
UTK | O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER | Yangiliklar
AQSHDAN QIT’ALARARO MULTIMODAL KONTEYNER TASHUVI AMALGA OSHIRILMOQDA
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan xalqaro yuk tashuvlari geografiyasini kengaytirish doirasida
AQShning Arizona shtati Chandler shahridan
Qozog‘istonning
Olmaota shahriga 6 ta 40 futlik konteyner
tashuvi tashkil etildi.
Yo‘l qurilishiga mo‘ljallangan maxsus texnikalar
yuklangan konteynerlar Chandler shahridan
avtomobil transportida Los-Angeles portiga
olib borildi. U yerdan
dengiz transporti orqali 19 kun ichida
Xitoyning
Qingdao portiga
yetkazildi. Keyingi bosqichda konteynerlar
temir yo‘l transportida Qozog‘istonning Olmaota-1
stansiyasiga yetkazib beriladi.
Mazkur tashuv kompaniyaning
xalqaro logistika bozoridagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish
hamda
“eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida kompleks logistika xizmatlarini rivojlantirish
yo‘lidagi muhim amaliy qadamdir.
〰️
〰️
〰️
ОСУЩЕСТВЛЯЕТСЯ МЕЖКОНТИНЕНТАЛЬНАЯ МУЛЬТИМОДАЛЬНАЯ КОНТЕЙНЕРНАЯ ПЕРЕВОЗКА ИЗ США
В рамках расширения географии международных грузоперевозок АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner» организована перевозка
6 сорокафутовых контейнеров из города Чандлер, штат Аризона (США), в город Алматы (Казахстан)
.
Контейнеры, загруженные
специальной техникой, предназначенной для дорожного строительства
, были доставлены из Чандлера
автомобильным транспортом в порт Лос-Анджелеса
. Оттуда
морским транспортом за 19 дней
груз был доставлен в
порт Циндао (Китай)
. На следующем этапе контейнеры будут отправлены
железнодорожным транспортом до станции Алматы-1 в Казахстане
.
Данная перевозка является важным шагом на пути
дальнейшего расширения возможностей компании на международном логистическом рынке
, а также
развития комплексных логистических услуг по принципу «от двери до двери»
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
Aziz vatandoshlar!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng buyuk va qutlug‘ bayram —
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi
munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizga erkin va farovon hayot qurish, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash hamda kelajak avlodlar uchun keng imkoniyatlar yaratish yo‘lini ochgan bebaho ne’matdir. Uni ko‘z qorachig‘idek asrash va Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har birimizning sharafli burchimizdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari va yangilanishlarning asosiy tayanchi — xalqimizning fidokorona mehnati, mustahkam irodasi hamda birdamligidir.
Ushbu ulug‘ ayyomda Sizlarga va Siz orqali barcha oila a’zolaringizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman!
Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Boshqaruv raisi
M.K. Mirxamidov
XALQARO LOGISTIKA: TERMINLAR VA TUSHUNCHALAR
Dazvol
— xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirish uchun beriladigan
rasmiy ruxsatnoma
.
Transport vositasiga boshqa davlat hududiga
kirish, chiqish yoki tranzit orqali harakatlanish
huquqini beradi. Dazvol turi tashish yo‘nalishi va davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlarga qarab belgilanadi.
Dazvol
xalqaro avtomobil tashuvlarini qonuniy amalga oshirish, transport hujjatlarini rasmiylashtirish va belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish
uchun muhim hisoblanadi.
〰️
〰️
〰️
МЕЖДУНАРОДНАЯ ЛОГИСТИКА: ТЕРМИНЫ И ПОНЯТИЯ
Дозвол
— официальное
разрешение на осуществление международной автомобильной перевозки
.
Предоставляет транспортному средству право на
въезд, выезд или транзитное движение
по территории другого государства. Вид дозвола определяется маршрутом перевозки и действующими соглашениями между странами.
Дозвол имеет важное значение для
законного осуществления международных автомобильных перевозок, оформления транспортных документов и движения по установленному маршруту
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
"O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER" AJ KONTEYNER PARKI 250 TA YANGI 40 HC KONTEYNER BILAN KENGAYTIRILDI
"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJning
2025–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi
ga muvofiq, Jamiyat konteyner parkini
1 000 dona zamonaviy yirik tonnajli konteynerlar
bilan kengaytirish belgilangan.
Mazkur vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida joriy yilda Jamiyat tomonidan
250 dona yangi 40 HC turidagi konteynerlar xarid qilindi
. Ushbu konteynerlar Jamiyatning tashish imkoniyatlarini kengaytirish,
konteyner parkini yangilash hamda xalqaro yo‘nalishlarda barqaror tashuvlarni tashkil etish
ga xizmat qiladi.
Yangi konteynerlardan kelgusida
Xitoy – O‘zbekiston – Xitoy
yo‘nalishida
eksport-import yuklarini tashishda
samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ mijozlarga
kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro konteyner tashuvlari geografiyasini kengaytirish
hamda
transport xarajatlarini optimallashtirish
bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.
〰️
〰️
〰️
КОНТЕЙНЕРНЫЙ ПАРК АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР» ПОПОЛНИЛСЯ 250 НОВЫМИ КОНТЕЙНЕРАМИ ТИПА 40 HC
В соответствии со
Стратегией развития АО «Узтемирйулконтейнер» на 2025–2030 годы
предусмотрено расширение контейнерного парка Общества на
1 000 современных крупнотоннажных контейнеров
.
В рамках поэтапной реализации поставленных задач в текущем году Обществом приобретено
250 новых контейнеров типа 40 HC
. Новые контейнеры позволят расширить перевозочные возможности организации,
обновить контейнерный парк и обеспечить стабильность перевозок по международным направлениям.
В дальнейшем новые контейнеры планируется эффективно использовать для перевозки
экспортно-импортных грузов по маршруту Китай – Узбекистан – Китай
.
АО «Узтемирйулконтейнер» продолжает оптимизировать работы по
оказанию комплексных транспортно-логистических услуг, расширению географии международных контейнерных перевозок
и
оптимизации транспортных расходов
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
“BELORUS KARVONI” NOMLI IKKINCHI YUK POYEZDI O‘ZBEKISTONGA YETIB KELDI
O‘zbekiston Respublikasi
va
Belarus Respublikasi Prezidentlari
o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Belarus–O‘zbekiston yo‘nalishida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk poyezdlari qatnovini tashkil etish
bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur kelishuvlar doirasida Belarus Respublikasining
Vitebsk viloyatida
joylashgan Orsha-Vostochnaya stansiyasidan yo‘lga chiqqan
“Belorus karvoni” nomli ikkinchi yuk poyezdi 7 sutkada
O‘zbekistonning Chuqursoy stansiyasiga yetib keldi.
Jami 44 ta vagondan iborat poyezd
tarkibidagi yuklar Chuqursoy stansiyasi orqali keyinchalik
Axtachi, Rouston, Nazarbek va Kakir
stansiyalariga yetkazib beriladi.
Poyezd tarkibi
yog‘och va yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, shakar, plita mahsulotlari
hamda turli
xalq iste’moli tovarlaridan
iborat.
“Belorus karvoni” yuk poyezdining
10 kun ichida ikkinchi marotaba
manzilga yetib kelishi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezdlar orqali muntazam yuk tashuvlari
yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi.
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ O‘zbekistondan Belarus Respublikasiga, shuningdek,
Belarus hududi orqali Yevropa davlatlariga eksport yuklarini jo‘natuvchi korxonalar va tadbirkorlarni mazkur yo‘nalish imkoniyatlaridan foydalanishga hamda yuk tashish bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi.
Tashish tariflari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Tel.: +998 99 140-11-11
Tel.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: jdkexp@utk.uz
marketing@utk.uz
〰️
〰️
〰️
ВТОРОЙ ГРУЗОВОЙ ПОЕЗД «БЕЛОРУССКИЙ КАРАВАН» ПРИБЫЛ В УЗБЕКИСТАН
В соответствии с договорённостями, достигнутыми между
Президентами Республики Узбекистан и Республики Беларусь
, последовательно продолжается практическая работа по организации
прямого грузового железнодорожного сообщения по маршруту Беларусь – Узбекистан.
В рамках достигнутых договорённостей
второй грузовой поезд «Белорусский караван»
, отправившийся со станции
Орша-Восточная, расположенной в Витебской области
Республики Беларусь, прибыл на станцию
Чукурсай в Узбекистане за 7 суток.
Грузы в составе поезда, насчитывающего
44 вагона,
после прибытия на станцию Чукурсай будут направлены на станции
Ахтачи, Роустан, Назарбек и Какир.
В составе поезда перевозятся
пиломатериалы, сахар, плитные материалы
, а также различные
товары народного потребления.
Прибытие грузового поезда
«Белорусский караван» во второй раз в течение 10 дней
свидетельствует о налаживании
регулярных грузовых перевозок прямыми блок-поездами
между Узбекистаном и Беларусью.
АО «Узтемирйулконтейнер» приглашает
предприятия и предпринимателей, осуществляющих экспортные перевозки из Узбекистана в Республику Беларусь
, а также
в европейские страны транзитом через территорию Беларуси
, воспользоваться возможностями данного маршрута и предлагает сотрудничество в организации грузовых перевозок.
Для получения информации о тарифах и дополнительных сведений:
Тел.: +998 99 140-11-11
Тел.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: jdkexp@utk.uz
marketing@utk.uz
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube
XALQARO LOGISTIKA: TERMINLAR VA TUSHUNCHALAR
COC
va
SOC
— tashish jarayonida konteynerning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi logistika atamalaridir.
COC (Carrier Owned Container)
—
tashuvchi/operatorga tegishli konteyner
. Masalan, konteyner Maersk, MSC, CMA CGM yoki boshqa tashuvchining mulki bo‘ladi. Mijoz undan tashish davomida foydalanadi va belgilangan muddatda qaytarishi kerak. Kechiktirilsa
demurrage/detention
to‘lovlari yuzaga kelishi mumkin.
SOC (Shipper Owned Container)
—
yuk jo‘natuvchi yoki mijozga tegishli konteyner
. Bunda konteyner tashuvchiga emas, yuk egasi, ekspeditor yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo‘ladi. Odatda konteynerni tashuvchiga qaytarish majburiyati bo‘lmaydi, shu sababli uzoq muddatli yoki bir tomonlama tashuvlarda qulay.
COC/SOC atamalari
tarif hisoblashda, transport hujjatlarini rasmiylashtirishda, konteynerni qaytarish shartlarini aniqlashda va tomonlarning javobgarligini belgilashda
muhim hisoblanadi.
〰️
〰️
〰️
МЕЖДУНАРОДНАЯ ЛОГИСТИКА: ТЕРМИНЫ И ПОНЯТИЯ
COC
и
SOC
— логистические термины, обозначающие принадлежность контейнера в процессе перевозки.
COC (Carrier Owned Container)
—
контейнер, принадлежащий перевозчику/оператору
. Например, контейнер может находиться в собственности Maersk, MSC, CMA CGM или другого перевозчика. Клиент использует его в процессе перевозки и обязан вернуть в установленный срок. В случае задержки могут возникнуть дополнительные расходы, в том числе
demurrage/detention
.
SOC (Shipper Owned Container)
—
контейнер, принадлежащий грузоотправителю или клиенту
. В данном случае контейнер принадлежит не перевозчику, а владельцу груза, экспедитору или другой компании. Как правило, такой контейнер не требуется возвращать перевозчику, поэтому данный вариант удобен для длительных или односторонних перевозок.
Термины COC/SOC имеют важное значение
при расчёте тарифов, оформлении транспортных документов, определении условий возврата контейнера и распределении ответственности между сторонами
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube
SLAVYAN KARVONI: BIRINCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI BLOK-POYEZD TOSHKENTGA YETIB KELDI
2026-yil 30-iyul
kuni Belarus Respublikasining
Orsha-Vostochnaya
stansiyasidan jo‘natilgan "
Slavyan karvoni
" nomli
birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd
Toshkent shahridagi
Chuqursoy
stansiyasiga muvaffaqiyatli yetib keldi.
Poyezdni tantanali kutib olish marosimida Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati hamda temiryo‘l transporti sohasi rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir davomida mazkur loyihaning xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Belarus o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Loyiha doirasida
birinchi blok-poyezd
qariyb
4 ming kilometr
masofani atigi
6 sutkada
bosib o‘tdi va yangi transport xizmatining samaradorligini amalda tasdiqladi. Mazkur loyiha
Belarus
,
O‘zbekiston
va
Markaziy
Osiyo
davlatlari o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ
mazkur yo‘nalish bo‘yicha mijozlarga
import va eksport yuklarini tashish
, shuningdek
Belarus Respublikasi hududi orqali Yevropa davlatlariga tranzit yuk tashuvlarini tashkil etish
bo‘yicha kompleks transport-logistika xizmatlarini taqdim etadi.
Tashish tariflari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Tel.: +998 99 140-11-11
Tel.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: jdkexp@utk.uz
marketing@utk.uz
〰️
〰️
〰️
СЛАВЯНСКИЙ КАРАВАН: ПЕРВЫЙ ПРЯМОЙ БЛОК-ПОЕЗД ПРИБЫЛ В ТАШКЕНТ
Первый прямой блок-поезд
«Славянский караван»
, отправленный
30 июля 2026 года
со станции
Орша
-
Восточная
(Республика Беларусь), успешно прибыл на станцию
Чукурсой
в городе Ташкенте.
В торжественной церемонии встречи поезда приняли участие Временный поверенный в делах Республики Беларусь в Республике Узбекистан, руководство Министерства транспорта Республики Узбекистан и руководители железнодорожной отрасли. В ходе мероприятия было отмечено, что реализация проекта имеет важное значение для дальнейшего развития международных грузовых перевозок и укрепления транспортно-логистического сотрудничества между Республикой Беларусь и Республикой Узбекистан.
В рамках реализации проекта первый блок-поезд преодолел маршрут протяженностью около
4 тысяч километров
всего за
6 суток
. Новый транспортный сервис стал важным шагом в развитии международных грузовых перевозок и укреплении торгово-экономических связей между
Беларусью
,
Узбекистаном
и
государствами
Центральной
Азии.
АО «Узтемирйулконтейнер»
предоставляет клиентам комплексные транспортно-логистические
услуги по организации перевозок импортных и экспортных грузов
по данному направлению, а также
транзитных перевозок грузов через территорию Республики Беларусь в страны Европы.
Для получения информации о тарифах на перевозку и дополнительных сведений:
Тел.: +998 99 140-11-11
Тел.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: jdkexp@utk.uz
marketing@utk.uz
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube
“SLAVYAN KARVONI” LOYIHASI BELARUS VA MARKAZIY OSIYO O‘RTASIDAGI TRANSPORT ALOQALARINI MUSTAHKAMLAMOQDA
2026-yil 3-avgust kuni Belarus Respublikasining Orsha-Vostochnaya stansiyasidan
Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston
yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi
ikkinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk poyezdi
jo‘natildi.
Poyezd tarkibida
yog‘ochni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari,
shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar tashilmoqda. Yuklarning bir qismi
O‘zbekiston hududi orqali tranzit tarzda Qirg‘iziston va Tojikistonga yetkaziladi.
Poyezd qariyb
4 000 kilometr
uzunlikdagi yo‘nalishni atigi
7 sutkada
bosib o‘tib,
Belarus va Markaziy Osiyo davlatlari
o‘rtasidagi eksport-import yuklarining
tezkor va samarali yetkazib berilishini
ta’minlaydi.
Ikkinchi poyezdning jo‘natilishi yangi transport-logistika xizmatiga bo‘lgan talab ortib borayotganini
ko‘rsatadi hamda O‘zbekiston hududi orqali o‘tuvchi mazkur yo‘nalishning samaradorligini tasdiqlaydi.
〰️
〰️
〰️
ПРОЕКТ «СЛАВЯНСКИЙ КАРАВАН» УКРЕПЛЯЕТ ТРАНСПОРТНЫЕ СВЯЗИ БЕЛАРУСИ И ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
3 августа 2026 года со станции Орша-Восточная в Республике Беларусь отправился
второй прямой грузовой поезд,
следующий по маршруту
Беларусь — Россия — Казахстан — Узбекистан.
В составе поезда перевозится продукция д
еревообрабатывающей и пищевой промышленности
, а также товары с высокой добавленной стоимостью. Часть грузов проследует
транзитом через территорию Узбекистана в Кыргызстан и Таджикистан.
Поезд преодолевает маршрут длиной около
4 000 км
всего за
7 суток,
обеспечивая
быструю
и
эффективную
доставку экспортно-импортных грузов
между Беларусью и государствами Центральной Азии.
Отправка
второго поезда свидетельствует о растущем спросе на новый транспортно-логистический серви
с и подтверждает эффективность маршрута, проходящего через территорию Узбекистана.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube
Hurmatli hamkasblar!
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ
jamoasi Sizlarni
Temiryo‘lchilar kuni
bilan chin dildan muborakbod etadi!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatingizga yangi zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmatli hamkasblar!
Siz azizlarni bugungi kasb bayrami —
Temiryo‘lchilar kuni
munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Sizga va siz orqali barcha jamoa a’zolaringizga uzoq umr, mustahkam sog’liq, oilaviy baxt va tinchlik xotirjamlik tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz temiryo‘lchilar!
Hurmat bilan,
Boshqaruv raisi
M.K. Mirxamidov
〰️
〰️
〰️
Уважаемые коллеги!
От всей души искренне поздравляю вас с
Днём железнодорожников!
Желаю вам и всему коллективу крепкого здоровья, долгих лет жизни, семейного благополучия, мира и спокойствия.
С праздником вас, дорогие железнодорожники!
С уважением,
Председатель правления
М.К. Мирхамидов
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube