Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ulug‘bek Po‘latov

u_pulatoff
Bu kanalda ba’zida yangilik, ba’zida tahliliy ma’lumotlar, ba’zida esa tanqidiy fikrlar berib boriladi. Instagram: https://www.instagram.com/ulugbek.pulatoff Reklama: @XalqinfoREK
Subscribers
4 460
24 hours
-240
30 days
1 000
Post views
912
ER
23,54%
Posts (30d)
59
Characters in post
525
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 14, 15:18
Media unavailable
2
Show in Telegram

Hokim bo‘lgim kelmaydi
Shu o’quvchi ham biladi-ya, hokimlar nima ishlar qilishini.
Yaxshi ishlaydigalari ko’p. Lekin bu lavozimga nomunosiblari undan ham ko’pda.
@u_pulatoff

March 14, 14:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Мана шунақа нарсалар қаердан келади каллаларингга силарни, калларингга силарни?

March 13, 13:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 13, 11:42

Hisobdorlik
Hozirgina prezident Shavkat Mirziyoyev aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha videoselektor
yig‘ilishi o‘tkazdi.
Unda vazirdan tortib, ularning hududiy tashkilot rahbarlari hamda hokimlarni ham aholi murojaatlari bilan ishlamayotgani aytildi. Shuningdek, ayrim hokimlar mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgani tanqid qilindi.
Umuman olganda, bularning barchasi hisobdorlik degan masalaga borib taqaladi. Lavozimda o‘tirgan mas’ullar parlament, xalq oldida o‘zini hisobdor deb bilmasa, bunday jarayon yana takrorlanaveradi.
Masalan, tarix fani o‘qituvchilari
keysini olaylik.
Ular sudga qadar murosa yo‘lini izlab, murojaat qilmagan yeri qolmadi. Masala sudda hal bo‘ladi deb umid qilgan o‘qituvchilarning o‘ylari ham chippakka chiqdi.
Oxiri nima bo‘ldi? Prezidentga
murojaat qilindi.
Mana shundan keyingina vazirlik harakatga tushib qoldi, masala jiddiy ekanligini his qildi va o‘z aybini tan oldi.
Ya’ni, vazirlik o‘zini o‘qituvchilar yoki xalq oldida emas, faqat prezident oldida hisobdor deb bilgani uchundir, balki, faqat mana shu ochiq murojaatdan keyingina aybini
tan oldi.
Aslida bu 9 oy cho‘zib yuriladigan masala emasdi. Vazirlik o‘qituvchilar oldida hisobdorligini his qilganida edi, birinchi appelyatsiyadayoq masala yopilgan bo‘lardi.
Shuning uchun hokimlar, vazirlar, umuman barcha lavozimda o'tirganlar birinchi navbatda xalq oldida hisobdorlikni his qilishi kerak.
@u_pulatoff

March 12, 08:31

"Noqulay ob-havo hamda tinimsiz yog'ingarchilik oqibatida..."

March 12, 07:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

100 yil turadi deb kafolat berilgan yo‘l o‘tkazgichning ahvoli
2 yilga ham yetib bormay Mirzo Ulug‘bek tumanida, Temur Malik va Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichning bir qismi qulab tushibdi.
Meni o‘ylantirayotgan narsa shuki, bu darajadagi baland devor, bo‘lib ham ustidan yo‘l o‘tgan devorni ushlab turadigan tirgaklari yo‘q ekan.
Odatda men ko‘rgan shunga o‘xshash loyihalarda devor qismini ushlab turish uchun katta-katta tirgaklar o‘rnatilardi. Bu yerda esa yo‘l o‘tkazgich devori shunchaki tuproq ustiga qurib qo‘yilganga o‘xshaydi.
Tag‘in ham halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q ekan. Agar shu vaqtda kimdir bo‘lganida, bosib qolishi aniq edi. Tez orada hokimlik bunga rasmiy izoh berib, gapni mana bunday boshlasa kerak: "
Noqulay ob-havo hamda tinimsiz yog'ingarchilik oqibatida...
"
@u_pulatoff

March 11, 10:14

Ijodiy krizis
Ijodiy krizis — bu insonning yangi g‘oyalar topishida, ijod qilishda vaqtincha qiyinchiliklarga duch kelish jarayoni hisoblanadi. Oddiyroq qilib aytganda, odamning hayoliga ilgari oson kelgan fikrlar va g‘oyalar kelmay qoladi.
Ijodiy krizis ko‘pincha yozuvchi, jurnalist, bloger, kontent yaratuvchilar, rassomlar, dizayner hamda o‘qituvchilarlarda uchrab turar ekan.
Bunday hollarda odamning hech narsaga qo‘li bormaydi, o‘zidan ko‘ngli to‘lmay yuraveradi. Hozir menda ham shunga o‘xshash jarayon ketyapti.
Bundan qutulish uchun dam olish kunlari qishloqqa ketib, qurilish ishlari bilan shug‘ullandim. Bu ham ancha yordam berdi.
Xo‘sh, yana kimda shunday holat kuzatilgan?
@u_pulatoff

March 11, 05:42

Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq maktablarda III chorakning so‘nggi kuni
20-martga
to‘g‘ri kelib, bahorgi ta'til
21-martdan
, IV chorak esa
28-mart
kunidan boshlanishi kerak edi.
Ammo, Ramazon hayiti bayrami
20-mart
sanasiga toʻgʻri kelsa, maktablardagi bahorgi ta’til ham shu sanasidan boshlanishi mumkin. Ya'ni, bahorgi ta’til
21-martdan
emas, balki
20-mart
sanasidan boshlanib, IV chorak darslari
27-mart
kunidan
boshlanishi mumkin.
@u_pulatoff

March 10, 16:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

Matbuot anjumanlarini sog’indik
2016-2024-yillarda ta’limga oid matbuot anjumanlari o’tkazib turilardi. Unda muammoli savollarga javob olardik, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining kelgusidagi rejalari haqida bilib borardik.
2025-yildan boshlab vazirlik matbuotga shu qadar yopilib oldiki, hatto vazirlik 2025-yilni matbuot anjumanisiz
yakunladi.
Mana 2026-yilning bahoriga ham yetib keldik, lekin vazirlikdan hali ham darak yo’q
(jimgina o’tkazib olingan
matbuot anjumani
bundan mustasno)
.
Bilmadim, endi shu bilan bunday matbuot anjumanlarini ko’ramizmi yoki yo’q… Savollar ham ancha to’planib qoldi.
@u_pulatoff

March 10, 09:13

Bu yil meva-chevadan umid qilmaymiz shekilli Toshkentda qor yog‘ishni boshladi. Havo ham keskin sovib ketti. Vaziyat jiddiy ekanligini Energetika vazirligining bugun soat 16:00 dan boshlab “metan zapravkalar” faoliyatiga cheklov joriy etilishi haqidagi…