
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi
Harakat xavfsizligi kuni
🚆
🛡
“
Chorshanba – harakat xavfsizligi kuni
” munosabati bilan joriy yilning 09-sentyabr kuni "
Qo‘qon lokomotiv deposi
" filialida navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi sanoat xavfsizligi bo‘limi yetakchi inspektori J.F.Shamsiddinov
,
Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi bosh o‘rinbosari I.Muhiddinov
,
Qo‘qon MTU mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Y.Xatamov
,
Qo‘qon lokomotiv deposi filiali bosh muhandisi B.Y.Karimov
hamda
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi Z.Z.Xaydarovlar
boshchiligida yuk iluvchi va kran mashinistlari bilan navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
📌
Asosiy yo‘nalishlar:
💬
Yuk iluvchi hamda kran mashinistlari bilan ochiq savol-javoblar;
🛠
Ish jarayonida xavfsizlikni ta'minlash, amaliy muammolarni joyida muhokama qilish va ularga tezkor yechimlar belgilash.
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi — har bir xodimning salomatligi va hayot kafolatidir!
Joriy yilning 09-sentyabr "Harakat xavfsizligi kuni” munosabati bilan Termiz lokomotiv deposi filiali bosh muhandisi F.M.Mo'minov Galaba stansiyada TEM-2 955 hamda Termiz stansiyasida TEM-2 6490 teplovozlarni nazorat ko’rigini o’tkazdi.
🔍
Ko’rik davomida lokomotivlarga ko’rsatilayotgan texnik xizmat sifati, ta’mirlash texnolgiyalariga rioya qilinishi hamda texnika va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish xolati nazorat qilindi.
🛠️
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ul o'rta bo'g'in rahbarlariga kerakli ko'rsatmalar berildi.
📝
Telegram kanalimiz:
@Depo_termiz
“Harakat xavfsizligini ta’minlash – ustuvor vazifa!”
🚆
🛡
“Chorshanba – harakat xavfsizligi kuni” munosabati bilan joriy yilning 02-sentyabr kuni Qo'qon lokomotiv deposi filiali ekspluatasiya ishlari bo'yicha muovini Mamatqulov R.R., hamda iqtisodiy ishlar bo’limi boshlig’i TCHE-2 Adxamov M. boshchiligida Qo‘qon lokomotiv deposida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Taklif etilganlar: SHCh aloqa va signallashtirish korxonasi mutaxassisi, mashinist-yo'riqchilari va lokomotiv brigadalari
📌
Asosiy yo‘nalishlar:
🎯
Harakat xavfsizligini mutlaq ta’minlash va mehnat intizomini kuchaytirish;
💬
Lokomotiv brigadalari hamda mas’ul xodimlar bilan ochiq savol-javoblar;
🛠
Amaliy muammolarni joyida muhokama qilish va ularga tezkor yechimlar belgilash.
🚆
“HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qo‘qon lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 10-avgustdagi 530-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 26-avgust kuni VL-60 №404 sonli elektrovozida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
📌
O‘rganish davomida:
🔹
Elektrovozning texnik holati va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi qismlar;
🔹
Lokomotivga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi;
🔹
Mehnat va texnologik intizomga rioya etilishi;
🔹
Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹
Shuningdek, mas’ul xodimlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✅
Harakat xavfsizligi — har bir xodimning mas’uliyati va e’tiboridan boshlanadi!
🎉
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi
munosabati bilan 2026-yil 28-avgust kuni
“Qarshi lokomotiv deposi” filialida
bayram tadbiri tashkil etildi.
🚆
Tadbir davomida korxonamiz ravnaqi, temir yo‘l transporti rivoji va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘lida ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar
Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbirini
“Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘i S.R. Jurayev
hamda
bosh muhandis A.M. Jabborov
kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Ular barcha depo ishchi-xodimlarini Vatanimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami —
Mustaqillik kuni
bilan samimiy muborakbod etib, har bir xodimga va ularning oila a’zolariga
mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik va farovonlik, mehnat faoliyatida ulkan zafarlar hamda yangi yutuqlar
tiladilar.
🏅
Tadbirning eng quvonchli va faxrli lahzalaridan biri
— “Qarshi lokomotiv deposi” filialining to‘rt nafar fidoyi xodimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mustaqilligimizning
35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari
bilan taqdirlanganligi bo‘ldi.
👏
Faxrli mukofot sohiblari:
🔹
Qudratov Anvar Muqumovich
🔹
Ergashev Furqat Toshpo‘latovich
🔹
Mingasharov Zokir Rasulovich
🔹
Qudratov Shuxrat Ne’matovich
🏆
Mazkur yuksak e’tirof — ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati hamda temir yo‘l sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir.
💐
Barcha taqdirlangan xodimlarimizni yuksak mukofot va e’tiroflar bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
🇺🇿
Shuningdek, bayram tadbiri qatnashchilarini, sovrindorlarimizni va
“Qarshi lokomotiv deposi” filialining barcha ishchi-xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
✨
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
✨
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
🇺🇿
✨
YUKSAK EʼTIROF — FIDOYI MEHNAT SAMARASI!
✨
🇺🇿
🎖️
Urganch lokomotiv depo filiali boshlig‘ining taʼmirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Yuldashev Farxod To‘xtabayevich O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan esdalik nishoni bilan munosib taqdirlandi.
🌟
Ushbu yuksak mukofot — ko‘p yillik samarali mehnat, kasbga sadoqat, masʼuliyat va fidoyilikning munosib eʼtirofidir.
👏
Hurmatli Farxod To‘xtabayevich!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿
Yurtimiz tinch, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🚆
“HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TUNGI NAZORAT TEKSHIRUVI O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisining
2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli
hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining
2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli
buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan
“Harakat xavfsizligi oyligi”
doirasida navbatdagi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
🌙
2026-yil 27-avgust kuni tungi smenada
, tasdiqlangan grafik asosida “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi
A.M. Jabborov
boshchiligida filialning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida kompleks tungi tekshiruv o‘tkazildi.
🔍
Tekshiruv davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning harakat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy uzel va agregatlari, mashinist kabinalaridagi jihozlar, yong‘in xavfsizligi vositalari hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
📋
Shuningdek, navbatchi va mas’ul xodimlarning ish faoliyati, tegishli jurnallar va hujjatlarning yuritilishi, topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda mehnat va texnologik intizomga rioya etilishi o‘rganildi.
🖥
Dispetcherlik va navbatchilik xonalarida mavjud nazorat vositalari, videokuzatuv tizimlari hamda ish jarayonini monitoring qilish tizimlarining faoliyati ham nazoratdan o‘tkazildi.
🧯
Lokomotivlarda mavjud
yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi, yaroqlilik holati va belgilangan joylarda saqlanishi
alohida e’tiborga olindi.
⚙️
Bundan tashqari, lokomotivlarning mashina bo‘limlari, yurish qismlari va boshqa muhim texnik qismlarining holati mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.
Joriy yilning 26-avgust kuni Termiz lokomotiv deposi filiali boshlig’i S.M.Ubaydullayev Qumqo’rg’on TXK-2 sexida nazorat ko’rigini o’tkazdi. Ko’rik davomida lokomotivlarga ko’rsatilayotgan texnik xizmat sifati, ta’mirlash texnolgiyalariga rioya qilinishi hamda texnika va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish xolati nazorat qilindi. Shuningdek lokomotiv brigadalar uchun yangi qurilayotgan dam olish uyi joriy holati ko’zdan kechirildi. Dam olish uyida lokomotiv brigadalarga yaratilayotgan sharoitlar sifati o’rganildi. Qumqo'rg'on stansiyasida ish faoliyatini olib borayotgan lokomotiv brigadalarning ish jarayoni ko'zdan kechirilib xarakat xavfsizligi hamda mexnat muxofazasi qoidalariga rioya qilinishi lozimligi eslatib o'tildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masul o'rta bo'g'in rahbarlariga kerakli ko'rsatmalar berildi.
Telegram kanalimiz:
@Depo_termiz