Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent amaliy fanlar universiteti

utasuz
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot
Subscribers
16 259
24 hours
-21
30 days
-741
Post views
5 036
ER
30,97%
Posts (30d)
17
Characters in post
761
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 24, 15:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Huawei ICT Competition 2026–2027 — TAFUda!
21-oktabr kuni Toshkent amaliy fanlar universitetida Huawei kompaniyasining xalqaro AKT tanlovi —
Huawei ICT Competition 2026–2027 doirasida Roadshow
tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⚡️
💻
Taqdimot davomida talabalar tanlovda ishtirok etish tartibi, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni, xalqaro bosqichlarga chiqish imkoniyatlari hamda Huawei ICT Academy ta’lim resurslari bilan tanishdilar.
🚀
Shuningdek,
sun’iy intellekt, 5G, bulutli hisoblash va tarmoq texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni rivojlantirish
, xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Huawei ICT Competition talabalarga o‘z bilim va salohiyatini xalqaro miqyosda sinab ko‘rish, yangi tajriba orttirish va kelajakdagi kasbiy rivojlanishlari uchun muhim imkoniyatlarni ochadi.
✨
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 23, 08:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

📺
Xalqaro konferensiya televideniyada!
Toshkent amaliy fanlar universitetida professor
Nazar Hakimovich Hakimovning 75 yilligi munosabati
bilan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya haqida batafsil videoda tomosha qiling.
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 23, 08:07
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

TAFUdа xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
22–23-oktabr kunlari Toshkent amaliy fanlar universitetida
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi: innovatsiya, fan va ta’lim”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
⚡️
️️️️️️
Konferensiya universitetimiz professori, olim va faylasuf Nazar Hakimovich Hakimov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlandi.
💙
✅
Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professorlari, olimlari va tadqiqotchilari ishtirok etib, ilm-fan va ta’lim rivojining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
Saidahror G‘ulomov,
Leypsig universiteti professori
Konrad Reschke
, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti professori
Sveta Berdibayeva
hamda boshqa mahalliy va xorijiy olimlar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
📚
Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, inklyuziv ta’limning zamonaviy yondashuvlari;
- Raqamli transformatsiya sharoitida pedagogika, psixologiya va innovatsion ta’lim texnologiyalari;
- Tarixiy xotira, madaniyatlararo muloqot va zamonaviy tilshunoslik;
- Sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi va raqamli jamiyat;
- Yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish va innovatsion menejment;
- Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari.
🤝
Bunday tadbirlar hamkorlikni mustahkamlash, yangi g‘oyalarni ilgari surish va ta’lim sohasidagi innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 18, 08:24
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❕
Diqqat talabalar, Huawei ICT Competition 2026–2027 — TAFUda!
Toshkent amaliy fanlar universitetida Huawei Uzbekistan jamoasi ishtirokida xalqaro Huawei ICT Competition tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
🚀
Taqdimot davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xalqaro tanlovda ishtirok etish imkoniyatlari bilan tanishishingiz hamda Huawei mutaxassislari bilan muloqot qilishingiz mumkin.
📅
Sana:
21-oktabr, 2026-yil
⏳
Vaqt: 14:00
📍
Manzil: H bino, konferensiya zali,
Lokatsiya
Barcha talabalarni taqdimotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Yangi bilimlar va tanishuvlar sizni kutmoqda
💫
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 17, 05:39
Media unavailable
3
Show in Telegram

🏛
TAFU talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdi
Toshkent amaliy fanlar universitetining
60 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga
tashrif buyurib, parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni va senatorlarning kundalik ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✨️
️️️️️️
🔵
Tashrif davomida talabalar qonunlarning ishlab chiqilishi va muhokama qilinishi, shuningdek, Senatning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
TAFU — Nazariya va amaliyot uyg‘unligi.
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 15, 15:13
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

🤝
Toshkent amaliy fanlar universiteti va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
.
Bo'lib o'tgan uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar hamda xavfsizlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tadbir doirasida TAFU vakillari universitet muzeyi
ekspozitsiyalari,
kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdi. Shuningdek,
kursantlarning jamoaviy hamkorlik, muloqot va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda
ishtirok etdi.
⚡️
Memorandum doirasida:
✅
Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
✅
Ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni hamkorlikda tashkil etish;
✅
Professor-o‘qituvchilar, kursantlar va talabalar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
✅
Ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhidagi loyihalarni amalga oshirish;
✅
Harbiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 12, 13:44

Toshkent amaliy fanlar universiteti
pinned a video

October 12, 13:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

TAFUda grant tanlovi boshlandi!
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun
grant tanlovi boshlandi!
⚡️
💵
Talabalar kontrakt summasining
25%, 50% yoki 100%
miqdorida grant yutib olish imkoniyatiga ega.
Tanlov shartlari
bilan tanishish va batafsil ma’lumot olish uchun videoni tomosha qiling!
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 12, 11:58
Media unavailable
7
Show in Telegram

🎉
Moslashuv haftaligi g‘oliblari!
Toshkent amaliy fanlar universitetida 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan
moslashuv haftaligi yakunlandi.
✨
Haftalik doirasida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi ham alohida qiziqish bilan o‘tdi. Talabalar tomonidan juda ko‘plab original, ijodiy va mazmunli kontentlar tayyorlandi. G‘oliblarni tanlash biz uchun oson bo‘lmadi, chunki har bir guruh o‘ziga xos yondashuv, jamoaviy ruh va kreativlikni namoyon etdi.
✨
Tanlov natijalarini aniqlashda
tayyorlangan kontentlar soni, ularning sifati hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faollik
asosiy mezon sifatida inobatga olindi.
Tanlov g‘oliblari:
✅
TA-26-42 va XT-26-43 guruhlari
— birgalikda
✅
TM-26-01 guruhi
✅
PS-26-01 guruhi
Barcha ishtirokchilarga faollik, ijodkorlik va ushbu haftaga qo‘shgan hissangiz uchun katta rahmat!
G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! Sizlarda shakllangan jamoaviy ruh, tashabbuskorlik va ishtiyoq keyingi
4 yil davomida ham
saqlanib qolishiga umid qilamiz.
💙
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

October 08, 10:40
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🏆
TAFU talabasi — “Cyberkent 4.0” musobaqasida 2-o‘rin sohibi!
Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Axborot xavfsizligi yo‘nalishi talabasi
Mamedov Kamron Ruslan o‘g‘li kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, nufuzli “Cyberkent 4.0” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egalladi!
🥈
5–6-oktabr kunlari Yoshlar ijod saroyida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Cyber Security Summit — CSS-2026 hamda “Cyberkent 4.0” musobaqalari tashkil etildi.
💻
Musobaqaning CTF Master yo‘nalishida 300 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 ta eng kuchli jamoa final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Kamron Mamedov “r4z0r” jamoasi tarkibida final bosqichida munosib ishtirok etib, yakunda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa ushbu natija uchun 8 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
✨
Kelgusidagi musobaqalarda yangi g‘alabalar va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
💙
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt