Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'zbekiston Akkreditatsiya Markazi

uzakkreditatsiya
O'zbekiston Akkreditatsiya Markazi
Подписчики
2 270
24 часа
-10
30 дней
Просмотры
663
ER
24,63%
Посты (30д)
112
Символов в посте
974
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
April 30, 10:28

ISO/IEC 17025 standarti bo‘yicha akkreditatsiya qilishni rad etishning asosiy 5ta sabablari:
1️⃣
- Murojaat etilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq sinovlarni amalga oshiruvchi xodimlarning sinovlarni amalga oshirishda yetarlicha malakaga ega emasligi;
Shu jumladan: Mas’ul xodimlarning sinov natijalari bo‘yicha noaniqlikni hisoblash, qaror qabul qilish, sinov usullarini verifikatsiya va validatsiya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasligi.
2️⃣
- Murojaat etilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq, sinovlarni amalga oshirish uchun yetarlicha sinov uskunasi, o‘lchov vositalari va yordamchi vositalarning mavjud emasligi;
Shu jumladan: Sinovlarni amalga oshirishda lozim bo‘lgan sinov usunasi, o‘lchov vositalarining kalibrlanmaganligi, metrologik kuzatuvchanlik ta’minlanmaganligi.
3️⃣
- Murojaat etilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq sinovlarni amalga oshirish uchun laboratoriya xonalarining belgilangan talablarga mos emasligi;
Shu jumladan: sinov natijalariga ta’sir etuvchi omillarni boshqarish imkoniyati mavjud emasligi.
4️⃣
- Menejment boshqaruv tizimi yetarlicha hujjatlashtirilmaganligi va amalda joriy etilmaganligi;
Shu jumladan: joriy etilgan menejment tizimi amalda ishlamasligi va xodimlarga foydalanish imkoniyati mavjud emasligi.
5️⃣
- Akkreditatsiya jarayonida baholashni o‘tkazishda shart-sharoitlar yaratib bermaslik, korrupsion xatti-harakatlarni amalga oshirish;
Shu jumladan: Akkreditatsiya jarayonini amalga oshirishda tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki surunkali yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish.

April 30, 10:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM o‘z mijozlari bilan doimiy aloqada. Ularning takliflari va savollariga o‘z vaqtida javob berib boradi. Bir qator mijozlardan – qay holatlarda akkreditatsiya rad qilinadi, degan savol kelib tushgan. Quyida biz ISO/IEC 17025 standarti bo‘yicha akkreditatsiya rad etilishining asosiy sabablarini keltirib o‘tdik.
⬇️
⬇️
⬇️

April 30, 09:06

Xalqaro paritet baholash: jarayonlar davom etmoqda
📌
2026-yilning 10-16 may kunlari “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasida Osiyo – Tinch okeani mintaqasi akkreditatsiya hamkorligi ekspert-mutaxassislari tomonidan paritet baholash jarayonlari o‘tkaziladi. Markaz jamoasi ushbu mas’uliyatli pallaga tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.

Jarayon qanday o‘tadi?
Avvalo ta’kidlash lozimki, paritet baholashni o‘tkazish uchun dunyoning 12 ta davlatidan (Malayziya, Hindiston, Rossiya, Tayvan, BAA, Qatar, Pokiston, Fillipin, Kanada, Ummon Sultonligi, Vetnam) xalqaro ekspertlar tashrifi rejalashtirilgan. Ular bilan muloqot olib borish uchun 10 dan ortiq xorijiy va mahalliy tarjimonlar jalb qilinib, sohaga aloqador hujjatlar bilan tanishtirildi.
❗️
Bevosita Markazda bo‘lib o‘tadigan jarayonlar uchun alohida xonalar ajratilib, kompyuter texnikalari, barcha zarur ashyolar bilan ta’minlanmoqda. Bunda xolislik, shaffoflik va konfidensiallik tamoyillariga e’tibor qaratilmoqda.
➡️
Paritet baholash davomida 8 ta akkreditatsiya sxemalari bo‘yicha -menejment tizimini sertifikatlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish hamda inspeksiya organlarida guvohlik baholash texnikasi qo‘llanilgan holda jarayonlar o‘tadi.
🩺
Shuningdek, xalqaro ekspertlar 4 ta sinov laboratoriyasida bo‘lib, ISO 17034, ISO/IEC 17043, ISO/IEC 17020, ISO 15189 xalqaro standartlari bo‘yicha Markaz baholovchilari tomonidan amalga oshirilayotgan akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini kuzatadilar va baholaydilar.
📉
📈
Ushbu rejali ishlarni amalga oshirish maqsadida Markaz xodimlari va paritet baholashda ishtirok etuvchi baholovchilar tomonidan, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablaridan kelib chiqib, Markazning menejment tizimiga oid hujjatlari va qayd yozuvlar shakllari ustidan chuqur tahlillar o‘tkazildi. Ularning natijasida Markazning ayrim hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.
❗️
Ma’lumot uchun: Markaz paritet baholash davomida ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlash barobarida, yana 4 ta yo‘nalish - ISO 15189, ISO/IEC 17020, ISO/IEC 17034, ISO/IEC 17043 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlashni hamda akkreditatsiya qilishni nazarda tutgan yo‘nalishlarda xalqaro tan olishni rejalashtirgan.

April 30, 09:04
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

April 30, 08:40

O'zbekiston Akkreditatsiya Markazi
pinned a file

April 30, 07:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston-Chexiya sammiti boshlandi.

В Куксарое начался узбекско-чешский саммит.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 30, 07:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Akkreditatsiya qilingan sub’ektlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevralda qabul qilingan PF–25-son Farmonning 5 ilovasining 20-bandi ikkinchi qismini ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda tegishli tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlarga muvofiq, akkreditatsiya doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi” doirasida maxsus mahsulot va xizmatlarni identifikatsiyalash kodlari (MXIK) ishlab chiqildi hamda tegishli ma’lumotlar soliq tasniflagichining rasmiy veb-saytida (
https://tasnif.soliq.uz/
) joylashtirildi.
Mazkur MXIK kodlari “Professional xizmatlar” guruhi tarkibida “Akkreditatsiya qilingan tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar” sinfi sifatida kiritildi.
Quyida, akkreditatsiya sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar kesimida yangi joriy etilgan MXIK kodlari keltirilgan.

April 30, 07:01

Yuqoridagilardan hamda Farmonda belgilangan topshiriqlardan kelib chiqib, akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqqoniyligini ta’minlash maqsadida, akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-fakturalarni rasmiylashtirishda, yuqorida keltirilgan MXIK kodlardan foydalanish so‘raladi.
Ma’lumot uchun: Akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi to‘g‘risida,
“e-akkreditatsiya” axborot tizimi orqali mustaqil shakllantirilgan va taqdim etilgan ma’lumotlarni haqqoniyligiga shubha paydo bo‘lganida (axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar (hisob-fakturalar, sertifikat va bayonnomalar soni) bilan akkreditatsiya qilingan sub’ektlar tomonidan mustaqil shakllantirilgan va taqdim etilgan ma’lumotlar orasida tafovut bo‘lsa), ularning haqqoniyligini o‘rganish maqsadida soliq organlariga zarur ma’lumotlar kiritiladi.
Murojaat uchun raqam : (78) 113 01 11 (208)
Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram
|
Facebook
| Instagram

April 30, 07:01

April 30, 05:38
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇿
O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi: imkoniyatlar va strategik hamkorlik sari

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Chexiya Respublikasi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida “O‘zbekiston–Chexiya” biznes forumi tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, amaliy tajribalar almashildi hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratildi. Forum uzoq muddatli va barqaror hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Forum davomida O‘zbekiston va Chexiyaning iqtisodiy hamda investitsiyaviy salohiyati keng namoyish etildi. Shu bilan birga, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun muhim bo‘lgan ustuvor tarmoqlar va istiqbolli yo‘nalishlar taqdim qilinib, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, xususiy sektor va davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Chexiya metrologiya instituti o‘rtasida metrologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjat imzolandi.
🌐
standart.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube