Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA

uzbeknur_korea
Hammasi 🇰🇷 Koreya haqida 🔹 Koreya va O'zbekiston misolida tahlillar, takliflar 🔹 Koreya va koreys tili haqida ma'lumotlar, tahlillar 🔹 Sayohat joylari 🔹 Foydali maslahatlar, tajribalar
Subscribers
1 368
24 hours
-2
30 days
-20
Post views
1 113
ER
81,36%
Posts (30d)
1
Characters in post
962
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
September 28, 01:56

⚠️
OGOHLANTIRISH: "Bank kartasi borlarga pullik ish" — bu firibgarlik
So'nggi kunlarda Koreyadagi Telegram guruhlarda shu kabi xabarlar ko'payib qoldi:
«Bank kartasi borlarga pullik ish bor, ma'lumot uchun shaxsiyga yozing»
Koreyada uzoq yashab kelayotganlar bu nimaligini yaxshi bilishadi. Ushbu ogohlantirish —
Koreyaga yaqinda kelganlar va kelish niyatida yurganlar uchun
.
━━━━━━━━━━━━━━
❗️
ASLIDA BU NIMA?
━━━━━━━━━━━━━━
Bu —
voice phishing
(보이스피싱) deb ataladigan jinoiy sxemaning bir qismi. Firibgarlar aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan pullarni
aynan sizning kartangiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz orqali
naqdlashtirishadi.
Maqsad oddiy: pul harakati sizning nomingizga yozilsin, tergov boshlanganda esa politsiya oldida
siz
turing. Ularning o'zlari esa soyada qolib ketadi.
━━━━━━━━━━━━━━
🔁
JARAYON QANDAY KECHADI?
━━━━━━━━━━━━━━
1️⃣
Sizning Koreya bank kartangizga katta miqdorda pul tushadi
2️⃣
Sizdan o'sha pulni bankomatdan naqdlashtirish so'raladi
3️⃣
Kichik bir qismini "ish haqi" sifatida o'zingizga olib qolasiz
4️⃣
Qolganini aytilgan joyga, aytilgan vaqtda yetkazib berasiz (kuryerlik)
Siz ularni tanimaysiz, ular sizni tanimaydi. Hammasi Telegram orqali, yuzma-yuz ko'rishmasdan.
Lekin yakunda pulni
qabul qilgan
,
naqdlashtirgan
va
tashib bergan
kishi — siz bo'lasiz. Bank yozuvlari, bankomat kameralari va telefon raqami — barchasi sizni ko'rsatadi.
━━━━━━━━━━━━━━
⚖️
OQIBATI
━━━━━━━━━━━━━━
"Men bilmagan edim" degan gap bu yerda himoya bo'lmaydi. Koreya qonunchiligida bu harakatlar jinoiy javobgarlikka tortilish uchun yetarli hisoblanadi:
▪️
Katta miqdorda jarima
▪️
Bank hisoblarining bloklanishi
▪️
Deportatsiya va qayta kirish ta'qiqi
▪️
Og'ir holatlarda - qamoq jazosi
Ayni shu ish ortidan yuzlab vatandoshlarimiz — ko'pincha Koreyaga endi kelgan yosh talabalar — jabr ko'rib qolishmoqda. So'nggi paytlarda bunday holatlar sezilarli ko'payib ham qoldi.
━━━━━━━━━━━━━━
✅
NIMA QILISH KERAK?
━━━━━━━━━━━━━━
▪️
Bunday e'lonlarga
umuman javob yozmang
. Qiziqish uchun ham yozmang
▪️
Kartangizni, hisob ma'lumotlaringizni va ID karta rasmini hech kimga bermang
▪️
Bunday xabarni guruhda ko'rsangiz — admin-larga xabar bering
▪️
Yangi kelgan tanish-bilishlaringizni ham ogohlantirib qo'ying
Agar allaqachon aralashib qolgan bo'lsangiz:
darhol to'xtang, pulga teginmang va o'zingiz politsiyaga murojaat qiling —
112
. Yashirish emas, aksincha o'zingiz kelib aytganingiz holatni yengillashtiradi.
━━━━━━━━━━━━━━
🚫
Unutmang:
tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.
📬
Ushbu xabarni yaqinda Koreyaga kelgan yurtdoshlaringizga yetkazing — bir ogohlantirish kimningdir taqdirini saqlab qolishi mumkin.

September 26, 01:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Koreyadagi Chusok bayrami davomida ham ish faoliyatini olib boradigan tibbiy muassasa va dorixonalar ro’yxati
🏥
Hozirgina ko’rib qoldim bu haqida telefonlarga shunday xabar kelgan ekan.
Agar hozirda Koreyada davom etayotgan Chusok ta’tili davomida kimgadir kasalxona yoki dorixona kerak bo’lsa, 응급의료포털 (e-gen) sahifasi orqali aniqlashtirish mumkin ekan.
🇺🇿
🇰🇷
@uzbeknur_korea

September 22, 04:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇰🇷
Koreyada xorijiy talabalar: noqonuniy ishlash uchun jarimalar bir yilda 50 foizdan ortiq oshdi(O‘zbekiston konsalting kompaniyasining Telegram reklamasi ham maqolaga kiritilgan)
Koreyaning
Segye Ilbo (세계일보)
gazetasi Koreyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar, ularning ishlashi hamda xorijda faoliyat yuritayotgan o‘qishga yuboruvchi konsalting kompaniyalari haqida maxsus surishtiruv maqolasini e’lon qildi.
📌
Noqonuniy ishlash bilan bog‘liq jarimalar oshgan
Koreya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, D-2 (talaba) va D-4 (til kursi va boshqa ta’lim) vizalari bilan Koreyada bo‘lib, ishlash qoidalarini buzgan xorijiy talabalarga qo‘llangan jarimalar miqdori 2024-yildagi
2 milliard 969 million vondan
2025-yilda
4 milliard 467 million vonga
yetgan.
Bu bir yil ichida
50,4 foizga o‘sish
degani.
📌
O‘zbekiston konsalting kompaniyasining Telegram reklamasi ham maqolaga kiritilgan
Segye Ilbo maqolasida O‘zbekistondagi
“Dream International Consulting”
nomli o‘qishga yuboruvchi kompaniyaning Telegram’dagi reklama posti ham alohida misol sifatida keltirilgan.
Gazeta e’lon qilgan surat izohiga ko‘ra, ushbu kompaniya Koreyaning Yangju shahridagi
Seojeong University (서정대학교)ni tanishtirib:
“Seuldan atigi 1 soat, haftasiga faqat 1–2 kun dars”
mazmunida reklama qilgan.
Gazeta aynan shunday — dars kunlari kamligini afzallik sifatida ko‘rsatib talabalarni jalb qilish usuliga e’tibor qaratgan.
Maqolada faqat O‘zbekiston emas, Vetnamdagi o‘qishga yuboruvchi kompaniyalarning reklamalari ham misol sifatida keltirilgan. Ayrim reklamalarda haftasiga 1–2 kun darsga qatnab, qolgan vaqtda ishlash mumkinligi ta’kidlangan.
📌
Talaba vizasi bilan ishlashning o‘zi noqonuniy emas
Maqolada muhim bir jihat ham alohida tushuntirilgan: D-2 yoki D-4 vizasidagi talabaning Koreyada ishlashi avtomatik ravishda noqonuniy hisoblanmaydi.
Talaba belgilangan talablarni bajarsa va oldindan
체류자격 외 활동허가 — o‘qish vizasidan tashqari faoliyat uchun ruxsat
olsa, qonuniy ravishda part-time ishlashi mumkin.
📰
Manba: Segye Ilbo (세계일보)

September 14, 13:52
Media unavailable
7
Show in Telegram

🇺🇿
🇰🇷
Koreya Respublikasida davlat tashrifi bilan bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi prezidenti ishtirokidagi oliy darajadagi uchrashuvlar davomida ko’rilgan masalalar ko’lami
@uzbeknur_korea

September 03, 02:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ikki soatga immigratsiya idoralarini aylanib, bevosita ish jarayonlari bilan tanishib kelishga nima deysiz?
🔝
Quyidagi immigratsiya idoralariga: 부산출입국·외국인청 : 11월 12일(수) 14:00~16:00, 15명 - 광주출입국·외국인사무소 : 11월 13일(목) 14:00~16:00, 10명 - 대전출입국·외국인사무소 : 11월 19일(수)…

August 29, 14:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎤
Murojaat xati bo'yicha jonli suhbat
Koreyadagi yurtdoshlarimizning hayotini yana ham yaxshilash, yillar davomida qayta-qayta duch kelinaveradigan muammolarga tizimli yechim berish tashabbusi bo'yicha bir guruh faollar harakat qilishdi.
Buning uchun avval fikr va takliflar qabul qilindi, o'rganildi va tahlil qilinib, Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiylari ajratib olindi.
Muammo va takliflar keng yoritilib, asoslantirilib, katta
rasmiy murojaat xati
ko'rinishiga keltirildi va bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan Koreyadagi yurtdoshlarimiz nomidan tegishli davlat tashkilotlariga yuborildi.
Mana shu tashabbus bo'yicha 2026.08.30 (yakshanba) kuni onlayn jonli suhbat o'tkazishni rejaladik.
👉
Jonli suhbat qayerda bo'ladi?
https://t.me/SalomKoreya?videochat
Telegram guruhida.
-
Qachon bo'ladi?
2026.08.30 (yakshanba) kuni Koreyada vaqti bilan soat 22:00 da.
Hamma faollarni taklif qilib qolamiz.

August 22, 12:16

Assalomu alaykum!
Sukut bu rozilik emas.
Lekin sukut bu boshqalarga:
"Mening muammoim yo'q"
degani.
Aslida esa muammolar bor va ko'p!
Koreyada, 1345 xizmatida, har safar immigratsiyaga borganingizda vizada, hujjatlarda, sug'urtada, oilani chaqirishda, yosh onalar va farzandlarida va h.k.
🔸
Bir guruh faollar jam bo'lib, muammolarni o'rgandik, fikr va
takliflarni yig'dik
,
🔸
Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiy masalalarni bir joyga to'pladik.
🔸
Tartibladik, tahlil qilib, rasmiy murojaat xati shakliga keltirdik.
🔥
Endi bir narsa qoldi: sizning imzoingiz va qo'llab-quvvatlashingiz.
🤐
Bir imzo untiladi.
✍️
Ming imzo talabga aylanadi.
✊
O'n minglab imzo Koreya davlat tashkilotlarini harakatga keltiradi.
"Koreya+Markaziy Osiyo"
sammiti yaqinlashmoqda. Vaqt kam qoldi.
Ushbu postga ilova qilgan xat (pdf fayl)ni o'qib chiqing. Qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi bot orqali imzo qo'ying:
➡️
https://t.me/birdamlikbot
⬅️
Imzolarni 23-avgustgacha yig'amiz. Keyin xatni yuboramiz.
Koreyadagilarga ulashing. Maksimal repost qiling.
🙌
Bu safar sukut qilmang!
#koreyadagilar
#tarqating
#muhim
#birdamlik
—————

June 10, 10:40
Media unavailable
6
Show in Telegram

Chet elda o‘qib qaytganlar ko‘pincha o‘z yurtining iqtisodiy sakrashida muhim rol o‘ynagan.
Koreyslar AQSH va Germaniyada o‘qib, qaytgach zamonaviy sanoat poydevorini qo‘yishdi. Chililik yoshlar Chicago’da iqtisodiy nazariyani o‘rganib, keyinchalik “Chicago Boys” sifatida butun Lotin Amerikasi iqtisodiy siyosatiga ta’sir ko‘rsatgan. Hindistonda ham shunga o‘xshash jarayon bo‘lgan: Apple, Google, Microsoft kabi kompaniyalarda tajriba orttirgan hind mutaxassislari qaytib, Bangalorni “Hindistonning Silicon Valley”siga aylantirishda katta rol o‘ynashgan.
Shuning uchun Koreyada o‘qiyotgan o‘zbek yoshlaridan umidimiz katta
(?)
Lekin yaqindagi safarim taassurotlaridan va kelayotgan xabarlarni tahlil qilsam, bir haqiqat ko‘rinadi: ayrim yoshlarimiz hali ham vaqtini asosiy narsaga emas, ikkinchi darajali narsalarga sarflayaptilar. Shuning uchun ba'zi kichik va amaliy maslahatlar ulashgim keldi.
@v_turakulov

March 21, 00:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌙
✨
Barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Alloh tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin
🤲
Har bir xonadonga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin.
Hayitingiz muborak bo‘lsin!
🌙
✨
@uzbeknur_korea

March 19, 12:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
Janubiy Koreyada 2026-yilning Ramazon Hayiti 21-mart (shanba) kuni
Koreya Musulmonlari Federatsiyasi (KMF)ning rasmiy xabariga ko'ra Koreyada
2026-yilning Ramazon Hayiti 21-mart (shanba) kuni
, deb e'lon qilindi.
Manba:
[LINK]
KMF: 02-793-6908.
🔸
Koreyada
bu yil
uchun fitr sadaqasi (fitr zakoti) har biri kishiga
kamida 9,000 von.
(Fitrni Hayit namozigacha beriladi)
Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin, azizlar!
🎉
✨
—————————
🔸
Hayit namozini o'qish tartibi:
[VIDEO]
(Bu video pandemiya paytida yozilgani uchun orada masofa saqlangan)
🔸
Koreyadagi masjid va musallalarni topish uchun mobil dastur:
[LINK]
🔸
Koreyada masjidlar manzilini topishning oson yo'li:
[LINK]
(borishdan oldin tekshirib oling)
📱
KakaoMapdagi manzillar jamlamasi:
[LINK]
#HayitQachon
#KoreyadaHayit
#KoreyadaHayitQachon
—————————
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉
t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉
t.me/SalomKoreya
Koreyadagi startapchilarga:
👉
t.me/OasisStartup