Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Uluğbek Pölatov

u_pulatoff
Siz @xalqtaliminfo tahririyati rahbari, pedagogik masalalar böyiça rektor maslahatçisi Uluğbek Pölatovning şaxsiy kanalini kuzatyapsiz. Kanaldagi fikrlar öta şaxsiy! Reklama: @XalqinfoREK
Подписчики
5 737
24 часа
—
30 дней
918
Просмотры
1 900
ER
33,12%
Посты (30д)
124
Символов в посте
773
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 16:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Gapiring” tok-shousi muammolarni yaxshi yoritadi. Menga qolsa, bu ko‘rsatuvni oddiy tok-shoular qatoriga ham qo‘shmagan bo‘lardim.
Chunki saviyasi ancha yuqori. Vaqt qisqa bo‘lsa-da, mavzu yetarlicha qamrab olinadi. Ko‘rsatuvga
“eksPRT”
lar emas, haqiqiy soha ekspertlari taklif etiladi.
Bugun “Direktorlar menejermi yoki pedagog?” degan mavzu
muhokama qilinibdi
. Ko‘rishni tavsiya qilaman.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 26, 14:39
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Ko‘rsatuvdan ko‘ra, unga sarflangan pullarga achindim
Qaysidir ko‘rsatuvda "Qizlarni o‘qitib nima qilasiz, baribir foydasi yo‘q", degan mazmundagi fikr bildirilgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
Ma'lum bo'lishicha, bu ko‘rsatuv 3 yil avvalgi ko'rsatuv bo'lib, oldindan kelishilgan, ya'ni aynan shunday bahsni yuzaga keltirish avvaldan rejalashtirilgan ekan.
Ko‘rsatuvni to‘liq tomosha qilmaganman. Ammo shunga o‘xshash loyihalarni ko'p kuzatyapman. Bunday usullar hozir ham qo'llanilyapti. Menimcha, bunday qilib odamlarning hissiyoti bilan o'ynashmaslik kerak.
Ko'rsatuv uchun mablag' ajratilayotganda eng birinchi navbatda maqsadni aniqlab olish kerak. Ya'ni, maqsad shunchaki ko‘rishlar sonini oshirishmi yoki qandaydir ijtimoiy muammoni xolis yoritib, odamlarga to‘g‘ri ma’lumot berish orqali ularning qarashlarini o'zgartirishmi?
Ko‘rsatuv millionlab marta ko‘rilishi, minglab izohlar yozilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin bu jamiyat uchun foydali bo‘ldi, degani emas. Yuz mingta emas, yuzta odam ko'rsin, ma'nili bo'lsin.
Menimcha, odamlarning hissiyoti bilan o'ynashib, sun’iy ziddiyat hosil qilishdan ko‘ra, mavjud muammolarni
haqiqiy ekspertlar
bilan chuqur tahlil qilib, ularning sabablarini ochib berish va yechim izlashga xizmat qiladigan ko‘rsatuvlar tayyorlash foydaliroq.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 26, 06:18

Alifboni qo‘ya turaylik. Masalan, ta’lim vazirligining nomi o‘zgarganining o‘ziyoq qanchadan-qancha xarajatlarni keltirib chiqardi. 2022-yil oxirigacha
Xalq ta'limi vazirligi
, 2023-yildan
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
, 2026-yildan
Ta'lim va ilm-fan vazirligi
.
Qanday o'zgarishlar bo'lmasin, vazirlik nomi
Xalq ta'limi vazirligi
bo'lib qolaverganda ham hech kim urishmasdi. Ortiqcha xarajatning ham oldi olinardi.
O'zi bu nom 1988-yildan beri mavjud edi. 1991-yildan 2017-yilga qadar ham Xalq ta’limi vazirligi deb
nomlangan
. Nomlarga tegmasdan, mazmunga ko'proq urg'u qaratsak yaxshiroq bo'lardi.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 26, 05:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangi alifbo
islohoti
haqida kirill yozuvida berilgan topshiriq.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 24, 15:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Institutsional xotiraning yo‘qolishi
Ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar va tayinlovlardan keyin ayni shu mavzuda maqola yozgandim. Bu o‘zgarishlarning o‘zim bilgan ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilib ko'rgandim. Lekin maqolani e’lon qilgim kelmadi (Bir qismi "Xalq so'zi"da
chiqqandi
.) Avval kuzataylik, keyin fikr berarman degan pozitsiyada qolgandim.
E'lon qilinmagan maqolamda men 6 ta xavfni sanagandim. Bulardan biri institutsional xotiraning yo‘qolishi haqida edi.
"Ikki vazirlikning avvalgi ma’muriy islohotlardan keyin shakllangan tuzilmasi va kadrlar tarkibi hali to‘liq barqarorlashib ulgurmagandi. 2023-yildagi ma’muriy islohotlar natijasida ikki vazirlikda ham tashkiliy o‘zgarishlar yuz berdi, keyingi yillarda esa vazirlar ham bir necha bor almashdi. Ular ham “komandani” yangiladi.
Ta’lim tizimi murakkab tizim bo‘lgani uchun uning muammolarini chuqur anglash, sabablarini aniqlash va yechim topish ham o‘ziga yarasha vaqt talab etadi. Avvaldan ishlab kelayotgan mutaxassislar esa tizimdagi muammolarning ichiga kirib, ularni hal qilish yo‘llarini izlayotgan bir paytda yangi ma’muriy o‘zgarishlar kadrlar tarkibini yana qayta ko‘rib chiqish ehtiyojini tug‘dirishi aniq.
Natijada muammolarni hal qilishga qaratilgan ishlar to‘xtab qoladi, yangi tayinlangan rahbar va mutaxassislar esa jarayonlarni qaytadan o‘rganishiga vaqt sarflaydi. Shu tariqa, bir muammoni anglash va unga yechim topish uchun ketgan vaqt ortidan yopiq muammolar halqasi paydo bo‘ladi."
Masalan, pedagoglar farzandiga 30 foizlik chegirma berish atrofidagi
savollar ham
ochiq qoldi. Muammoning sababi aniq, nima qilish kerakligi ham
aniq
. Vaqt esa minglab pedagoglar zarariga ishlamoqda. Yangi tashkil etilgan vazirlik esa bunday muammo borligini hali bilgani ham yo‘q. Ularda hozir muammoni eshitishga vaqt ham, imkoniyat ham yo'q. Endi fevralgacha yangi "komandani" shakllantirish bilan band bo'lishsa kerak.
Avvalgi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hozir mavjud bo‘lganda, allaqachon bu masalaga rasmiy izoh berilgan, muammo ham yechimini topib bo‘lgan bo‘lardi, ehtimol. Harqalay, nisbatan reaksiyalar bo'lib turardi.
Endi yangi tashkil qilingan vazirlik bunday katta tizimda kutilmagan muammolar chiqib qolishi, unga tezroq yechim berilmasa, masala yanada chigallashib ketishini tushunib olishi uchun ancha vaqt kerak bo'ladi.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 24, 05:07

Nima qilamiz? Albatta, qonunga bo‘ysunamiz, garchi yoqmagan bo‘lsa ham. Qonun shunisi bilan qonun.
Kanal nomi (ismim va sharifim) yangi alifboga o‘zgardi. Postlarni esa eski alifboda yozib turaman. Hali 6 oy vaqtim bor ekan.
Yangi alifboda yozish noqulay bo‘lyapti. Na kompyuterlar, na telefonlar uchun mo‘ljallangan dasturlar ommalashdi.
Yangi alifboga o‘tishni mana shu ishlar bilan parallel ravishda amalga oshirishsa, yaxshi bo‘lardi. Hech yo’q Sh va Ch o‘z joyida qolsa bo‘lardi.
Mayli, qonun kuchga kirib bo‘lgan. Endi uni muhokama qilish noo‘rin, men uchun.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 24, 05:07

Channel name was changed to «
Uluğbek Pölatov
»

October 23, 11:09

Men nima degandim?
2026-yil 7-iyuldagi post:
"Kim kafolat beradi, masalan, qaysidir hokim falon viloyat tajribasi deb turib, maktablar va boshqa davlat tashkilotlaridagi
peshlavhalarni o‘zgartirish tashabbusi bilan
chiqib qolmasligiga?
Men aniq bilamanki, yangi alifbo tasdiqlanishi bilan birinchi o‘rinda maktab va bog‘chalardagi barcha narsalarni yangi alifboga moslash bo‘yicha
"Dolzarb falon kunlik"
degan tadbirlar boshlanib ketadi."
Mana,
boshlanibdi
, faqat sal boshqacharoq keys xolos. Yaqinda bayonotlar chiqadi, o'z xohishimiz bilan qildik degan. Men aynan mana shunday xarajatlarni ham nazarda tutgandim.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 23, 10:22
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Baribir inson aralashuvi kerak
Sun'iy intellektning mana shunaqa tomonlari bor. Unda eng muhim narsa —
tajriba yo'q
. Uni to'g'ri ishlatish uchun ham biroz aqlni ishlatish talab qilinadi.
Sun'iy intellekt tayyorlab bergan har qanday materialga ishonish ham xato. Uning asosiy missiyasi
"javob berish"
,
"to'g'ri javob berish"
emas. Shu sababli, u juda ko'p xato qiladi va bitta uzr bilan qutilib ketaveradi. Xuddi videodagi jarroh shifokor kabi.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook

October 23, 05:28

Ekspertlar sun’iy intellekt yaratgan audio, foto va videoni haqiqiysidan farqlab bo‘lmay qolganini aytmoqda
AQSHdagi sud anjumanida qatnashgan OpenAI va Meta ekspertlari yaqin kelajakda sun’iy intellekt mahsuli bo‘lgan mediakontentni asl nusxasidan ajratish umuman imkonsiz bo‘lib qolishini aytibdi.
Bugungi kunda bu kabi qalbakilashtirilgan materiallarni (dipfeyklarni) yuz foizlik aniqlikda fosh eta oladigan ilmiy asoslangan usul yoki texnologiyalarning paydo bo‘lishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
Bir tomondan ishimiz yengillashishidan xursand bo‘lsak, ikkinchi tomondan biroz qo‘rqitadi ham. Chunki, yomon maqsadlarda tayyorlangan kontentlarni haqiqiysidan ajratishning umuman imkoni bo‘lmay qoladi.
Yaqinda o‘zim ham dizayner tomonidan 1 mln so‘mdan ortiqroq summaga tayyorlab berigan dizaynning boshqacharoq shaklini sun’iy intellekt yordamida o‘zim bir soatda tayyorlab oldim. Tekinga.
Ochig‘i, men ulgurmay ham qolyapman. Umuman fantastika deb o‘ylab yurgan narsalarimni SI 10 daqiqada tayyorlab qo'yyapti. Bu esa biroz qo‘rqityapti ham.
Telegram
l
Instagram
l
Facebook