Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi

utylokomotiv
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasidagi barcha yangiliklar va ma'lumotlar shu rasmiy kanalda olishingiz mumkin.
Subscribers
1 724
24 hours
-2
30 days
34
Post views
903
ER
52,38%
Posts (30d)
29
Characters in post
1 015
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
October 27, 02:22

Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi
pinned «
Bugun 27-oktabr "Temiryo‘linfratuzilma"AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Tulyaganov Sherzod Taxirovichni tavallud ayyomlari bilan "Temiryo‘linfratuzilma" AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi hamda Lokomotiv xo‘jaligi jamoasi nomidan…
»

October 27, 02:22

Bugun 27-oktabr "Temiryo‘linfratuzilma"AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Tulyaganov Sherzod Taxirovichni tavallud ayyomlari bilan "Temiryo‘linfratuzilma" AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi hamda Lokomotiv xo‘jaligi jamoasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
​Sizning yuksak professionalligingiz, boy tajribangiz, o‘z ishingizga bo‘lgan sadoqatingiz va o‘rinli talabchanligingiz tufayli Lokomotiv xo‘jaligida mustahkam tartib-intizom o‘rnatilib, tizim jadal rivojlanib bormoqda. Rahbar sifatidagi uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatingiz va qat’iy matonatingiz butun jamoamiz uchun o‘rnakdir.
​Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoningizga fayzu baraka hamda oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Kelgusidagi mashaqqatli va sharafli ish faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar yor bo‘lishini, rejalashtirgan barcha ezgu maqsad va loyihalaringiz muvaffaqiyatli amalga oshishini hamda sohamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.
​Omad va zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
🥳
🎂
🎉

October 22, 14:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida navbatdagi “Sifat kuni” o‘tkazildi.
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish, belgilangan texnik talablarga rioya etilishini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi “Sifat kuni” yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig`ilish depo boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y. Zulfiqorov va I.Y. Usmonovlar boshchiligida bo`lib o`tti
Yig‘ilish davomida ta’mirlash jarayonlarida sifat nazoratini kuchaytirish, ehtiyot qismlar va agregatlarning texnik holatiga alohida e’tibor qaratish, mehnat intizomi hamda texnologik talablarga qat’iy amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, bajarilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va lokomotivlarning texnik sozligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

October 22, 06:00

“Qo‘ng‘irot” lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni” yig‘ilishi o‘tkazildi
21.10.2026 kuni “Qo'ng'irot” lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishi QR Transport XTB HPG boshliq o’rinbosari R.U. Nazarov,  QR Transport XTB HPG katta inspektori leytenant Sh.O. Urazbayev va Qo'ng'irot lokomotiv deposi filiali boshlig'i S
.
K
.
Erejepov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish hamda lokomotiv brigadalarining mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mashinist va mashinist yordamchilarining xizmat davomida hushyor bo‘lishi hamda davlat mulkini talon taroj qilishning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi.

October 22, 05:59
Media unavailable
6
Show in Telegram

October 22, 05:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

TEMIR YO‘L SOHASIDA SAMARADORLIK, RAQAMLASHTIRISH VA XAVFSIZLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
Joriy yilning 21-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayev Qarshi vagon deposi hamda Qarshi lokomotiv deposida bo‘lib, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnik holat va ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔺
O‘rganishlar davomida vagon va lokomotivlarni ta’mirlash sexlaridagi ish jarayonlari, ta’mirlash uchun tayyorlangan mexanizmlar, zamonaviy texnik vositalar hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan texnologik talablar va muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.
🔺
Raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron tizimlardan samarali foydalanish hamda boshqaruv jarayonlarida raqamli yechimlarni keng joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi.
🔺
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari ham alohida nazoratdan o‘tkazildi. Ish joylarida xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, xodimlar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish hamda ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga e’tibor berildi.
🔺
Bundan tashqari, ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mavjud texnik imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ta’mirlash sifatini yanada oshirish, ehtiyot qismlar va mexanizmlarning tayyorlik darajasini ta’minlash hamda korxonalarning umumiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
|
Site
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X

October 21, 05:24
Media unavailable
4
Show in Telegram

Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli korxonalarida obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi
Joriy yilning 20-oktyabr kuni Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P. Millajanov tomonidan uzel tasarrufidagi bir qator korxona va muassasalarda navbatdagi ishchi o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida:
Qo‘qon temir yo‘l masofasi ;
Qo‘qon lokomotiv deposi ;
Qo‘qon temir yo‘l shifoxonasi
hududlari hamda xizmat binolari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
- Korxona sexlarida olib borilayotgan tub ta’mirlash hamda modernizatsiya jarayonlari;
- Temir yo‘l shifoxonasi va korxonalar atroflarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tashqi estetik ko‘rinishini yaxshilash;
- Ishchi-xodimlar va tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat hamda xizmat sharoitlarini yaratish.
Hududlarni ozoda va shinam holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

October 21, 04:19
Media unavailable
10
Show in Telegram

🏆
«ЗАКОВАТ» ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ЎЙИНИ ЎТКАЗИЛДИ
🎓
🚂
«Термиз локомотив депоси» филиалида
🏭
«Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!» шиори остида ҳамда Касаба уюшмаси куни муносабати билан «Термиз локомотив депоси» филиалида ёшлар ва ходимлар ўртасида «Заковат» интеллектуал ўйини ташкил этилди.
🤝
🧠
Мазкур тадбирдан кўзланган асосий мақсад — ходимларнинг интеллектуал салоҳиятини юксалтириш, уларнинг мантиқий фикрлаш қобилиятини ривожлантириш, билим ва тафаккурини синовдан ўтказиш, шунингдек, жамоада дўстона муҳит ва ҳамжиҳатликни мустаҳкамлашдан иборат.
🎯
Ўйин давомида иштирокчилар турли соҳаларга оид қизиқарли саволларга жавоб бериб, ўз билимлари, зукколиги ва тезкор фикрлаш қобилиятларини намоён этдилар. Мусобақа қизғин ва кўтаринки руҳда ўтди.
⚡️
🤝
Бундай интеллектуал тадбирлар ёшларнинг ташаббускорлигини қўллаб-қувватлаш, уларни бир мақсад йўлида бирлаштириш ҳамда ходимлар ўртасида ўзаро ҳамкорлик ва касаба уюшмаси қадриятларини мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этади.
Ёшлар — келажагимиз, билим — тараққи гарови!

October 19, 17:03
Media unavailable
9
Show in Telegram

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov, "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'i O.N.Xudoyqulov, "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali bosh muxandisi U.V.Muxitdinovlar temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Termiz lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi
🚂
. Nazorat davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifati atroflicha ko‘rib chiqildi
🔧
. Lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati ham alohida nazoratga olindi
🛡
. Shuningdek, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud mehnat sharoitlari va ishlarning samaradorligi o‘rganildi
📋
.

October 15, 05:18
Media unavailable
3
Show in Telegram

15 Oktyabr kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida harakat xavfsizligini ta’minlash hamda lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida navbatdagi “Sifat kuni” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir depo boshlig‘ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y. Zulfiqorov boshchiligida tashkil etildi. Yig‘ilishda harakatli tarkibni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, muhandis-texnik mutaxassislar hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish sifati, ta’mirlash jarayonlarida aniqlanayotgan kamchiliklar, harakat xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, texnik nazoratni kuchaytirish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, depo faoliyatida mehnat intizomiga rioya qilish, texnik reglamentlar asosida ishlash va harakat xavfsizligini ta’minlash har bir xodimning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.