Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UrDPI • УрГПИ • UrSPI

urdpi_uz
UrDPI rasmiy sahifalari 🌐 Veb-sayt: www.urspi.uz Facebook: www.facebook.com/profile.php?id=100086658245368 Instagram: www.instagram.com/urspi.uz/?next=%2F Youtube: www.youtube.com/@urganchdavlatpedagogikains1620/videos Telefon raqami: +998622291840
Subscribers
6 300
24 hours
-59
30 days
262
Post views
1 270
ER
20,16%
Posts (30d)
285
Characters in post
1 432
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 03, 13:32
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#xalqaro_hamkorlik
|
#Buyuk_Britaniya
🇺🇿
🇬🇧
Urganch davlat pedagogika instituti vakillari British Council ko‘magida amalga oshirilayotgan AELLCA (Accelerating English Language in Central Asia) dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Ulster va Lincoln universitetlari hamda Markaziy Osiyoning qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro loyihalarda faol ishtirok etmoqda
British Council’ning “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish” (AELLCA) loyihasi doirasida Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri G.Eshchanova hamda kafedralar o‘qituvchilari Sh.Ruzmetova va D.Kurbanniyazovalar Buyuk Britaniyaning Bishop Grosseteste (Lincoln) hamda Nottingham Trent universitetlarida xalqaro xizmat safarida bo‘lishdi.
Muloqotlar davomida ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetlarning o‘quv muhiti hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

October 03, 11:34
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🤩
Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ta’lim sifati hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda institut rektori v.b.
Diyorjon Abdullayev
hamda kengash a’zolari ishtirok etdi.
Kun tartibidagi asosiy masala sifatida
bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish
masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek,
ta’lim sifatini yanada oshirish, kuzgi semestr nazoratlarini sifatli tashkil etish, ilmiy konferensiyalarga tayyorgarlik ko‘rish, talabalar turar joylari va ijara xonadonlaridagi sharoitlarni o‘rganish, dual ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish
bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida
“Yoshlar kuni” va sport haftaligi
doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni mazmunli va keng qamrovda tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

October 03, 06:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Qoraqalpoq_yoshlari
#Maqsadli_qabul
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida
to‘lov-kontrakt asosida
tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun
maqsadli qabul parametrlari
(qo‘shimcha grant o‘rinlari) doirasida tanlovda qatnashish imkoniyati
yaratildi
.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni
2026-yil 2–6-oktyabr kunlari
my.uzbmb.uz
platformasi orqali amalga oshiriladi.
Nomzodlar
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘zlari tavsiya etilgan
oliy ta’lim tashkiloti
va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maqsadli tanlovda
ishtirok etishga rozilik bildirib
ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📝
Tanlovda ishtirok etish talablari:
▪️
Kirish imtihonlarida
68,0 va undan yuqori ball
to‘plagan bo‘lish;
▪️
Kunduzgi ta’lim
shakliga
to‘lov-kontrakt
asosida tavsiya etilgan bo‘lish;
▪️
Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashash
;
▪️
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini aynan
Qoraqalpog‘iston hududida tamomlagan
bo‘lish.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning
to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda
tanlov qaydnomalari chop etiladi hamda
2026-yil 10-oktyabrga qadar
tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 03, 05:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunchilik_yangiliklari
❗️
14 ta pedagogika
va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
3 ta oliygoh
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi
🔰
Prezident
“Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.
➡️
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
✔️
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
17 ta oliy ta’lim muassasasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.
💠
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
deb qayta nomlandi.
✳️
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:
▪️
yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;
▪️
pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
▪️
pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;
▪️
pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
▪️
pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 03, 04:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident tashabbuslari pedagoglar uchun katta imkoniyat va imtiyozlar bermoqda
✅
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-sentabr kuni soha xodimlari bilan qilgan
muloqoti davomida
pedagoglar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslar ijrosini taʼminlash boʻyicha "bakiroo" telegram kanali orqali turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda.
➖
Taʼkidlash lozimki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtgan vaqt davomida mazkur vazifalarni bajarish boʻyicha manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan zarur ishlar amalga oshirildi hamda tegishli qonunchilik hujjatlari asosida pedagoglar uchun koʻplab imtiyoz va qulayliklar yaratildi.
📍
Shu oʻrinda mazkur tashabbuslar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga birma-bir toʻxtalib oʻtamiz:
👉
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga asosan:
➖
2026-yildan boshlab
— kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga ega boʻlgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlangʻich badalining 25 foizini qoplab berish uchun davlat byudjetidan
subsidiya ajratish tartibi joriy etildi
;
👉
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga asosan:
➖
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab
— har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga
30 foiz miqdorida chegirma joriy etildi
;
👉
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan:
➖
taʼlim tashkilotida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun davlat xizmatlari uchun xizmatlar umumiy qiymatining
50 foizi miqdorida chegirma joriy etildi
;
Shuningdek,
Adliya vazirligi bilan hamkorlikka ishlab chiqilgan davlat xizmatlari uchun uchun undiriladigan davlat bojlarida chegirma berishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
👉
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga asosan:
➖
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab
— B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga lavozim maoshiga har oyda
15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etildi
;
👉
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab:
➖
bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga —
ikkinchi malaka toifasi
;
➖
magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga —
birinchi malaka toifasi berish tizimi joriy etildi
;
👉
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-son qaroriga asosan:
➖
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab —
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir oʻquv yili uchun
20 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda taʼlim krediti ajratish tizimi joriy etildi.
➖
Shuningdek, yuqorida keltirib oʻtilgan muloqot tadbirida reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma berish tashabbusi ilgari surilgan.
➖
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hozirda mazkur topshiriqqa asosiy ijrochi etib belgilangan Transport vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
👉
Yana bir tashabbus sifatida tilga olib oʻtilgan oʻqituvchilarga yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompyuter xaridi uchun 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratish vazifasi ijrochilari sifatida Markaziy bank va Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan.
➖
Ayni vaqtda ushbu vazifa ijrosi boʻyicha ham Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, tegishli manfaatdor
vazirlik va idoralar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
🔹
Ta’kidlash lozimki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga doir ilgari surilgan har bir tashabbus va berilgan vazifalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha doimiy ravishda zarur ishlar amalga oshirib borilmoqda.
👉
Mazkur vazifalar ijrosi hamda pedagoglar kasbiy faoliyati va ular uchun yaratilayotgan imtiyoz va qulayliklar xususida vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali batafsil maʼlumot berib boriladi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 02, 15:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

#SavolJavob
🎓
GRANT VA KONTRAKT: ASOSIY FARQ NIMADA?
❓
Grant va kontraktning farqi nimada?
❓
Demak, grantda o‘qish kontraktga qaraganda boshqa ta’limni anglatadimi?
❓
Grantga kirgan talaba 4 yil davomida avtomatik ravishda grantda qoladimi?
❓
2-kursdan grantga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin?
❓
Grant faqat bitta ko‘rinishda bo‘ladimi?
❓
To‘liq grant olgan talaba stipendiya ham oladimi?
❓
Grantda o‘qigan talaba o‘qishni tugatgach, 3 yil ishlab berishi shartmi?
🎥
Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa,
videoni albatta ko‘ring
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

October 02, 14:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Milliylik_va_zamonaviylik
🤩
Milliy qadriyatlar — zamonaviy nigohda!
Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti yoshlar yetakchisi Otajanova Nigina tashabbusi bilan iqtidorli talaba-qizlar ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va zamonaviylik uyg‘unligini namoyon etuvchi ijodiy videorolik tayyorlandi.
Mazkur videolavhada milliy o‘zlik, nafislik va zamonaviy qarashlar o‘ziga xos badiiy ifoda orqali aks ettirilgan.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

October 02, 10:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

#TVda_biz
|
#Xayrli_kun
🤩
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi Shaxnoza Yakubova “Xayrli kun” dasturining jonli efirida mehmon bo‘ldi
Suhbat davomida Urganch davlat pedagogika institutida pedagog kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tizimli faoliyat haqida so‘z yuritildi.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

October 02, 09:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

Pedagogika fakulteti — iste’dod va imkoniyatlar maskani
🤩
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
— iste’dodli yoshlar, bilimli va faol jamoa, milliy qadriyatlarga sodiq avlod tarbiyalanayotgan maskan.
🎓
Fakultetning o‘ziga xos
madhiyasi
milliy libosdagi yigitlar ijrosida yangrab, fakultet jamoasining ko‘tarinki kayfiyati va milliy ruhini namoyon etdi.
📸
Videorolik Matbuot xizmati huzuridagi “Talabalar media studiyasi” a’zosi, Pedagogika fakulteti talabasi Jahon Mamatov tomonidan tayyorlandi.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

October 02, 08:39

#Qonunchilik_yangiliklari
❗️
Dual taʼlimda kadrlar tayyorlagan korxonalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi
Farmonga asosan:
Oliy taʼlim tizimida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalarning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
⤴️
korxonalarga
muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, architektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi
taʼlim sohalari va yoʻnalishlarida dual taʼlim shaklida o‘qiyotgan har bir talaba uchun toʻlangan ish haqi xarajatlarining
50 foizi
subsidiya shaklida Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
▶️
korxonalarga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi”
platformasida quyidagi miqdorda qoʻshimcha ballar beriladi:
⏺️
5 nafardan 25 nafargacha –
5 ball;
⏺️
25 nafardan 50 nafargacha –
8 ball;
⏺️
50 nafar va undan ortiq boʻlganda –
10 ball;
▶️
davlat xaridlarida ishtirokchilar takliflarini baholashda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot
(tovar, ish, xizmat)
larga dual taʼlim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda
quyidagicha:
⏺️
25 nafargacha –
5 foiz;
⏺️
25 nafardan 50 nafargacha –
10 foiz;
⏺️
50 nafar va undan ortiq boʻlganda –
15 foiz
miqdorida
preferensiya beriladi;
✳️
buyurtmachi korxonalar tomonidan OTT hududida dual taʼlim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan
jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari
uchun
bojxona boji stavkasi 2030 yil-1 yanvarga qadar 1 foiz
etib belgilanadi.
🔗
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga
dual ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari biriktiridi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram