Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Uzbekistan.travel

uzbekistan_travel
Official account of the tourism promotion board of the Republic of Uzbekistan 🇺🇿 Official website: https://uzbekistan.travel Social networks: https://linktr.ee/uzbekistan.travel For inquiries: @uzbtravelsupport For advertisement: @Uzb_travel_reklama
Подписчики
14 100
24 часа
-7
30 дней
-359
Просмотры
1 709
ER
12,12%
Посты (30д)
18
Символов в посте
2 111
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Путешествия и география
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Туризм и гостиничный бизнес
Краткое описание
October 28, 13:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Qalajiq qal’a: 3 000 yillik tarix va Qoraqumdagi sho‘r ko‘l
🏜
Xorazm o‘zining qadimiy shaharlari va qal’alari bilan mashhur. Biroq bu diyor betakror tabiiy maskanlarga ham boy. Shulardan biri — Urganch shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan Qalajiq qal’adir.
Qalajiq qal’aning yoshi taxminan 3 000 yilga teng. Uning devorlari 14 metr balandlikkacha yetadi. Qal’a tepasidan Qoraqumning qum barxanlari va atrofdagi ekin maydonlarining go‘zal manzarasi namoyon bo‘ladi.
🌾
Qal’a etagida suvining zichligi yuqori bo‘lgan sho‘r ko‘l joylashgan. Ayrim xususiyatlariga ko‘ra, uning suvi O‘lik dengiz suvini eslatadi.
Bu maskanda nafaqat tabiat va tarixdan bahramand bo‘lish, balki o‘tov lagerida tunash, otda sayr qilish hamda qal’adan topilgan arxeologik topilmalar namoyish etiladigan muzeyni tomosha qilish mumkin.
🚗
Qalajiq qal’ani Xorazm bo‘ylab sayohat yo‘nalishingizga kiriting va tarix hamda tabiat uyg‘unligidan bahramand bo‘ling!
______________________
Каладжик-кала: 3 000 лет истории и солёное озеро в Каракумах
🏜
Хорезм известен своими древними городами и крепостями, но здесь есть и необычные природные достопримечательности. Одна из них — Каладжик-кала, расположенная в 90 км от Ургенча.
Главная достопримечательность — крепость Каладжик-кала, возраст которой составляет около 3 000 лет. Её стены достигают 14 метров в высоту, а с вершины открывается вид на песчаные барханы Каракумов и окружающие сельскохозяйственные угодья
🌾
У подножия крепости находится солёное озеро с высокой плотностью воды, которая по некоторым свойствам напоминает воду Мёртвого моря. Здесь также можно остановиться в юртовом лагере, отправиться на конную прогулку и посетить музей с археологическими находками из крепости.
🚗
Добавьте Каладжик-кала в свой маршрут по Хорезму!
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 27, 12:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

До начала крупнейшего туристического события региона —
31-й Ташкентской международной туристической ярмарки «Туризм на Шёлковом пути» (ТМТЯ-2026)
— остался всего один месяц!
📅
С
25 по 27 ноября
в выставочном комплексе
CAEx в Ташкенте
соберутся представители туристической отрасли из более чем
30 стран мира
. Ожидается, что мероприятие посетят свыше 15 тысяч человек. В ярмарке примут участие более 100 компаний, а площадь выставочной экспозиции составит 10 тысяч квадратных метров.
Для специалистов туристической отрасли это важная возможность познакомиться с новыми туристическими продуктами, найти деловых партнёров и обсудить перспективы сотрудничества.
📣
Главным нововведением ярмарки в этом году станет
Первый международный инвестиционный форум в сфере туризма
.
В нём примут участие более 100 крупных инвесторов, свыше 200 зарубежных гостей и делегации из более чем 20 стран. Участники смогут ознакомиться с инвестиционным потенциалом регионов Узбекистана и перспективными проектами в сфере гостиничного бизнеса, курортной инфраструктуры, транспорта и развития новых туристических зон.
Кроме того, программа включает
авиационный форум "UzAero
", мероприятия по развитию делового туризма, "
Global Media Campus
", гастрономический фестиваль "
Delicious Uzbekistan
", этнокультурные игры "
Ethno Games
", а также выставку народных промыслов.
Если вы работаете в сфере туризма и заинтересованы в установлении новых деловых контактов и освоении инвестиционных возможностей, следите за программой ТМТЯ-2026 и
регистрируйтесь по ссылке
:
🔗
Зарегистрироваться на ТМТЯ-2026
👈🏻
🔗
Зарегистрироваться на Туристический инвестиционный форум
👈🏻
_____________
Mintaqadagi eng yirik turizm tadbiri —
“Ipak yo‘lida turizm” 31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2026)
boshlanishiga bir oy qoldi!
📅
25–27-noyabr kunlari “CAEx”
ko‘rgazmalar majmuasida dunyoning
30 dan ortiq mamlakatidan
turizm sohasi vakillari jam bo‘ladi. Tadbirda 15 mingdan ziyod mehmon, 100 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi hamda 10 ming kvadrat metr maydonni egallagan ko‘rgazma ekspozitsiyasi tashkil etilishi kutilmoqda.
Turizm sohasi mutaxassislari uchun bu yangi turistik mahsulotlar bilan tanishish, biznes hamkorlar topish va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim imkoniyatdir.
📣
Bu yilgi yarmarkaning eng muhim yangiligi esa
Birinchi xalqaro turizm investitsiya forumidir
.
Forumda 100 dan ortiq yirik investor, 200 nafardan ziyod xorijiy mehmon hamda 20 dan ortiq mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etadi. Ishtirokchilar O‘zbekiston hududlarining investitsiyaviy salohiyati va mehmonxona biznesi, kurort infratuzilmasi, transport hamda yangi turistik hududlarni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, dasturdan
“UzAero” aviatsiya forumi
, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar,
“Global Media Campus”
,
“Delicious Uzbekistan”
gastronomik festivali,
“Ethno Games”
etnomadaniy o‘yinlari hamda xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasi ham o‘rin olgan.
Agar siz turizm sohasida faoliyat yuritsangiz, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va investitsiyaviy imkoniyatlardan foydalanishga qiziqsangiz, TXTY-2026 dasturini kuzatib boring va
havola orqali ro‘yxatdan o‘ting
:
🔗
TXTY-2026-ga ro'yxatdan o'tish
👈🏻
🔗
Birinchi Turizm investitsiya forumiga ro'yxatdan o'tish
👈🏻
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 27, 09:49
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🍯
Мёд, сладости и традиции Намангана
С
23 по 25 октября
в тематическом парке «Афсоналар водийси» («Долина легенд») прошёл V Международный фестиваль мёда.
🐝
Более
200 пчеловодов
, производителей и специалистов из Узбекистана и зарубежных стран собрались в Намангане, чтобы представить свою продукцию и обменяться опытом.
Гости фестиваля смогли попробовать разные сорта мёда, познакомиться с местными сладостями и ремёслами, оценить блюда национальной кухни и посетить концерты.
Фестиваль стал ещё одним поводом открыть для себя гастрономические традиции Наманганской области и её богатую местную культуру.
#UzbekistanTravel
#Namangan
#HoneyFestival
_______________
🍯
Namanganning asali, shirinliklari va milliy an’analari
23–25-oktyabr
kunlari “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida V Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tdi.
🐝
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan
200 nafardan ortiq asalarichi
, ishlab chiqaruvchi hamda soha mutaxassislari o‘z mahsulotlarini namoyish etish va tajriba almashish maqsadida Namanganda jam bo‘ldilar.
Festival mehmonlari asalning turli navlarini tatib ko‘rish, mahalliy shirinliklar va hunarmandchilik namunalari bilan tanishish, milliy taomlardan bahramand bo‘lish hamda konsert dasturlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur festival Namangan viloyatining o‘ziga xos gastronomik an’analari va boy madaniy merosini kashf etish uchun yana bir ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
🍯
#UzbekistanTravel
#Namangan
#HoneyFestival
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 26, 11:20
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdi
Xalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.
Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.
Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:
✅
Front Office
— mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash.
✅
Housekeeping
— mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.
🗣️
Platforma imkoniyatlari:
— amaliy va tushunarli video darslar;
— telefon yoki kompyuter orqali ta’lim olish;
— bilimlarni mustahkamlash uchun testlar;
— ta’lim jarayonini mustaqil rejalashtirish;
— kurs yakunida QR-kodli rasmiy sertifikat.
🔗
Ilovani yuklab olib, ta’limni boshlash mumkin:
App Store
Google Play
Veb-sayt:
tourism-edu.uz
Aloqa: +998 90 103 30 00
💬
💬
💬
New online platform launched to train tourism and hospitality professionals
The Samarkand Campus of the International Tourism Academy has launched its official online learning platform and mobile application for professionals in the tourism and hospitality sector.
Learners can now acquire modern professional skills at any convenient time and from anywhere in the world.
Online training programs
✅
Front Office
— welcoming and accommodating guests, handling reservations, and providing customer service in accordance with international standards.
✅
Housekeeping
— hotel housekeeping operations, professional management of room cleanliness, and compliance with sanitary and hygiene requirements.
🗣️
Platform features:
— practical and easy-to-understand video lectures;
— learning via smartphone or computer;
— tests to reinforce acquired knowledge;
— the ability to plan the learning process independently;
— an official certificate with a QR code upon completion of the course.
🔗
The mobile application is available for download:
App Store
Google Play
Website:
tourism-edu.uz
For inquiries: +998 90 103 30 00
💬
💬
💬
Запущена новая онлайн-платформа для обучения специалистов в сфере туризма и гостеприимства
Самаркандский кампус Международной академии туризма запустил официальную онлайн-образовательную платформу и мобильное приложение для специалистов в сфере туризма и гостеприимства.
Теперь слушатели могут осваивать современные профессии в любое удобное время и из любой точки мира.
Онлайн-направления обучения:
✅
Front Office
— встреча и размещение гостей, бронирование, а также работа с клиентами в соответствии с международными стандартами.
✅
Housekeeping
— ведение гостиничного хозяйства, профессиональное управление чистотой номеров и соблюдением санитарно-гигиенических требований.
🗣️
Возможности платформы:
— практические и доступные для понимания видеолекции;
— обучение с телефона или компьютера;
— тесты для закрепления полученных знаний;
— возможность самостоятельно планировать процесс обучения;
— официальный сертификат с QR-кодом по окончании курса.
🔗
Скачать приложение и начать обучение можно по ссылкам:
App Store
Google Play
Веб-сайт:
tourism-edu.uz
Телефон для справок: +998 90 103 30 00
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn

October 21, 05:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Turizm qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli turizm sohasi vakillari!
Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni, ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, boy tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviy merosimizning bebaho xazinasidir. Uning sofligini asrash, nufuzini yuksaltirish va dunyoga keng targ‘ib etish barchamizning sharafli burchimizdir.
Turizm sohasi bu borada o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Zero, yurtimizga tashrif buyurgan har bir sayyoh tarixiy obidalarimiz, milliy an’analarimiz va mehmondo‘stligimiz bilan birga, o‘zbek tilining jozibasi va xalqimizning yuksak muomala madaniyatidan ham bahramand bo‘lishi muhim.
Shu maqsadda xorijiy sayyohlar uchun kundalik muloqotda eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘zbekcha so‘z va iboralardan iborat maxsus lug‘at ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, turizm xizmatlari standartlariga xorijiy mehmonlarni o‘zbek tilida samimiy kutib olish, salomlashish, xushmuomalalik va milliy an’analarimizga xos takalluf ko‘rsatish madaniyati bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Ishonamizki, bunday tashabbuslar xorijlik mehmonlarning mamlakatimiz haqidagi iliq taassurotlarini boyitish bilan birga, o‘zbek tilining xalqaro miqyosda tanilishiga ham xizmat qiladi.
Aziz vatandoshlar!
Ona tilimizni e’zozlash, uni kundalik hayotimizda va kasbiy faoliyatimizda munosib qo‘llash orqali milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘laylik!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Ona tilimizning qadri hamisha yuksak, uning jozibasi va shuhrati dunyo bo‘ylab taralsin!
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
А. Aqqulov
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi

October 21, 05:29
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi, uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodlarga munosib meros qilib qoldirish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Keling, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromimizni amalda namoyon etib, uning nufuzini yanada yuksaltiraylik!
_________
21 октября — с праздником узбекского языка!
Родной язык — это отражение нашей национальной идентичности, истории и духовного наследия. Беречь его, ценить и передавать будущим поколениям как достойное наследие — наш священный долг.
Давайте проявлять любовь и уважение к родному языку и вместе повышать его престиж!
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 20, 05:37
Файлы недоступны
1
3
Открыть в Telegram

20 октября - День города Хивы
🌙
Хива — один из самых самобытных исторических городов Центральной Азии, что сохранил целостный архитектурный облик и атмосферу восточного средневекового города. Не зря его прозвали как
город-музей под открытым небом
.
За свою многовековую историю Хива стала настоящей сокровищницей культурного наследия Узбекистана. На территории города расположено более
120 архитектурных памятников
, среди которых ворота Ота Дарвоза, крепость Кухна Арк, медресе Шергази-хана, Джума-мечеть и дворцовый комплекс Таш-Хаули, а также множество других уникальных сооружений.
📆
В 1990 году исторический центр Хивы — Ичан-Кала — был включён в Список всемирного наследия ЮНЕСКО.
20 октября 1997 года город торжественно отметил своё 2500-летие, ставшее важной вехой в сохранении и популяризации его богатого историко-культурного наследия.
В память об этом знаменательном событии
20 октября
ежегодно отмечается День города Хивы — праздник, посвящённый его многовековой истории, архитектурному великолепию и культурным традициям.
________________
20-oktyabr — Xiva shahri kuni
🌙
Xiva — o‘zining betakror me’moriy qiyofasi, qadimiy obidalari va sharqona muhiti bilan ajralib turadigan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Asrlar davomida o‘z tarixiy qiyofasini saqlab kelayotgan bu ko‘hna shahar bejizga
“ochiq osmon ostidagi muzey”
deb atalmagan.
Ko‘p asrlik tarixi davomida Xiva O‘zbekistonning madaniy meros xazinasiga aylangan. Shahar hududida
120 dan ortiq me’moriy yodgorlik
mavjud. Ular orasida Ota Darvoza, Ko‘hna Ark qal’asi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi va Toshhovli saroy majmuasi alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, shaharda o‘zining betakror me’moriy yechimi va tarixiy ahamiyati bilan ajralib turadigan ko‘plab boshqa obidalar ham mavjud.
📆
1990-yilda Xivaning tarixiy markazi — Ichan qal’a YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
. 1997-yil 20-oktyabrda esa shahar o‘zining 2500 yillik yubileyini tantanali ravishda nishonladi. Ushbu sana Xivaning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etishda muhim voqea bo‘ldi.
Ana shu tarixiy voqea xotirasiga har yili
20-oktyabr
kuni Xiva shahri kuni nishonlanadi. Ushbu bayram shaharning ko‘p asrlik tarixi, betakror me’moriy obidalari va boy madaniy an’analariga ehtirom ifodasidir.
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 18, 09:49
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

18 октября - День города Самарканда!
✨
Эта памятная дата отмечается с 1996 года по инициативе Первого Президента Узбекистана И. А. Каримова. Именно в этот день городу был вручен орден Амира Темура, и эта дата теперь широко отмечается каждый год.
🕌
Самарканд
— город с историей
более 2 750 лет
, ровесник Рима и свидетель великих эпох. Он был сердцем древней Согдианы, носил имя Мараканда, встречал войска
Александра Македонского
, принимал караваны Великого шёлкового пути и стал столицей империи
Амира Темура
. Здесь сменялись цивилизации, правители и династии, рождались новые знания и расцветали искусства. Каждая эпоха оставляла свой след, и все они сложились в историю одного великого города.
Сегодня Самарканд по-прежнему притягивает путешественников со всего мира. Его исторический центр включён в
Список всемирного наследия ЮНЕСКО
, а древние медресе, мавзолеи и узкие улочки бережно хранят память веков. Здесь можно не просто узнать историю, но и прикоснуться к ней: пройти по площади Регистан, услышать легенды старого города, почувствовать его атмосферу и увидеть своими глазами наследие, пережившее тысячелетия.
Этот город хранит больше историй, чем можно рассказать словами. И лучший способ узнать их — однажды оказаться здесь
___________
18-oktyabr — Samarqand shahri kuni!
✨
Ushbu sana 1996-yildan buyon O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan nishonlab kelinadi. Aynan shu kuni Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan. O‘shandan buyon 18-oktyabr shaharning muhim sanalaridan biri sifatida har yili keng nishonlanadi.
🕌
Samarqand — 2 750 yildan ortiq tarixga ega
, Rim bilan tengdosh, buyuk davrlar va sivilizatsiyalar guvohi bo‘lgan qadimiy shahar. U qadimgi So‘g‘diyonaning yuragi, Maroqanda nomi bilan mashhur bo‘lgan maskan,
Aleksandr Makedonskiy
qo‘shinlari kirib kelgan, Buyuk ipak yo‘li karvonlarini qarshi olgan va
Amir Temur
saltanatining poytaxtiga aylangan shahardir. Bu zaminda turli sivilizatsiyalar, hukmdorlar va sulolalar almashgan, yangi bilimlar dunyoga kelib, san’at va madaniyat ravnaq topgan. Har bir davr Samarqand tarixida o‘z izini qoldirgan va bularning barchasi bir buyuk shaharning betakror tarixini yaratgan.
Bugun ham Samarqand dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlarni o‘ziga maftun etmoqda. Shaharning tarixiy markazi
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan. Qadimiy madrasalar, maqbaralar va tor ko‘chalar esa asrlar xotirasini avaylab saqlab kelmoqda. Samarqandda tarixni shunchaki o‘rganish emas, balki uni his etish ham mumkin: Registon maydoni bo‘ylab sayr qilish, eski shaharning afsonalarini tinglash, uning betakror muhitidan bahramand bo‘lish va ming yillar sinovidan o‘tib, bugungi kungacha yetib kelgan tarixiy merosni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish mumkin.
Samarqand bag‘rida so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan qanchadan-qancha hikoyalar yashiringan.
Ularni kashf etishning eng yaxshi yo‘li esa  bir kun kelib, bu qadimiy shaharga tashrif buyurishdir!
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 15, 09:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

«Сияние ковров» в Хиве: искусство, традиции и ремесло
17–18 октября
древняя Хива станет местом встречи мастеров ковроткачества и дизайнеров из Узбекистана и других стран. В комплексе
«Арда Хива»
пройдёт международная выставка
«Сияние ковров»
, посвящённая одному из древнейших видов декоративно-прикладного искусства.
Гостей ждут встречи с мастерами ковроткачества, рассказ о значении традиционных узоров и о том, как древние орнаменты находят место в современном дизайне. В программе также международная конференция, выступления с традиционной хорезмской музыкой, показ этнических костюмов и экскурсия в Музей шёлка в Ичан-Кале.
Праздничную атмосферу дополнят народные гулянья, соревнования по курашу, выступления канатоходцев и кукольников.
📍
Комплекс «Арда Хива», Хива
📅
17–18 октября 2026 года
____________________
Xivada “Gilamlar jilosi”: san’at, an’analar va hunarmandchilik
17–18-oktyabr
kunlari qadimiy Xiva O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan gilamdo‘z ustalar hamda dizaynerlarni bir joyga jamlaydi.
“Arda Xiva”
majmuasida amaliy bezak san’atining eng qadimiy turlaridan biri — gilamdo‘zlikka bag‘ishlangan
“Gilamlar jilosi”
xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida mehmonlar gilamdo‘z ustalar bilan uchrashish, an’anaviy naqshlarning mazmun-mohiyati va qadimiy bezaklarning zamonaviy dizayndagi o‘rni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Dasturdan xalqaro konferensiya, an’anaviy Xorazm musiqasi ijrosi, milliy liboslar namoyishi hamda Ichan qal’adagi Ipak muzeyiga sayohat ham o‘rin olgan.
Bayramona muhitni xalq sayillari, kurash musobaqalari, dorbozlar va qo‘g‘irchoqbozlarning chiqishlari yanada boyitadi.
📍
Manzil: “Arda Xiva” majmuasi, Xiva shahri
📅
Sana: 2026-yil 17–18-oktyabr
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp

October 09, 07:40
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Всего в
50 километрах
от Ташкента начинается горный, зелёный и спокойный
Кумушкон
— это курортный посёлок в живописной горной местности, куда приезжают за чистым воздухом, природой и отдыхом вдали от городской суеты
🌳
Здесь можно провести несколько дней среди гор, прогуляться вдоль рек и озёр, остановиться в гостинице или гостевом доме, попробовать блюда национальной кухни и познакомиться с местными мастерами народно-прикладного искусства.
Для тех, кто хочет увидеть сельский Узбекистан с другой стороны, здесь работают комплексы агротуризма и творческие пространства.
________________
Toshkentdan atigi
50 kilometr
uzoqlikda tog‘lar bag‘rida, yam-yashil tabiat qo‘ynida sokin va go‘zal
Kumushkon qishlog‘i
joylashgan. Musaffo havodan bahramand bo‘lish, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish va shahar shovqinidan bir muddat uzoqlashishni istaganlar uchun bu yer ayni muddao
🌳
Kumushkonda bir necha kunni tog‘lar bag‘rida o‘tkazish, daryo va ko‘llar bo‘yida sayr qilish, shinam mehmonxona yoki mehmon uylarida tunash mumkin. Shuningdek, milliy taomlardan bahramand bo‘lish va mahalliy xalq amaliy san’ati ustalarining ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.
Qishloq hayoti va O‘zbekiston tabiatini yangicha nigoh bilan kashf etishni istaganlar uchun bu yerda agroturizm majmualari hamda ijodiy maskanlar ham faoliyat yuritadi.
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🤩
Youtube
💬
Whatsapp