
UZBEKNUR π°π· KOREA
β οΈ
OGOHLANTIRISH: "Bank kartasi borlarga pullik ish" β bu firibgarlik
So'nggi kunlarda Koreyadagi Telegram guruhlarda shu kabi xabarlar ko'payib qoldi:
Β«Bank kartasi borlarga pullik ish bor, ma'lumot uchun shaxsiyga yozingΒ»
Koreyada uzoq yashab kelayotganlar bu nimaligini yaxshi bilishadi. Ushbu ogohlantirish β
Koreyaga yaqinda kelganlar va kelish niyatida yurganlar uchun
.
ββββββββββββββ
βοΈ
ASLIDA BU NIMA?
ββββββββββββββ
Bu β
voice phishing
(보μ΄μ€νΌμ±) deb ataladigan jinoiy sxemaning bir qismi. Firibgarlar aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan pullarni
aynan sizning kartangiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz orqali
naqdlashtirishadi.
Maqsad oddiy: pul harakati sizning nomingizga yozilsin, tergov boshlanganda esa politsiya oldida
siz
turing. Ularning o'zlari esa soyada qolib ketadi.
ββββββββββββββ
π
JARAYON QANDAY KECHADI?
ββββββββββββββ
1οΈβ£
Sizning Koreya bank kartangizga katta miqdorda pul tushadi
2οΈβ£
Sizdan o'sha pulni bankomatdan naqdlashtirish so'raladi
3οΈβ£
Kichik bir qismini "ish haqi" sifatida o'zingizga olib qolasiz
4οΈβ£
Qolganini aytilgan joyga, aytilgan vaqtda yetkazib berasiz (kuryerlik)
Siz ularni tanimaysiz, ular sizni tanimaydi. Hammasi Telegram orqali, yuzma-yuz ko'rishmasdan.
Lekin yakunda pulni
qabul qilgan
,
naqdlashtirgan
va
tashib bergan
kishi β siz bo'lasiz. Bank yozuvlari, bankomat kameralari va telefon raqami β barchasi sizni ko'rsatadi.
ββββββββββββββ
βοΈ
OQIBATI
ββββββββββββββ
"Men bilmagan edim" degan gap bu yerda himoya bo'lmaydi. Koreya qonunchiligida bu harakatlar jinoiy javobgarlikka tortilish uchun yetarli hisoblanadi:
βͺοΈ
Katta miqdorda jarima
βͺοΈ
Bank hisoblarining bloklanishi
βͺοΈ
Deportatsiya va qayta kirish ta'qiqi
βͺοΈ
Og'ir holatlarda - qamoq jazosi
Ayni shu ish ortidan yuzlab vatandoshlarimiz β ko'pincha Koreyaga endi kelgan yosh talabalar β jabr ko'rib qolishmoqda. So'nggi paytlarda bunday holatlar sezilarli ko'payib ham qoldi.
ββββββββββββββ
β
NIMA QILISH KERAK?
ββββββββββββββ
βͺοΈ
Bunday e'lonlarga
umuman javob yozmang
. Qiziqish uchun ham yozmang
βͺοΈ
Kartangizni, hisob ma'lumotlaringizni va ID karta rasmini hech kimga bermang
βͺοΈ
Bunday xabarni guruhda ko'rsangiz β admin-larga xabar bering
βͺοΈ
Yangi kelgan tanish-bilishlaringizni ham ogohlantirib qo'ying
Agar allaqachon aralashib qolgan bo'lsangiz:
darhol to'xtang, pulga teginmang va o'zingiz politsiyaga murojaat qiling β
112
. Yashirish emas, aksincha o'zingiz kelib aytganingiz holatni yengillashtiradi.
ββββββββββββββ
π«
Unutmang:
tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.
π¬
Ushbu xabarni yaqinda Koreyaga kelgan yurtdoshlaringizga yetkazing β bir ogohlantirish kimningdir taqdirini saqlab qolishi mumkin.
Koreyadagi Chusok bayrami davomida ham ish faoliyatini olib boradigan tibbiy muassasa va dorixonalar roβyxati
π₯
Hozirgina koβrib qoldim bu haqida telefonlarga shunday xabar kelgan ekan.
Agar hozirda Koreyada davom etayotgan Chusok taβtili davomida kimgadir kasalxona yoki dorixona kerak boβlsa, μκΈμλ£ν¬νΈ (e-gen) sahifasi orqali aniqlashtirish mumkin ekan.
πΊπΏ
π°π·
@uzbeknur_korea
π°π·
Koreyada xorijiy talabalar: noqonuniy ishlash uchun jarimalar bir yilda 50 foizdan ortiq oshdi(Oβzbekiston konsalting kompaniyasining Telegram reklamasi ham maqolaga kiritilgan)
Koreyaning
Segye Ilbo (μΈκ³μΌλ³΄)
gazetasi Koreyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar, ularning ishlashi hamda xorijda faoliyat yuritayotgan oβqishga yuboruvchi konsalting kompaniyalari haqida maxsus surishtiruv maqolasini eβlon qildi.
π
Noqonuniy ishlash bilan bogβliq jarimalar oshgan
Koreya Adliya vazirligi maβlumotlariga koβra, D-2 (talaba) va D-4 (til kursi va boshqa taβlim) vizalari bilan Koreyada boβlib, ishlash qoidalarini buzgan xorijiy talabalarga qoβllangan jarimalar miqdori 2024-yildagi
2 milliard 969 million vondan
2025-yilda
4 milliard 467 million vonga
yetgan.
Bu bir yil ichida
50,4 foizga oβsish
degani.
π
Oβzbekiston konsalting kompaniyasining Telegram reklamasi ham maqolaga kiritilgan
Segye Ilbo maqolasida Oβzbekistondagi
βDream International Consultingβ
nomli oβqishga yuboruvchi kompaniyaning Telegramβdagi reklama posti ham alohida misol sifatida keltirilgan.
Gazeta eβlon qilgan surat izohiga koβra, ushbu kompaniya Koreyaning Yangju shahridagi
Seojeong University (μμ λνκ΅)ni tanishtirib:
βSeuldan atigi 1 soat, haftasiga faqat 1β2 kun darsβ
mazmunida reklama qilgan.
Gazeta aynan shunday β dars kunlari kamligini afzallik sifatida koβrsatib talabalarni jalb qilish usuliga eβtibor qaratgan.
Maqolada faqat Oβzbekiston emas, Vetnamdagi oβqishga yuboruvchi kompaniyalarning reklamalari ham misol sifatida keltirilgan. Ayrim reklamalarda haftasiga 1β2 kun darsga qatnab, qolgan vaqtda ishlash mumkinligi taβkidlangan.
π
Talaba vizasi bilan ishlashning oβzi noqonuniy emas
Maqolada muhim bir jihat ham alohida tushuntirilgan: D-2 yoki D-4 vizasidagi talabaning Koreyada ishlashi avtomatik ravishda noqonuniy hisoblanmaydi.
Talaba belgilangan talablarni bajarsa va oldindan
체λ₯μ격 μΈ νλνκ° β oβqish vizasidan tashqari faoliyat uchun ruxsat
olsa, qonuniy ravishda part-time ishlashi mumkin.
π°
Manba: Segye Ilbo (μΈκ³μΌλ³΄)
πΊπΏ
π°π·
Koreya Respublikasida davlat tashrifi bilan boβlib turgan Oβzbekiston Respublikasi prezidenti ishtirokidagi oliy darajadagi uchrashuvlar davomida koβrilgan masalalar koβlami
@uzbeknur_korea
Ikki soatga immigratsiya idoralarini aylanib, bevosita ish jarayonlari bilan tanishib kelishga nima deysiz?
π
Quyidagi immigratsiya idoralariga: λΆμ°μΆμ
κ΅Β·μΈκ΅μΈμ² : 11μ 12μΌ(μ) 14:00~16:00, 15λͺ
- κ΄μ£ΌμΆμ
κ΅Β·μΈκ΅μΈμ¬λ¬΄μ : 11μ 13μΌ(λͺ©) 14:00~16:00, 10λͺ
- λμ μΆμ
κ΅Β·μΈκ΅μΈμ¬λ¬΄μ : 11μ 19μΌ(μ)β¦
π€
Murojaat xati bo'yicha jonli suhbat
Koreyadagi yurtdoshlarimizning hayotini yana ham yaxshilash, yillar davomida qayta-qayta duch kelinaveradigan muammolarga tizimli yechim berish tashabbusi bo'yicha bir guruh faollar harakat qilishdi.
Buning uchun avval fikr va takliflar qabul qilindi, o'rganildi va tahlil qilinib, Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiylari ajratib olindi.
Muammo va takliflar keng yoritilib, asoslantirilib, katta
rasmiy murojaat xati
ko'rinishiga keltirildi va bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan Koreyadagi yurtdoshlarimiz nomidan tegishli davlat tashkilotlariga yuborildi.
Mana shu tashabbus bo'yicha 2026.08.30 (yakshanba) kuni onlayn jonli suhbat o'tkazishni rejaladik.
π
Jonli suhbat qayerda bo'ladi?
https://t.me/SalomKoreya?videochat
Telegram guruhida.
-
Qachon bo'ladi?
2026.08.30 (yakshanba) kuni Koreyada vaqti bilan soat 22:00 da.
Hamma faollarni taklif qilib qolamiz.
Assalomu alaykum!
Sukut bu rozilik emas.
Lekin sukut bu boshqalarga:
"Mening muammoim yo'q"
degani.
Aslida esa muammolar bor va ko'p!
Koreyada, 1345 xizmatida, har safar immigratsiyaga borganingizda vizada, hujjatlarda, sug'urtada, oilani chaqirishda, yosh onalar va farzandlarida va h.k.
πΈ
Bir guruh faollar jam bo'lib, muammolarni o'rgandik, fikr va
takliflarni yig'dik
,
πΈ
Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiy masalalarni bir joyga to'pladik.
πΈ
Tartibladik, tahlil qilib, rasmiy murojaat xati shakliga keltirdik.
π₯
Endi bir narsa qoldi: sizning imzoingiz va qo'llab-quvvatlashingiz.
π€
Bir imzo untiladi.
βοΈ
Ming imzo talabga aylanadi.
β
O'n minglab imzo Koreya davlat tashkilotlarini harakatga keltiradi.
"Koreya+Markaziy Osiyo"
sammiti yaqinlashmoqda. Vaqt kam qoldi.
Ushbu postga ilova qilgan xat (pdf fayl)ni o'qib chiqing. Qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi bot orqali imzo qo'ying:
β‘οΈ
https://t.me/birdamlikbot
β¬
οΈ
Imzolarni 23-avgustgacha yig'amiz. Keyin xatni yuboramiz.
Koreyadagilarga ulashing. Maksimal repost qiling.
π
Bu safar sukut qilmang!
#koreyadagilar
#tarqating
#muhim
#birdamlik
βββββ
Chet elda oβqib qaytganlar koβpincha oβz yurtining iqtisodiy sakrashida muhim rol oβynagan.
Koreyslar AQSH va Germaniyada oβqib, qaytgach zamonaviy sanoat poydevorini qoβyishdi. Chililik yoshlar Chicagoβda iqtisodiy nazariyani oβrganib, keyinchalik βChicago Boysβ sifatida butun Lotin Amerikasi iqtisodiy siyosatiga taβsir koβrsatgan. Hindistonda ham shunga oβxshash jarayon boβlgan: Apple, Google, Microsoft kabi kompaniyalarda tajriba orttirgan hind mutaxassislari qaytib, Bangalorni βHindistonning Silicon Valleyβsiga aylantirishda katta rol oβynashgan.
Shuning uchun Koreyada oβqiyotgan oβzbek yoshlaridan umidimiz katta
(?)
Lekin yaqindagi safarim taassurotlaridan va kelayotgan xabarlarni tahlil qilsam, bir haqiqat koβrinadi: ayrim yoshlarimiz hali ham vaqtini asosiy narsaga emas, ikkinchi darajali narsalarga sarflayaptilar. Shuning uchun ba'zi kichik va amaliy maslahatlar ulashgim keldi.
@v_turakulov
π
β¨
Barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Alloh tutgan roβzalaringizni, qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin
π€²
Har bir xonadonga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin.
Hayitingiz muborak boβlsin!
π
β¨
@uzbeknur_korea
π£
Janubiy Koreyada 2026-yilning Ramazon Hayiti 21-mart (shanba) kuni
Koreya Musulmonlari Federatsiyasi (KMF)ning rasmiy xabariga ko'ra Koreyada
2026-yilning Ramazon Hayiti 21-mart (shanba) kuni
, deb e'lon qilindi.
Manba:
[LINK]
KMF: 02-793-6908.
πΈ
Koreyada
bu yil
uchun fitr sadaqasi (fitr zakoti) har biri kishiga
kamida 9,000 von.
(Fitrni Hayit namozigacha beriladi)
Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin, azizlar!
π
β¨
βββββββββ
πΈ
Hayit namozini o'qish tartibi:
[VIDEO]
(Bu video pandemiya paytida yozilgani uchun orada masofa saqlangan)
πΈ
Koreyadagi masjid va musallalarni topish uchun mobil dastur:
[LINK]
πΈ
Koreyada masjidlar manzilini topishning oson yo'li:
[LINK]
(borishdan oldin tekshirib oling)
π±
KakaoMapdagi manzillar jamlamasi:
[LINK]
#HayitQachon
#KoreyadaHayit
#KoreyadaHayitQachon
βββββββββ
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
π
t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
π
t.me/SalomKoreya
Koreyadagi startapchilarga:
π
t.me/OasisStartup