
Тuronbank matbuot kotibi
Vazifa va ijro: limonçilik tarmoğini rivojlantiriş istiqbollari
📺
“Özbekiston 24”
telekanalida efirga uzatilgan maxsus reportajda
“Turonbank” ATB
kömagida Kitob tumanida
limonçilikni rivojlantiriş
, zamonaviy issiqxonalar taşkil etiş hamda
aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş
borasidagi istiqbolli tajribalar yoritildi.
💬
Mazkur reportajda:
🔹
Turonbank kömagida taşkil etilgan
10 gektarlik zamonaviy issiqxona
loyihasi va limonçilikni kengaytiriş imkoniyatlari;
🔹
Kitob tumanida
52,5 gektar maydonda limon yetiştirilayotgani
hamda
1,5 ming
ga yaqin taşabbuskor ushbu soha bilan şuğullanayotgani;
🔹
Varganza mahallasi
da limonçilikning oilaviy daromad manbayiga aylangani,
hosildorlikni oşirish
va aholi farovonligini ta’minlaşga qaratilgan
tajribalar
batafsil yoritildi.
🏦
Turonbank —
tadbirkorlikni rivojlantiriş,
yangi imkoniyatlar yaratiş
va
aholi daromadlarini oşiriş
yölida işonçli hamkor! Bank kömagida amalga oşirilayotgan
istiqbolli loyihalar
hududlar iqtisodiy salohiyatini
mustahkamlaş
va oilalar farovonligini
yuksaltiriş
ga xizmat qilmoqda.
📹
Batafsil reportajda
👉
@turonbankmatbuotkotib
Hurmatli tadbirkorlar! Biznesni ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting!
📌
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning 2026-yil 10-sentabrdagi
PF–190-son Farmoni
ga muvofiq, 2026-yil
15-oktabrdan 30-noyabrga qadar
mamlakatimizda biznesni
ro‘yxatga olish tadbiri
o‘tkazilmoqda.
⚡️
Tadbir doirasida
korxona va tashkilotlar,
yakka tartibdagi tadbirkorlar,
fermer va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar hamda
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi. Jumladan, ularning
faoliyat
turi, bandlik holati,
ishlab chiqarish
, xizmat ko‘rsatish va boshqa
muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari
o‘rganiladi.
✨
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
census.stat.uz
sayti orqali mustaqil ravishda
onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari
mumkin.
🔐
Muhim:
biznesni ro‘yxatga olish tekshiruv yoki
nazorat tadbiri emas.
Taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi qonunchilik bilan kafolatlanadi.
Turonbank tadbirkorlarni faol ishtirok etishga va ishonchli ma’lumot taqdim etishga chaqiradi.
👉
@turonbankmatbuotkotib
🥇
HAPKIDO BO‘YICHA XALQARO G‘ALABA: TURONBANK XODIMI OLTIN MEDAL SOHIBI!
🇺🇿
“Turonbank” ATB ta’sischiligidagi investitsion korxona rahbari
Azimjon Xodjakbarov
Koreya Respublikasida hapkido sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada faxrli
1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🏆
🥋
Hapkido — kuch, chaqqonlik, muvozanat, o‘zini himoya qilish mahorati va qat’iy intizomni uyg‘unlashtirgan jang san’ati. Ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritish Azimjon Xodjakbarovning tinimsiz mehnati, puxta tayyorgarligi va yuksak mahorati samarasidir.
🏦
Mazkur yutuq, shuningdek, “Turonbank” rahbariyati tomonidan xodimlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning ham samarasidir.
Xodimlarning sport bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yangi marralar sari intilish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
👏
“Turonbank” jamoasi Azimjon Xodjakbarovni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi! Unga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Turonbank — sog‘lom hayot, kuchli jamoa va yangi g‘alabalar sari!
💙
👉
@turonbankmatbuotkotib
Prezidentimiz
banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligini
taʼkidladi. Andijonda
kreditni faqat garovga bog‘lamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratish
uchun
20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish
topshirilgan edi. Mazkur yondashuv
Qashqadaryoda ham
natija berishi kerak.
Banklar faoliyati
yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.
Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish
vazifasi qo‘yildi. Hozir kredit olish uchun
102 turdagi hujjat
so‘ralmoqda. Shularning
53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q.
Bu o‘zgarishlar
mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirish
va
yangi ish o‘rinlari yaratishni tezlashtirishi
kerakligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qamashi tumanidagi Chim mahallasi
zamonaviy mahalla qanday bo‘lishi kerakligini
ko‘rsatib berdi. Bu yerda
640 o‘rinli maktab, 240 o‘rinli bog‘cha
qurildi,
oilaviy poliklinika
jihozlandi.
Yangi mahalla binosi, yoshlar markazi, sport majmuasi va istirohat bog‘i
barpo etildi.
Eng muhimi, mahallada
kambag‘al oila ham, ishsiz aholi ham qolmagani
taʼkidlandi. Prezidentimiz kelgusi yil Mustaqillik bayramigacha ushbu tajriba asosida
har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazini
tashkil etish vazifasini qo‘ydi.
Mirishkor tumanida
ham Chim tajribasi qo‘llanadi. Bu yerda
20 gektarda limonchilik issiqxonalari,
yana
30 gektarda intensiv baliqchilik xo‘jaligi
va
50 gektarda bodom bog‘i
tashkil etiladi.
Bahorda ijaraga berilgan yerlarning
8 ming gektarida intensiv bog‘lar, 3 ming gektarida issiqxonalar
barpo etiladi. Qolgan
11 ming gektarda kooperatsiya asosida yuqori daromadli ekinlar
yetishtiriladi. Mutasaddilarga
har bir tumanda bu ishlarni boshlash
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashriflari doirasida
Banklar koʻmagida 20 ga yaqin xonadonda umumiy maydoni 36 sotix boʻlgan issiqxonalar tashkil etilgan, mahsulotlarni saqlash uchun 200 tonnalik muzlatkich qurilgan. Bu ishlar orqali 80 dan ortiq ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Shuningdek, kooperatsiya asosida limonchilik rivojlantirilmoqda. Aholiga koʻchat, oʻgʻit va agrotexnik xizmatlar yetkazib beriladi, yetishtirilgan hosil kafolatlangan narxda sotib olinadi.
Limon koʻchatlari orasiga kartoshka, brokkoli va koʻkatlar ekilishi hisobiga daraxtlar hosilga kirguniga qadar har bir issiqxonadan qoʻshimcha 14-16 million soʻm daromad olinmoqda.
👉
@turonbankmatbuotkotib
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va aholi bandligini taʼminlash choralari bilan
tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился
с созидательной работой и мерами обеспечения занятости населения в махалле Чим Камашинского района.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#mahalla
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimizning Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrifi samimiy uchrashuvlarga boy bo‘ldi.
—
Визит Президента нашей страны в махаллю Чим Камашинского района был насыщен теплыми встречами.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Loyihaga ishsiz va kambagʻal oilalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 500 ta issiqxonada mahalliy oilalardan kamida 1 ming nafar kishi ish bilan taʼminlanadi. Limon koʻchatlari hosilga kirguniga qadar oraliq ekinlar yetishtirish orqali qoʻshimcha daromad olish mumkin boʻladi.
Baliqchi tajribasi asosida kelgusi yil hududlarda jami 200 gektar maydonda kambagʻal oilalar va ishsizlar uchun energotejamkor issiqxona majmualarini barpo etish rejalashtirilgan. Bu ikki mingta oilaning daromadini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Taqdimot yakunida davlatimiz rahbari kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan ushbu loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholini baliqchilik va limonchilikka oʻqitish xarajatlarini qoplab berish choralarini koʻrish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
👉
@turonbankmatbuotkotib