
UzASBO yangiliklari
Balans hisobotini yuborishda
tashkilotga kiruvchi sanasi 2026-yil 1-iyuldan keyin boʻlgan, lot raqami boʻlgan va tashkilot SHGʻH koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar toʻliq kirim qilinganini
yaʼni oʻsha hisobvaraq-fakturani tanlab asosiy vosita va TMZlar kirimi yoki bajarilgan ishlar dalolatnomasi hujjatlari kiritilgani tekshiriladigan qilindi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida mazkur cheklov balans jamlanmasini yuborishda tekshiriladi. Shu sababli hech bir kiruvchi hisobvaraq-faktura boʻyicha qoldiq qolmaganligini avval tekshirib olish kerak.
Shuningdek, hisobvaraq-faktura
imzo kutilmoqda
(
invoice.uzasbo.uz
tizimida esa Novaya)
statusda boʻlsa va hali gʻaznachilik organlariga yuborilmagan boʻlsa, ularni avval qabul qilish yoki bekor qilish kerak boʻladi. Agar bekor qilish muddati o'tib ketgan bo'lsa, uni qabul qilish kerak, chunki tegishli muddat ichida qaytarilmagani uchun u aslida qabul qilingan hisoblanadi va yetkazib beruvchining soliq hisobotlarida ham inobatga olingan bo'ladi.
(VMning 14.08.2020 y. 489-son
qarori
ga 2-ilova 63-band)
Haqiqiy emas
(Annulirovan)
, Bekor qilingan
(Otmeneno)
, Rad etilgan
(Ne prinyato)
statusdagi hisobvaraq-fakturalar kirim qilinganligi tekshirilmaydi.
Maʼlum bir hisobvaraq-fakturalarni kirim qilishda
tovar soniga narx koʻpaytirilsa hisobvaraq-fakturadagi summaga mos kelmasligi mumkin.
Bunga hisobvaraq-fakturada qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi borligi ham taʼsir qiladi. Misol uchun hisobvaraq-fakturada tovar miqdori 5.9988, narxi 10267.86, QQS stavkasi 12% va summa 68986.60 soʻm boʻlsin. Yaʼni bu yerda shartnomada aslida tovar narxi 11500 so'm va uning ichida QQS summasi ham turgani uchun 12% QQSni hisobga olganda yaxlit son chiqmaydi. Shu sababli bunda bir qatorda 4.9988*11500=57486.2 va yana bitta alohida qator qoʻshib 1*11500.40=11500.40 qilib hisobvaraq-faktura summasiga chiqiladi.
Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismidagi hisobvaraq-fakturaning statusi yoki g'azna holati bilan
invoice.uzasbo.uz
tizimidagi status bir xil boʻlmasa,
hisobvaraq-fakturaning ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, yangilash tugmasi bosilsa
, to'g'rilanib ketadi.
Gʻazna mijoz-Invoys hujjati
qismida hisobvaraq-fakturalar kirim qilinganligini tahlil qilish uchun bir qancha imkoniyatlar qoʻshilgan:
- Tashkilot SHGʻH, ID, lot raqami, hujjat raqami, yetkazib beruvchi STIR, hisobvaraq-fakturaning roumingdagi IDsi, agar hisobvaraq-fakturaga tuzatuvchi, qoʻshimcha tuzilgan boʻlsa eski hisobvaraq-faktura IDsi va holati boʻyicha filtr qilish mumkin;
- Lot raqami bor yoki yoʻqligi, qoldiq summa 0 dan katta yoki kichikligi va kirim qilinmagan hisobvaraq-fakturalarni koʻrsatadigan qilishi mumkin;
- Har bir hisobvaraq-fakturaning boshida turgan + tugmasini bosish orqali u tanlangan holda qaysi hujjatlar kiritilganini koʻrish mumkin. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida esa buni quyi tashkilotlar kesimida koʻrsatadi;
- Hisobvaraq-fakturalar roʻyxatida uni ochmasdan turib xulosa qilish uchun asosiy maʼlumotlar chiqarib qoʻyilgan;
- Hisobvaraq-fakturaning ustiga bosib, uning pdf shaklini koʻrish, shuningdek,
invoice.uzasbo.uz
tizimida koʻrinmaydigan shartnomadagi tartib raqam, YENKT kodi, tovar parametrlari kabilarni ham koʻrish mumkin.
@uzasboyangiliklari
Qiyosiy jadval 3078-7.docx
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS)
Yagona schyotlar rejasi
ga
qo'shimcha va o'zgartirishlar
kiritildi
.
Qaysi subchyotlar qo'shilgani, nomi o'zgartirilgani va chiqarib tashlangani bo'yicha yuqoridagi faylda to'liq ma'lumot berilgan.
Mazkur subchyotlar UzASBO DMga qo'shildi, balans va tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarga o'zgarish kiritish ishlari olib borilmoqda.
@uzasboyangiliklari
2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori
oshirilishi
sababli
quyidagilar summasi ham oshirildi
, mos ravishda dasturning Hujjatlar-Bolalar-Bolalar davomati tabeli qismida hujjat tuzilganda ham mazkur oshgan summalar chiqadi:
Maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga toʻlovlar
miqdori
;
Akademik-litseylarda ota-onalar to'lovi
miqdori
;
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
miqdori
;
«Kelajak» markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali
toʻlovi
, mazkur to'lov BHM oshishidan tashqari 2026-yil 1-sentyabrdan qarorning o'zida 2 baravar oshishi belgilab ketilgandi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar davomati tabeli
2026-yil sentyabr oyidan boshlab o'z tizimlarida yuritilishi sababli UzASBO DMda ular tabel yuritishiga cheklov qo'yilgan
va buxgalteriya hisobi uchun har bir bola kesimida hisoblangan summalar integratisya orqali olib kelinadi.
Bolalar musiqa va san'at maktablarida esa oʻqitish uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov
miqdori
yil boshida amalda bo'lgan BHMga nisbatan belgilanadi va yil davomida o'zgarmaydi.
@uzasboyangiliklari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2026 yildagi PF-115-son
farmoni
bilan
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirildi
va 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm
etib belgilandi.
Dasturda ham indeksatsiya hujjatini kiritish imkoniyati ochildi.
O'tgan yili kiritilgan o'zgarishlarga asosan indeksatsiya hujjatida faqat summa asosida bo'lgan to'lov turlari chiqadi. Ya'ni, avvalgidek, okladdan yoki bazaviy miqdorlardan foiz asosida shakllanadigan to'lov turlari chiqmaydi.
Agar xodimning
okladi razryad asosida emas, bazaviy oklad asosida aniqlansa
, indeksatsiyada oklad summasi ko'tarilgan holda chiqishi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli sohalarga mas'ul xodimlari tomonidan boshqaruv menyusidagi
Shtatlar jadvali boʻyicha tashkilot turi shakllanishi
qismiga kiritib qo'yilishi kerak bo'ladi.
Aslida, strukturalarda bazaviy oklad asosida deb ko'rsatilgan oklad summalarining barchasi ham bazaviy oklad bo'lmasligi mumkin. Shunchaki, mazkur lavozimlar mas'ullar tomonidan to'g'rilanmagan bo'lishi mumkin. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2024 yildagi PQ-346-son
qarori
bilan bir qator xodimlarning lavozim maoshlari qat'iy summada emas,
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan
(
koeffitsiyentda)
belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2023 yildagi PF-27-son
farmoni
da esa 2023-yil 1-apreldan boshlab:
professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;
professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilishi belgilangan. Shunday bo'lsa-da, mazkur tashkilotlar strukturalarida tegishli lavozimlar haliyam bazaviy oklad asosida deb ko'rsatilgan. Natijada har ish haqi oshirilganda tashkilotlar indeksatsiya kiritish uchun tegishli summalar yangilab berilishini kutishiga to'g'ri keladi.
Strukturada lavozim maoshi qanday ko'rsatilganini bilish uchun
mazkur ma'lumotda
aytilgan qismga kirish kerak bo'ladi.
@uzasboyangiliklari
Xodimlardan xizmat safari boʻyicha qarzdorlik summasini plastik vedomost tuzishda avtomatik tortib keladigan qilindi.
Buning uchun Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Toʻlov vedomosti (plastik karta) qismida hujjatni tuzishda Xizmat safari (Aliment) toʻlov turi tanlansa,
Toʻldirish
tugmasi qoʻshildi. Mazkur tugma bosilsa,
vedomostda koʻrsatilgan sana
boʻyicha xodimlarda qancha qarzdorlik boʻlsa, oʻsha summani vedomostga tortib keladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjatining ishlashi optimallashtirildi.
Shu vaqtgacha tegishli oydagi barcha kontr provodkalar oʻchirilib, qaytadan berilardi. Endilikda esa hujjatlarni tasdiqlash va bekor qilish natijasida oʻzgarishi yoki qayta koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan hujjatlarning oʻzigagina qaytadan kontr provodka beriladigan qilindi. Natijada aylanmada maʼlumoti koʻp boʻladigan tashkilotlarda hujjatning tasdiqlanishiga avvalgidek koʻp vaqt talab qilinmaydigan boʻldi.
2027-yil uchun ish vaqti grafigi kiritildi.
Foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya beriladigan kunlar miqdori koʻp boʻlganda, shuningdek, maʼlum bir tizimlarda homiladorlik va tugʻish nafaqasini oʻzlari toʻlab berishida uning davri kelasi yilga ham oʻtib ketishi mumkin. Shu sababli ish vaqti grafigini 2027-yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat chiqmagan boʻlsayam kiritib qoʻyildi. Qoʻshimcha dam olish kunlari aniq boʻlgandan soʻng grafiklar qayta toʻgʻrilab qoʻyiladi.
Aslida qoʻshimcha dam olish kunlarini yil tugashiga yaqin chiqarish amaliyotidan butkul voz kechish kerak.
Qaysi bayram qaysi hafta kuniga toʻgʻri kelishiga qarab qaysi kunlar qoʻshimcha dam olish kuni boʻlishi, qaysi ish kunlari koʻchirilishini aniq belgilab qoʻysa boʻladi. Yoki kelgusi 5-10 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlarini avvaldan belgilasa ham boʻladi
(baʼzi normativ-huquqiy hujjatlar chiqqaniga hech qancha boʻlmasi oʻzgartirilishi yoki bekor boʻlib ketishi kabi holatlar kuzatilayotgan hozirgi vaqtda qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha 5-10 yil uchun chiqariladigan hujjat uncha-munchaga oʻzgarmasayam kerak)
.
Qoʻshimcha dam olish kunlarining avvaldan aniq boʻlishi shtatlar sonini rejalashtirishda va mos ravishda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning aniq boʻlishiga yordam beradi, odamlarning kelgusi rejalar tuzishiga ham ijobiy taʼsir qiladi va h.
Hisobvaraq-fakturalarning gʻazna holati kelishi toʻgʻrilandi.
Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismidagi hisobvaraq-fakturaning statusi bilan
invoice.uzasbo.uz
tizimidagi status bir xil boʻlmasa,
hisobvaraq-fakturaning yuborilgan sanasini oʻz ichiga oladigan davrni belgilab sinxron qilinsa yoki hisobvaraq-fakturaning ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, yangilash tugmasi bosilsa
, uning statusi yangilanardi. Endi mazkur holatda hisobvaraq-fakturaning gʻazna holatini ham yangilaydigan qilindi.
@uzasboyangiliklari
Uzasbo.uz
tizimida "Qayta hisob-kitob" turidagi tabelni kiritish tartibi, shuningdek, o'tgan davr uchun qayta hisob-kitob hujjatini kiritishning yangi tartibi.
01.07.2026-yildan kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining 6-kunidan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali toʻlanadi. Mazkur holatda byudjet tashkilotlari turli vaziyatlarda qanday yo'l tutishi kerakligi bo'yicha mazkur
havola
da ma'lumot berilgan.
@uzasboyangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26–iyundagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son
farmoni
da Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq moliyaviy xavflarni “E-risk” dasturiy majmuasida avtomatik aniqlash va aniqlangan xavflar asosida ogohlantirish hamda xabardor qilish mexanizmini joriy qilish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida “UzASBO 2.0” dasturiy majmuasining “Gʻazna mijoz” boʻlimida “Risk nazorati” maxsus funksiyasi yaratildi.
Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida yuzaga kelgan risklar boʻyicha tashkilotlarni real vaqt rejimida ogohlantirish imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10–iyuldagi “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–100–sonli
farmoni
ga muvofiq Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar boʻyicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini uch ish kunida xabardor qilish vazifasi yuklatilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Risk nazorati” maxsus funksiyasi orqali yuborilgan risklarga oʻz vaqtida chora koʻrilmasa tegishli organlarga xabar berilishini maʼlum qilamiz.
“Risk nazorati” maxsus funksiyasi orqali yuborilgan risklar boʻyicha savollar yuzasidan 71-202-31-13 ( ichki raqamlar 03231, 03232, 03233, 03234, 03235) ga murojaat qilishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.
@uzasboyangiliklari