Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tuproqqal'a.uz

tuproqqala_uz
Tuproqqal'a tumani hokimligi Rasmiy veb-sayt: gov.uz/tuproqqala Hokimga murojaat @tuproqqala_aloqa_bot
Subscribers
5 231
24 hours
-1
30 days
-9
Post views
1 719
ER
32,86%
Posts (30d)
89
Characters in post
852
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 19, 07:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Amudaryo sohillarida o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying!
🌊
💼
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani, “Sharloq” MFY hududida joylashgan istiqbolli yer maydonlari ijara huquqi asosida elektron auksion savdolariga chiqarildi.
Ushbu yer maydonlarida 10 yil muddatga ijara huquqi asosida zamonaviy turistik xizmatlar ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish loyihalarini amalga oshirishingiz mumkin. Savdolar “E-auksion” elektron platformasi orqali shaffof va ochiq tarzda o‘tkazilmoqda.
Barcha lotlar bu yerda
Har bir muvaffaqiyatli biznes to‘g‘ri vaqtda qabul qilingan jur’atli qarordan boshlanadi. Suv bo‘yidagi xushmanzara hududda o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq eting, ertangi daromadingiz va biznesingiz poydevorini bugundan quring. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, savdolarda ishtirok eting!
🚀

👉
@tuproqqala_uz
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 19, 05:04
Media unavailable
3
Show in Telegram

Tuproqqalʼa tumanida bronza davriga oid qabriston aniqlandi
Xorazm Maʼmun akademiyasi arxeologik ekspeditsiyasining dala tadqiqotlari davomida Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hududida ilgari nomalum boʻlgan, dastlabki maʼlumotlarga koʻra bronza davriga mansub qabriston topildi. Yodgorlik hududida toshdan qurilgan, yashiksimon shakldagi 19 ta qabr roʻyxatga olindi.
Batafsil
👉
@tuproqqala_uz
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 19, 04:48
Media unavailable
7
Show in Telegram

🇺🇿
Tuproqqal'ada
Sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun yoshlar kuni munosabati bilan Tuproqqal'a tumanida sportchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i
Nodira Djumaniyazova
tuman sportchi yoshlari bilan uchrashib, yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.

September 17, 09:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

IJTIMOIY HIMOYA
Ijtimoiy xizmatlar — fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar
.
🎬
Tuproqqalʼa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga qollab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil — videoda.

September 17, 06:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Endi kompyuterlarda ham virus tarqalmoqda!
Xorazm viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshish kurashish boshqarmasi yurtdoshlarimizni kompyuter qurilmalarini zararlovchi yangi dasturiy virus to‘g‘risida
ogohlantiradi
.
👉
@tuproqqala_uz

September 16, 15:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏛️
Yirik buyurtmachilar bilan yangi kooperatsiya imkoniyati: “Milliy sanoat zanjiri” Jizzaxda
Mahsulotingizni avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalariga taklif qilmoqchimisiz? Yoki ushbu tarmoq uchun yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?
29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
“Milliy sanoat zanjiri” — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilar bilan bevosita bog‘lash, ularning real xarid ehtiyojlarini tadbirkorlarga yetkazish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy platforma.
📈
Oldingi ko‘rgazmalar buning amaliy natijasini ko‘rsatdi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida qayd etilganidek, ushbu ko‘rgazmalar doirasida
4 trillion so‘mlik kooperatsiya buyurtmalari xususiy sektorga berildi.
Shuningdek,
650 dan ziyod mahsulotni mahalliylashtirish orqali tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratish imkoniyati
shakllandi.
Endi navbat — avtomobilsozlik sanoatiga.
Jizzaxdagi ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini namoyish etish, yirik sanoat korxonalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish uchun maydon yaratadi.
🗓️
29–30-sentabr, 2026-yil;
📍
Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi.
🌍
Veb-sayt
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
📹
Youtube
X
🔹
Linkedin

September 16, 11:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
IJTIMOIY HIMOYAGA AJRATILAYOTGAN MABLAG‘LAR NAZORAT QILINDI
Tuman Kengashi deputati
S. Allayarov
tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyasi uchun ajratilayotgan mablag‘larning
belgilangan tartib va manzillilik asosida yetkazilishini nazorat-tahlil doirasida o‘rgandi
.
🔹
O‘rganish davomida ajratilayotgan mablag‘larning belgilangan maqsadga yo‘naltirilishi, ularni fuqarolarga o‘z vaqtida va manzilli yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹
Shuningdek, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

September 15, 17:28
Media unavailable
5
Show in Telegram

Tuproqqal’ani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi
🏢
Bugun Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Davletov raisligida Tuproqqal'a tumanini har tomonlama rivojlantirish choralariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
📊
Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Berdiyev so‘zga chiqib, tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini batafsil tahlil qildi.
Xususan, maktab va bog‘chalarda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalaridagi bugungi holat tanqidiy o‘rganildi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga aniq muddatli vazifalar belgilandi.
👉
@tuproqqala_uz
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 15, 17:28
Media unavailable
4
Show in Telegram

Tuproqqal'ada kambag‘allikni qisqartirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
Yig‘ilishning mantiqiy davomida tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish kabi eng dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish, yangi obyektlarni ishga tushirish orqali odamlarni doimiy ish bilan ta'minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanib, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta'kidlandi.
Aholi bandligini ta'minlashda Davlatimiz rahbarining PF-193-sonli farmoni ijrosiga alohida e'tibor qaratildi. Fuqarolarga o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalari chuqur tahlil qilindi.
Maqsad bitta — Tuproqqal'ada har bir oila o‘zining mustahkam daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak!
👉
@tuproqqala_uz
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 15, 11:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌
Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
📌
Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;
📌
Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;
📌
Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
📌
O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;
📌
Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
📌
2030-yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan;
📌
Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish;
📌
Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi;
📌
Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim;
📌
Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda;
📌
Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi;
📌
Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;
📌
O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.