
UBS Namangan | Rasmiy kanal
🏫
Attestatsiyaga tayyorgarlik har bir kafedra faoliyatidan boshlanadi
UBS rektori, texnika fanlari doktori, dotsent
D. Xolmatov
Filologiya fakulteti Til va adabiyot ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, kafedraning rejalari, attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning universitet ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi o‘rnini muhokama qildi.
📚
Attestatsiya va akkreditatsiya barcha bo‘g‘inlarda tizimli tayyorgarlikni talab qiladi. Shu bois har bir kafedraning ta’lim jarayonini tashkil etishdan tortib, professor-o‘qituvchilar faoliyatigacha bo‘lgan ishlari universitetning umumiy tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi.
👍
UBS bilan ilmga yo‘l oching!
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
🏠
Yoshlarning yashash sharoiti UBS rektorining shaxsiy nazoratida
UBS rektori
, dotsent
D. Xolmatov
universitetning 2-o‘quv binosi yaqinida joylashgan, jami 822 o‘ringa mo‘ljallangan uchta talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlari bilan shaxsan tanishdi.
Ular orasida “Obi hayot” MFY binosidagi 272 o‘rinli, shuningdek, Shohruhobod ko‘chasida joylashgan 150 va 400 o‘rinli talabalar turar joylari mavjud.
✅
O‘quv auditoriyalaridan tashqaridagi qulay sharoit ham talabalik hayotining muhim qismi bo‘lgani uchun talabalarning yashash sharoitlari UBS rahbariyatining doimiy e’tiborida.
👍
UBS bilan ilmga yo‘l oching!
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
💎
UBS Namanganda magistraturaga qabul davom etmoqda!
Quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabuli davom etmoqda:
• Pedagogika
• Xorijiy til va adabiyoti
• Iqtisodiyot
• Tarix
• Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
• Lingvistika: o‘zbek tili va rus tili
• Buxgalteriya hisobi
• Ta’limda axborot texnologiyalari
• Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
• Matematika
• Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
💎
UBS bakalavr bitiruvchilari kursdosh sifatida topshirsa — 20% chegirma, boshqa OTM bitiruvchilari uchun — 10% chegirma
beriladi.
Magistraturada o‘qishni davom ettirish imkoniyatidan foydalaning —
qabul davom etmoqda!
Hujjat topshirish:
qabul.ubsu.uz
💎
+998555202626
💎
@ubsuzbekistan_bot
🏛
UBS bilan ilmga yo‘l oching!
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz
✏️
Keksalar tajribasi — yosh avlod uchun muhim ibrat maktabi
UBS
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
Faxritdin Asqarov
Davlatobod tumani
“Nuroniy”
jamg‘armasi vakili
Hakimjon Sheraliyev
bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish hamda avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
🤝
Avlodlar muloqoti keksalarning hayotiy tajribasini yoshlarning kuch-g‘ayrati va intilishlari bilan uyg‘unlashtirib, qadriyatlar davomiyligi va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
👍
UBS bilan ilmga yo‘l oching!
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
👍
👍
👍
👍
▪️
Bitta APK-fayl firibgarlarga smartfoningizga kirish imkonini berishi mumkin!
Oddiy fayllarga yashirilgan zararli ilovalar bilib-bilmay bosilsa, foydalanuvchining shaxsiy va bank ma’lumotlariga begonalarning kirish xavfi keskin oshadi.
▪️
Bunday kibertahdidlardan himoyalanish uchun IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Ilova noma’lum manbalardan yuklab olinayotgan potensial xavfli APK-fayllarni aniqlab, darhol bloklaydi hamda smartfon xavfsizligini real vaqt rejimida ta’minlashga yordam beradi.
“APK Qo‘riqchi”
ilovasini suratdagi QR-kodni skanerlash orqali o‘rnatishingiz mumkin.
🛡
Unutmang, raqamli xavfsizlik e’tibordan boshlanadi!
Shubhali havolalar va noma’lum manbalardan kelgan fayllarni ochmang, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun mavjud xavfsizlik vositalaridan albatta foydalaning
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
🏫
UBSda tibbiyot yo‘nalishlari talabalari uchun dars jarayonlari boshlandi
Bugun tibbiyot yo‘nalishlarining 2- va 3-kurs talabalari yozgi tanaffusdan so‘ng UBS auditoriyalariga qaytib, dars jarayonlarini boshladilar.
Darslar boshlanishidan avval
UBS rektori, professor Dilshodjon Xolmatov
talabalar bilan uchrashib, ularga yangi o‘quv yili oldidan omad va muvaffaqiyat tiladi.
Oldinda — Ibn Sino vorislarining mahoratini oshiradigan yangi bilimlar, amaliy mashg‘ulot va tajribalar kutmoqda.
🎓
UBSning barcha tibbiyot yo‘nalishlari talabalariga dars jarayonlarida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
Egallayotgan bilim va ko‘nikmalaringiz kelajakda xalqimizga sidqidildan xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishingizga zamin yaratsin!
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
Ushbu natija bilan sizni tabriklayman va davomiy bo'lishini tilab qolaman!
Kuni kecha
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari
Telegram kanali rahbari va administratorlari UBSga kelib, universitet rektori
Dilshod Xolmatov
ga
“Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi”
tanlovidagi natija munosabati bilan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
👆
Biz esa ushbu jarayonlarni video-lavhaga muhrlab qoʻydik.
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz
🕌
Tarixni yodda tutgan holda kelajakni bunyod etamiz
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi
munosabati bilan
UBS
ning bir nechta kafedralari iqtidorli talabalari
“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori”
shiori ostida bayram dasturini tayyorladilar.
💃
Kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari orqali bayramona kayfiyat tadbirning asosiy g‘oyasi — tarixiy xotira va milliy qadriyatlarni asrab, ularni yangi avlodga yetkazish bilan uyg‘unlashtirildi.
👍
Mustaqillik — biz e’zozlab, kelgusi avlodlarga yetkazadigan qadriyatdir.
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
🏆
UBS — yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchligida!
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari
telegram kanalida o‘tkazilgan
“Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi”
ko‘rik-tanlovida University of Business and Science
2-o‘rinni
egalladi.
UBS oʻtgan ikki yil davomida ketma-ket 1-oʻrinni egallab, nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasida
TOP-3 talikdan joy olib kelmoqda.
💎
Bu natija universitet jamoasining izchil mehnati, rivojlanishga bo‘lgan intilishi, ta’lim sifatini takomillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar va UBSga boʻlgan ishonchning yaqqol isbotidir.
Tanlov yakunlanishi bilan Nodavlat oliy ta’lim muassasalari Telegram kanali rahbari va administratorlari UBSga kelib, universitet rektori
Dilshod Xolmatov
ga tanlovdagi natija munosabati bilan esdalik sovg‘alarini topshirdi va UBS jamoasining kelgusidagi faoliyatiga yangi zafarlar tiladi.
👍
UBS — bir qadam oldinda!
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz
🤝
UBS & Mustang: amaliyot va ishga joylashish uchun yangi imkoniyatlar
University of Business and Science
hamda
Mustang tekstil fabrikasi
talabalar uchun amaliy tayyorgarlik, dual ta’lim va mavsumiy ish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan
hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
🔥
Talabalar fabrikada malakaviy amaliyotlarni o‘tash, real ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda ish muhitida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘qish davridayoq orttirilgan amaliy tajriba — universitetni nafaqat diplom, balki o‘qish davridayoq o‘z sohasida amaliy tajriba orttirish uchun muhim qadam.
👍
UBS bilan yetuk mutaxassisga aylaning!
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz