Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🚀 Uchadi Uxladi 😴

uchadiuxladi
MARKETING | PR | REKLAMA 💡 Marketing'da to‘g‘ri qo‘llanilgan #kreativ — biznes daromadining akseleratori 🚀 Muallif: Shohrux Nizamutdinov 👇 YouTube kanalimizga obuna bo'ling! 🎬 youtube.com/@UchadiUxladi Aloqa: @mashxuraew #marketing
Subscribers
3 270
24 hours
30 days
Post views
589
ER
18,01%
Posts (30d)
15
Characters in post
639
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
MAMarketing
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Marketing & Sales
Summary
June 30, 11:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

GILLETTE’DAN FIFA CHEKLOVLARIGA GENIAL JAVOB!
🪒
🏟
FIFA navbatdagi cheklovni qo‘lladi: rasmiy homiy bo‘lmagani uchun Gillette brendiga Boston stadionida o‘z logotipini ko‘rsatish taqiqlandi.
Gillette esa vaziyatdan dahoona chiqib ketdi: Ular logotipni shunchaki berkitishmadi — o‘rniga xuddi reklama ustidan soqol olish ko‘pigi surtib qo‘yilgandek vizual joylashtirishdi!
Hech qanday nom yozilmagan bo‘lsa-da, hamma gap qaysi brend haqida ketayotganini bir qarashda tushundi. FIFA taqiqlar orqali brendlarga yana bir bor eng daxshatli virusli reklamani tekinga qilib berdi!
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 30, 09:57
Media unavailable
6
Show in Telegram

IKEA yana bir bor kreativ yondashuvini namoyish etdi.
🌍

Brend o‘z mahsulotlarini birlashtirib, turli davlatlar bayroqlarini yaratdi. Shu orqali IKEA futbolning butun dunyoni birlashtiruvchi ruhini va har bir buyumni yig‘ish g‘oyasini bitta vizualda ifodaladi.
Minimal detallar, maksimal g‘oya. Aynan shunday reklama uzoq vaqt esda qoladi.
💙
💛
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 29, 13:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

🚀
Kreativ g‘oyalaringiz xalqaro maydonga chiqishga tayyormi?
VIII
Tashkent International Advertising Festival — TAF!26
xalqaro tanloviga ishlar qabuli boshlandi!
🌍
Agar siz reklama, marketing, dizayn, digital yoki PR yo‘nalishida brendlar va biznesni rivojlantiradigan loyihalar yaratayotgan bo‘lsangiz, bu o‘zingizni xalqaro professional hamjamiyatga namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat.
Sizni kutmoqda:
🏆
35 ta nominatsiya
🌍
Xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati

Industry Choice
— O‘zbekiston marketing hamjamiyati tanlovi
🤝
Yangi hamkorliklar, xalqaro e’tirof va global maydonda o‘z loyihalaringizni taqdim etish imkoniyati.
Tanlovda agentliklar, brendlar, dizayn va digital studiyalar, PR jamoalari, prodakshn kompaniyalari hamda dunyoning istalgan nuqtasidagi mustaqil kreativ mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
📅
Arizalar qabuli: 2026-yil 2-sentabrgacha.
Kreativ ishlaringizni taqdim eting va marketing kommunikatsiyalari sohasining eng kuchli vakillari qatoridan joy oling!
🌍

🌐
taf26.marketing.uz/uz
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 24, 10:38
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

TELEGRAM’DAN DAXSHATLI YANGILANISH: ENDI TO‘LIQ MARKDOWN BOR!
⚡️
📲
Telegram messenjeri kontent yaratuvchilar va oddiy foydalanuvchilar uchun uzoq kutilgan o‘ta kuchli funksiyani taqdim etdi — endi ilovada
Markdown
formatlash tizimi to‘liq ishlaydi!
Nimalar qo‘shildi?
📊
Jadvallar, sarlavhalar va ro‘yxatlar:
Endi chatning o‘zida xuddi Word yoki Notion’dagidek chiroyli hujjatlar yig‘ish mumkin.
💻
Kod bloklari va iqtiboslar:
Matnlarni vizual jihatdan mukammal shaklga keltirish imkoniyati kengaydi.
🤖
Sun’iy intellekt (AI) botlari uchun esa alohida sovg‘a:
Endi botlar cheksiz formatlash imkoniyatiga ega bo‘ldi va ularning bitta xabar limiti naqd
32 768 belgigacha
uzaytirildi! Botlar endi sizga butun boshli kitob yoki maqolalarni chiroyli jadvallar bilan bir marta yozib bera oladi.
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 24, 09:57
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston
va
🇵🇹
Portugaliya
o‘yinidan so‘ng o‘zbek brendlari
Threads’ni
portlatishdi!
🔥

June 24, 06:35
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

BRENDLARDA FUTBOL KAYFIYATI
⚽️
Katta futbol voqealari arafasida o‘zimizning mashhur brendlar ham tayyorgarlikni boshlab yuborishibdi!
🔥
Rasmda ko‘rib turganingizdek,
Uzum Tezkor
o‘z ilova belgisini chiroyli futbol koptogi ko‘rinishiga o‘zgartirgan bo‘lsa
1fit
jamoasi ham Instagram’dagi logotipini darvoza to‘ridagi koptok qilib moslashtirib olibdi.
⚽️
Hamma joyda haqiqiy futbol muhiti sezilmoqda! Xo‘sh, siz ushbu mavsumda qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?
👇
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 23, 12:44
Media unavailable
3
Show in Telegram

RUTUBE VA O‘ZBEKISTON BIR BAYROQ OSTIDA: BUGUN MILLIY TERMA JAMOMIZ RONALDOGA QARSHI!
🇺🇿
⚽️
Bugun butun MDH davlatlari nigohi bitta o‘yinga qaratiladi. Bizning
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz
mazkur Jahon chempionatida butun mintaqa sharafini himoya qilayotgan yagona jamoa sifatida maydonga tushadi! Raqib esa hazilakam emas —
Krishtiano Ronaldo
boshchiligidagi Portugaliya!
Ushbu tarixiy to‘qnashuv arafasida RuTube platformasi xalqlar do‘stligini tarannum etuvchi juda chiroyli va kreativ loyihani taqdim etdi. MDH muxlislari bugun yagona bayroq ostida aynan O‘zbekistonga muxlislik qilishadi.
Kreativ va qo‘llab-quvvatlash uchun RuTube’ga alohida hurmat!
Bugun maydonda yigitlarimizga omad tilaymiz. Faqat g‘alaba!
🇺🇿
🔥
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 23, 07:42
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

LEVI’S MARKETING HAQIDA DAXSHATLI DARS O‘TDI!
🤫
🏟
FIFA Jahon chempionatida millionlab dollar to‘laydigan rasmiy homiylarini himoya qilish uchun daxshatli qaror qabul qildi: turnir o‘tayotgan stadionlardagi boshqa barcha brend nomlari olib tashlandi va ularning o‘rniga shunchaki oq peshtaxtalar qo‘yildi.
Eng qiziq voqea mashhur
Levi’s Stadium
bilan sodir bo‘ldi — FIFA talabiga ko‘ra stadion nomi rasman
San Francisco Bay Area Stadium
ga o‘zgartirildi.
Brendning javobi esa shunchaki dahoona bo‘ldi:
Levi’s barcha ijtimoiy tarmoqlaridagi profil avatarini o‘sha FIFA o‘rnatgan oq peshtaxtaga va uning ustidagi o‘z logotipi siluetiga almashtirib qo‘ydi.
😂
Natijada brend bir tiyin ham to‘lamasdan, butun dunyo e’tiborini o‘ziga qaratdi va virusli reklama qilib oldi. Mana kreativ yondashuv va ambush-marketing kuchi!
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 22, 06:31
Media unavailable
4
Show in Telegram

JAHON ChEMPIONATIDAGI ENG "AQLLI" REKLAMA: REXONA KO‘ZLAGAN MANZILIGA ANIQ URDI!
🎯
👀
Jahon chempionati o‘yinlarini kuzata turib, zaxira hakamlarining kutilmagan reklamasiga ko‘zingiz tushdimi? Ha, adashmadingiz —
Rexona
brendi zaxira hakamlarining qo‘ltiq osti qismini reklama maydoniga aylantirib yubordi!
Hakam maydonga qo‘shimcha daqiqalar yoki almashtirishlar taxtachasini ko‘targanida, uning kiyimidagi Rexona logotipi xuddi brendning "teri himoyasi" funksiyasiga ishora qilgandek, eng kerakli joyda namoyon bo‘lmoqda.
Kreativga shunchaki qoyil qolish kerak! Odamlar e’tibori eng yuqori bo‘ladigan va aynan "terlash" bilan bog‘liq bo‘lgan kadrni tanlash — haqiqiy marketing shedevri. Mana, budjetni qayerga va qanday sarflash kerak!
😅
🚀
@UchadiUxladi
😴

June 17, 11:17
Media unavailable
5
Show in Telegram

JAHON CHEMPIONATI BOSHLANDI! COCA-COLA’DAN ESA EKSKLYUZIV
🥤
⚽️
Futbol bo‘yicha uzoq kutilgan
Jahon chempionati start oldi!
Aynan mana shu ulkan bayram munosabati bilan
Coca-Cola
brendi kolleksionerlar va futbol fanatlari uchun daxshatli loyihani taqdim etdi.
Brend turnirda ishtirok etayotgan barcha
48ta davlatga
bag‘ishlangan, cheklangan seriyadagi bankalarni sotuvga chiqardi. Har bir dizayn o‘sha mamlakatning futbol madaniyati va milliy ramzlarini aks ettiradi. Dunyo bo‘ylab ashaddiy ishqibozlar o‘z jamoalari bankasini topish va barcha 48 xil variantni to‘plash uchun hozirdanoq do‘konlarda ajiotaj boshlashgan. Chempionat o‘yinlarini tomosha qilish uchun ideal hamroh!
🚀
@UchadiUxladi
😴