
UTK | O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER | Yangiliklar
“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ BOSHQARUV RAISI “O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ KO‘RGAZMA STENDIGA TASHRIF BUYURDI
“TransLogistica Kazakhstan 2026” xalqaro transport-logistika ko‘rgazmasining so‘nggi kunida
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayev
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ko‘rgazma stendiga tashrif buyurib,
jamiyat faoliyatini rivojlantirish, transport-logistika salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish
borasida
amalga oshirilayotgan ishlar
bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida jamiyat tomonidan
konteyner va vagon parkini bosqichma-bosqich kengaytirish, mavjud logistika markazlarini modernizatsiya qilish, ularning infratuzilmasi va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro yuk tashuvlari geografiyasini kengaytirish
yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan
xalqaro transport-logistika bozorida milliy brendning nufuzini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar geografiyasini kengaytirish, yangi xalqaro bozorlarga chiqish hamda jamiyatning raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash
yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
〰️
〰️
〰️
ПРЕДСЕДАТЕЛЬ ПРАВЛЕНИЯ АО «УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛЛАРИ» ПОСЕТИЛ ВЫСТАВОЧНЫЙ СТЕНД АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР»
В заключительный день международной транспортно-логистической выставки «TransLogistica Kazakhstan 2026»
председатель правления АО «Узбекистон темир йуллари» З.Г. Нарзуллаев
посетил выставочный стенд АО «Узтемирйулконтейнер», где ознакомился
с
проводимой работой по развитию деятельности общества, наращиванию транспортно-логистического потенциала и расширению международного сотрудничества.
В ходе визита была представлена подробная информация о реализуемых проектах и достигнутых результатах в области
поэтапного расширения парка контейнеров и вагонов, модернизации действующих логистических центров, совершенствования их инфраструктуры и технических возможностей, а также расширения географии международных грузовых перевозок
.
Кроме того, председатель правления АО «Узбекистон темир йуллари» дал соответствующие указания,
направленные на повышение узнаваемости и укрепление позиций национального бренда на международном транспортно-логистическом рынке, расширение географии предоставляемых услуг, выход на новые международные рынки и дальнейшее повышение конкурентоспособности общества.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
“TransLogistica Kazakhstan 2026” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuni ham samarali uchrashuvlar va muzokaralarga boy bo‘ldi.
Ko‘rgazma davomida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vakillari xorijiy transport-logistika kompaniyalari hamda xalqaro hamkorlar bilan qator ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazdilar.
Xususan, 20 dan ortiq mamlakat, jumladan, Xitoy, Germaniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Gruziya, Belarus, Latviya, Belgiya va Rossiya kompaniyalari vakillari bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda xalqaro yuk tashuvlari hajmini oshirish, yangi transport yo‘laklarini rivojlantirish, terminal xizmatlarini kengaytirish, multimodal tashuvlarni tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
〰️
〰️
〰️
Второй день международной выставки «TransLogistica Kazakhstan 2026» прошёл в атмосфере активных деловых встреч и продуктивных переговоров.
В течение дня представители АО «Узтемирйулконтейнер» провели ряд деловых встреч и переговоров с зарубежными транспортно-логистическими компаниями и международными партнёрами.
В частности, состоялись переговоры с представителями компаний из более чем 20 стран, включая Китай, Германию, Иран, Индию, Турцию, Грузию, Беларусь, Латвию, Бельгию и Россию.
Основное внимание в ходе встреч было уделено вопросам увеличения объёмов международных грузоперевозок, развития новых транспортных коридоров, расширения терминальных услуг, организации мультимодальных перевозок и укрепления взаимовыгодного сотрудничества.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ “TransLogistica Kazakhstan 2026” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Qozog‘istonning Ostona shahrida transport va logistika sohasiga ixtisoslashgan “TransLogistica Kazakhstan 2026”
29-xalqaro
ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Mazkur nufuzli xalqaro ko‘rgazmada
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ham o‘z stendi
bilan faol ishtirok etib, jamiyatning transport-logistika sohasidagi xizmatlari, mavjud infratuzilmasi hamda xalqaro konteyner tashuvlari bo‘yicha imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida jamiyat vakillari tomonidan xorijiy transport-logistika kompaniyalari va xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, yangi yuk oqimlarini jalb etish, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, konteyner tashuvlari hajmini oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
〰️
〰️
〰️
АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner» принимает участие в международной выставке «TransLogistica Kazakhstan 2026»
В городе Астане (Казахстан) начала свою работу
29-я Международная выставка транспорта и логистики «TransLogistica Kazakhstan 2026».
В данной престижной международной выставке
АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner» принимает активное участие с собственным выставочным стендом,
представляя транспортно-логистические услуги Общества, имеющуюся инфраструктуру и возможности в сфере международных контейнерных перевозок.
В рамках выставки представители Общества проводят встречи с зарубежными транспортно-логистическими компаниями и международными партнёрами, в ходе которых обсуждаются вопросы привлечения новых грузопотоков, развития международных транспортных коридоров, увеличения объёмов контейнерных перевозок и расширения взаимовыгодного сотрудничества.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
CASCA+ xalqaro multimodal transport yo‘nalishini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan
olti davlat temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi
qizg‘in muzokaralar, konstruktiv muloqotlar va istiqbolli tashabbuslarga boy bo‘ldi.
〰️
〰️
〰️
Шестисторонняя встреча руководителей железнодорожных администраций
, посвящённая развитию международного мультимодального маршрута CASCA+, прошла в атмосфере активного диалога, конструктивных переговоров и обсуждения перспективных инициатив.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
CASCA+ XALQARO YO‘NALISHINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Joriy yilning 7-8 oktabr kunlari Toshkent shahrida
CASCA+ xalqaro multimodal yo‘nalishini yanada rivojlantirish
masalalariga bag‘ishlangan
Qirg‘iziston
,
O‘zbekiston
,
Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya
va
Turkiya
temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining navbatdagi
olti tomonlama uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv
Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish
, CASCA+ yo‘nalishining raqobatbardoshligini oshirish, ishtirokchi davlatlarning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish hamda ular o‘rtasidagi
transport-logistika hamkorligini yanada mustahkamlashga
qaratildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar
CASCA+ yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashuvlarning bugungi holati va istiqbollarini
atroflicha muhokama qildilar. Xususan, yo‘nalish bo‘yicha yuk oqimlarini ko‘paytirish,
refrijerator konteynerlarda yuk tashish uchun raqobatbardosh tarif shartlarini joriy etish
, marshrut bo‘ylab
fiting platformalarni muntazam ravishda taqdim etish
, shuningdek,
portlarda konteynerlarning ortiqcha turib qolish holatlarining oldini olish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida
Qirg‘iziston
,
O‘zbekiston
,
Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya
va
Turkiya temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan
erishilgan kelishuvlar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi
olti tomonlama Bayonnoma imzolandi
.
〰️
〰️
〰️
ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ ВЫВЕДЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО МАРШРУТА CASCA+ НА НОВЫЙ УРОВЕНЬ РАЗВИТИЯ
7-8 октября текущего года в Ташкенте состоялась очередная
шестисторонняя встреча руководителей железнодорожных администраций Кыргызстана, Узбекистана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции
, посвящённая вопросам
дальнейшего развития международного мультимодального маршрута CASCA+.
Основной целью встречи стало
развитие международных грузовых перевозок между Азией и Европой
, повышение конкурентоспособности маршрута CASCA+, эффективное использование транзитного потенциала стран-участниц, а также дальнейшее укрепление транспортно-логистического сотрудничества между ними.
В ходе встречи стороны всесторонне обсудили текущее состояние и перспективы развития грузовых перевозок по маршруту CASCA+.
Особое внимание было уделено вопросам увеличения грузопотоков, внедрения конкурентоспособных тарифных условий для перевозки грузов в рефрижераторных контейнерах, обеспечения регулярного предоставления фитинговых платформ на всём протяжении маршрута, а также предотвращения длительных простоев контейнеров в портах.
По итогам встречи железнодорожными
администрациями Кыргызстана, Узбекистана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции был подписан шестисторонний Протокол
, закрепляющий достигнутые договорённости и определяющий приоритетные направления дальнейшего сотрудничества.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
USTOZLARGA EHTIROM — SHOGIRDLARDAN E’ZOZ
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni
munosabati bilan
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ
vakillari tizimda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, o‘z bilim va tajribasi bilan ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlar holidan xabar oldilar.
Uchrashuv davomida ustozlarning temir yo‘l va logistika sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh mutaxassislarni tarbiyalashdagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Faxriy ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy farovonlik va xotirjam hayot tilandi.
〰️
〰️
〰️
УВАЖЕНИЕ К НАСТАВНИКАМ — ПРИЗНАТЕЛЬНОСТЬ УЧЕНИКОВ
В связи с 1 октября — Днём учителей и наставников
представители
АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner»
посетили ветеранов-наставников, которые на протяжении многих лет плодотворно трудились в системе, передавали свои знания и богатый опыт молодому поколению и воспитали множество достойных учеников, а сегодня находятся на заслуженном отдыхе.
В ходе встреч был особо отмечен их весомый вклад в развитие железнодорожной и логистической отрасли, а также многолетний самоотверженный труд по воспитанию молодых специалистов.
Почётным наставникам были выражены искренние пожелания крепкого здоровья, долгих лет жизни, семейного благополучия, мира и спокойствия.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ GLOBAL GATEWAY FORUMIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI TAQDIM ETDI
Joriy yilning 30-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan
Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi milliy konferensiyada
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruvi raisi
M.K. Mirxamidov
Jamiyatning
transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari
yuzasidan taqdimot qildi.
Taqdimotda
xalqaro
yuk
tashuvlarini
kengaytirish
uchun
logistika markazlari imkoniyatlarini oshirish
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan,
Rouston, Marg‘ilon, Jizzax, Ulug‘bek va Termiz
logistika
markazlarini
modernizatsiya
qilish
bo‘yicha dastlabki investitsiya loyihalari hamda ularni amalga oshirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, multimodal tashuvlarni rivojlantirish doirasida Kaspiy dengizining
Turkmanboshi–Boku
yo‘nalishida fider kemalari qatnovini yo‘lga qo‘yish
tashabbusi ilgari surildi. Ushbu loyiha
O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida yuklarni yetkazib berish muddatini qisqartirish
hamda xalqaro tashuvlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Forum jamiyatning istiqbolli loyihalarini xalqaro hamkorlarga tanishtirish va ularni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
〰️
〰️
〰️
АО «O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER» ПРЕДСТАВИЛО ИНВЕСТИЦИОННЫЕ ПРОЕКТЫ НА ФОРУМЕ GLOBAL GATEWAY
30 сентября текущего года в Ташкенте в рамках
второй национальной конференции по развитию Транскаспийского транспортного коридора в Узбекистане
председатель правления АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner»
М.К. Мирхамидов
представил
проекты Общества, направленные на развитие транспортно-логистической инфраструктуры
.
В ходе презентации особое внимание было уделено расширению возможностей логистических центров для
увеличения
объемов
международных
грузовых
перевозок
. В частности, была представлена информация о предварительных
инвестиционных проектах по модернизации логистических центров
Раустан, Маргилан, Джизак, Улугбек и Термез
, а также перспективах их реализации.
Кроме того, в рамках развития мультимодальных перевозок была выдвинута инициатива по
организации регулярного сообщения фидерных судов по маршруту
Туркменбаши — Баку
через Каспийское море. Данный проект направлен на
сокращение сроков доставки грузов между Узбекистаном и странами Европы
, а также расширение возможностей международных перевозок.
Форум стал важной площадкой для представления перспективных проектов общества международным партнерам и обсуждения возможностей их совместной реализации.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
YANGI KONTEYNERLAR EKSPORT TASHUVLARI IMKONIYATINI KENGAYTIRADI
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ
tomonidan xarid qilingan
yangi 40 futlik HC (High Cube)
konteynerlarining
dastlabki partiyasi
yuk ortilgan holda O‘zbekistonga yetib keldi.
Yangi konteynerlar jamiyatning konteyner parkini kengaytirish, eksport-import va tranzit tashuvlari hajmini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusi besh yilda
konteyner parkini qo‘shimcha 2 000 taga kengaytirish
rejalashtirilgan. Konteynerlar
O‘zbekiston–Xitoy, O‘zbekiston–Yevropa yo‘nalishlari, CASCA+ koridori va boshqa xalqaro yo‘nalishlarda
qo‘llaniladi.
Konteyner va vagon parkining kengayishi kompaniyaning
hududlardagi eksportyorlarga yukni jo‘natishga tayyorlashdan
tortib, uni manzilga yetkazishgacha bo‘lgan
kompleks transport-logistika xizmatlarini
ko‘rsatish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, viloyatlardan
eksport yuklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro yo‘nalishlarga jo‘natish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ
konteyner tashuvlarini rivojlantirish hamda
eksportyorlarga qulay va samarali logistika xizmatlarini taqdim etish
borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.
〰️
〰️
〰️
НОВЫЕ КОНТЕЙНЕРЫ РАСШИРЯТ ВОЗМОЖНОСТИ ЭКСПОРТНЫХ ПЕРЕВОЗОК
В Узбекистан прибыла
первая партия новых 40-футовых контейнеров HC (High Cube)
с грузом, приобретённых АО «Узтемирйулконтейнер».
Новые контейнеры будут способствовать расширению контейнерного парка Общества, а также увеличению объёмов экспортно-импортных и транзитных перевозок. В течение ближайших пяти лет планируется
дополнительно увеличить контейнерный парк на 2 000 единиц
. Контейнеры будут использоваться на направлениях
Узбекистан–Китай, Узбекистан–Европа, по коридору CASCA+, а также на других международных маршрутах
.
Расширение парка контейнеров и вагонов позволит Обществу предоставлять
комплексные транспортно-логистические услуги — от подготовки грузов экспортеров в регионах к отправке до их доставки в пункт назначения
. Это, в свою очередь, расширит возможности
прямой отправки экспортных грузов из регионов по международным направлениям
.
АО «Узтемирйулконтейнер»
продолжит последовательную работу по развитию контейнерных перевозок и предоставлению
экспортерам удобных и эффективных логистических услуг
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
URUMCHI SHAHRIDA TRANSPORT-LOGISTIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vakillari
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining
Urumchi shahrida
xizmat safarida bo‘ldi.
Tashrif davomida delegatsiya Urumchi shahridagi
transport-logistika infratuzilmasi obyektlari, sohada joriy etilgan zamonaviy va innovatsion texnologiyalar
, shuningdek,
Urumchi erkin savdo zonasining imkoniyatlari
bilan yaqindan tanishdi.
Xizmat safari doirasida Xitoyning yirik logistika kompaniyalaridan biri —
Xinjiang Commercial Logistics
vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida kompaniyaga qarashli
logistika markazida yuklarni konsolidatsiya qilish, istiqbolli qo‘shma investitsiya va logistika loyihalarini amalga oshirish
masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda
elektron tijoratni rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy ombor infratuzilmasini tashkil etish,
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ logistika markazlarida Xitoy mahsulotlarini vaqtincha saqlash va realizatsiya qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
〰️
〰️
〰️
В УРУМЧИ ОБСУДИЛИ ВОПРОСЫ СОТРУДНИЧЕСТВА В ТРАНСПОРТНО-ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СФЕРЕ
Представители
АО «Узтемирйулконтейнер»
в составе делегации во главе с Министерством транспорта Республики Узбекистан посетили с рабочим визитом город
Урумчи Китайской Народной Республики
.
В ходе визита делегация ознакомилась с
объектами транспортно-логистической инфраструктуры Урумчи, современными и инновационными технологиями, внедрёнными в отрасли
, а также с возможностями
зоны свободной торговли Урумчи
.
В рамках рабочей поездки состоялась встреча с представителями одной из крупнейших логистических компаний Китая —
Xinjiang Commercial Logistics
. В ходе переговоров были обсуждены вопросы
консолидации грузов в логистическом центре компании, а также реализации перспективных совместных инвестиционных и логистических проектов
.
Кроме того, стороны обменялись мнениями по вопросам
создания в Узбекистане современной складской инфраструктуры для развития электронной торговли
, а также возможностям временного хранения и реализации китайской продукции в логистических центрах
АО
«Узтемирйулконтейнер»
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn
“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJDA SHAHMAT BO‘YICHA TURNIR BO‘LIB O‘TDI
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ xodimlari o‘rtasida
“UTK CHESS 2026”
korporativ shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa xodimlarning mantiqiy va strategik fikrlashini rivojlantirish, jamoadagi hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada jami 10 nafar xodim ishtirok etib, o‘zlarining strategik fikrlashi, bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
🏆
Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi xodimlar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:
🥇
1-o‘rin — Multimodal va deklarantlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi
Boboqulov Shohrux Allanazar o‘g‘li
;
🥈
2-o‘rin — Boshqaruv raisi huzuridagi kotibiyat boshlig‘i
Islomov Oybek Erkin o‘g‘li
;
🥉
3-o‘rin — Xususiy vagon operatorlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
G‘ayratjonov Samandar Dilshod
o'g'li
.
G‘oliblar boshqaruv raisi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan berilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
〰️
〰️
〰️
В АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР» СОСТОЯЛСЯ ШАХМАТНЫЙ ТУРНИР
Среди сотрудников АО «Узтемирйулконтейнер» состоялся корпоративный шахматный турнир
«UTK CHESS 2026»
. Соревнование было организовано с целью развития логического и стратегического мышления сотрудников, укрепления командного духа и формирования атмосферы здоровой конкуренции.
В турнире, прошедшем в увлекательной и напряжённой борьбе, приняли участие 10 сотрудников компании, продемонстрировавших свои знания, мастерство и навыки стратегического мышления.
🏆
По итогам соревнования призовые места заняли:
🥇
1-е место
— специалист отдела мультимодальных и декларантских услуг
Бобокулов Шохрух Алланазар угли
;
🥈
2-е место
— начальник секретариата при председателе правления
Исломов Ойбек Эркин угли
;
🥉
3-е место
— начальник отдела по работе с частными операторами вагонов
Гайратжонов Самандар Дилшод
угли
.
Победители турнира были награждены ценными подарками от председателя правления и профсоюзного комитета.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
😎
LinkedIn