Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Urganch tumani hokimligi

urganch_tuman_news
Urganch tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi You tube : https://www.youtube.com/channel/UCog4_qWW4Evat7HC4E1iNTw Yoshlar uchun murojaat boti : @UrganchtumanBot Ishonch telefoni +998 (62) 352-17-71 Aloqa : urganchtumanihokimligi@gmail.com
Subscribers
3 660
24 hours
30 days
-110
Unusual 24 hours growth
Post views
709
ER
19,37%
Posts (30d)
89
Characters in post
765
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
June 12, 07:00
Media unavailable
6
Show in Telegram

🏆
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi g‘oliblari taqdirlandi

Mazkur tanlov yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati respublika miqyosida eng yuqori natijalardan birini qayd etib, yetakchi hududlar qatoridan joy oldi. G‘oliblar safidan Urganch tumanining 5 nafar faol va iqtidorli yoshlari ham o‘rin egalladi.
🤝
Taqdirlash marosimida Urganch tumani hokimi G‘ayratjon Sultanov yoshlarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar sohasida yanada yuqori natijalarga erishishlariga ishonch bildirdi hamda mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook
|
YouTube
|
Telegram
I Instagram
I
Sayt

June 12, 04:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

23-iyun — “Davlat xizmati kuni”
“Mening ota-onam — davlat xizmatchisi”
“Meni davlat xizmatchisi tarbiyalayapti” bolalar loyihasi doirasida
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook
|
YouTube
|
Telegram
I Instagram
I
Sayt

June 11, 12:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
Bugun Urganch tumani hokimi G‘ayratjon Sultanov tomonidan hokimlik huzurida tashkil etilgan "Startaplar klubi" doirasida faol va tashabbuskor startapchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuv doirasida:

Yoshlarning biznes-g‘oyalarini tajribali tadbirkorlar oldida taqdim etishlari uchun “Pitch Day” jonli suhbatlar tashkil etildi;

“Startup Advice” formatida seminar-trening o'tkazildi va yoshlarga biznes rejalarni tuzish, grant va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi;

Startap loyihalarni amaliyotga joriy etish va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi;

Yosh startap tashabbuskorlarga mentorlar biriktirildi;
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook
|
YouTube
|
Telegram
I Instagram
I
Sayt

June 11, 12:12
Media unavailable
10
Show in Telegram

#seminar
Kichik biznes rivoji yo'lida
Urganch tumanida Prezidentning
PF–95-son
va
PF–100-son
farmonlari
hamda
VMQ-254-sonli
qarorlarida belgilangan vazifalar, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan
seminar
tashkil etildi. Unda yangiariqlik va Urganch shahrida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlar
ishtirok qildi.
2026-yil 1-iyundan
kichik biznesning umumiy soliq rejimiga o‘tishidagi chegaraviy miqdor
1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga
oshirilishi,
2028-yilgacha kichik biznes subyektlariga aniqlangan soliq xavflarini
mustaqil tuzatish imkoniyati berilishi hamda soliq xavfi summasi
500 mln so‘mgacha bo‘lganda soliq auditi
, xavf summasi
100 mln so‘mgacha bo‘lganda sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi qayd etildi.
Tadbirda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads

June 11, 10:29
Media unavailable
5
Show in Telegram

Aholi murojaatlari asosida qo‘shimcha transformator punkti qurilmoqda
Urganch tumani "Tandirchi" mahallasi aholisidan elektr ta’minoti sifati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar asosida mutaxassislar tomonidan hududda texnik o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida mahallaning ayrim hududlarida elektr energiyasi kuchlanishi belgilangan me’yor darajasida emasligi aniqlandi. Mavjud muammoni bartaraf etish hamda iste’molchilarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi elektr uzatish tarmoqlari qurilib, ayni paytda quvvati 100 kVA bo‘lgan qo‘shimcha transformator punktini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
🖥

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
📱
TELEGRAM
📱
INSTAGRAM

June 11, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Sud apparatiga ishga qabul qilish tartibi tubdan o‘zgaradi
Adolatli sud tizimi, avvalo, halol va malakali kadrlardan boshlanadi. Shu bois, Prezident Sh.Mirziyoyevning
“Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi
Farmoni
bilan bilan sud apparatiga ishga qabul qilishning mutlaqo yangi mexanizmi joriy etilmoqda.
❗️
Endilikda nomzodlarni tanlashda ochiq tanlov, shaffof tartib-taomillar va meritokratiya tamoyillari asosiy mezon bo‘ladi. Nomzodlarning bilim va ko‘nikmalari, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, halolligi hamda jamoada ishlash qobiliyati baholanadi.
💻
Shuningdek, “
vacancy.sud.uz
” portali va “SudHR” elektron platformasi ishga tushirilib, vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi, saralash va qabul jarayonlari raqamlashtiriladi.

Bu o‘zgarishlar inson omilini kamaytirish, tanish-bilishchilik va sub’yektiv yondashuvlarning oldini olish, sud tizimiga bilimli va halol kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.
📌
Natijada sud apparatining professional salohiyati yuksalib, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yanada oshadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

June 11, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚖️
Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati
Prezident Farmoni
bilan sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur xizmat
sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish
bilan shug‘ullanadi.
📌
Farmonga muvofiq, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengayadi.

Shuningdek, sud tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy sifatlari, halolligi hamda korrupsiyaga qarshi barqarorligi baholanadi. Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Yana bir muhim jihat — korrupsiya va qonunbuzilish holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallari yaratiladi.
📌
Ko‘zlangan asosiy maqsad — sud tizimida shaffoflik, halollik va qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

June 10, 12:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Urganch tumanida milliy o‘yinlar festivali bo‘lib o‘tdi
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari S. Xudayberganova, mahalla otinoyilari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari va yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda lachak o‘rash, kelin salom, beshikga belash va boshqa marosimlari va yor-yorlar laparlar aytilib, yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida qadimgi sport o‘yinlari ya’niy arqon tartish, milliy kurash, qo‘l yiqitish, qopda sakrash, chillak o‘yini, varrak uchurish, langa va milliy ko‘rgazmaalar o‘tkazildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook
|
YouTube
|
Telegram
I Instagram
I
Sayt

June 10, 10:38
Media unavailable
7
Show in Telegram

Urganch tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi
Bugun Urganch tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda tuman hokimining birinchi o'rinbosari A. Ro'zmetov va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Har bir murojaat va taklif atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tumanda bunyodkorlik va rivojlanish sur’atlarini yanada oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook
|
YouTube
|
Telegram
I Instagram
I
Sayt

June 10, 04:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

”YOSHLAR OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook
|
YouTube
|
Telegram
I Instagram
I
Sayt