Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ulug‘bek Inoyatov

uinoyatov
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari ______ 👉 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi: https://t.me/UzbekistonXDP
Подписчики
2 240
24 часа
-148
30 дней
-2 297
Просмотры
294
ER
13,12%
Посты (30д)
17
Символов в посте
1 050
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 20, 09:34
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Munosabat
Qoraqalpog‘iston taraqqiyoti
: inson farovonligi va umummilliy hamjihatlik
Qoraqalpog‘iston Respublikasi keyingi yillarda har tomonlama o‘zgarib, tobora yangi qiyofa kasb
etmoqda
. Bugun bu yerda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar hududning bugungi taraqqiyotini ko‘rsatibgina qolmay, uning yaqin istiqboli ham keng imkoniyatlarga ega ekanidan darak bermoqda. Eng muhimi, bu o‘zgarishlarni raqamlar, investitsiyalar yoki yangi inshootlarning o‘zi bilan baholab bo‘lmaydi. Ularning samarasi, avvalo, qoraqalpog‘istonliklarning hayotida, yangi ish o‘rinlarida, oilalar daromadida, turmush sharoiti va ertangi kunga ishonchning ortishida ko‘rinadi.
📍
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida start berilgan yirik loyihalar, Nukus shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ham ana shu nuqtai nazardan muhim. Yig‘ilishda hududni rivojlantirish masalasi iqtisodiy o‘sish bilangina cheklanmay, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni bartaraf etish, odamlar uchun munosib turmush sharoitini yaratish bilan birga qaraldi.
Qoraqalpog‘istondagi o‘zgarishlarning ijtimoiy ko‘lami sanoat va investitsiya loyihalari bilangina o‘lchanmaydi. Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona, Amudaryo va To‘rtko‘lda amfiteatrlar, Nukusda gimnastika markazi va Konservatoriya filialining ishga tushirilishi ham odamlar hayoti uchun yaratilayotgan sharoitlarning bir ko‘rinishi. Ya’ni iqtisodiyotdagi o‘sish odamlarning sog‘ligi, dam olishi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun ham imkoniyat yaratishi kerak.
Qisqasi,
bugungi Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy taraqqiyot bilan ijtimoiy taraqqiyot yonma-yon
bormoqda. Kelasi yil Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish vazifasiga ham faqat katta mablag‘ sifatida emas, yangi korxonalar, yangi ish o‘rinlari va aholi daromadlarini oshirish imkoniyati sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonning bugungi taraqqiyoti butun O‘zbekistonning umumiy harakati bilan uzviy bog‘liq. Mamlakatimizning boshqa hududlari ham Qoraqalpog‘istonga investitsiya, texnologiya, tajriba va hamkorlik orqali o‘z hissasini qo‘shmoqda. Buning iqtisodiy samarasi yuqori bo‘ladi, albatta. Lekin masalaning odamlar uchun qadrli yana bir tomoni bor: bir hududdagi taraqqiyotga boshqa hududlar ham yelkadosh bo‘lsa, o‘rtamizdagi mehr-oqibat va hamjihatlik yanada mustahkamlanadi.
🟣
Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan islohotlarni inson manfaati, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va hududlar o‘rtasidagi mutanosib taraqqiyot nuqtai nazaridan muhim,
deb biladi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiyaning barcha faollari va deputatlik korpusi bilan munosib hissa qo‘shishga
intiladi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 17, 13:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Munosabat
O‘zbekiston — Janubiy Koreya
: xalqimiz farovonligiga qaratilgan muhim tashabbuslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi
nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda
tarixiy ahamiyatga
ega bo‘ladi
.
Birinchi
“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi”
sammitida so‘zlangan nutqda
ko‘p millatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimizning birdamligi va o‘zaro hurmat-ehtiromining yorqin misoli
ekanligi ta’kidlandi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda xalqaro maydonda
Markaziy Osiyo mintaqasini yaxlit bir makon, bir oiladay
qabul qilish urfga kirdi. Buning yaqqol isboti sifatida jahon sahnidagi eng yirik davlatlarning
“Markaziy Osiyo plyus”
formatidagi muloqotlarini muttasil o‘tkazib kelayotganida ko‘rishimiz mumkin.
“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi”
sammiti ham ana shunday oliy darajadagi muloqotlardan biridir.
O‘zbekiston Prezidenti sammitda
mintaqalarimiz o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ma’daniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga
xizmat qiladigan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, bugungi zamonaviy dunyodagi
global o‘zgarishlar sur’ati davlatlarning unga moslashish imkoniyatidan tobora ilgarilab ketayotgani
,
sun’iy intellekt mehnat bozori va butun boshli sanoat tarmoqlarini o‘zgartirayotgani
, bundan tashqari
ta’lim, infratuzilma, texnologiya va inson kapitaliga
nisbatan yangi talablar paydo bo‘layotgani aytildi.
Tan olaylik, bugun dunyoda o‘zgarishlar juda tez kechmoqda. Ayniqsa,
sun’iy intellekt
global iqtisodiyot va mehnat bozoriga
katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilgari inson bajargan ayrim ishlar avtomatlashtirilib,
ishsiz qolayotgan insonlar soni o‘sayotgani
bilan bir qatorda
yangi kasblar ham paydo bo‘lmoqda
. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim tizimi zamonaviy kasblarga mos kadrlar tayyorlashi, infratuzilma yangi texnologiyalarga moslashishi, insonlar esa
yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi
davr talabiga aylanib ulgurdi.
Shu nuqtayi nazardan, har bir davlat uchun
asosiy vazifa
o‘zgarishlarni kuzatib borish emas, balki ularga
oldindan tayyorgarlik ko‘rishdan
iborat. Bu yo‘lda inson kapitaliga sarmoya kiritish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki
texnologiya qanchalik rivojlanmasin, uni yaratadigan, boshqaradigan va jamiyat manfaati yo‘lida qo‘llaydigan asosiy kuch
inson
bo‘lib qoladi. Shu bois yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga o‘rgatish dolzarb vazifadir.
Bundan tashqari, texnologik taraqqiyotning samarasi
jamiyatning barcha qatlamlariga birdek yetib borishi
muhim. Ya’ni, ijtimoiy tenglik nuqtayi nazaridan
eng chekka qishloqlarda yashaydigan aholi vakillari ham yangi kasb egallashi va zamonaviy mehnat bozoriga kirishi uchun sharoit yaratilishi
davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak.
Nutqda yosh avlod ilg‘or bilimlar, ko‘nikmalar va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniga ega bo‘lib,
kelgusida zamonaviy texnologik iqtisodiyotning bir qismiga aylanishi juda muhim
ligiga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish sohasida
uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish
taklif etildi. Ushbu hamkorlik
“buyurtma – o‘qitish – bandlik”
degan aniq tamoyilga asoslanishi kerakligiga urg‘u berildi.
Bunday yondashuv, avvalo,
yoshlarning ta’lim olish va munosib kasb egallash imkoniyatlarini
kengaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari
uchun sifatli ta’lim, zamonaviy kasb-hunar va mehnat bozori talab qilayotgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyati yanada kengayadi, degani. Zero, inson kapitaliga kiritilgan sarmoya nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga shu bilan birga
ijtimoiy barqarorlik va aholi turmush farovonligini oshirishning
muhim omilidir.
“Buyurtma – o‘qitish – bandlik”
tamoyilining amaliyotga samarali joriy etilishi uchun birinchi navbatda
ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish
zarur...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 15, 11:21
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Munosabat
Dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining muntazam
kechikib kelayotgani

jiddiy masala
.
📌
Bu boradagi vaziyat yuzasidan
parlament nazoratini kuchaytiramiz
. Fraksiyada
mutasaddi vakillar ishtirokida alohida muhokama tashkil etish
niyatidamiz.
Maqsad — muammoning sabablarini aniqlash va masalaga mas’ullarning e’tiborini qaratish.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 14, 12:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Fraksiya yig‘ilishida
Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2026-yil I yarim yillik ijrosi
muhokama
qilindi
.
Hisobotga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida YAIM 8,5 foizga o‘sib, 1 072,7 trln so‘mni tashkil etgan. Davlat budjeti daromadlari esa 207,4 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,8 foizga oshgan.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va fraksiya uchun, avvalo,
ijtimoiy soha xarajatlarining samaradorligi
muhim. Shu bois deputatlar
ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi va natijadorligi
yuzasidan Hukumat vakillariga savollar berdilar.
Jumladan,
Sh. Ahmedov
maktablarda darsliklar bilan ta’minlanganlik
,
Q. Qosimova
esa
onalar va bolalar salomatligi, onkologik hamda orfan kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi
masalalariga e’tibor qaratdi.
Deputatlar tomonidan bildirilgan savollar va Hukumat vakillarining javoblari asosida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
hamda
mablag‘larni belgilangan yo‘nalishlarga tizimli yo‘naltirish zarur
ligi
ta’kidlandi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 10, 03:36
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Biz_OAVda
#Munosabat
📰
«Yangi O‘zbekiston»
gazetasining bugungi, 186-sonida
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari
Ulug‘bek INOYATOV
ning
«
Ijtimoiy himoya
: Inson kapitalini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar»
sarlavhali maqolasi chop etildi.
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

September 09, 09:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 08, 06:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 07, 11:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugungi fraksiya yig‘ilishida mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan qator qonun loyihalarini ko‘rib
chiqdik
.
Jumladan,
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalaridagi qonunchilikni takomillashtirish, sudyalarning maqomini belgilash, davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga
qaratilgan qonun loyihalari atroflicha muhokama qilindi.
Ayniqsa,
davlat xaridlarida parlament nazoratini kuchaytirishga qaratilgan takliflar
e’tiborimiz markazida bo‘ldi. Davlat buyurtmachilari amalga oshirgan xaridlar natijalari, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar haqidagi ma’lumotlarni Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarga kiritish, shuningdek, davlat xaridlari bilan bog‘liq nizolarni hal etish mexanizmlarini soddalashtirish taklif etilmoqda.
Fraksiya yig‘ilishida
deputatlarimizning saylov okruglarida saylovchilar, aholi vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlari, hududlardagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganish natijalari
ham muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan qonun loyihalarini
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlari va partiyamizning dasturiy g‘oyalaridan kelib chiqib
, qo‘llab-quvvatladik.
Parlamentdagi faoliyatimizda qonunchilik tashabbuslari bilan bir qatorda,
ularning amalda inson manfaatlariga xizmat qilishiga
alohida e’tibor
qaratamiz
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 07, 08:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Biz_OAVda
#Munosabat
📰
«Xalq so‘zi»
gazetasining 185-sonida
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari
Ulug‘bek INOYATOV
ning
«
Ijtimoiy himoya
: Manzilli ko‘mak va yangi imkoniyatlar»
sarlavhali maqolasi chop etildi.
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

September 06, 11:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Telegram
|
Facebook
|
Instagram