Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zbek 은혜 bilan

uzbek_eunhye
Tarjimon/pedagog O‘zbek 은혜~ 어디서든 어떻게든 행복할 것! 은구야~ 행복하자~ ♡ Koreyada o’qish, GKS mentorligi, kasb/fakultet tanlash konsultatsiyasi, Koreyada gid va tarjimonlik xizmatlari uchun @TopiKoreanBot ga yozing. TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6
Subscribers
1 993
24 hours
-4
30 days
Post views
463
ER
23,23%
Posts (30d)
3
Characters in post
419
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Social & Community
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
August 25, 18:40

Kanalim ochilib unga birinchi postlar joylanganiga ham 8 yil bo’libdi… 8 yil-a…
Ilk yillarda qanchalik ishtiyoq bilan postlar joylaganim haliyam esimda. Kanalim men uchun juda qadrli va ahamiyatli edi. Hatto soatlab vaqt ajratardim obunachilarim uchun. Eng qizig’i, bundan aslo charchamasdim, zerikmasdim. Aytar gaplarim, ulashishni istaganlarim shunchalik ko’p edi-ki…
Keyin nimadir o’zgardi.
Obunachilarimning ba’zilari mendagi iliqlikni majburiyat qarzdorlik (?) deb hisoblay boshlashdi. Asossiz tanqidlar, unday qiling bunday qiling, degan buyruqlar eshita boshladim. O’z uyim (kanalim)da menga nima qilishni o’rgatmoqchi bo’lishardi. Hatto men bilan urushib yuradiganlar paydo bo’ldi.
Natijada gapirgim ham kelmay qoldi. Ancha buncha gaplarim qoralama bo’lib qolib ketdi. Ularni qizg’ondim, bergim kelmadi, qadrlamaydigan odamlarga xorlatgim kelmadi… Nimadir yozsam ketidan keladigan “aqlli” gaplarni o’ylardim: ‘Hozir bittasi bunday deydi…’ Shu alfozda o’zimni eng erkin his qiladigan joyim men uchun qamoqxonaga aylandi.
Bilaman, hozir shu postimga ham aql o’rgatadiganlar bo’ladi: “Siz e’tibor bermasligingiz kerak edi” “o’zingiz aybdorsiz” yoki yana nimaladir… Lekin men e’tibor beraman. Ijod odamining ko’ngli nozik bo’ladi. Ha men ko’nglimga olaman, ba’zi narsalarni shundoq o’tkazib yuborishim qiyin juda. Bu fe’limni o’zgartirish undan ham qiyin va meni shu fe’lim bilan qabul qilishlarini istayman. Men bilan o’ylab muomalada bo’lishlarini xohlayman, atrofimda birovning ko’nglini Yaratganning uyidek avaylaydigan yaxshi insonlar bo’lishini istayman…
Bu post ba’zilaringiz o’ylagandek kimnidir ayblash, nolish haqida emas. Shunchaki, bir odamning bittagina harakati boshqa bir odamning halovatini buzishi, qilayotgan ishidan bezdirishi natijada bundan nafaqat u balki boshqalar ham aziyat chekishi mumkinligini oddiy misolda ko’rsatib bermoqchi edim.
Hozir bundan xafa ham emasman, shuncha ishtiyoq, harakat, qiziqish sekin-sekin so’nib qolganiga achinaman, xolos.
It was right time, right place but wrong people…
Bu safar xulosa chiqarib bermayman, nasihat ham qilmayman) Shunchaki yaxshi inson bo’lishingizni chin dildan tilab qolaman.
#tundaliklar
@Uzbek_Eunhye

August 15, 18:09

Eshitganlar, reaksiya qoldiring. Tekin-ku vey))

August 15, 17:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

#AudioMaslahat
Qadar va rizq haqida gaplashamiz!
@Uzbek_Eunhye

August 13, 06:10

Aytgancha) Audio maslahat yozmoqchiman, sizlarga qiziq mavzular bormi? Nima haqida gapirib beray?

August 13, 06:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

August 13, 05:56

📢
[UBION] O'zbekistonda Mahalliy kordinator (hamshiralik ishi bo’yicha) ish o'rni e'loni UBION xalqaro biznes bo'limi O'zbekistonda hamshiralik sohasi bo'yicha ishlaydigan mahalliy kordinator qidirmoqda!
📍
Ish joyi: TIPME, Toshkent, Mirzo Ulug'bek tumani…

August 13, 05:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

📢
[UBION] O'zbekistonda Mahalliy kordinator (hamshiralik ishi bo’yicha) ish o'rni e'loni
UBION xalqaro biznes bo'limi O'zbekistonda hamshiralik sohasi bo'yicha ishlaydigan mahalliy kordinator qidirmoqda!
📍
Ish joyi:
TIPME, Toshkent, Mirzo Ulug'bek tumani
📋
Ish turi:
Shartnoma asosida (to'liq stavka)
💰
Maosh:
Kelishuv asosida (rezyumeda o’zingiz umid qilayotgan maosh miqdorini ko'rsating)
📅
Ariza muddati:
Xodim qabul qilingunga qadar
📋
Tanlov jarayoni
Hujjatlar qabul qilish → Hujjatlarni ko'rib chiqish → Suhbat (1, 2-bosqich) → Yakuniy natija
Natija alohida xabar qilinadi.
📎
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Rezyume + Motivatsion xat (erkin shaklda, kerakli maosh miqdorini ko'rsating)
📧
Yuborish:
yjchoi@ubion.global
Xat mavzusi:
Ism_O'zbekiston Koordinatori_Lavozim nomi
www.ubion.co.kr
Arizalaringizni kutamiz :)

August 07, 03:54

https://www.instagram.com/reel/DbtYZfMx2Gr/?igsh=bGN5Z3hmaHhheHVy
Unboxing video ham olib keldim) Maqtanglarey vey)) Mangayam matvatsa kerak))

August 07, 03:53

Eng dangasa obunachilar menda bo’lsa kerak
😁
Ko’radi lekin reaksiya 0)))

August 06, 14:49

https://www.instagram.com/reel/DbsqQKRNZzS/?igsh=MWhtMTBlZzF1Z3Jqcw==
Kamera haqida rils olib keldim
🥰