Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ulug‘bek Inoyatov

uinoyatov
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari ______ 👉 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi: https://t.me/UzbekistonXDP
Subscribers
5 670
24 hours
-40
30 days
2 780
Unusual 24 hours drop
Post views
593
ER
10,46%
Posts (30d)
11
Characters in post
1 026
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 08, 12:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Fraksiya yig‘ilishida
«Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»
gi qonun loyihasini ham ko‘rib chiqdik.
Loyihada inson terisining rangi va siyosiy qarashlari sababli mehnat va mashg‘ulot sohasida biror-bir cheklov va imtiyozlar berilishi
kamsitish
, deb belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Shu nuqtai nazardan Mehnat kodeksiga
«terisining rangi»
va
«siyosiy qarashlar»ni
kamsitish belgilari qatoriga kiritish
mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarning mantiqiy va izchil davomi
hisoblanishi
ta’kidlandi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

June 01, 11:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun fraksiyamiz a’zolari bilan
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2025-yildagi ijrosi bo‘yicha hukumat hisobotini
tahliliy muhokama qildik.
Fraksiya a’zolari
birinchi navbatda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturi va elektorati manfaatlari yo‘lida amalga oshirilgan ishlarga
alohida e’tibor qaratdi. Hukumat tomonidan
aholini ijtimoiy himoya qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Jumladan, hisobot davrida
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 662 nafar bolalar uy-joy bilan ta’minlangani, 674 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 4 trln. so‘mdan ortiq nafaqa va moddiy yordamlar
to‘lab berilgani qayd etildi.
Qizg‘in muhokamalar ostida o‘tgan yig‘ilishda bir qator savollar o‘rtaga tashlandi.
Jumladan, deputatlarimiz 2025-yilda fuqarolarimizning kundalik iste’moli uchun zarur bo‘lgan
oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasi ortganligiga
izoh,
import hajmi yildan-yilga o‘sib borayotgani bo‘yicha
tahliliy ma’lumotlar so‘raldi. Shuningdek, xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni
maqsadli tarzda kasbga o‘qitish hamda mehnat huquqlarini kafolatli himoya qilish
masalalari xususida ham fikr almashildi.
Mutasaddilar savollarga umumiy mazmunda javob berib,
ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi
ni
bildirishdi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

June 01, 06:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎉
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
!
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

May 27, 01:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tabrik
🎉
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 25, 12:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugungi fraksiya yig‘ilishida
korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan
qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Hujjat bilan bir qator qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Loyihada davlat xaridlarida tovar va xizmatlar narxining
o‘rtacha bozor narxidan asossiz oshirilishiga
qarshi ta’sirchan huquqiy mexanizmlarni joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek, davlat xaridlarida belgilangan
narx tafovuti chegarasini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash
tartibi belgilanmoqda.
Muhokamalar jarayonida
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ayrim vakolatlarni qayta taqsimlash
masalasi ham ko‘tarildi.
Fraksiyamiz a’zosi Firdavs Sharipov
korrupsiyaga qarshi nazoratga oid ayrim normalarning qonundan chiqarilayotgani sabablariga izoh so‘radi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari bu normalar takrorlanuvchi xususiyat kasb etganini, shuningdek,
so‘nggi islohotlar asosida davlat organlarida ichki nazorat va komplayens tuzilmalari alohida shakllantirilganini
bildirdi. Shu munosabat bilan, ayrim muvofiqlashtiruvchi vakolatlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgani
ta’kidlandi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 25, 09:08
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Tabrik
🔔
Bugun 472 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz uchun unutilmas kun. Yurtimizdagi 10 mingdan ortiq umumta’lim maktablarida
“so‘nggi qo‘ng‘iroq”
lar yangramoqda, ko‘tarinki bayram tadbirlari o‘tmoqda.
Aziz yoshlarimizni, ota-onalar va ustoz-murabbiylarni chin yurakdan tabriklab, doimo omad hamda muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Bugundan boshlab yarim million nafarga yaqin yigit-qizlar katta hayotga qadam qo‘ymoqda. Oliy ta’lim olish, ishonchli kasb-hunarli bo‘lish, o‘zi va kelajagi uchun mustaqil qarorlar qabul qilish davri boshlanmoqda.
Katta hayot ostonasida turgan farzandlarimiz faol rivojlanib, talablari oshib borayotgan zamonda
mustahkam bilim olishlariga, foydali hunar tutishlariga, jamiyatda munosib o‘rin topishlariga tilakdoshmiz.
Ezgu maqsadlar, o‘ziga ishonish va g‘oliblik ruhi yigit-qizlarimizga har doim hamroh bo‘lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 25, 05:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Munosabat
Sifatli boshqaruv va strategik natijalar
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash davlat idoralarining xalqimiz oldidagi hisobdorligini kuchaytirishda eng muhim tamoyillardan biridir. Keyingi yillarda bu borada tizimli islohotlar, institutsional yangilanishlar amalga
oshirilmoqda
.
O‘zbekiston Prezidenti
“Sifatli davlat boshqaruvi”
dasturi doirasida poytaxtimizda o‘tkazilgan taqdirlash marosimida qayd etganidek,
har bir fuqaro kundalik hayotida his qilayotgan ijobiy o‘zgarishlar orqali davlat faoliyatiga baho beradi.
Shu bois, boshqaruv idoralari odamlarning muammolarini o‘z vaqtida va tizimli hal etishi zarur.
Davlat boshqaruvi samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha izchil xalqaro hamkorlik asosida dunyodagi ilg‘or tajribalar yurtimizda joriy qilinmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari
bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
“Sifatli davlat boshqaruvi”
dasturi shunday faoliyatning bir amaliy natijasi sifatida baholandi…
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishda, ma’muriy buyruqbozlikka suyanadigan eskicha boshqaruvga to‘liq chek qo‘yishda, aholining davlat tizimiga ishonchini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan ham sifatli davlat boshqaruvi bilan xalqchil qonun ijodkorligi bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyat yuritayotgani, Milliy kadrlar zaxirasi shakllantirilayotgani, davlat xizmatiga qabul qilish ochiq tanlovlar orqali yo‘lga qo‘yilayotgani davlat boshqaruvi idoralariga xorijda o‘qib kelgan, shiddatli taraqqiyot talablariga mos fikrlab, ish yurita oladigan
yoshlarni jalb etishda samarali platformalar joriy qilinayotganini anglatadi.
Albatta, boshqaruv samaradorligi haqida gapirganda, nomarkazlashtirish siyosatini ham alohida e’tirof etish joiz. Hududlardagi kundalik ijtimoiy masalalarni hal qilish haqida qaror qabul qilish vakolati markazdan joylardagi idoralarga o‘tkazilishi
aholini o‘ylantirayotgan muammolarning joyida, samarali va qisqa muddatlarda yechim topishiga asos bo‘lmoqda.
Islohotlar taqdiri hududlarda hal bo‘ladi, degan g‘oyadan kelib chiqib,
ma’muriy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga mos boshqaruv shakllari joriy etilayotgani
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, eng avvalo, strategik natijalarga, aholining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga yo‘naltirilganini alohida qayd etish zarur.
“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi davlat idoralarida natijadorlikka qaratilgan faoliyatni chuqur va xolis tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Dastur yanada ochiq va talabchan bo‘lishi, samaradorlik va xizmat sifati bo‘yicha ortda qolayotgan tashkilotlar ham ochiq aytilishi bildirildi.
Bu kabi keng qamrovli dasturlar, davlat boshqaruvida sifatga intilish hukumatning, vazirlik-idoralarning xalqimiz oldidadagi mas’uliyatini oshiradi, strategik maqsadlarga erishish yo‘lida talabchanlikni yanada kuchaytiradi.
Xalq demokratik partiyasi natijadorlik va hisobdorlikka asoslangan bunday yondashuvni
qo‘llab-quvvatlaydi

Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 21, 05:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Munosabat
Birgalikda raqamli taraqqiyot sari
Keyingi yillarda turkiy xalqlar o‘rtasida qardoshlik, yaqin do‘stlik va birodarlik munosabatlari turli sohalarda kengayib bormoqda. Strategik kelishuvlar, oliy darajadagi samimiy uchrashuvlar asosida erishilayotgan ulkan yutuqlar barcha turkiy xalqlarni birdek quvontirmoqda, umumiy birdamlik ruhini tobora
mustahkamlamoqda
.
O‘z navbatida, dunyo siyosat maydonida mamlakatlarimizning hurmat­e’tibori oshib bormoqda.
Joriy yilning
15-may kuni Turkiston shahrida
bo‘lib o‘tgan
Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mushtarak maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida
geosiyosiy, iqtisodiy, ekologik, umumturkiy kiberxavfsizlik va yoshlar siyosatiga oid yangi amaliy takliflar
ilgari surildi.
Bugungi globallashuv va geosiyosiy murakkabliklar sharoitida
turkiy dunyo integratsiyasini yanada kuchaytirish, umumiy tarixiy va madaniy ildizlarga tayangan holda yagona turkiy taraqqiyot makonini shakllantirish zarurligi
chuqur tahlillar bilan asoslab berildi.
Sammit doirasida
sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, ekologiya va yoshlar siyosati
kabi yo‘nalishlarda ilgari surilgan g‘oyalar chuqur amaliy ahamiyatga ega…
Sammitda ko‘tarilgan masalalar nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki
qonunchilik va institutsional rivojlanish yo‘nalishida ham dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Yagona raqamli turkiy makon yaratishga qaratilgan tashabbuslar tashkilotga a’zo davlatlarning milliy qonunchiliklarini o‘zaro uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
Bu milliy parlamentlar oldiga ham muhim vazifalar qo‘yadi.
Umuman, ushbu sammit
turkiy davlatlarning o‘zaro ishonch, birdamlik va strategik sheriklik tamoyillariga sodiq ekanini
ifodaladi. Bildirilgan tashabbuslar
“Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda muhim qadam
bo‘lib xizmat qilishi,
shubhasiz

Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 20, 15:24
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Hukumat_soati
#Deputat_savoli
#Parlament_muhokamasi
⏺️
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
O‘zbekiston XDP fraksiyasi tashabbusi bilan
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
E.Karimova
ishtirokida
“Hukumat soati”
tashkil etildi.
⁉️
Muhokamalar davomida
fraksiyamiz a’zosi
Sayyora Imomova
inklyuziv sinflar tashkil etilgan maktablarda
panduslar bilan ta‘minlanish darajasi yetarli emasligi
ni qayd etib,
korreksion pedagog va psixologlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanaqa ahvolda ekanligini so‘radi.
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

May 19, 11:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Parlament_muhokamasi
#Fraksiya_pozitsiyasi
#Biz_OAVda
Fraksiya
yig‘ilishida
muhokama qilingan qonun loyihasiga ko‘ra
BHMning 1000 baravarigacha bo‘lgan nizosiz ishlar notariuslar tomonidan ko‘rib chiqilishi
belgilanmoqda
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X