Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zbekiston tumani hokimligi

uzbaxborotxizmati
O‘zbekiston tumani hokimligining rasmiy kanali Veb-sayt: https://gov.uz/oz/yaypan El. pochta: uzb_axborot@inbox.uz Facebook: www.facebook.com/Ўзбекистон-тумани-ҳокимлиги-102653171083891 Instagram: www.instagram.com/uzbekiston_tumani_hokimligi/
Subscribers
6 742
24 hours
-7
30 days
48
Post views
1 317
ER
19,53%
Posts (30d)
289
Characters in post
975
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 06:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun O‘zbekiston tumani hokimligining fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o‘tkaziladi
Bugun, 2026-yil 11-sentabr kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta‘minlsh maqsadida tuman hokimligining navbatdagi ommaviy qabuli bo'lib o‘tadi.
Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli soha va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqiladi.
@uzbaxborotxizmati

September 10, 14:43
Media unavailable
10
Show in Telegram

“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligida tashkillangan tadbirda mutasaddilar yosh voleybolchi yigit-qizlarga kelgusi sport musobaqalarida, o‘qish va ishlarida ham ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilaklar bildirdi.
Musobaqaning tuman bosqichida ikkita yosh toifasida yigit-qizlar har bir sektordan 4 tadan, jami 16 ta jamoa tarkibida ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdilar.
Yakunda 16–21 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda “Dahanaqaqir” mahallasi jamoasi, qizlar o‘rtasida esa “Nursux” mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 22–30 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida musobaqalarda esa “Davlatbotir” mahallasi, qizlar o‘rtasida "O‘qchi dasht" mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Bugungi tadbirda musobaqa g‘oliblari rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tumanda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan shu kabi sport tadbirlari davom ettirilmoqda.
@uzbaxborotxizmati

September 10, 11:54
Media unavailable
10
Show in Telegram

O‘zbekiston tumanida mukammal ta’mirlangan oilaviy shifokorlik punktining yangi binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston tumanidagi Bo‘ston mahallasi hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti homiylik asosida mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov, tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, salomatlik posbonlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida oilaviy shifokorlik punkti ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
4500 nafardan ziyod ko‘p millatli aholi vakillariga  xizmat qiladigan oilaviy shifokorlik punkti binosining qurilganiga 34 yildan ko‘p vaqt bo‘lgandi va u vaqt o‘tishi bilan tabiiyki ta’mirtalab holga kelib qolgan edi.
“Ishonch” savdo do'konlar tarmog'i tashabbusi bilan ushbu tibbiyot maskani bugungi kun talabiga javob beradigan darajada mukammal ta’mirlandi va butunlay yangi qiyofaga keltirildi. Shuningdek zarur tibbiy asbob-anjomlar, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi, shifokorlar va kelib-ketuvchilar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Mazkur ezgu tashabbus uchun qariyb 1 mlrd so‘mga yaqin homiylik mablag‘i yo‘naltirildi.
Ayni kunda mazkur tibbiy punktda 3 nafar shifokor, 23 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Mahalla ahliga umumiy amaliyot shifokori, stomatologiya va ginekologiya kabi malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi bilan birgalikda laboratoriya xizmati va ijtimoiy dorixona ham tashkil etilgan.
Muloqotlarda hudud aholisi endilikda uzoqqa bormasdan mahallaning o‘zida sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga, tibbiyot xodimlari esa munosib sharoitlarga ega bo‘lgani ta’kidlandi. Tashabbuskor tadbirkorlarga bunday xayrli ishlari, elga madadkor bo‘lganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
@uzbaxborotxizmati

September 10, 11:54
Media unavailable
6
Show in Telegram

September 10, 10:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi
lavozimiga tayinlandi.
📌
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
➡️
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
➡️
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
📌
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
@uzbaxborotxizmati

September 10, 10:00
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida dastlab, O‘zbekiston tumanida 2026-yilning 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari, nazoratga olingan topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi hisobot tinglandi.
Shuningdek, sessiyada jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
@uzbaxborotxizmati

September 10, 09:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

YANGI XUSUSIYLASHTIRISH IMKONIYATI: BOSHLANG‘ICH NARXI 1 MLN SO‘MDAN BO‘LGAN AKTIVLARNI SOTIB OLING!
Tadbirkorlar uchun auksion savdolariga
qulay narxlarda aktivlar
chiqarildi. Har bir obyekt haqida batafsil ma’lumotni quyida ko‘rsatilgan havolalar orqali olishingiz mumkin.
1.
Toshkent shahri
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
3.
Andijon viloyati
4.
Buxoro viloyati
5.
Jizzax viloyati
6.
Qashqadaryo viloyati
7.
Navoiy viloyati
8.
Samarqand viloyati
9.
Sirdaryo viloyati
10.
Surxondaryo viloyati
11.
Toshkent viloyati
12.
Fargʻona viloyati
13.
Xorazm viloyati

September 10, 09:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

YIL BO‘YI QILINGAN MEHNATINGIZNI QADRLANG, PAXTADAN YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHING!
O‘zbekiston
tumani fermerlar kengashining fermer xo‘jaliklari rahbarlariga M U R O J A A T I
Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari!
Bugun o‘ta mas’uliyatli pallaga kirdik. Paxta dalalarimizda yil davomida uyushqoqlik bilan olib borilgan agrotexnik tadbirlar natijasida katta paxta xirmoni uchun yetarli hosil yaratildi.
Uni qisqa muddatlarda sifatli va to‘liq yig‘ib olish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.
Paxta terimi mavsumi davrida fermer xo‘jaliklariga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan keng foydalanib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermerlari kengashining tavsiyalarini inobatga olib, ishlarni to‘g‘ri va oqilona tashkil etish muhim.
Bu borada tuman fermerlari kengashlari tajribali ustoz fermerlar bilan birgalikda o‘zining beminnat yordamini ayamaydi.
Batafsil bu yerda o‘qing

September 10, 09:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Senat lotin alifbosidagi to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qulladi
🟢
Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
🟢
Unga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan:
G‘ g‘ → Ğ ğ
O‘ o‘ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
🟢
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.
🟢
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
@uzbaxborotxizmati

September 10, 04:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Unda muassasa xodimlari o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘zaro mehr-oqibat, sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va hamjihatlikni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Proflaktik suhbat davomida xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar, jinoyatchilik va shu kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.
@uzbaxborotxizmati