
UrDPI • УрГПИ • UrSPI
#Yangi_oʻquv_yili
🤩
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim vazifalar belgilandi
Urganch davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Institut rektori v.b.
Diyorjon Abdullayev
raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning muhim yo‘nalishlari, mavjud vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni to‘liq shakllantirish, HEMIS axborot tizimini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarini tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni oldindan bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
#diqqat_tanlov
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror hamda farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinadi.
🔵
Fan yo‘nalishlari
:
- Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari;
- Filologiya va ijtimoiy fanlari;
- Texnika fanlari;
- Tibbiyot fanlari;
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi fanlari;
- Qishloq xo‘jaligi.
Arizalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi
(
loyiha.ilmiy.uz
)
orqali
2026-yilning 28-sentabrigacha soat 23:55
ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
🌐
Batafsil
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn
Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
Joriy yil
6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi.
Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki
bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyiha
dir.
📌
Ma’lumot o‘rnida:
1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan
amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
Fransiyaning mashhur
Studio KO
byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
Bu yerda
ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari
o‘tkaziladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
🎓
#UrDPI_Iqtidorli_talabalar
🌟
Urganch davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari uchun yangi kanal!
📢
Endi barcha muhim ma’lumotlarni
bitta kanaldan
kuzatib boring!
📌
Kanalimizda siz:
🏆
Tanlovlar
va olimpiadalar haqida
🚀
Startap loyihalar
va innovatsion g‘oyalar haqida
🔬
Ilmiy faoliyat
va ilm-fandagi yangiliklar haqida
🎓
Prezident va nomdor stipendiyalar
haqida
💡
Iqtidorli talabalar uchun
imkoniyatlar va loyihalar
haqida
🎨
Institut iqtidorli talabalarining
ijodiy namunalari
haqida muntazam ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
✨
Aziz iqtidorli talabalar!
O‘z iste’dodingizni namoyon etish, yangi imkoniyatlardan foydalanish va yutuqlaringizni yanada oshirish uchun biz bilan birga bo‘ling!
📲
Barcha iqtidorli talabalarni kanalimizga a’zo bo‘lishga chorlaymiz!
👇
Kanalga qo‘shiling:
🔗
@urdpi_iqtidorli_talabalar_kanali
Iqtidor — imkoniyat, imkoniyat esa muvaffaqiyat sari yo‘l!
#UrDPI
#IqtidorliTalabalar
#Tanlovlar
#Startap
#IlmFan
#Stipendiya
#Yoshlar
#Imkoniyat
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🤩
2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Urganch davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabulida
kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul chegarasiga
4,05 balldan ortiq yetmagan
, biroq
56,7 balldan kam bo‘lmagan
hamda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilanadi.
Mazkur abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymati amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan, ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida belgilanadi.
👉
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risidagi
batafsil
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt
✅
Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
#SavolJavob
🎓
Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza topshirish tartibi
❓
Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha?
❓
Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi?
❓
Ta’lim krediti qachondan qaytariladi?
❓
Kafillik talab etiladimi?
❓
Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
❓
Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
❓
Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin?
🎥
Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa,
videoni albatta ko‘ring
.
Javobni matnli o‘qish:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/214742
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#dayjest
Payshanba – “Yoshlar kuni”da oliy ta’lim tashkilotlarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda
“Dolzarb 90 kun”
dasturi hamda payshanba –
“Yoshlar kuni”
doirasida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy, intellektual hamda ijodiy tadbirlar tashkil etildi.
•
Urganch davlat pedagogika instituti
•
Buxoro davlat universiteti
•
Andijon qishlo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
•
Guliston davlat universiteti
•
Urganch davlat universiteti
•
Andijon davlat universiteti
•
Jizzax davlat pedagogika universiteti
•
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
•
Andijon davlat chet tillari instituti
•
Andijon davlat texnika instituti
•
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
•
Guliston davlat universiteti
•
Urganch innovatsion universiteti
•
Guliston davlat pedagogika instituti
•
Xalqaro innovatsion universiteti
•
Guliston davlat pedagogika instituti
•
Andijon davlat pedagogika instituti
•
Andijon davlat chet tillari instituti
•
Andijon davlat texnika instituti
•
Qo‘qon davlat universiteti
•
O‘zbekiston davlat milliy estrada san’ati instituti
•
Buxoro davlat universiteti
•
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
•
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
•
Guliston davlat universiteti
•
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
•
Termiz davlat pedagogika instituti
•
Samarqand davlat pedagogika instituti
•
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar Xorazm viloyati misolida ko‘rsatib berildi.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по вопросам выведения работы по сокращению бедности и повышению доходов населения на новый уровень.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#kambagallik
#yangitizim
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X