Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Toshkent amaliy fanlar universiteti

utasuz
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636 https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf 👇 Universitet haqida batafsil: https://utas.uz/ 👇 Aloqa uchun: +998 (71) 200-05-40 @utasunibot
Подписчики
17 359
24 часа
47
30 дней
1 259
Просмотры
7 013
ER
40,4%
Посты (30д)
25
Символов в посте
790
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 28, 10:13
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🌍
Endi O‘zbekistonda o‘qib, bir vaqtning o‘zida ikkita diplom olish mumkin!
Toshkent amaliy fanlar universiteti va Malayziyaning
Lincoln University College
hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi.
🎓
Bu dastur orqali siz:

Toshkent amaliy fanlar universitetining davlat namunasidagi diplomiga;

Lincoln University College xalqaro diplomiga ega bo‘lasiz.
📚
Ta'lim ingliz tilida xalqaro standartlar asosida olib boriladi.
Siz o‘zingizga mos formatni tanlashingiz mumkin:
🔹
4+0 dasturi
— 4 yil davomida Toshkentda tahsil olib, O‘zbekistondan chiqmagan holda ikkita diplomga ega bo‘ling.
🔹
2+2 dasturi
— dastlabki 2 yilni Toshkentda, keyingi 2 yilni esa Malayziyada o‘qib, xalqaro talabalik tajribasini orttiring.
💰
Kontrakt narxlari yiliga
18 million 750 ming so‘mdan
boshlanadi.
🇬🇧
Darslar to‘liq ingliz tilida olib borilgani sababli
, talabgorlarda ingliz tilidan
kamida B1 darajaga ekvivalent sertifikat
bo‘lishi talab etiladi.
🔗
Dastur haqida batafsil ma’lumot va onlayn ariza topshirish uchun
shu yerga bosing
.
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 24, 15:18
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚠️
Call-center vaqtinchalik tanaffusda
Hurmatli abituriyentlar va murojaatchilar!
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan call-center
2026-yil 25-iyul
kuni vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.
📅
2026-yil 27-iyul
kunidan boshlab call-center odatdagi ish jadvali asosida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Agar sizda muhim savollar bo‘lsa,
@utasunibot
Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 24, 10:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Magistratura qabuli yopilishiga sanoqli kunlar qoldi!
Agar magistraturada o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, hujjat topshirishni ortga surmang.
🎓
TAFUda 2026–2027 o‘quv yili uchun magistratura qabuli davom etmoqda.
Shuningdek, bu yil magistratura talabalari uchun quyidagi chegirmalar mavjud:

10% — TAFU bitiruvchilari uchun

10% — bir oila a’zolari uchun

10% — kontraktni o‘quv yili boshida 100% to‘laganlar uchun
📌
Hujjatlarni
www.utas.uz
orqali onlayn topshirishingiz mumkin.
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 23, 14:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎓
Bakalavr diplomini atigi 3 yilda olish mumkinligini bilarmidingiz?
Toshkent amaliy fanlar universitetida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olib, bakalavr diplomini 3 yilda qo‘lga kiritishingiz mumkin:
📚
Maktabgacha ta’lim
🔧
Texnologik ta’lim
🏨
Turizm va mehmondo‘stlik
Shuningdek, 2-kursdan boshlab o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu esa universitetni tamomlaganingizda nafaqat diplom, balki ish tajribasiga ham ega bo‘lishingizga yordam beradi.

Agar siz ham bakalavr diplomini 3 yilda olishni istasangiz,
utas.uz
saytida ro‘yxatdan o‘ting va online imtihon topshiring.
💬
Siz qaysi yo‘nalishni tanlagan bo‘lardingiz?
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 22, 10:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🧑‍🎓
DTMda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar!
Sizda Toshkent amaliy fanlar universitetiga hech qanday ichki imtihonlarsiz kirish imkoniyati mavjud
🎉
🎁
DTM imtihonida 130 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga kontrakt to‘lovining
25% miqdorida chegirma
taqdim etiladi.
Ta'lim turi va
yo'nalishni tanlab natijangizni yuklab qo'ysangiz kifoya
.
🖥
👉
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishing -
havola
📌
DTM natijasi hali e'lon qilinmagan yoki 56,7 balldan past bo‘lgan abituriyentlar ham universitetning ichki kirish imtihoni orqali o‘qishga kirish imkoniyatiga ega.
📲
www.utas.uz
ro’yxatdan o’ting va DTM natijangizni yuklang.
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 20, 08:39
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔄
O‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda
🗓
2026-yil
15-iyuldan 5-avgustgacha
o‘qishni
qayta tiklash, ichki
yoki
tashqi ko‘chirish
bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
📍
Qabul manzili:
Iqtisodiyot fakulteti (
C bino
),
604-xona

Qabul vaqti:
Dushanba – Juma,
09:00 – 17:00
O‘qishni qayta tiklash uchun:
Pasport nusxasi;
Transkript (akademik ma'lumotnoma);
Chetlashtirilganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi.
Ichki ko‘chirish uchun:
(TAFU ichida turdosh ta'lim yo‘nalishiga yoki ta'lim shaklini o‘zgartirish)
Pasport nusxasi;
Transkript (akademik ma'lumotnoma).
Tashqi ko‘chirish uchun:
(Faqat davlat OTMlaridan turdosh ta'lim yo‘nalishiga)
Pasport nusxasi;
Transkript (akademik ma'lumotnoma).
📌
Belgilangan muddat ichida kerakli hujjatlar bilan murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 18, 10:00
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🤝
Toshkent amaliy fanlar universitetida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolandi
Kecha Toshkent amaliy fanlar universitetida energetika va sanoat sohasidagi yetakchi korxonalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qator hamkorlik hujjatlari imzolandi.
✍️
Jumladan, universitet
SOLAR MODERN MCHJ
,
"Toshkent issiqlik markazi" MCHJ
hamda boshqa hamkor korxonalar bilan ta'lim, ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Hamkorlik doirasida:

talabalar uchun amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladi;

dual ta'lim elementlari rivojlantiriladi;

qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar amalga oshiriladi;

professor-o‘qituvchilar hamda korxona mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;

zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi.

Mazkur kelishuvlar universitetning ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini mustahkamlash, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Instagram
|
Veb-sayt
|
YouTube

July 15, 13:18
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

1. Magistratura bosqichida ta'lim shakli qanday?
📚
Magistratura bosqichida darslar
haftasiga 3–4 kun
tashkil etiladi.
· 1 kun
— onlayn ma'ruzalar;
· 2 yoki 3 kun
— universitetda oflayn mashg‘ulotlar.
Bu format ish faoliyatini ta'lim bilan birga olib borishni ham qulaylashtiradi.
2. Magistraturaga kirishda til sertifikati (IELTS/CEFR) majburiymi?

Ha, majburiy.
Universitet davlat namunasidagi magistr akademik darajasi diplomini berganligi sababli amaldagi talablar asosida til sertifikati talab etiladi.
📌
Kerakli darajadagi til sertifikati mavjud bo‘lmagan taqdirda, qabul komissiyasi har bir holatni alohida tartibda ko‘rib chiqadi.
Magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha talab etiladigan til darajalari:
Turizm va mehmondo‘stlik

B2
Iqtisodiyot

B2
Buxgalteriya hisobi

B2
Bank ishi

B2
O‘zbek tili va adabiyoti

B1
Lingvistika (o‘zbek tili)

B2
Lingvistika (ingliz tili)

C1
(faqat ingliz tili sertifikati)
Psixologiya

B2
📄
Qabul qilinadigan til sertifikatlari:
Sertifikatlar_Ro'yxati.pdf
3. Magistratura uchun qanday chegirmalar mavjud?
🎓
Magistratura bosqichida quyidagi kontrakt chegirmalari amal qiladi:

10%
— universitetimiz bakalavr bitiruvchilari uchun;

10%
— bir oiladan ta'lim olayotgan talabalar uchun;

10%
— kontrakt summasini belgilangan muddatgacha 100% to‘laganlar uchun.
📌
Chegirmalar qo‘shib hisoblanishi mumkin, biroq umumiy chegirma miqdori 25% dan oshmaydi.
📚
Qabul uchun hujjatlaringizni
utas.uz
orqali onlayn topshiring
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- Qo'ng'iroq:
+998 (71) 200 05 40
- Telegram bot:
@utasunibot
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

July 14, 11:42
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🎓
Ta’lim yo‘nalishlari va kontrakt narxlari bilan tanishing!
📌
2026–2027-o‘quv yili uchun
bakalavriat va magistratura
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan kontrakt narxlari bilan tanishing.
Eslatib o‘tamiz,
kontrakt narxlari joriy yilda ham o‘zgarishsiz qoldi.
Shuningdek,
yuqoridagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etmoqda.
📚
Qabul uchun hujjatlaringizni
utas.uz
orqali onlayn topshiring.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- Qo'ng'iroq:
+998 (71) 200 05 40
- Telegram bot:
@utasunibot
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

July 13, 10:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📹
Toshkent amaliy fanlar universitetidagi bir kun
.
Darslar, talabalar hayoti, Milliy bank mutaxassislari bilan uchrashuv va universitet binosi fonida aeroportdan parvoz qilayotgan samolyotlar — bularning barchasi kampusdagi oddiy kunning bir qismi.
🛫
Universitet muhitini biz bilan his qiling.

Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt