Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘zbek 은혜 bilan

uzbek_eunhye
Tarjimon/pedagog O‘zbek 은혜~ 어디서든 어떻게든 행복할 것! 은구야~ 행복하자~ ♡ Koreyada o’qish, GKS mentorligi, kasb/fakultet tanlash konsultatsiyasi, Koreyada gid va tarjimonlik xizmatlari uchun @TopiKoreanBot ga yozing. TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6
Подписчики
1 925
24 часа
-5
30 дней
-41
Просмотры
599
ER
31,12%
Посты (30д)
14
Символов в посте
581
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Социальные сети и сообщества
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Языковое обучение
Краткое описание
October 27, 09:20

https://hh.uz/vacancy/138245788?hhtmFromLabel=employer_vacancy_tab&hhtmFrom=employer
universitetni bitirib haligacha ish qidirayotgan bo'lsangiz shu e'lonni o'qib koring~ tajriba talab qilinmas ekan)

October 26, 05:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#AudioMaslahat
“Hozir yaxshi yigitlar/qizlar yo’q” yoxud ongingizni salbiy fikrlar bilan to’ldirmang!
@Uzbek_Eunhye

October 21, 03:53

2009-yilda Janubiy Koreyaning Kyonsannam-do viloyati Changvon shahrida taksi haydovchisini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan O‘zbekiston fuqarosi Bozorov Akmal (37 yosh) 15-kuni sudning ishni qayta ko‘rishni boshlash va jazoni ijro…

October 21, 03:51

2009-yilda Janubiy Koreyaning Kyonsannam-do viloyati Changvon shahrida taksi haydovchisini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan
O‘zbekiston fuqarosi Bozorov Akmal (37 yosh) 15-kuni sudning ishni qayta ko‘rishni boshlash va jazoni ijro etishni to‘xtatib turish haqidagi qaroridan so‘ng, qariyb 17 yil deganda qamoqxonadan chiqdi.
Shu kuni soat 18:35 atrofida Changvon qamoqxonasidan chiqqan Akmal ko‘z yoshlarini tiyolmay, qamoqxonaning asosiy darvozasi oldida uni kutib turgan otasini quchoqladi.
Akmal shunday dedi:
“Shu paytgacha nohaqlik azobini tortib yashadim. Shu bilan birga, jabrlanuvchining oila a’zolari ham katta aziyat chekayotgandek tuyulib, ulardan chin dildan uzr so‘rayman. Oldinda qolgan sud jarayonida bor haqiqatni aytaman”.
Bu so‘zlar uning ishni qayta ko‘rishni boshlash masalasi muhokama qilingan sud jarayonlarida marhumning yaqinlari yana qayg‘uli xotiralarni eslab, qiynalgan bo‘lishidan xavotir bildirgani sifatida talqin qilinmoqda.
Sudning bu galgi qarori haqida u:
“Shunchaki ko‘z yoshimdan boshqa hech narsa kelmadi. Shuncha vaqtdan keyin tashqariga chiqqanimga hali ham ishona olmayapman”, — dedi.
U yana shunday ta’kidladi:
“Ishni qayta ko‘rish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, menga nisbatan qo‘yilgan nohaq ayblovlardan to‘liq oqlanganimdan keyin, imkon qadar tezroq ota-onam yashaydigan ona yurtimga qaytishni istayman. Menga yordam bergan advokat Pak Jun Yongga ham minnatdorchilik bildiraman”.
Akmal va uning vakillari shu kuni marhumning yaqinlari huzuriga borib, ular bilan ko‘rishganidan so‘ng ishni qayta ko‘rish jarayoniga jiddiy tayyorgarlik boshlaydi.
U 2009-yil mart oyida Changvon shahri Uichang-gu tumani Myongso-dong hududida 50 yoshlardagi taksi haydovchisini o‘ldirib, pul va qimmatbaho buyumlarini talon-toroj qilganlik — ya’ni bosqinchilik bilan bog‘liq qotillik va boshqa ayblovlar bo‘yicha sudlangan. Keyingi yili Oliy sud hukmni qonuniy kuchda qoldirgan.
Koreyaga talaba sifatida kelgan Akmal 2009-yil iyul oyida Changvonda taksida bosqinchilik qilganlik gumoni bilan hibsga olingan. Shundan so‘ng u mazkur taksi haydovchisining bosqinchilik bilan bog‘liq qotilligi bo‘yicha gumon qilinuvchi sifatida ko‘rsatilgan.
Keyinchalik u ishini qayta ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan, biroq arizasi rad etilgan. O‘tgan yil yanvar oyida esa asosan ishlarni qayta ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi advokat Pak Jun Yong orqali sudga yana ariza topshirgan.
Sud o‘sha paytda politsiya xodimlari tergov davomida Akmalni aybini tan olishga undash maqsadida unga “voqea joyidan sening DNKing topildi” yoki “vafot etgan jabrlanuvchi tirik” deb yolg‘on ma’lumot berganini tan oldi. Shuningdek, uning tarjimon yordamidan foydalanish huquqi buzilgan, deb topdi.
Shu asosda sud 15-kuni ishni qayta ko‘rishni boshlash va jazoni ijro etishni to‘xtatib turish haqida qaror chiqardi.

October 16, 19:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bir necha yildan beri chet elda yurib Tashkent citydagi o’ynaydigan favvorani ko’rmaganlar uchun maxsus)
Men ham endi ko’rdim…
@Uzbek_Eunhye

October 15, 17:38

Koreyada ba’zi ovqatlanish joylari/qahvaxonalarga bolalar bilan kirish mumkin emas.
Ha, to’g’ri o’qidingiz, mumkin emas. Birinchi marta bu haqida bilganimda bu qoidaga tushunmagandim, hatto jahlim ham chiqqandi.
“Nima bolalilar odam emasmi??”
O’zbekistonga qaytib kelgach ishga joylashdim. Kun bo’yi tarjima, hisobotlardan charchab dugonam bilan uchrashib tinchgina suhbatlashish, miyamni dam oldirish uchun ovqatlanishga kirganimda bu qoida nimaga chiqarilganini tushundim.
P.S: O’ylaganimni boricha aytganim uchun meni xohlagancha yomon ko’rishingiz mumkin (so’ksangiz ham mayli). Lekin ovqatlanish joylarida bolalarini o’tloqqa qo’yib yuborgandek beeemalooool o’tiradigan onalar bor ekan fikrim o’zgarmaydi.
@Uzbek_Eunhye

October 10, 16:38

Instagramda bir rilsda o'ziga qaragan, chiroyli ayol chiqib gapiryapti:
"Biz ayollar noshukr bo'lib ketyapmiz instagramdagi odamlarga qaraymiz, nega unda bor, menda yo'q deymiz! Sabab nimada ekan-a?.."
Fonda esa chet el...
Ketidan esa yaxshi hayot uchun qilinadigan "texnikalar" haqida gap ketdi, sotiladigan kurs ham bo'lsa kerak.
Xulosa o'zingizdan, internetda ko'rayotgan narsalaringiz o'zi nimaligi asl maqsad nimadaligini o'ylab ko'ring)
@Uzbek_Eunhye

October 07, 10:25

Ko’pchilik Koreyada (umuman chet elda) maza deb o’ylaydi. Lekin ishoning boshida juda-juda qiyin bo’ladi, davomi ham oson emas.
Odamlar buni aytgisi (balki tan olgisi) kelmaydi. Chunki “o’zing pishirgan osh”, “kim senga ket degandi?”, “ha, eplolmayapsanmi?”, “noshukrlik qilma!” degan gaplarni eshitishni istamaydi (bizda esa bunaqa gaplar aniq aytiladi).
Lekin men tan olishdan uyalmayman, menga hissiy jihatdan juda-juda qiyin bo’lgan. Qanday chidab yashab qolganimga hayronman to’g’risi. A! Menimcha bilaman! Menga jondek yaqin qozog’istonlik dugonam yordam bergan… o’ziyam hammaning o’rnini bosgandi.. dugonam, opam, singlim, sonbe…
Juda sog’indim ㅠㅠ
@Uzbek_Eunhye

October 06, 05:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ko’rgazmaga albatta boring~ Juda bo’lmasa atmosferani ko’rib kelasiz, o’qishga borish mumkin bo’lgan koreys universitetlari, ishga kirish mumkin bo’lgan kompaniyalar bilan tanishasiz~ (Ishoning ularga ham yaxshi xodimlar kerak, ko’p kompaniyalar norm xodim topolmay qiynalib ketishadi~)
@Uzbek_Eunhye

October 04, 16:01

#Audiomaslahat
da nima haqida gaplashamiz?) O’zingizni qiziqtirgan savollar, mavzularni yozib qoldiring~ Podkast yozaman~