Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Urganch tumani hokimligi

urganch_tuman_news
Urganch tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi You tube : https://www.youtube.com/channel/UCog4_qWW4Evat7HC4E1iNTw Yoshlar uchun murojaat boti : @UrganchtumanBot Ishonch telefoni +998 (62) 352-17-71 Aloqa : urganchtumanihokimligi@gmail.com
Подписчики
3 523
24 часа
-3
30 дней
-16
Просмотры
616
ER
17,49%
Посты (30д)
149
Символов в посте
757
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Прочая
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
September 05, 15:01
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📌
MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILIB, MUAMMO BARTARAF ETILDI
📱
Ijtimoiy tarmoqlarda
Yagona avtomobil bozori oldidagi zaxkashda maishiy chiqindilar yig‘ilib qolgani
yuzasidan xabar tarqaldi.
🔍
Mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi raisi
Sh. Xudayberganov
, tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda tuman Melioratsiya bo‘limi xodimlaridan iborat
ishchi guruhi
tuzildi.
🚜
O‘rganishlar davomida mazkur
“Do‘rman-1” kollektorida
yig‘ilib qolgan chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Tez fursatda maxsus texnikalar jalb etilib, kollektor chiqindilardan
to‘liq tozalandi
.

Natijada ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan murojaatda qayd etilgan masala
ijobiy hal etilishi ta’minlandi
.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
YuoTube
📱
Instagram

September 05, 07:01
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

⚡️
Yangiobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
🔝
Bugun, 5-sentabr kuni, Yangiobod mahallasida tuman hokimi G. Sultanovning fuqarolar uchun sayyor qabuli tashkil etildi.
‼️
Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, murojaatlarga bevosita samarali yondashuvni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati

September 05, 05:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yurtdoshlar!
Urganch tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning murojaatlarini bevosita tinglash maqsadida shaxsiy qabul tashkil etiladi.
Sana: 5-sentyabr (yakshanba)
Vaqti: 10:00–13:00
Manzil: Urganch tumani, Mevazor maxallasi mustakillik ko‘chasi 14uy, (IIB binosi)
Shaxsiy qabul davomida fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalar, murojaat va takliflar tinglanib, ularning qonunchilik doirasida ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Hurmatli fuqarolar!
Mavjud muammolaringiz va takliflaringiz bilan belgilangan vaqtda shaxsiy qabulga tashrif buyurishingiz mumkin.

September 04, 12:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari A.Davletov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Unda aholining bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish va daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.
🇺🇿
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati

September 04, 07:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
⚙️
Mehnat faoliyatini xorijiy davlatlarda amalga oshirish istagida bo'lgan, mehnat organlarida ro'yxatdan o'tgan ishsiz va band bo'lmagan fuqarolarni
"Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi"
da o'qishga taklif qilamiz.
O'qishlar
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🅰️
🅱️
🔠
oyi oʻrtalaridan boshlanadi.
🏗
Bu qabul davomida biz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaymiz:

Elektromontajchi

Santexnik

Payvandlash
(Xalqaro ISO-9606 sertifikati dasturi asosida)

Maxsus texnikalar mashinisti
❗️
Talablar:
🟣
Sudlanmagan bo‘lishi
🟣
45 yoshdan oshmagan
🟣
Xorijga chiqishiga ta'qiq bo‘lmagan
🟣
Sog‘lom va mehnatga layoqatli bo‘lishi
📝
Ro'yxatdan o'tish
🔥
O‘qishning afzalliklari:

O'quv kursi davomida tahsil oluvchilarga xorijiy tillar ham o'rgatiladi.

Shuningdek, o'quvchilar 3 mahal ovqat va yotoqxona bilan ta'minlanadi.

Haqiqiy qurilish ob’ektlarida amaliy mashg'ulotlar

O‘qishni tugatganlar xorijiy ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi va tashkiliy tartibda xorijga ishga jo'natiladi.
📌
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Veb-sayt
|
Xorijda ish

September 03, 13:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
Tadbirkorlar diqqatiga!
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning
zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish
yuzasidan topshiriq berilgan edi.
Bugungi kunda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mazkur yo‘nalishda tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan
zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlari
Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning
zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak
ko‘rsatiladi.
☎️
Murojaat uchun:
@Icppa_aloqa_bot
🌍
Veb-sayt
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
📹
Youtube
X
🔹
Linkedin

September 03, 07:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tuman shtablari
kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek,
inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun
1 trillion 370 milliard so‘m
, yoshlar tadbirkorligi uchun esa
450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga
mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib,
moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish
imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor
10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila
bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa,
5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 07:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kredit tarixida kechikish bo‘lgan
ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kambag‘allik jamg‘armasidagi
240 milliard so‘m
, Bandlik jamg‘armasidagi
100 milliard so‘m
va uchta “daftar”dagi
760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
Endi tuman shtabi
subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan
300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
Shu tariqa
tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib,
mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 07:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi
ma’lum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank
hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari
mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.
Buning uchun
8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 07:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xorazm misolidagi tahlillar
barcha viloyatlarga taalluqli ekani
qayd etilib,
kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi
belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar
kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari
ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari
butun iqtisodiy kompleks bilan
haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X