Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘ZBEK FILOLOGIYASI

uzbek_filologiyasi
Assalomu alaykum. Ushbu kanaldan O‘zbek filologiyasiga oid darsliklar, ilmiy maqola va adabiyotlar, jurnallar, xullas tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid barcha kitoblarni topishingiz mumkin. Murojaat uchun 👇 @Filologiya_uzb_bot @Ravshan_Davlatov
Подписчики
2 182
24 часа
2
30 дней
100
Просмотры
678
ER
31,07%
Посты (30д)
4
Символов в посте
515
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Социальные сети и сообщества
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
October 25, 17:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Etnografiya
KO‘K – MOTAM RANGI
Yodingizda bo‘lsa, ko‘k rang faqat o‘zbeklarda motam ramzi sifatida qo‘llanishi haqida ma’lumot bergan edik.
Qizig‘i, bu ramziy ma’no o‘zbek madaniyatiga chig‘atoy tilidan meros bo‘lib qolgan ekan. Husayniy (Husayn Boyqaro)ning quyidagi she’riga e’tibor bering:
Motamimg‘a charx ko‘k aylab libosin, tun qaro,
Subh ham aylab yaqosin chok ohi sard ila.
@akademik_til

October 18, 15:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Etnografiya
#Irimlar
TUYA SUTI
Xalqimiz orasida shunday irim bor: agar og‘iroyoq ayolning homiladorlik muddati 9 oydan oshib ketsa, uning tuya sutini ichgan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinadi. Bunning sabai shundaki, tuyalarning bo‘g‘ozlik davri 12–14 oy davom etishi keltiriladi.
@akademik_til

October 08, 17:15
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

@Til_bayrami_2026

October 04, 15:23

#Etimologiya
ABUShQA
Abushqa
— mumtoz o‘zbek tilida qo‘llangan qadimiy so‘zlardan biri. «Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati»da u “
er, qari er
(xotinning eri)” ma’nolarida izohlangan.
Bir yondin o‘g‘ul g‘amu shikanji,
Bir yondin
abushqa
dardu ranji.
Abushqa so‘zining tarixi juda qadimiy bo‘lib, uning ildizlari umumturk leksik qatlamga borib taqaladi.
Turkologik tadqiqotlarda so‘zning qadimgi shakllaridan biri abıçğa deb qaraladi. E. V. Sevortyan va G. Klauzon kabi olimlar uning tarkibini
abıç + -ğa
tarzida tahlil qilganlar. Bunda
abıç
qismi hozircha aniq izohlanmagan, noaniq etimologik o‘zak sifatida baholanadi.
Sevortyan yana
abıç
o‘zagi
apa
— “
ota
” so‘zining kichraytirish shakli yoki unga yaqin qadimgi birlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq M. Erdal semantik asoslar nuqtayi nazaridan bunday talqinga ehtiyotkorlik bilan qaraydi.
Demak, abushqa so‘zining etimologiyasi hozircha to‘liq aniqlangan deb bo‘lmaydi.
Qadimgi turk tillarida bu leksema faqat “er” ma’nosidagina ishlatilmagan. U:
— yoshi katta qarindosh;
— keksa erkak;
— er;
— tutingan ona;
— katta opa;
— amaki va boshqa yoshi ulug‘ qarindoshlar
kabi ma’nolarni ham ifodalagan.
Bu holat so‘zning dastlab “
yoshi katta, hurmatli kishi yoki qarindosh
” kabi kengroq ma’no doirasiga ega bo‘lganini taxmin qilishga imkon beradi.
So‘z turk tillarida turli fonetik ko‘rinishlarda saqlangan:
Qarluq guruhi:
- Qoraxoniy tili —
avıçğa
;
- Chig‘atoy tili —
avuşqa, abuşqa
.
Qipchoq guruhi:
- Boshqird tili —
абышҡа
(abışqa);
- Qirg‘iz tili —
абышка
(abışka);
- Janubiy Oltoy tili —
абышка
(abïška).
Turk tilida ham
abuşka, abuş
shakllari uchraydi.
Qadimgi uyg‘ur yodgorliklarida bu so‘zning
avïčġa
shakli “
qariya, keksa erkak
” ma’nosida qayd etilgan.
Shuningdek, qadimgi uyg‘ur yozma an’analarida 阿卜失哈 (ābǔshīhā) shakli “
keksa ayol, ona
” mazmunida uchraydi.
So‘zning izlari Sibir hududidagi turkiy tillarda ham saqlangan:
- Tofa —
ашыняӄ
(ašïńaq);
- Tuvа — ашак (aşak)
- Xakas —
абысхаӌах
(abısxacax),
апсах
(apsax);
- Shor —
апшый
(apšïy);
- Shimoliy Oltoy —
апшыйак
(apšïyak).
Abushqa — shaklan oddiy ko‘rinsa-da, tarixiy jihatdan juda qadimiy va keng geografik tarqalishga ega bo‘lgan turkiy leksemadir.
Uning turli davr va tillardagi shakllari — abıçğa → avıçğa → abuşqa → abışqa → abışka kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
So‘zning ma’no taraqqiyotida esa “yoshi katta kishi, keksa qarindosh” → “keksa erkak” → “er” kabi semantik aloqalar kuzatiladi.
Shu sababli abushqa nafaqat Navoiy davri tilining, balki umumturkiy leksik qatlamning qadimiy yodgorliklaridan biri sifatida qimmatlidir.
@akademik_til

September 24, 08:50
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Болани жазолашнинг оқибати
Ҳар бир ота-она бу видеони кўриши шарт
Pedagoglarga ham foydali usul
@Uzbek_filologiyasi

September 19, 16:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Nazm
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Mazmuni (zohiriy):
Sarv qomatli bir guldek jonon Navoiy bobomizni yarim tunda "свидание"ga chaqirgan. Oshiq ham qizning gapiga chippa-chin ishonib, uchrashuv joyiga kelgan va ertalabgacha aldoqchi yorni kutib o‘tirgan. Lekin qiz kelmagan.
@akademik_til

September 14, 01:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Karta #Öyinlar KARTA BELGILARI
♠️
> Qarg‘a
♥️
> Yurak
♣️
> Chillik
♦️
> G‘ishtin @akademik_til

September 14, 01:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Karta
#Öyinlar
KARTA BELGILARI
♠️
> Qarg‘a
♥️
> Yurak
♣️
> Chillik
♦️
> G‘ishtin
@akademik_til

August 31, 17:16

#Javob
#Toponim
UMAKAY (O‘MAKAY) QIShLOG‘I
Ajoyib, savolning javobini ko‘pchilik topdi.
Xo‘p, bunga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Aslida Umakay (O‘makay) toponimi bu etnonim (urug‘ nomi)dan kelib chiqqan. Etnograf va toponimist Suyun Qorayevning ta'kidlashicha, Umakay (O‘makay) o‘zbeklarning Saroy qabilasi tarkibiga kiruvchi urug‘ sifatida qayd etilgan.
Eshqobil Shukurning «Bobo so‘z izidan» kitobida esa o‘makay leksemasini shevalarimiz «halqum», «bo‘g‘iz», anglamini bildiruvchi ko‘makay so‘zi bilan bog‘laydi. Ko‘makay aslida – tilning tanglay bilan qo‘shilish joyini bildirib, o‘makay uning buzilgan shaklidir.
O‘makay bir zamonlar soyliq bo‘g‘zida joylashgan kichik qishloq bo‘lgan. Shuning uchun shunday nomlangan degan qarash ham bor.
Qizig‘i shundaki,
Umakay (O‘makay)
etnotoponimi bir nechta hududlarda uchraydi: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
Bugungi kunda Qashqadaryodagi Umakay qishlog‘i o‘zining o‘ziga xos va mazali jiz taomi bilan ham mashhur.
@akademik_til

August 31, 10:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Sheva
Farg‘onaluklar –
so‘rmoq
deydi.
Toshkentliklar –
shimmoq
deydi.
🫵
Sizning shevangizda qanday?
@akademik_til