Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tuproqqal'a.uz

tuproqqala_uz
Tuproqqal'a tumani hokimligi Rasmiy veb-sayt: gov.uz/tuproqqala Hokimga murojaat @tuproqqala_aloqa_bot
Подписчики
5 294
24 часа
-3
30 дней
-26
Просмотры
1 733
ER
32,74%
Посты (30д)
97
Символов в посте
495
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
August 01, 08:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

TUPROQQAL’A TUMANI IIB BOSHLIG'I PODPOLKOVNIK MATYAKUBOV MIRALI ULUG’BEKOVICHNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
👉
@tuproqqala_uz

August 01, 06:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
E’LON!
Fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda ularning murojaatlarini o‘rganish maqsadida:
🗓
2026-yil 2-avgust, yakshanba kuni

soat 10:00 dan 13:00 gacha
📍
Tuproqqal'a tumani “Yoshlik” MFY binosida
Tuproqqal'a tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
👉
@tuproqqala_uz

July 31, 10:31

🚀
Tuproqqal’a tumanida “Startap ekotizimi va innovatsion tadbirkorlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga
startap
tushunchasi, uni yaratish bosqichlari hamda muvaffaqiyatli loyihani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek,
IT Park O‘zbekiston
tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, rezidentlik afzalliklari, grant va investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar hamda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishdilar.

July 31, 07:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

РАСМИЙ МУНОСАБАТ
⚠️
Ижтимоий тармоқларда пенсия таъминотига оид таклифлар, хусусан пенсияни ҳисоблаш тартиби бўйича нотўғри (фейк) хабарлар тарқалмоқда.
❗️
Фуқаролардан фақат расмий манбаларда эълон қилинаётган хабарларга ишонишларини ва текширилмаган маълумотларни тарқатмасликларини сўраймиз.
📹
Батафсил видеороликда танишишингиз мумкин.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

July 31, 05:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Xalqlar do‘stligi – ezgulik va birdamlik timsoli
👉
@tuproqqala_uz

July 30, 11:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎗
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov
topshirdi.
Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️
Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

July 30, 06:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

July 30, 04:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

July 29, 16:02
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Muhabbat va Saxovat mahallalarida obodonlashtirish ishlari o'rganildi
Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov va tuman prokurori Muzaffar Sapayev Muhabbat hamda Saxovat mahallalarida bo'lib, hududlarni obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirishdi. Tuman rahbarlari mas'ullar bilan birgalikda hududni yayov aylanib, ozodalikni ta'minlash hamda tozalik ishlarini tizimli tashkil etish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berishdi va aholi bilan ochiq muloqot o'tkazishdi.
Uchrashuvlar davomida mahallani obod va ozoda tutish uchun har bir fuqaro hamda mas'ullar jipslashib, birgalikda harakat qilishi zarurligi alohida qayd etildi.
👉
@tuproqqala_uz
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 14:50
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

TUPROQQAL’ADA YOSH FERMERLAR VA TOMORQA EGALARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
"Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tohir Palvanov Tuproqqal’a tumanida bo‘ldi. Deputat tomorqalardan samarali foydalanish va fermerlar faoliyati bilan tanishdi.
Deputat "Yo‘ldosh Oxunbabayev" mahallasidagi mehnat faxriysi Abduraxmon aka Palvanov xonadonida bo‘lib, 1 sotixli tomorqadagi meva-sabzavot hosilini ko‘zdan kechirdi. Deputat buni halol mehnat mahsuli deb e’tirof etib, kelgusi rejalar bo‘yicha maslahatlar berdi.
👉
@tuproqqala_uz