
Uzbekistan.travel
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Turizm qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli turizm sohasi vakillari!
Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni, ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, boy tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviy merosimizning bebaho xazinasidir. Uning sofligini asrash, nufuzini yuksaltirish va dunyoga keng targ‘ib etish barchamizning sharafli burchimizdir.
Turizm sohasi bu borada o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Zero, yurtimizga tashrif buyurgan har bir sayyoh tarixiy obidalarimiz, milliy an’analarimiz va mehmondo‘stligimiz bilan birga, o‘zbek tilining jozibasi va xalqimizning yuksak muomala madaniyatidan ham bahramand bo‘lishi muhim.
Shu maqsadda xorijiy sayyohlar uchun kundalik muloqotda eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘zbekcha so‘z va iboralardan iborat maxsus lug‘at ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, turizm xizmatlari standartlariga xorijiy mehmonlarni o‘zbek tilida samimiy kutib olish, salomlashish, xushmuomalalik va milliy an’analarimizga xos takalluf ko‘rsatish madaniyati bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Ishonamizki, bunday tashabbuslar xorijlik mehmonlarning mamlakatimiz haqidagi iliq taassurotlarini boyitish bilan birga, o‘zbek tilining xalqaro miqyosda tanilishiga ham xizmat qiladi.
Aziz vatandoshlar!
Ona tilimizni e’zozlash, uni kundalik hayotimizda va kasbiy faoliyatimizda munosib qo‘llash orqali milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘laylik!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Ona tilimizning qadri hamisha yuksak, uning jozibasi va shuhrati dunyo bo‘ylab taralsin!
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
А. Aqqulov
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi, uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodlarga munosib meros qilib qoldirish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Keling, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromimizni amalda namoyon etib, uning nufuzini yanada yuksaltiraylik!
_________
21 октября — с праздником узбекского языка!
Родной язык — это отражение нашей национальной идентичности, истории и духовного наследия. Беречь его, ценить и передавать будущим поколениям как достойное наследие — наш священный долг.
Давайте проявлять любовь и уважение к родному языку и вместе повышать его престиж!
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
20 октября - День города Хивы
🌙
Хива — один из самых самобытных исторических городов Центральной Азии, что сохранил целостный архитектурный облик и атмосферу восточного средневекового города. Не зря его прозвали как
город-музей под открытым небом
.
За свою многовековую историю Хива стала настоящей сокровищницей культурного наследия Узбекистана. На территории города расположено более
120 архитектурных памятников
, среди которых ворота Ота Дарвоза, крепость Кухна Арк, медресе Шергази-хана, Джума-мечеть и дворцовый комплекс Таш-Хаули, а также множество других уникальных сооружений.
📆
В 1990 году исторический центр Хивы — Ичан-Кала — был включён в Список всемирного наследия ЮНЕСКО.
20 октября 1997 года город торжественно отметил своё 2500-летие, ставшее важной вехой в сохранении и популяризации его богатого историко-культурного наследия.
В память об этом знаменательном событии
20 октября
ежегодно отмечается День города Хивы — праздник, посвящённый его многовековой истории, архитектурному великолепию и культурным традициям.
________________
20-oktyabr — Xiva shahri kuni
🌙
Xiva — o‘zining betakror me’moriy qiyofasi, qadimiy obidalari va sharqona muhiti bilan ajralib turadigan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Asrlar davomida o‘z tarixiy qiyofasini saqlab kelayotgan bu ko‘hna shahar bejizga
“ochiq osmon ostidagi muzey”
deb atalmagan.
Ko‘p asrlik tarixi davomida Xiva O‘zbekistonning madaniy meros xazinasiga aylangan. Shahar hududida
120 dan ortiq me’moriy yodgorlik
mavjud. Ular orasida Ota Darvoza, Ko‘hna Ark qal’asi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi va Toshhovli saroy majmuasi alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, shaharda o‘zining betakror me’moriy yechimi va tarixiy ahamiyati bilan ajralib turadigan ko‘plab boshqa obidalar ham mavjud.
📆
1990-yilda Xivaning tarixiy markazi — Ichan qal’a YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
. 1997-yil 20-oktyabrda esa shahar o‘zining 2500 yillik yubileyini tantanali ravishda nishonladi. Ushbu sana Xivaning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etishda muhim voqea bo‘ldi.
Ana shu tarixiy voqea xotirasiga har yili
20-oktyabr
kuni Xiva shahri kuni nishonlanadi. Ushbu bayram shaharning ko‘p asrlik tarixi, betakror me’moriy obidalari va boy madaniy an’analariga ehtirom ifodasidir.
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
18 октября - День города Самарканда!
✨
Эта памятная дата отмечается с 1996 года по инициативе Первого Президента Узбекистана И. А. Каримова. Именно в этот день городу был вручен орден Амира Темура, и эта дата теперь широко отмечается каждый год.
🕌
Самарканд
— город с историей
более 2 750 лет
, ровесник Рима и свидетель великих эпох. Он был сердцем древней Согдианы, носил имя Мараканда, встречал войска
Александра Македонского
, принимал караваны Великого шёлкового пути и стал столицей империи
Амира Темура
. Здесь сменялись цивилизации, правители и династии, рождались новые знания и расцветали искусства. Каждая эпоха оставляла свой след, и все они сложились в историю одного великого города.
Сегодня Самарканд по-прежнему притягивает путешественников со всего мира. Его исторический центр включён в
Список всемирного наследия ЮНЕСКО
, а древние медресе, мавзолеи и узкие улочки бережно хранят память веков. Здесь можно не просто узнать историю, но и прикоснуться к ней: пройти по площади Регистан, услышать легенды старого города, почувствовать его атмосферу и увидеть своими глазами наследие, пережившее тысячелетия.
Этот город хранит больше историй, чем можно рассказать словами. И лучший способ узнать их — однажды оказаться здесь
___________
18-oktyabr — Samarqand shahri kuni!
✨
Ushbu sana 1996-yildan buyon O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan nishonlab kelinadi. Aynan shu kuni Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan. O‘shandan buyon 18-oktyabr shaharning muhim sanalaridan biri sifatida har yili keng nishonlanadi.
🕌
Samarqand — 2 750 yildan ortiq tarixga ega
, Rim bilan tengdosh, buyuk davrlar va sivilizatsiyalar guvohi bo‘lgan qadimiy shahar. U qadimgi So‘g‘diyonaning yuragi, Maroqanda nomi bilan mashhur bo‘lgan maskan,
Aleksandr Makedonskiy
qo‘shinlari kirib kelgan, Buyuk ipak yo‘li karvonlarini qarshi olgan va
Amir Temur
saltanatining poytaxtiga aylangan shahardir. Bu zaminda turli sivilizatsiyalar, hukmdorlar va sulolalar almashgan, yangi bilimlar dunyoga kelib, san’at va madaniyat ravnaq topgan. Har bir davr Samarqand tarixida o‘z izini qoldirgan va bularning barchasi bir buyuk shaharning betakror tarixini yaratgan.
Bugun ham Samarqand dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlarni o‘ziga maftun etmoqda. Shaharning tarixiy markazi
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan. Qadimiy madrasalar, maqbaralar va tor ko‘chalar esa asrlar xotirasini avaylab saqlab kelmoqda. Samarqandda tarixni shunchaki o‘rganish emas, balki uni his etish ham mumkin: Registon maydoni bo‘ylab sayr qilish, eski shaharning afsonalarini tinglash, uning betakror muhitidan bahramand bo‘lish va ming yillar sinovidan o‘tib, bugungi kungacha yetib kelgan tarixiy merosni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish mumkin.
Samarqand bag‘rida so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan qanchadan-qancha hikoyalar yashiringan.
Ularni kashf etishning eng yaxshi yo‘li esa bir kun kelib, bu qadimiy shaharga tashrif buyurishdir!
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
«Сияние ковров» в Хиве: искусство, традиции и ремесло
17–18 октября
древняя Хива станет местом встречи мастеров ковроткачества и дизайнеров из Узбекистана и других стран. В комплексе
«Арда Хива»
пройдёт международная выставка
«Сияние ковров»
, посвящённая одному из древнейших видов декоративно-прикладного искусства.
Гостей ждут встречи с мастерами ковроткачества, рассказ о значении традиционных узоров и о том, как древние орнаменты находят место в современном дизайне. В программе также международная конференция, выступления с традиционной хорезмской музыкой, показ этнических костюмов и экскурсия в Музей шёлка в Ичан-Кале.
Праздничную атмосферу дополнят народные гулянья, соревнования по курашу, выступления канатоходцев и кукольников.
📍
Комплекс «Арда Хива», Хива
📅
17–18 октября 2026 года
____________________
Xivada “Gilamlar jilosi”: san’at, an’analar va hunarmandchilik
17–18-oktyabr
kunlari qadimiy Xiva O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan gilamdo‘z ustalar hamda dizaynerlarni bir joyga jamlaydi.
“Arda Xiva”
majmuasida amaliy bezak san’atining eng qadimiy turlaridan biri — gilamdo‘zlikka bag‘ishlangan
“Gilamlar jilosi”
xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida mehmonlar gilamdo‘z ustalar bilan uchrashish, an’anaviy naqshlarning mazmun-mohiyati va qadimiy bezaklarning zamonaviy dizayndagi o‘rni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Dasturdan xalqaro konferensiya, an’anaviy Xorazm musiqasi ijrosi, milliy liboslar namoyishi hamda Ichan qal’adagi Ipak muzeyiga sayohat ham o‘rin olgan.
Bayramona muhitni xalq sayillari, kurash musobaqalari, dorbozlar va qo‘g‘irchoqbozlarning chiqishlari yanada boyitadi.
📍
Manzil: “Arda Xiva” majmuasi, Xiva shahri
📅
Sana: 2026-yil 17–18-oktyabr
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
Всего в
50 километрах
от Ташкента начинается горный, зелёный и спокойный
Кумушкон
— это курортный посёлок в живописной горной местности, куда приезжают за чистым воздухом, природой и отдыхом вдали от городской суеты
🌳
Здесь можно провести несколько дней среди гор, прогуляться вдоль рек и озёр, остановиться в гостинице или гостевом доме, попробовать блюда национальной кухни и познакомиться с местными мастерами народно-прикладного искусства.
Для тех, кто хочет увидеть сельский Узбекистан с другой стороны, здесь работают комплексы агротуризма и творческие пространства.
________________
Toshkentdan atigi
50 kilometr
uzoqlikda tog‘lar bag‘rida, yam-yashil tabiat qo‘ynida sokin va go‘zal
Kumushkon qishlog‘i
joylashgan. Musaffo havodan bahramand bo‘lish, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish va shahar shovqinidan bir muddat uzoqlashishni istaganlar uchun bu yer ayni muddao
🌳
Kumushkonda bir necha kunni tog‘lar bag‘rida o‘tkazish, daryo va ko‘llar bo‘yida sayr qilish, shinam mehmonxona yoki mehmon uylarida tunash mumkin. Shuningdek, milliy taomlardan bahramand bo‘lish va mahalliy xalq amaliy san’ati ustalarining ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.
Qishloq hayoti va O‘zbekiston tabiatini yangicha nigoh bilan kashf etishni istaganlar uchun bu yerda agroturizm majmualari hamda ijodiy maskanlar ham faoliyat yuritadi.
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
Узбекистан — страна, где ремесленные традиции сохраняются из поколения в поколение
.
Керамика, резьба по дереву, вышивка сюзане, чеканка, ювелирное дело и традиционные ткани — каждое направление имеет свои техники, орнаменты и региональные особенности.
Сегодня изделия узбекских мастеров можно увидеть не только в мастерских и на ремесленных базарах, но и на международных выставках и фестивалях.
Путешествуя по Узбекистану, загляните в ремесленные мастерские — здесь можно увидеть работу мастеров, познакомиться с традиционными техниками и выбрать изделие, созданное вручную.
____________________
O‘zbekiston — hunarmandchilik an’analari avloddan avlodga o‘tib, asrab kelinayotgan diyor.
Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, so‘zana kashtachiligi, kandakorlik, zargarlik va an’anaviy matolar — har bir yo‘nalish o‘ziga xos uslub, naqsh va hududiy xususiyatlarga ega.
Bugun o‘zbek hunarmandlari tomonidan yaratilayotgan noyob buyumlarni nafaqat ustaxonalar va hunarmandchilik bozorlarida, balki xalqaro ko‘rgazma va festivallarda ham uchratish mumkin.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotganingizda, hunarmandchilik ustaxonalariga kirib o‘ting. Bu yerda ustalarning ish jarayonini bevosita kuzatishingiz, an’anaviy hunarmandchilik usullari bilan tanishishingiz va o‘zingiz uchun qo‘lda yasalgan betakror buyumlardan xarid qilishingiz mumkin.
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
MrBeast приезжает в Ташкент!
По приглашению Фонда развития культуры и искусства при сотрудничестве с Комитетом по туризму Республики Узбекистан
9 октября
состоится открытая встреча с известным YouTube-блогером
MrBeast
.
Гости смогут принять участие в различных играх, а также пообщаться со своим кумиром вживую.
Зарегистрироваться может любой желающий
старше 18 лет
.
Участники будут отобраны случайным образом среди зарегистрировавшихся. Выбранным участникам на электронную почту будет направлено подтверждение.
Регистрируйтесь до 8 октября по ссылке
👈🏻
_____________
MrBeast Toshkentga kelmoqda!
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamkorligida 9-oktyabr kuni taniqli YouTube bloger
MrBeast
bilan ochiq uchrashuv tashkil etilmoqda. Mehmonlar turli o‘yinlarda ishtirok etish, shuningdek, o‘z kumiri bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
18 yoshdan oshgan istalgan kishi ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan tasodifiy tanlov asosida saralab olinadi. Tanlangan ishtirokchilarga elektron pochta orqali tasdiqlovchi xabar yuboriladi.
8-oktyabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘ting
👈🏻
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
🍇
“O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali
14–15-oktabr kunlari Surxon vohasining go‘zal maskanlaridan biri —
Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” sanatoriysida
“O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali
bo‘lib o‘tadi.
Festivalda Surxondaryo viloyatining uzumchilik va vinochilik an’analari, milliy taomlari, mahalliy mahsulotlari, hunarmandchiligi hamda turizm salohiyati keng namoyish etiladi.
Mehmonlarni gastronomik ko‘rgazma va degustatsiyalar, enoturizm yo‘nalishidagi taqdimotlar, milliy madaniyat va ijodiy dasturlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar kutmoqda.
🤝
Blogerlar, kontent yaratuvchilar, media vakillari, tadbirkorlar, turizm sohasi mutaxassislari va soha hamkorlarini festivalga taklif qilamiz!
Festival Surxondaryoning gastronomik va enoturizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy mahsulot va xizmatlarni namoyish etish, shuningdek, hudud haqida qiziqarli va sifatli media kontent yaratish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Surxonning boy gastronomik merosi, uzumchilik an’analari va mehmondo‘stligini birgalikda kashf etamiz!
📅
14–15-oktabr
📍
Oltinsoy tumani, “Xo‘jaipok” sanatoriysi
__________________
🍇
Фестиваль «Энотуризм и национальная кухня Узбекистана»
14–15 октября в одном из живописных уголков Сурхондарьинской области —
санатории «Ходжаипок» в Алтынсайском районе
— пройдет
фестиваль «Энотуризм и национальная кухня Узбекистана»
.
На фестивале будут широко представлены традиции виноградарства и виноделия Сурхондарьинской области, национальная кухня, местные продукты, ремесла и туристический потенциал региона.
Гостей ждут гастрономическая выставка и дегустации, презентации направлений энотуризма, культурная и творческая программа, а также встречи с представителями туристической отрасли.
🤝
Приглашаем на фестиваль блогеров, контент-креаторов, представителей СМИ, предпринимателей, специалистов туристической отрасли и партнеров!
Фестиваль станет возможностью познакомиться с гастрономическим и энотуристическим потенциалом Сурхондарьи, установить новые партнерские связи, представить местные продукты и услуги, а также создать интересный и качественный медиаконтент о регионе.
Давайте вместе откроем для себя богатое гастрономическое наследие Сурхондарьи, традиции виноградарства и знаменитое гостеприимство региона!
📅
14–15 октября
📍
Алтынсайский район, санаторий «Ходжаипок»
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp
Какого цвета Узбекистан для Вас?
🇺🇿
_______
Siz O‘zbekistonni qaysi rangda tasavvur qilasiz?
🇺🇿
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp