Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Тuronbank matbuot kotibi

turonbankmatbuotkotib
"Turonbank" ATB matbuot kotibining rasmiy telegram kanali 🔵 Telegram-bot: @turon_bank_bot 🔵 Facebook: http://bit.ly/2ornvb7 🔵 Instagram: http://bit.ly/2mVDLAQ 🔵 Sayt: https://turonbank.uz 🔵 http://t.me/turonbankotibi_bot ☎️ 1220
Подписчики
1 636
24 часа
-2
30 дней
-24
Просмотры
340
ER
20,78%
Посты (30д)
58
Символов в посте
1 346
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Экономика и финансы
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
September 13, 07:30
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Navbahorda tadbirkorlik loyihalari va mahalla muammolari o‘rganildi!
📍
“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi
Ch.S.Mirzayev
Navbahor tumanidagi
Armijon, Paxtakor, O‘zbekiston
va
Qalqonota
mahallalarida bo‘lib,
hududdagi tadbirkorlik loyihalari,
aholi va tadbirkorlarning muammo hamda takliflarini o‘rgandi. Mazkur jarayonda tuman hokimi
A.Abdurazzoqov
, hokimning birinchi o‘rinbosari
M.Jumaboyev
hamda
“Turonbank” ATB
Navoiy BXM rahbari
G‘.Nusratov
ham ishtirok etdi.
💬
O‘rganishlar davomida tadbirkorlarning amaldagi loyihalari, yangi tashabbuslari va ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflari tinglandi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha zarur amaliy choralar belgilandi.
🏦
“Turonbank” ATB
tomonidan hududlarda
tadbirkorlik muhitini rivojlantirish,
mahallalarning iqtisodiy salohiyatini
oshirish
va istiqbolli loyihalarni
qo‘llab-quvvatlash
ga alohida
e’tibor
qaratilmoqda. Bunday ochiq muloqotlar orqali
har bir tashabbusni o‘rganish,
tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va
muammolarni joyida hal etish
bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Har bir tashabbus — yangi imkoniyat, har bir imkoniyat — yangi natija!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 13, 06:20
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarga amaliy yechim!
📌
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani
ning Uvaysiy, Telimi hamda Qiyali Qo‘rg‘oncha mahallalarida aholi bilan
uchrashuvlar
o‘tkazildi. Unda
“Turonbank” ATB
Chakana biznes departamenti direktori
A.Talipov
hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning
murojaat va takliflari
ni tingladi.
💬
Muloqotlar davomida
aholining bandligini ta’minlash,
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va
kengaytirish
, moliyaviy imkoniyatlardan
samarali foydalanish
hamda oilalar
daromadini oshirish
bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Fuqarolarga mavjud bank xizmatlari va
tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari
yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.

Bildirilgan
murojaat va takliflar
yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda ularni
o‘rganish
, muammolarni hal etish va
fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish
bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Turonbank — mahallalarda, aholi va tadbirkorlar bilan birga!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 13, 05:20
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Bulung‘urda manzilli ishlar davom etmoqda
📍
Bulung‘ur tumani
da kambag‘allikni qisqartirish,
aholi va yoshlar bandligini ta’minlash
, oilaviy daromadlarni oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash
ga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Mazkur yo‘nalishda
mahallalardagi ehtiyojmand oilalarni xonadonbay o‘rganish
, fuqarolarni mavjud ko‘nikma va imkoniyatlaridan kelib chiqib
kasb-hunarga yo‘naltirish,
shuningdek, ularni
daromadli mehnatga jalb etish
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚡️
Xususan
, tumanning olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida
“Payshanba — yoshlar kuni”
doirasida mehnat yarmarkasi hamda
rahbarlar va yoshlar uchrashuvi
tashkil etildi. Unda Bulung‘ur tumani hokimi
S.Astonov
, “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari
D.Rustamov
hamda tuman tashkilotlari va banklar rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvda
yoshlarning murojaat va takliflari
tinglanib, ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari,
kasb-hunarga o‘qitish
, tadbirkorlikni boshlash,
imtiyozli kreditlardan foydalanish
va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari haqida
ma’lumot berildi.

Jarayonlarda
asosiy e’tibor
har bir oila va fuqaroning
muammosini aniqlash
, unga mos yechim topish hamda bandlik va
daromadni oshirish
ning aniq mexanizmlarini belgilashga qaratilmoqda. Bildirilgan
murojaat va takliflar
asosida mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ularning
ijrosi nazoratga olinmoqda.
Har bir oila va yoshga e’tibor — farovonlik sari qadam!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 13, 04:20
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Bulung‘urda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolarga amaliy yechim
📍
Bulung‘ur tumani
da tadbirkorlar bilan
ochiq muloqot
lar o‘tkazilib, ularning
biznes faoliyatini rivojlantirish
, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda
mavjud muammolarni hal etish
bilan bog‘liq murojaat va takliflari joyida tinglandi. Xususan,
“Sohil bo‘yi” loyihasi
doirasida faoliyat boshlash istagidagi tadbirkorlar bilan
uchrashuv
o‘tkazilib, ularning
tashabbuslari va ehtiyojlari
muhokama qilindi.
📍
Shuningdek,
Navbahor mahallasi
da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda Bulung‘ur tumani hokimi
S.Astonov
hamda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari
D.Rustamov
ishtirok etdi. Muloqotlarda
tadbirkorlarning murojaatlari
tinglanib, biznes loyihalarini moliyalashtirish,
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish
va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha
zarur choralar
muhokama qilindi.
⚡️
Bildirilgan
murojaat va takliflar
yuzasidan mas’ullarga
aniq vazifalar
belgilanib, tadbirkorlik subyektlarini
qo‘llab-quvvatlash,
zarur
shart-sharoitlar
ni yaratish hamda
muammolarni tezkor hal etish
bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Turonbank — tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 13, 03:20
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Omonariqda xonadonma-xonadon: e’tibor amaliy yordamga aylanmoqda!
📆
Joriy yilning
11-sentabr
kuni
“Turonbank“ ATB
Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti direktori
N.Tangniberdiyev
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi
“Omonariq” MFY
da xonadonma-xonadon xatlov ishlarida ishtirok etdi. Jarayon davomida ijtimoiy reyestrning
“qizil” toifa
siga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan hamda
ijtimoiy himoyaga muhtoj
fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilib,
mavjud muammolarni aniqlash
va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga alohida
e’tibor
qaratildi. Mahalladagi jami
23 ta “qizil” toifadagi xonadon
ga borilib, tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda fuqarolarga
homiylik yordamlari
ko‘rsatildi.
💧
O‘rganish davomida
“Omonariq” mahallasi
da yashovchi
S.Sodiqovaning
xonadonida ham bo‘lindi. Fuqaroning
oilaviy sharoiti
bilan yaqindan tanishilib, zarur yordam choralari belgilandi. Tuman hokimligi tomonidan
nogironlik aravachasi
, Turonbank homiyligida esa hovlidan
artezian quduq qazish
uchun zarur bo‘lgan
suv nasosi, sim va boshqa jihozlar
xarid qilindi. Eng muhimi, bu yordam qog‘ozda qolib ketmadi — xonadonda artezian suv qudug‘i qazilib,
suv chiqarib berildi
.
⚡️
Xonadonma-xonadon
xatlov natijalari
bank-kredit.uz
platformasiga joylashtirildi. Kunning ikkinchi yarmida esa
N.Tangniberdiyev
mahalla bankirlari va hokim yordamchilari bilan uchrashib,
yangi tartiblar
yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.
Turonbank — hududlarda, mahallalarda va eng muhimi, insonlar bilan birga!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 11, 06:40
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Navbahorda tadbirkorlar muammolari joyida o‘rganildi
📍
Navbahor tumanidagi
Paxtakor mahallasida
tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda
“Turonbank“ ATB
Boshqaruvi raisi
Ch.S.Mirzayev
, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari
R.Sulaymonov
, Navbahor tumani hokimi
A.Rashidov
hamda qator mutasaddilar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida
tadbirkorlik subyektlari faoliyati
bilan yaqindan tanishilib, biznes yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan
muammo va takliflar
bevosita joyida tinglandi.
⚡️
Tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini rivojlantirish,
ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish
, yangi biznes loyihalarini amalga oshirish hamda
qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib,
mavjud muammolarni bartaraf etish,
tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur
shart-sharoitlarni yaratish
yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlar bilan bevosita
muloqotni kuchaytirish,
ularning tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash
va muammolarini
amaliy hal etish
ga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, tadbirkorlik uchun yaratilgan
qulay shart-sharoitlar
yangi loyihalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi bandligi hamda
daromadlarini oshirish
ga xizmat qiladi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot — muammolarga amaliy yechim.
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 11, 04:40
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Baxmal tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
📌
Baxmal tumani hokimligi
da tuman markazida faoliyat yuritayotgan
tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
tashkil etildi. Unda tuman hokimi
A.Ergashev
, “Turonbank” ATB Buxgalteriya hisobi departament direktori
Sh.Bozorov
, “Turonbank” ATB Jizzax BXM rahbari
A.Muxammadiyev
, viloyat va tuman banklari vakillari hamda
tadbirkorlar
ishtirok etdi. Muloqot davomida
tadbirkorlarning faoliyati
da uchrayotgan muammolar,
biznes loyihalarini kengaytirish
, yangi tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash
hamda mavjud imkoniyatlardan
samarali foydalanish
masalalari muhokama qilindi.
💬
Uchrashuvda
tadbirkorlik subyektlari
uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish,
moliyaviy resurslardan
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni
joyida o‘rganish
va ularga amaliy yechimlar topishga alohida
e’tibor
qaratildi. Tadbirkorlarning
taklif va tashabbuslar
i tinglanib, ularni ro‘yobga chiqarishda mas’ul tashkilotlar bilan
hamkorlikni kuchaytirish
zarurligi qayd etildi.
⚡️
Muloqotning
muhim yo‘nalishlari
dan biri tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali
yangi ish o‘rinlari yaratish
va aholi bandligini ta’minlash masalasi bo‘ldi. Uchrashuv yakunida
bildirilgan takliflarni o‘rganish,
mavjud muammolarni
bartaraf etish
hamda istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini amaliy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Turonbank — tadbirkorlar tashabbusi va biznes rivojining ishonchli hamkori!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 11, 03:40
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Karvon mahallasida tadbirkorlar murojaatlari tinglanib, aniq choralar belgilandi
📍
Navbahor tumanidagi
Karvon mahallasida
tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda
“Turonbank“ ATB
Boshqaruvi raisi
Ch.S.Mirzayev
, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari
R.Sulaymonov
, Navbahor tumani hokimi
A.Rashidov
hamda qator mutasaddilar ishtirok etdi. Muloqot davomida
tadbirkorlar
o‘zlarini qiynab kelayotgan
masalalar va takliflar
ini bevosita mutasaddilarga yetkazdi.
⚡️
Har bir murojaat
alohida e’tibor
bilan ko‘rib chiqildi. Bildirilgan
muammolarni hal etish
yuzasidan aniq
chora-tadbirlar
belgilanib, ularning
ijrosini ta’minlash
uchun mas’ul tashkilot va mutasaddilar biriktirildi. Shuningdek,
har bir masalani hal etish
bo‘yicha tegishli muddatlar belgilab qo‘yilib,
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
, mavjud loyihalarni kengaytirish va
yangi ish o‘rinlari yaratish
imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bunday yondashuv
tadbirkorlarning murojaatlarini shunchaki
tinglash bilan cheklanib qolmay,
ularning har biri bo‘yicha
aniq yechim
va mas’uliyatni belgilashga qaratilgan. Tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash,
biznes uchun qulay muhit yaratish va
aholi bandligini oshirish
yo‘lidagi bunday amaliy muloqotlar
mahallalarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish
ga xizmat qiladi.
Tadbirkor murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida.
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 10, 15:50
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Kosonsoy tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍
Namangan
viloyati,
Kosonsoy
tumanining
Iftixor MFY
hududida fuqarolar bilan
ochiq muloqot
shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda
Kosonsoy
tumani hokimi
D.Qodirov
hamda
“Turonbank” ATB
Boshqaruv raisi o‘rinbosari
Z.Obidov
ishtirok etdi.
⚡️
Uchrashuv
davomida fuqarolarning murojaatlari,
taklif
va
tashabbuslari
tinglandi. Shuningdek
tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish, mahallalarda biznes loyihalarini
qo‘llab-quvvatlash
, yangi tashabbuslarni
moliyalashtirish
hamda mavjud
muammolarni hal etish
masalalari muhokama qilindi. Aholini qiynab kelayotgan
masalalar
yuzasidan tegishli
fikr
va
takliflar
bildirilib, ularni
hal etish
bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari
muhokama qilindi.
💬
Bunday uchrashuvlar
aholining murojaatlarini joyida
o‘rganish
, mavjud muammolarga tezkor
yechim topish
hamda fuqarolar bilan
ochiq va samimiy muloqot
ni yo‘lga qo‘yishda
muhim ahamiyat
kasb etadi.
Aholi bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga e’tibor!
👉
@turonbankmatbuotkotib

September 10, 13:43
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Baliqchida tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot!
📍
Andijon viloyati Baliqchi tumani
da Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti direktori
N.Tang‘inberdiyev
hamda Baliqchi tumani hokimi
J.Abduraimov
ishtirokida tumandagi faoliyat yuritayotgan
lider tadbirkorlar
hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan,
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar
bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
💬
Uchrashuvda tumandagi
66 ta mahalla fuqarolar yig‘ini
dan 70 nafarga yaqin yirik tadbirkor ishtirok etdi.
20 nafar tadbirkor
ishlab chiqarishni kengaytirish, sutni qayta ishlash,
o‘quv markazi faoliyatini rivojlantirish,
kasanachilikni yo‘lga qo‘yish,
qurilish materiallari ishlab chiqarish,
parrandachilik va chorvachilikni kengaytirish,
sport tovarlari hamda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish
ni yo‘lga qo‘yish uchun zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish maqsadida
garovsiz kredit mablag‘lari ajratilish
iga ehtiyoj bildirdi. Tadbirkorlar ushbu imkoniyatdan foydalanib,
yangi ish o‘rinlari yaratish
va ijtimoiy reyestrda turgan
fuqarolarni ish bilan ta’minlash
ga tayyor ekanini ma’lum qildi.
⚡️
Shuningdek,
“Sarnavul” MFY
da ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi
34 ta oila
hamda
20 nafar ishsiz fuqaro
bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning
muammo va ehtiyojlari tinglandi
. Fuqarolarni ijtimoiy reyestrdan chiqarish, bandligini ta’minlash va
daromadlarini oshirish bo‘yicha mavjud muammolar
ga amaliy yechimlar ko‘rib chiqildi.
Tadbirkorlik rivoji — yangi ish o‘rinlari, bandlik va aholi farovonligining muhim omilidir!
👉
@turonbankmatbuotkotib