Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

πŸš€ Uchadi Uxladi 😴

uchadiuxladi
MARKETING | PR | REKLAMA πŸ’‘ Marketing'da toβ€˜gβ€˜ri qoβ€˜llanilgan #kreativ β€” biznes daromadining akseleratori πŸš€ Muallif: Shohrux Nizamutdinov πŸ‘‡ YouTube kanalimizga obuna bo'ling! 🎬 youtube.com/@UchadiUxladi Aloqa: @mashxuraew #marketing
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
3 270
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
β€”
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
589
ER
18,01%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
15
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
639
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
MAΠœΠ°Ρ€ΠΊΠ΅Ρ‚ΠΈΠ½Π³
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠœΠ°Ρ€ΠΊΠ΅Ρ‚ΠΈΠ½Π³ ΠΈ ΠΏΡ€ΠΎΠ΄Π°ΠΆΠΈ
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
June 30, 11:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

GILLETTE’DAN FIFA CHEKLOVLARIGA GENIAL JAVOB!
πŸͺ’
🏟
FIFA navbatdagi cheklovni qoβ€˜lladi: rasmiy homiy boβ€˜lmagani uchun Gillette brendiga Boston stadionida oβ€˜z logotipini koβ€˜rsatish taqiqlandi.
Gillette esa vaziyatdan dahoona chiqib ketdi: Ular logotipni shunchaki berkitishmadi β€” oβ€˜rniga xuddi reklama ustidan soqol olish koβ€˜pigi surtib qoβ€˜yilgandek vizual joylashtirishdi!
Hech qanday nom yozilmagan boβ€˜lsa-da, hamma gap qaysi brend haqida ketayotganini bir qarashda tushundi. FIFA taqiqlar orqali brendlarga yana bir bor eng daxshatli virusli reklamani tekinga qilib berdi!
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 30, 09:57
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
6
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

IKEA yana bir bor kreativ yondashuvini namoyish etdi.
🌍
⚽
Brend oβ€˜z mahsulotlarini birlashtirib, turli davlatlar bayroqlarini yaratdi. Shu orqali IKEA futbolning butun dunyoni birlashtiruvchi ruhini va har bir buyumni yigβ€˜ish gβ€˜oyasini bitta vizualda ifodaladi.
Minimal detallar, maksimal gβ€˜oya. Aynan shunday reklama uzoq vaqt esda qoladi.
πŸ’™
πŸ’›
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 29, 13:34
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸš€
Kreativ gβ€˜oyalaringiz xalqaro maydonga chiqishga tayyormi?
VIII
Tashkent International Advertising Festival β€” TAF!26
xalqaro tanloviga ishlar qabuli boshlandi!
🌍
Agar siz reklama, marketing, dizayn, digital yoki PR yoβ€˜nalishida brendlar va biznesni rivojlantiradigan loyihalar yaratayotgan boβ€˜lsangiz, bu oβ€˜zingizni xalqaro professional hamjamiyatga namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat.
Sizni kutmoqda:
πŸ†
35 ta nominatsiya
🌍
Xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati
⭐
Industry Choice
β€” Oβ€˜zbekiston marketing hamjamiyati tanlovi
🀝
Yangi hamkorliklar, xalqaro e’tirof va global maydonda oβ€˜z loyihalaringizni taqdim etish imkoniyati.
Tanlovda agentliklar, brendlar, dizayn va digital studiyalar, PR jamoalari, prodakshn kompaniyalari hamda dunyoning istalgan nuqtasidagi mustaqil kreativ mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
πŸ“…
Arizalar qabuli: 2026-yil 2-sentabrgacha.
Kreativ ishlaringizni taqdim eting va marketing kommunikatsiyalari sohasining eng kuchli vakillari qatoridan joy oling!
🌍
✨
🌐
taf26.marketing.uz/uz
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 24, 10:38
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

TELEGRAM’DAN DAXSHATLI YANGILANISH: ENDI TOβ€˜LIQ MARKDOWN BOR!
⚑️
πŸ“²
Telegram messenjeri kontent yaratuvchilar va oddiy foydalanuvchilar uchun uzoq kutilgan oβ€˜ta kuchli funksiyani taqdim etdi β€” endi ilovada
Markdown
formatlash tizimi toβ€˜liq ishlaydi!
Nimalar qoβ€˜shildi?
πŸ“Š
Jadvallar, sarlavhalar va roβ€˜yxatlar:
Endi chatning oβ€˜zida xuddi Word yoki Notion’dagidek chiroyli hujjatlar yigβ€˜ish mumkin.
πŸ’»
Kod bloklari va iqtiboslar:
Matnlarni vizual jihatdan mukammal shaklga keltirish imkoniyati kengaydi.
πŸ€–
Sun’iy intellekt (AI) botlari uchun esa alohida sovgβ€˜a:
Endi botlar cheksiz formatlash imkoniyatiga ega boβ€˜ldi va ularning bitta xabar limiti naqd
32 768 belgigacha
uzaytirildi! Botlar endi sizga butun boshli kitob yoki maqolalarni chiroyli jadvallar bilan bir marta yozib bera oladi.
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 24, 09:57
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Oβ€˜zbekiston
va
πŸ‡΅πŸ‡Ή
Portugaliya
oβ€˜yinidan soβ€˜ng oβ€˜zbek brendlari
Threads’ni
portlatishdi!
πŸ”₯

June 24, 06:35
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

BRENDLARDA FUTBOL KAYFIYATI
⚽️
Katta futbol voqealari arafasida oβ€˜zimizning mashhur brendlar ham tayyorgarlikni boshlab yuborishibdi!
πŸ”₯
Rasmda koβ€˜rib turganingizdek,
Uzum Tezkor
oβ€˜z ilova belgisini chiroyli futbol koptogi koβ€˜rinishiga oβ€˜zgartirgan boβ€˜lsa
1fit
jamoasi ham Instagram’dagi logotipini darvoza toβ€˜ridagi koptok qilib moslashtirib olibdi.
⚽️
Hamma joyda haqiqiy futbol muhiti sezilmoqda! Xoβ€˜sh, siz ushbu mavsumda qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?
πŸ‘‡
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 23, 12:44
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

RUTUBE VA Oβ€˜ZBEKISTON BIR BAYROQ OSTIDA: BUGUN MILLIY TERMA JAMOMIZ RONALDOGA QARSHI!
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
⚽️
Bugun butun MDH davlatlari nigohi bitta oβ€˜yinga qaratiladi. Bizning
Oβ€˜zbekiston milliy terma jamoamiz
mazkur Jahon chempionatida butun mintaqa sharafini himoya qilayotgan yagona jamoa sifatida maydonga tushadi! Raqib esa hazilakam emas β€”
Krishtiano Ronaldo
boshchiligidagi Portugaliya!
Ushbu tarixiy toβ€˜qnashuv arafasida RuTube platformasi xalqlar doβ€˜stligini tarannum etuvchi juda chiroyli va kreativ loyihani taqdim etdi. MDH muxlislari bugun yagona bayroq ostida aynan Oβ€˜zbekistonga muxlislik qilishadi.
Kreativ va qoβ€˜llab-quvvatlash uchun RuTube’ga alohida hurmat!
Bugun maydonda yigitlarimizga omad tilaymiz. Faqat gβ€˜alaba!
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
πŸ”₯
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 23, 07:42
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

LEVI’S MARKETING HAQIDA DAXSHATLI DARS Oβ€˜TDI!
🀫
🏟
FIFA Jahon chempionatida millionlab dollar toβ€˜laydigan rasmiy homiylarini himoya qilish uchun daxshatli qaror qabul qildi: turnir oβ€˜tayotgan stadionlardagi boshqa barcha brend nomlari olib tashlandi va ularning oβ€˜rniga shunchaki oq peshtaxtalar qoβ€˜yildi.
Eng qiziq voqea mashhur
Levi’s Stadium
bilan sodir boβ€˜ldi β€” FIFA talabiga koβ€˜ra stadion nomi rasman
San Francisco Bay Area Stadium
ga oβ€˜zgartirildi.
Brendning javobi esa shunchaki dahoona boβ€˜ldi:
Levi’s barcha ijtimoiy tarmoqlaridagi profil avatarini oβ€˜sha FIFA oβ€˜rnatgan oq peshtaxtaga va uning ustidagi oβ€˜z logotipi siluetiga almashtirib qoβ€˜ydi.
πŸ˜‚
Natijada brend bir tiyin ham toβ€˜lamasdan, butun dunyo e’tiborini oβ€˜ziga qaratdi va virusli reklama qilib oldi. Mana kreativ yondashuv va ambush-marketing kuchi!
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 22, 06:31
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

JAHON ChEMPIONATIDAGI ENG "AQLLI" REKLAMA: REXONA KOβ€˜ZLAGAN MANZILIGA ANIQ URDI!
🎯
πŸ‘€
Jahon chempionati oβ€˜yinlarini kuzata turib, zaxira hakamlarining kutilmagan reklamasiga koβ€˜zingiz tushdimi? Ha, adashmadingiz β€”
Rexona
brendi zaxira hakamlarining qoβ€˜ltiq osti qismini reklama maydoniga aylantirib yubordi!
Hakam maydonga qoβ€˜shimcha daqiqalar yoki almashtirishlar taxtachasini koβ€˜targanida, uning kiyimidagi Rexona logotipi xuddi brendning "teri himoyasi" funksiyasiga ishora qilgandek, eng kerakli joyda namoyon boβ€˜lmoqda.
Kreativga shunchaki qoyil qolish kerak! Odamlar e’tibori eng yuqori boβ€˜ladigan va aynan "terlash" bilan bogβ€˜liq boβ€˜lgan kadrni tanlash β€” haqiqiy marketing shedevri. Mana, budjetni qayerga va qanday sarflash kerak!
πŸ˜…
πŸš€
@UchadiUxladi
😴

June 17, 11:17
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

JAHON CHEMPIONATI BOSHLANDI! COCA-COLA’DAN ESA EKSKLYUZIV
πŸ₯€
⚽️
Futbol boβ€˜yicha uzoq kutilgan
Jahon chempionati start oldi!
Aynan mana shu ulkan bayram munosabati bilan
Coca-Cola
brendi kolleksionerlar va futbol fanatlari uchun daxshatli loyihani taqdim etdi.
Brend turnirda ishtirok etayotgan barcha
48ta davlatga
bagβ€˜ishlangan, cheklangan seriyadagi bankalarni sotuvga chiqardi. Har bir dizayn oβ€˜sha mamlakatning futbol madaniyati va milliy ramzlarini aks ettiradi. Dunyo boβ€˜ylab ashaddiy ishqibozlar oβ€˜z jamoalari bankasini topish va barcha 48 xil variantni toβ€˜plash uchun hozirdanoq doβ€˜konlarda ajiotaj boshlashgan. Chempionat oβ€˜yinlarini tomosha qilish uchun ideal hamroh!
πŸš€
@UchadiUxladi
😴