizmatlar va hamyonbop narxlar;
✅
Sizning ehtiyojlaringizga mos individual tijorat takliflari.
📩
Hamkorlik va tijorat takliflarini olish uchun biz bilan bog‘laning!
+998500108979
Toshkent davlat yuridik universiteti — huquqiy va ilmiy yechimlaringiz yo‘lida ishonchli hamkor!
📢
Diqqat, e'lon
!
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida
“Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi: global barqarorlik sharoitida yangi strategik yondashuvlar”
mavzusida VIII Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkaziladi.
🎯
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
🔹
Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlash va nizolarning oldini olish;
🔹
Global geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘zgarishlarning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri;
🔹
Globallashuv sharoitida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash;
🔹
Mintaqaviy hamkorlikning joriy va yangi tendensiyalari;
🔹
Inson xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalari.
🌐
Konferensiya haqida:
📅
Sana: 2026-yil 19-noyabr
🕙
Boshlanish vaqti: soat 10:00
⏳
Maqolalarni taqdim etish muddati:
2026-yil 10-noyabrga qadar.
📩
Maqolalarni yuborish uchun:
📧
E-mail:
hmub_sub@exat.uz
📧
E-mail:
univer_saf.bolimi@exat.mudafaa.uz
📢
ILMIY-AMALIY DAVRA SUHBATIGA TAKLIF ETAMIZ!
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2026-yil 28-oktabr kuni soat 15:00 da
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish”
mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.
Davra suhbati doirasida ma’muriy organlar faoliyati ustidan sud nazoratini amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlari, ma’muriy sud ishlarini yuritishning dolzarb masalalari hamda sud hujjatlarini ijro etish bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinadi.
Tadbir professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va soha mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba almashish hamda ilmiy-amaliy takliflarni ilgari surish imkoniyatini yaratadi.
📅
Sana:
2026-yil 28-oktabr
🕒
Vaqt:
15:00
📍
Format:
oflayn va onlayn
📩
Ma’ruza mavzulari va ishtirokchilar tezislarini 2026-yil 22-oktabrga qadar
sudacademy@exat.uz
elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.
💻
Zoom orqali ishtirok etish:
https://us06web.zoom.us/j/89487902099?pwd=CAtyswa8e0N5hVRMkBZE2S8dYm6M4O.1
Meeting ID:
894 8790 2099
Passcode:
847679
Barcha manfaatdor mutaxassislarni davra suhbatida faol ishtirok etishga taklif etamiz!