
UBS Namangan | Rasmiy kanal
🚀
StudEXPO-2026: xalqaro innovatsiyalar maydonidan yorqin lahzalar
University of Business and Science’da O‘sh davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
“StudEXPO-2026: Computer Science and Design”
xalqaro ko‘rgazmasi 18 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasidan kelgan 350 nafarga yaqin yoshlarni birlashtirdi.
🎥
Innovatsion loyihalar, qizg‘in bellashuvlar va xalqaro tajriba almashinuvi — barchasi bir videoda!
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz
▫️
«Psixologlar klubi»: ichki imkoniyatlardan katta yutuqlar sari
University of Business and Science
da
«Psixologlar klubi»
ning navbatdagi seminar-treningi tashkil etilib, unda amerikalik yozuvchi
Luiza Xey
ning g‘oyalari, o‘zini anglash va ichki imkoniyatlarni kashf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar psixologik to‘siqlarni yengish, ijobiy fikrlashni rivojlantirish va jamoada sog‘lom ruhiy muhit yaratish usullarini muhokama qildilar.
▫️
Tadbirning e’tiborli jihatlaridan biri xalqaro konferensiyalardagi yutuqlari bilan e’tirof qozongan «Psixologlar klubi» a’zolarining UBS rahbariyati tomonidan taqdirlanishi bo‘ldi.
👍
«Psixologlar klubi» o‘zini anglash, shaxsiy rivojlanish va yangi yutuqlarga intilayotgan talabalarni birlashtirishda davom etmoqda.
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
📢
TAKLIFNOMA
📢
Assalomu alaykum, hurmatli UBSliklar!
🤝
"Xotira Akademiyasi" jamoasi sizni 5 yillik tajribalar natijasida tayyorlangan Innovatsion lug'at kitobi taqdimotiga tashrif buyurib, aziz mehmonimiz bo'lishingizni so'raydi!
📚
🧠
Ushbu kitob barcha Ingliz tili o'rganuvchilari uchun mahsus tuzilgan bo'lib, til o'rganishdagi so'z yodlash jarayonlarida eng katta muammolarga yechim berib ketilgan. Bizning kitob orqali 15 kunda 600 tadan 1000 tagacha so'zni oson yodlang!
📅
Kun: 28-oktabr, chorshanba
🕦
Soat: 11:30
📍
Manzil: UBS tibbiyot binosi
Sizni kutib qolamiz!
✨
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
☎️
+998500256976
📲
@Mr_Asakalik
@Kamina_1905
Hurmat bilan,
"Xotira Akademiyasi" jamoasi
🌟
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
☕️
Turk tiliga «Merhaba»!
Sevimli turk seriallarini tarjimasiz tomosha qilish, sayohatlarda erkin muloqot qilish, ilmiy maqolalarni asl tilda o‘qish yoki ta’limni davom ettirish uchun til sertifikatini qo‘lga kiritish — turk tilini o‘rganish uchun har kimning o‘z maqsadi bor.
💡
Unga erishish sari ilk qadamni esa UBSda qo‘yishingiz mumkin!
University of Business and Science Til va adabiyot ta’limi kafedrasi qoshidagi Turk tili markazi turk tilini o‘rganish va til imtihonlariga tayyorlanish istagida bo‘lgan barchani mashg‘ulotlarga taklif etadi.
Mashg‘ulotlar Turkiyaning
Ege universiteti
professor-o‘qituvchilari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD)
Jihangir Demir
va
Munise O‘ner Demir
rahbarligidagi jamoa tomonidan olib boriladi.
O‘quv dasturi va tayyorgarlik yo‘nalishlari:
✓ Turk tilidan milliy sertifikat va xalqaro TYS (Türkçe Yeterlik Sınavı) imtihonlariga tayyorgarlik;
✓ Maxsus o‘quv dasturi va moslashuvchan dars jadvali;
✓ To‘rtta asosiy til ko‘nikmasini rivojlantirish:
🟢
Dinleme — tinglab tushunish
🟢
Okuma — o‘qib tushunish
🟢
Yazma — yozish
🟢
Konuşma — gapirish
🟢
Ilk «Merhaba»dan turk tilida erkin muloqot qilishgacha bo‘lgan yo‘lni UBS bilan boshlang!
✅
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998 93 211 86 68
🔹
Telegram:
@dakkan_dakka
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
🇺🇿
🇰🇬
UBSda Özbek-qirğiz madaniyat markazi oçildi
University of Business and Science
da ötkazilgan “StudEXPO-2026” xalqaro körgazmasi doirasida
UBS va Bişkek davlat universiteti hamkorligida Özbek-qirğiz madaniyat markazi
tantanali ravişda oçildi.
Yangi markaz ikki xalq örtasidagi madaniy rishtalarni yanada mustahkamlaş, milliy an’ana va qadriyatlarni özaro tanitiş, talabalar örtasidagi muloqotni kengaytiriş hamda qoşma madaniy-ma’rifiy loyihalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.
🎥
Özbek va qirğiz xalqlari örtasidagi döstlik va hamkorlikning yangi sahifasini videoda tomoşa qiling!
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz
👍
👍
👍
👍
👍
🏆
StudEXPO–2026 faollari taqdirlandi
23-oktyabr kuni o‘tkazilgan
StudEXPO–2026
ko‘rgazmasida o‘z faolligi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar
University of Business and Science
rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof ko‘rgazma muvaffaqiyatiga hissa qo‘shganlarning mehnati, ijodiy yondashuvi va tashabbuslarini qadrlashning yorqin ifodasi bo‘ldi.
StudEXPO–2026 universitet jamoasining hamjihatligi, izlanishi va yangilikka intilishini yana bir bor ko‘rsatdi.
🏛
UBSLIKLAR navbatdagi yirik loyihalar va tashabbuslarga tayyormisiz?
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
ubsu.uz
🗣
🗣
🗣
🗣
🗣
🤩
“StudEXPO-2026”: Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
Kun davomida
"University of Business and Science"
da bo'lib o‘tgan
“StudEXPO-2026”
xalqaro ko‘rgazmasi doirasida muhim voqea ham yuz berdi.
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdagi xizmatlari uchun
O‘sh davlat universiteti rektori
K. Kojabekov
hamda
Bishkek davlat universiteti rektori
M. Dyilbayev
ga UBSning
“Faxriy professor” unvoni
tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va akademik rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi
O‘zbek-qirg‘iz markazi
ning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Bir kunlik qizg‘in bellashuv va taqdimotlar yakunida eng innovatsion hamda istiqbolli deb topilgan loyiha mualliflari hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi. G‘olib talabalar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
🤩
Xalqaro ko‘rgazmada faol qatnashgan barcha talabalarga va xorijlik hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz! Kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz
👍
👍
👍
👍
👍
👍
🚀
UBSda xalqaro talabalar ko‘rgazmasi: StudEXPO-2026
University of Business and Science
yoshlarning professional salohiyatini namoyon etish va xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi yirik loyihaga mezbonlik qildi.
Qirg‘iziston Respublikasining
K. Karasayev nomidagi Bishkek davlat universiteti
hamda
O‘sh davlat universiteti
bilan hamkorlikda o‘tkazilgan
“StudEXPO-2026: Computer Science and Design”
xalqaro ko‘rgazmasi kutilganidanam qizg‘in ruhda oʻtdi.
📌
Ushbu nufuzli anjumanda UBS talabalaridan tashqari
18 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasidan 350 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar
o‘zlarining innovatsion g‘oya va ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirning ochilish marosimida
Namangan viloyati hokimi, senator
Shavkatjon Abdurazzaqov
qatnashib, xalqaro ko‘rgazma va tanlovga rasman start berdi.
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha namoyish etishdi:
🔵
Dasturlash, mobil va veb-ilovalar;
🔵
Robototexnika, avtomatlashtirish va AI;
🔵
3D modellashtirish va Motion Animation;
🔵
Illyustratsiya va grafik dizayn;
🔵
Dasturlash olimpiadasi.
🔆
Ushbu ko‘rgazma yosh dasturchi hamda dizaynerlar uchun nafaqat o‘z loyihalarini taqdim etish, balki soha mutaxassislari bilan tajriba almashish va kelajakdagi imkoniyatlar eshigini ochish maydoniga aylandi.
Rasmiy sahifalarimiz:
😊
Telegram
|
😊
Instagram
|
😊
Linkedin
😊
Facebook
|
😊
YouTube
|
😊
ubsu.uz