
Özbekiston tumani hokimligi
💊
Dori vositalarining noqonuniy olib ötilişiga qarşi keskin çora: Farğona xalqaro aeroportida kontrabanda jinoyati foş etildi
⚖️
Jinoyat işlari böyiça Yozyovon tuman sudining hukmiga köra, Rossiyadan Özbekistonga tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar bölgan va reyestrdan ötmagan köp miqdordagi dori vositalarini yaşirin ravişda olib kirmoqçi bölgan şaxslarga nisbatan qonuniy çora körildi. Aeroportning "yaşil" yölagi orqali bojxona nazoratidan aylanib ötmoqçi bölgan huquqbuzarlarning yuklaridan "Androgel", "Semaks" va boşqa sertifikatlanmagan dorilar aniqlanib, sud hukmi bilan ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Davlat xizmatçilari uçun Yaponiyada magistraturada ta’lim oliş imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boşlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Sçolarşip by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatçilari uçun 2026-yilgi qabul boşlandi.
Dastur Özbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakçi universitetlarida magistratura bosqiçida bepul tahsil oliş, kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda xalqaro tajriba orttiriş imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qöyiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga köra)
Yoş: 25–40 yoş;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Iş tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgaça qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, iştirok etuvçi universitetlar, ariza topşiriş talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Iştirok etiş uçun oldindan
röyxatdan ötiş talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topşiriş:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (Özbekiston)
Manzil: Toşkent şahri, Amir Temur köçasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron poçta: jds.uzbekistan1@jice.org
Iş vaqti: duşanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib ötamiz:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti topşiriğiga muvofiq, Boşqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatçilarining xorijda ta’lim olişini qöllab-quvvatlovçi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oşiriş vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topşiriq ijrosini ta’minlaş doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha taşkiliy qömitasiga raislik qiluvçi sifatida Boşqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Kiçik Tagob mahallasida ham 2 ta yangi transformator va 130 dan ziyod tayançlar örnatildi
Özbekiston tumanining "Kiçik Tagob" mahalla fuqarolar yiğinida ham aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaş va elektr ta’minotida uzilişlarni oldini oliş maqsadida modernizasiya işlari amalga oşirilmoqda.
"Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman" dasturi doirasida mahallaga 135 dona temir-beton tayanç va har birining quvvati 160 kVa bölgan 2 ta yangi transformator punkti örnatildi. Loyiha doirasida endilikda 3,6 km masofada zamonaviy elektr uzatiş kabellarini tortiş işlari bajariladi.
Qayd etilganidek, mazkur işlar hududda elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxşilaş, elektr energiyasini iste’molçilarga yanada işonçli yetkazib beriş hamda tarmoqdagi uzilişlar ehtimolini kamaytirişga xizmat qiladi.
@uzbaxborotxizmati
Taşabbus va hamjihatlik samarasida Qudaşobodda ham qariyb 4 ming metr içki yöllar ravon bölmoqda
Özbekiston tumanida “Taşabbusli budjet” loyihasi doirasida olib borilayotgan işlar hududlar infratuzilmasi, ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Bugun tumanning “Qudaşobod” mahalla fuqarolar yiğinida ham ana şu ezgu dastur samarasi böy körsatmoqda. Loyihaning joriy yil 2-mavsumi jarayonida mahallaning içki yöllarini ta’mirlaş yuzasidan ilgari surilgan taklif jamoatçilik faolligida eng köp ovozlardan yiğib, ğoliblikni qölga kiritdi.
Ayni kunlarda mazkur taşabbus ijrosi amalga oşirilib, mahallaning toş-tuproqli nosoz yöllari asfaltlanmoqda.
Davlat budjetidan yönaltirilgan 1,6 milliard sömdan ziyod mablağ evaziga mahallaning 9 ta köçasida 3 ming 800 metr içki yöllar tekis va ravon holga keltirilyapti.
@uzbaxborotxizmati
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
📝
O‘zbekiston Respublikasining
"Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”
gi qonuni qabul qilindi.
🔰
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf
va
1 ta tutuq belgisi
dan iborat
o‘zbek alifbosi
joriy etiladi.
☑️
Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g,
Ğ ğ
H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o,
Ö ö
P p, Q q, R r, S s,
Ş ş
Ç ç
T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va
(tutuq belgisi).
@uzbaxborotxizmati
Özbekiston tumani hokimi va örinbosarlari tomonidan ötkaziladigan şaxsiy qabullar jadvali
Fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli işlaş, mavjud muammolarni joyida va tezkor hal etiş maqsadida tuman hokimi hamda örinbosarlari tomonidan haftalik şaxsiy qabullar taşkil etilmoqda.
Qabul manzili: Özbekiston tumani Xalq qabulxonasi
@uzbaxborotxizmati
Hurmatli yurtdoshlar!
Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalaning: o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini
xavf ostiga qo‘ymang
Havo haroratining pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanmoqda.
Biroq ayrim fuqarolar tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, qo‘lbola
yoki
nostandart isitish qurilmalaridan foydalanish, gaz uskunalarini malakasiz ustalarga o‘rnattirish kabi holatlar inson hayoti
va
salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Ayniqsa, texnik talablarga javob bermaydigan qozon va boshqa isitish moslamalarini o‘rnatish, dudburonlarning noto‘g‘ri ulanishi, shamollatish kanallarining talab darajasida ishlamasligi hamda qurilmalardagi himoya tizimlarining nosozligi is gazidan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Is gazining rangsiz va hidsiz ekanligi esa uni o‘z vaqtida sezishni qiyinlashtiradi.
Hurmatli gaz iste’molchilari!
Sizlardan isitish mavsumida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishingizni, o‘zingiz va oila a’zolaringiz hayotiga befarq bo‘lmasligingizni so‘raymiz.
Buning uchun:
🔹
Faqat xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola, nostandart va nosoz qurilmalarni ishlatmang.
🔹
Gaz uskunalarini malakali mutaxassislarga o‘rnattiring va tekshirtiring. Ularning texnik holati, himoya tizimlari va xavfsiz ishlashini mavsum boshlanishidan oldin tekshirtiring.
🔹
Dudburon va mo‘rkonlarning sozligini ta’minlang. Ularning to‘g‘ri ulanganini tekshiring, qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
🔹
Shamollatish tizimlariga e’tiborli bo‘ling. Havo almashinuvi uchun mo‘ljallangan kanallarni berkitmang va ularning sozligini nazorat qiling.
🔹
Gaz plitasi orqali xonalarni isitmang. Gaz uskunalaridan faqat belgilangan maqsadda va foydalanish qoidalariga muvofiq foydalaning.
🔹
Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Qurilmalarning ishlashida nosozlik yoki gaz hidi sezilsa, xavfsizlik choralarini ko‘ring va tegishli xizmatlarga murojaat qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik bo‘lishi mumkin. Bunday alomatlar kuzatilganda, darhol toza havoga chiqing, boshqalarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordamga murojaat qiling.
Unutmang, is gazi bilan bog‘liq xavfni o‘z vaqtida sezish har doim ham mumkin emas.
Shu bois xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, gaz uskunalari va isitish tizimlarini soz holatda saqlash hayotiy ahamiyatga ega.
Aziz yurtdoshlar!
Isitish mavsumini xavfsiz o‘tkazish — har birimizning mas’uliyatimiz.
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va beparvolikka yo‘l qo‘ymang!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Xalq xizmati uchun urar yuragi!
Farg‘onada katta futbol: "Neftchi” Osiyo Elitasida "Al-Ittihod”ga qarshi maydonga tushadi
Farg‘ona futboli uchun muhim uchrashuv!
26-oktabr kuni Elit Osiyo Chempionlar
Ligasi doirasida
“Neftchi”
jamoasi Saudiya Arabistonining
“Al-Ittihod”
klubini qabul qiladi.
Musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan mazkur bahs soat
18:45 da “Istiqlol” stadioni
da boshlanadi.
Chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda!
Aziz muxlislar, tarixiy oqshomda jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyuring!
Keling, “Neftchi”ni birgalikda g‘alaba sari ruhlantiraylik
!
Olg‘a, “Neftchi”!
Olg‘a, Farg‘ona!
Fergana.gov.uz|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X
Özbekiston tumani hokimi Rasuljon Jörayevning 25-oktabr - Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
@uzbaxborotxizmati