
Özbekiston Akkreditatsiya Markazi
Xalqaro eʼtirof, sifat infratuzilmasi va savdoni soddalaştiriş - iqtisodiy ösişning muhim omillari
Panama şahrida Global akkreditatsiya hamkorligi (Global Accreditation Cooperation Incorporated — Global ACI) doirasida xalqaro anjuman va Boş assambleya yiğilişi bölib ötdi.
Uşbu tadbirlarda «Özbekiston akkreditatsiya markazi» davlat muassasasi direktori örinbosari Şahnoza Yuldaşova ham iştirok etdi.
2026-yil 24-oktyabr kuni bölib ötgan xalqaro anjuman «Sifat infratuzilmasi, xalqaro eʼtirof va savdoni soddalaştiriş: iqtisodiy ösiş uçun işonçni mustahkamlaş» mavzusiga bağişlandi.
Tadbirda davlat idoralari, sanoat tarmoqlari, xalqaro taşkilotlar hamda sifat infratuzilmasi sohasi vakillari iştirokida akkreditatsiya, standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş tizimlarining iqtisodiy rivojlaniş va xalqaro savdodagi örni muhokama qilindi.
Anjumanning asosiy yönalişlaridan biri akkreditatsiyadan ötgan muvofiqlikni baholaş natijalarini xalqaro miqyosda tan olişning ahamiyatini yoritişdan iborat böldi. Bunday yondaşuv mamlakatlar örtasidagi savdo jarayonlarini yengillaştiriş, texnik tösiqlarni kamaytiriş va milliy mahsulotlarning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Global ACI tomonidan qöllab-quvvatlanadigan köp tomonlama özaro eʼtirof kelişuvi (MRA) akkreditatsiya natijalarining xalqaro miqyosda tan olinişi uçun muhim mexanizm hisoblanadi. Uşbu mexanizm muvofiqlikni baholaş natijalarini mamlakatlar örtasida qabul qilişga kömaklaşib, takroriy baholaş va sinovlarga bölgan ehtiyojni kamaytiriş orqali xalqaro savdoni soddalaştirişga qaratilgan.
Muhokamalarda sifat infratuzilmasining tarkibiy qismlari — standartlaştiriş, metrologiya, akkreditatsiya va muvofiqlikni baholaş örtasidagi özaro boğliqlikka alohida eʼtibor qaratildi.
Ekspertlarning taʼkidlaşiga köra, uşbu tizimlarning samarali işlaşi mahsulot va xizmatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaş, isteʼmolçilar işonçini mustahkamlaş, işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş hamda xalqaro bozorlarda teng şaroitlarni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Anjumanning maqsadlaridan yana biri milliy, mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tajribalarni almaşiş va sifat infratuzilmasini takomillaştirişga qaratilgan innovatsion yondaşuvlarni ommalaştirişdan iborat böldi.
26-oktyabr kuni esa Global ACIning Beşinçi Boş assambleyasi yiğilişi ötkazildi. Unda taşkilotning strategik rivojlanişi va taşkiliy faoliyatiga oid masalalar körib çiqildi.
Yiğiliş kun tartibidan taşkilotning strategik rejasi, kotibiyat faoliyati, aʼzolikka qabul qiliş masalalari, boşqaruv tizimi, moliyaviy hisobotlar va 2027-yil uçun byudjet loyihasi örin oldi.
Şuningdek, mintaqaviy guruhlar hisobotlari, texnik qömitalar faoliyati, akkreditatsiya qömitasi, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik va sohani rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş masalalari ham kun tartibiga kiritildi.
Assambleyaning xalqaro taşkilotlar vakillari iştirokidagi sessiyasida Jahon banki, Xalqaro standartlaştiriş taşkilotining muvofiqlikni baholaş qömitasi (ISO/CASCO), BMTning Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti (UNIDO) hamda Xalqaro ölçovlar va tarozilar byurosi (BIPM) vakillarining maʼruzalari tinglandi.
Uşbu muloqotlar sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro standartlar va muvofiqlikni baholaş amaliyotini takomillaştiriş, şuningdek, akkreditatsiya sohasidagi global hamkorlikni mustahkamlaş nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
EʼLON!
Telefon aloqa tizimining nosozligi tufayli "Özbekiston akkreditatsiya markazi" DM ga vaqtinçalik qönğiroq qiliş imkoniyati çeklangan.
Aloqa qayta tiklangaç, yana maʼlumot beramiz.
https://youtu.be/WrWZPOMO5bc
“AKKREDINTERVYU” sahifasida “Özbekiston akkreditatsiya markazi” DM yuristkonsulti bilan katta intervyu
“Akkredintervyu” sahifasida Markaz yuristkonsulti Şuhrat Alimov akkreditatsiya sohasini rivojlantirişga va xalqaro nufuzini oşirişga qaratilgan bir qator qonun hujjatlarini şarhlaydi va Markazda korrupsiyaviy profilaktika işlari haqida maʼlumot beradi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
LinkedIn
🔴
Davlat xaridlarida şaffoflik va korrupsiyaning oldini oliş masalalari
muhokama qilindi
✅
“Özbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xodimi O. Yölbarsov iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlat xaridlarida şaffoflikni taʼminlaş va manfaatlar töqnaşuvini boşqariş masalalariga bağişlangan öquv-seminar ötkazildi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilik talablari, davlat xaridlarini amalga oşirişda qonuniylik, oçiqlik va xolislikni taʼminlaş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş hamda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va uni samarali boşqariş tartib-taomillari batafsil yoritildi.
Mavzu doirasida amaliy misollar va tavsiyalar keltirilib, davlat xaridlari bilan boğliq qarorlarni qabul qilişda xolislikni taʼminlaş, xodimlarning şaxsiy masʼuliyatini oşiriş, xizmat vazifalarini bajarişda halollik va oçiqlik tamoyillariga amal qiliş muhimligi taʼkidlandi. Şuningdek, qoidabuzarliklarning oldini oliş va korrupsiyaga murosasizlikni şakllantirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Mavzu yuzasidan bölib ötgan qizğin muhokama jarayonida Markaz direktorining birinçi örinbosari N. Oçilov sözga çiqib, öz fikr-mulohazalarini bildirdi. U muassasa faoliyatining öziga xos jihatlariga qisqaça töxtalib, ayniqsa, akkreditatsiya jarayonlarida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, xolislik, haqqoniylik va şaffoflik tamoyillariga qatʼiy rioya etiş Markaz nufuzi hamda iş sifati uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.
Tadbir yakunida xodimlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş va korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olişga doir özlarini qiziqtirgan savolllariga batafsil javob oldilar.
“Özbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasida korrupsiyaning oldini oliş, davlat xaridlarida şaffoflikni taʼminlaş va manfaatlar töqnaşuvini samarali boşqarişga qaratilgan bu kabi profilaktik tadbirlar izçil davom ettiriladi.
Komplayens nazorati xizmati
Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
LinkedIn
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan
yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
провел совещание,
посвященное социально-экономическому развитию Кашкадарьинской области.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#yigilish
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🔴
Baholaş, davriy baholaş va akkreditatsiya guvohnomalari böyiça holat qanday?
✅
2026-yil 9-oyi davomida 277
ta
akkreditatsiya qilingan subyektlarda davriy baholaş ötkazilib, natijada
62
ta
akkreditatsiya guvohnomasining amal qiliş muddati tasdiqlangan,
200
tasi
(72,2%) töxtatilgan,
7
tasi
tugatilgan,
8
tasi esa
qaror qabul qiliş jarayonida.
✅
Ötkazilgan davriy baholaşlarning
53 tasi
mahsulotlarni sertifikatlaştiriş organlari hisobiga töğri kelib, şulardan
9 tasida
akkreditatsiya guvohnomasining amal qiliş muddati tasdiqlangan,
42
tasida
(79,2%) akkreditatsiya guvohnomasi töhtatilgan,
1
tasida esa
tugatilgan.
✅
Şu bilan birga, hisobot davrida
91
ta
(
56
ta
mahsulotlarni sertifkatlaştiriş organlarida,
35
ta
sifat tizimlarini sertifikatlaştiriş organlarida) guvohlik baholaş ötkazildi.
20
ta
(
16 ta
laboratoriya,
1
ta
kalibrlaş laboratoriyasi,
1
ta
qiyoslaş laboratoriyasi va
2
ta
sertifikatlaştiriş organi) akkreditatsiya subyektlarida ogohlantirişsiz taşrif ötkazildi.
9
ta
akkreditatsiya subyektlarining guvohnomalari yangi manzilga qayta rasmiylaştirildi.
✅
Joriy qilingan yangi sohalar doirasida Milliy akkreditatsiya tizimida ISO/IEC 17043 standartiga 6 ta malaka tekşiriş provayderi, ISO/IEC 17020 standartiga 6 ta (mavjud bölgan) inspeksiya organi, ISO 15189 standartiga
4
ta
tibbiy laboratoriya, ISO 17034 standartiga
2
ta
standart namuna işlab çiqaruvçi akkreditatsiya qilindi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
LinkedIn
🔴
Öz DSt ISO/IEC 17065:2015: Metall va temir yöl mahsulotlarini sertifikatlaştiriş organida davriy baholaş
✅
«Özbekiston akkreditatsiya markazi» DMning Mahsulotlar, xizmatlar va xodimlarni sertifikatlaştiriş organlarini akkreditatsiya qiliş bölimi mutaxassislari tomonidan Toşkent şahrida faoliyat yuritayotgan metall va temir yöl mahsulotlarini sertifikatlaştiriş organida Öz DSt ISO/IEC 17065:2015 xalqaro standarti talablari asosida navbatdagi davriy baholaş işlari amalga oşirilmoqda.
✅
Uşbu jarayonda baholovçilar sertifikatlaştiriş organi faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlab, uning kompetentligi va xolisligini baholamoqdalar. Şuningdek sertifikatlaştiriş organining taşkiliy tuzilmasi, mavjud resurslari, xodimlarning kasbiy malakasi va kompetentligi, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş hamda xolislikni taʼminlaşga qaratilgan mexanizmlar atrofliça örganilmoqda.
✅
Markaz mutaxassislari sertifikatlaştiriş sxemalari va tartib-taomillarining standart talablariga muvofiqligi, muvofiqlikni baholaş natijalari asosida qarorlar qabul qiliş jarayonining xolisligi, izçilligi va takrorlanuvçanligiga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.
✅
Bundan taşqari, mijozlarga tegişli maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaş, hujjatlaştirilgan axborotni boşqariş, şikoyatlar va apellyatsiyalarni körib çiqiş tartiblari hamda içki audit natijalari tahlil qilinmoqda.
Ayni vaqtda mazkur sertifikatlaştiriş organida davriy baholaş işlari davom etmoqda.
Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
LinkedIn
🔴
Davlat xaridlarida şaffoflik va qonun ustuvorligi – boş talabimiz
✅
“Özbekiston akkreditatsiya markazi” DMning moliya-iqtisod va xöjalik bölimlari xodimlari iştirokida davlat mablağlaridan oqilona va samarali foydalaniş, xarid jarayonlarida tizimli xatoliklarga yöl qöymaslik hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş masalalariga bağişlangan seminar-maşğulot ötkazildi. Tadbirda asosiy eʼtibor içki idoraviy hujjatlar talablari asosida işni töğri taşkil etişga qaratildi.
✅
Seminarda xarid tizimining har bir bosqiçida qonunçilik meʼyorlariga qatʼiy amal qiliş, ehtiyojlarni xolis rejalaştiriş va sunʼiy çeklovlarga yöl qöymaslik zarurligi taʼkidlandi. Şuningdek, elektron savdo maydonçalari va mahalliy kooperatsiya portallari imkoniyatlaridan unumli foydalaniş, şartnomalar tuzişda oçiq raqobat tamoyillarini taʼminlaş hamda narxlarning sunʼiy oşirilişiga tösiq qöyiş masalalari atrofliça tuşuntirildi.
✅
Bundan taşqari, taşkilotda komplayens nazorati tizimini kuçaytiriş, xarid komissiyalari faoliyati va mahsulotlarni qabul qilişda şaffoflikni taʼminlaş lozimligi qayd etildi. Manfaatlar töqnaşuvini öz vaqtida aniqlaş va ularni boşqariş maqsadida belgilangan majburiy deklaratsiyalaş tartibi eslatib ötildi. Markaz mablağlarini asraş va har bir qarorni hujjatlaştiriş xodimlarning boş vazifasi ekanligi alohida körsatib ötildi.
Komplayens nazorati xizmati
Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
LinkedIn