Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘ZBEK FILOLOGIYASI

uzbek_filologiyasi
Assalomu alaykum. Ushbu kanaldan O‘zbek filologiyasiga oid darsliklar, ilmiy maqola va adabiyotlar, jurnallar, xullas tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid barcha kitoblarni topishingiz mumkin. Murojaat uchun 👇 @Filologiya_uzb_bot @Ravshan_Davlatov
Subscribers
1 980
24 hours
-5
30 days
-18
Post views
329
ER
16,62%
Posts (30d)
9
Characters in post
691
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Social & Community
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
August 31, 17:16

#Javob
#Toponim
UMAKAY (O‘MAKAY) QIShLOG‘I
Ajoyib, savolning javobini ko‘pchilik topdi.
Xo‘p, bunga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Aslida Umakay (O‘makay) toponimi bu etnonim (urug‘ nomi)dan kelib chiqqan. Etnograf va toponimist Suyun Qorayevning ta'kidlashicha, Umakay (O‘makay) o‘zbeklarning Saroy qabilasi tarkibiga kiruvchi urug‘ sifatida qayd etilgan.
Eshqobil Shukurning «Bobo so‘z izidan» kitobida esa o‘makay leksemasini shevalarimiz «halqum», «bo‘g‘iz», anglamini bildiruvchi ko‘makay so‘zi bilan bog‘laydi. Ko‘makay aslida – tilning tanglay bilan qo‘shilish joyini bildirib, o‘makay uning buzilgan shaklidir.
O‘makay bir zamonlar soyliq bo‘g‘zida joylashgan kichik qishloq bo‘lgan. Shuning uchun shunday nomlangan degan qarash ham bor.
Qizig‘i shundaki,
Umakay (O‘makay)
etnotoponimi bir nechta hududlarda uchraydi: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
Bugungi kunda Qashqadaryodagi Umakay qishlog‘i o‘zining o‘ziga xos va mazali jiz taomi bilan ham mashhur.
@akademik_til

August 31, 10:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Sheva
Farg‘onaluklar –
so‘rmoq
deydi.
Toshkentliklar –
shimmoq
deydi.
🫵
Sizning shevangizda qanday?
@akademik_til

August 27, 02:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

August 27, 02:03

#Gidronim
#Toponim
QO‘G‘AY GESLARI NOMI NIMANI ANGLATADI?
Shu kunlarda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida ikkita kichik GES —
Qo‘g‘ay-1
va
Qo‘g‘ay-2
ishga tushirildi.
Bizni esa ushbu GESlar nomidagi
Qo‘g‘ay
komponenti qiziqtiradi. Xo‘sh,
Qo‘g‘ay
nima degani?
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida
Qo‘g‘ay
va
Qo‘g‘ayo‘lmas
nomli qishloqlar, shuningdek,
Qo‘g‘ayariq
gidronimi mavjud. Mazkur toponim va gidronimlarning shakllanishida Farg‘ona vodiysida yashab kelgan o‘zbek-qipchoq urug‘larining nomlari muhim o‘rin tutadi.
Qo‘g‘ay — Farg‘ona vodiysidagi o‘zbek-qipchoq urug‘laridan birining nomi.
Qo‘g‘ayo‘lmas
qishlog‘i ham shu hududda yashagan o‘zbek-qipchoq urug‘laridan biri —
qo‘g‘ay
va
o‘lmas
urug‘ bo‘linmalari nomlari asosida shakllangan.
O‘zbek elatining yirik etnik tarkibiy qismlaridan biri qipchoqlar bo‘lib, ular O‘zbekistonning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on oralig‘idagi hududlarida, Amudaryoning o‘ng sohilida hamda Farg‘ona vodiysining shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qismlarida o‘troqlashgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysidagi qipchoqlar soni qariyb 70 ming kishini tashkil etgan.
Farg‘ona qipchoqlari
qo‘g‘ay, bug‘ach, kumushoy, o‘lmas, yashiq, jaydaq, puchug‘oy, elaton, bug‘az, og‘im, toz, sirmoq, yettiqashqa, qutlug‘ seid, cherik, ko‘kbo‘yin, to‘rayg‘ir, tovuldi,
chang‘aroqchi, chiyal, qulon, oqbo‘yra, qarabovur, boshqird, tikan, qoratikan, sariqipchoq, qorabo‘yin
kabi urug‘ va urug‘ bo‘linmalariga ajralgan.
Ushbu etnonimlarning ayrimlari hududiy toponimiyada ham o‘z izini qoldirgan. Xususan, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi
Qorabo‘yin, Tovul, To‘rayg‘ir, Yashiq, Qo‘g‘ay, Puchug‘oy, Elatan, Qoratikan
kabi joy nomlari qipchoq urug‘-qabilalarining nomlari asosida shakllangan etnotoponimlar hisoblanadi.
Shuningdek,
Qo‘g‘ayariq
gidronimi ham ana shunday etnik asosga ega. Mazkur ariq
Qo‘g‘ay
va
Qo‘g‘ayo‘lmas
qishloqlari hududidan oqib o‘tishi, shuningdek,
qo‘g‘ay
urug‘iga mansub aholi tomonidan qazilganligi bilan bog‘liq holda nomlangan bo‘lishi mumkin.
Demak,
Qo‘g‘ayariq
gidronimining etimoni
qo‘g‘aylar arig‘i
otli birikmasi bilan bog‘lanadi. Uning shakllanish jarayonini shartli ravishda quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
qo‘g‘aylar arig‘i → qo‘g‘ay arig‘i → Qo‘g‘ay ariq → Qo‘g‘ayariq.
Shu jihatdan
Qo‘g‘ayariq
— etnogidronim, ya’ni etnik guruh yoki urug‘ nomi asosida shakllangan gidronimdir.
Binobarin, bugungi kunda ishga tushirilgan
Qo‘g‘ay-1 va Qo‘g‘ay-2
GESlari nomida ham Farg‘ona vodiysining qadimiy etnik-lisoniy qatlamlaridan biri — o‘zbek-qipchoq urug‘larining tarixiy nomi saqlanib qolgan.
Bundan tashqari: Andijon viloyati Izboskan tumanida
Yangiqo‘g‘ay
nomli qishloq ham mavjud.
@akademik_til

August 23, 15:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Etnografiya
QO‘NOQ
Farg‘ona vodiysidagi qirg‘izlar orasida
(balki boshqa qirg‘izlarda ham bordir)
Chukron (Sunnat) to‘yi kuni quda tarafga bitta butun qo‘yni so‘yib, pishirilgan holda qo‘yiladi. Mana shu odat «qo‘noq berish odati» deyiladi.
🫵
Sizning hududingizda ham shunday odat bormi?
@akademik_til

August 23, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Maqol
Ayoz, o‘tgan kuningni unutma, xon (yoki ko‘n) chorig‘ingni* quritma.
*Choriq – Qattiq xom teridan tikilgan, asosan tog'lik hududlar xalqlari orasida rasm bo'lgan oyoq kiyimi.
Choriq qurib qolmasligi uchun qadimda uni yog‘lab yoki suv bilan namlab turishgan, agar qurib qolsa kiyib bo‘lmas holatga kelgan. Maqol shunga ishora qilingan.
@akademik_til

August 23, 07:11

#Sheva
Farg‘ona shevalarida otlarning
+dek / +day
(o‘xshatish-qiyoslash) qo‘shimchasi
+DAQA
shaklida talaffuz qilinadi.
Mangayam akamdaqa o‘yinchaq obering.
@akademik_til

August 16, 15:52

#Etimokogiya
XACHIR

SO‘G‘DChADIR
Xachir — biya (urg‘ochi ot) bilan eshakning qo‘shilishidan tug‘ilgan, asosan yuk tashishda foydalaniladigan uy hayvoni.
Xachir so‘zining etimologiyasi qadimgi eroniy tillarga borib taqaladi. Etimologik manbalarda bu leksemaning qadimgi so‘g‘dch
χartarē
shakli bilan aloqadorligi qayd etiladi. Mazkur birlik keyinchalik turk tillariga o‘zlashib, fonetik va morfologik jihatdan turk til tizimiga moslashgan.
Eski turk tili davriga oid muhim manbalardan biri — Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ushbu hayvon nomi
qatır
shaklida qayd etilgan. Bu shakl so‘zning turk tillaridagi qadimgi ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Keyingi tarixiy taraqqiyot jarayonida, xususan, mo‘g‘ullar davri va undan keyingi turk tillari rivoji davomida
qatır
shakli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, hozirgi o‘zbek tilidagi
xachir
shakliga yaqinlashgan. Bunda dastlabki
q
undoshining
x
ga,
t
undoshining esa
ch
ga o‘zgarishi kabi fonetik jarayonlar kuzatiladi:
qatır → xatır → xachir.
Shunday qilib, o‘zbek tilidagi xachir leksemasi qadimgi eroniy qatlamga mansub bo‘lgan, keyinchalik turk tillariga o‘zlashib, uzoq tarixiy taraqqiyot davomida fonetik jihatdan o‘zgarib, hozirgi shaklini olgan qadimiy zoonimlardan biridir.
@akademik_til

August 15, 06:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Savol
Men kimman?
😁
@akademik_til

August 12, 13:41

#Sheva
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Toshloq xalqi ayrim shevalarida
QUYMOQ
fe'lini
KUYMOQ
tarzida talaffuz qilishi uchraydi.
Choydi piyalaga to‘ldirip kuying!
@akademik_til