Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Uzbekonomics

uzbekonomics
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Substack: https://botir.substack.com/ Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Aloqa: @econ_feedback_bot
Subscribers
20 200
24 hours
20
30 days
77
Post views
6 821
ER
33,77%
Posts (30d)
32
Characters in post
869
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 26, 16:10

Moliyaviy hisobotlarni o'qishni bilish nega muhim?
Bugun dunyo bo'ylab minglab investorlar, tahlilchilar, jurnalistlar va boshqa qiziquvchilar
IPO qilayotgan
Anthropicning S-1 formasini, moliyaviy hisobotlarini o'qib, kompaniyaning asl moliyaviy ahvolini tushunishga harakat qilishmoqda. Nafaqat Anthropic biznesini, balki butun sun'iy intellekt sanoatining iqtisodiyoti qanday ishlayotganini tushunishga harakat qilishmoqda.
Anthropic qancha daromad topmoqda? Daromadi qanchalik tez o‘smoqda? Xarajatlari o'zi qancha? Foyda ko'ryaptimi yoki zarardami? Qancha naqd pul sarflayapti va cash flow qanday? Biznes modeli uzoq muddatda qanchalik barqaror? Kompaniya qanday moliyaviy xatarlarga duch kelmoqda?
Bu savollarga javob topish uchun kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini- balans, foyda va zararlar hamda pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni o'qish va tushunishni bilish kerak.
Ko'pchilik o'ylagandek buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tushunish faqat buxgalter yoki auditorlar uchun zarur bilim emas. Bu investor, tadbirkor, iqtisodchi, jurnalist va umuman biznes olamida nima sodir bo'layotganini tushunmoqchi bo'lgan har bir inson uchun muhim ko'nikma.
Xullas, kompaniyalarning kelajagi haqida balandparvoz va'dalar, katta prognozlar va shov-shuvli yangiliklar ko'p bo'ladi. Ammo biznes ortidagi haqiqiy iqtisodiyotni, oshxonasini tushunish uchun moliyaviy hisobotlarni o'qiy va tahlil qila olish kerak.
https://www.sec.gov/Archives/edgar/data/2130357/000162828026067168/anthropicpbc-sx1.htm
@uzbekonomics

October 26, 15:29

Anthropic kompaniyasi o'z aksiyalarini fond birjasida ommaviy savdoga chiqarish (IPO) uchun AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) rasmiy hujjat topshiribdi. Bu kompaniyaning aksiyalarini keng jamoatchilikka sotish yo'lidagi dastlabki rasmiy qadamlardan biri.
https://www.ft.com/content/4b2b9c0e-adfb-4362-800f-950f5b905984?syn-25a6b1a6=1
Qizig'i, korxonaning S-1 formasida “biz insoniyatning yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'lishimiz mumkin” deyishibdi.
Menimcha, bunday risk faktorni tilga olgan birinchi IPO qilayotgan korxona bo'lsa kerak.
@uzbekonomics

October 25, 14:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nazarboyev Universiteti
Astanadagi Nazarboyev Universitetida seminar berish nasib qildi. Bu universitet haqida ko‘p eshitgan edim. Ko‘plab do‘stlarim u yerda ishlagan yoki doktorantura qilgan, bittasi esa qisqa muddat professor ham bo‘lgan. Lekin qanday dargoh ekanini o‘zim borib ko‘rgandagina chinakam tasavvur qildim.
Avvalo, universitet juda katta. Ko‘p kampuslarda bo‘lganman, ammo bunday bahaybat binolarni (aeroportdek) kam ko‘rganman. Binolarning deyarli barchasi bir-biriga ulangan. Kampus falsafasi menga Singapurdagi Nanyang texnologiya universitetini biroz eslatdi. Bu yerda tibbiyot klasteri (tibbiyot markazi, fakulteti va shifoxonasi - u ham alohida bir shaharcha ekan) haqida emas, asosiy kampus haqida gapiryapman. Maydoni 200 gektarga yaqin, talabalarning deyarli hammasi kampusda yashaydi. Kutubxonalardan tortib sport inshootlarigacha, sharoitlar, takror aytaman, dunyo darajasida.
Biroq meni hayratga solgan narsa binolar emas, odamlar bo‘ldi. Bu yerda o‘ta yuqori malakali professor va tadqiqotchilar ishlar ekan. Dunyoning deyarli barcha burchagidan kelgan yuzlab postdok va professorlar bor. Ijtimoiy fanlar fakultetiga domlalarni jalb qilishda Viskonsin universiteti, biznes maktabiga esa Dyuk universiteti yordam bergan. Ya’ni biznes maktabiga ishga olinayotgan professorlar suhbat uchun Shimoliy Karolinaga, Dyukka borishgan.
Universitet qurish o‘ta qiyin va qimmat ish, chunki universitet binolardan emas, odamlardan, ya’ni olimlardan tashkil topadi. Olimlarni olib kelish oson emas. Shu sababli yangi universitetni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish kamdan-kam mamlakatga nasib etadi. Nazarboyev Universiteti buni uddaladi desak bo‘ladi, chunki olimlarining sifati xalqaro miqyosda raqobatbardosh.
Talabalar sifati ham juda yuqori ekan. Domlalarning aytishicha, talabalarning aksariyati bepul grant asosida o‘qishga kirgan o‘ta tirishqoq, iste’dodli va mehnatkash yoshlar. Ko‘p joylarda domlalar o‘z talabalari haqida bunday gapirmaydi.
Seminarim biznes maktabida bo‘ldi. Ularda iqtisodiyot va biznes maktabi birlashtirilgan ekan, shuning uchun ko‘plab iqtisodchilar ham keldi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyadan ekan. Bir paytlar Botir aka bilan podkastda Rossiyadan olimlarni O‘zbekiston universitetlariga jalb qilish kerak, deb gaplashgan edik. Nazarboyev Universiteti buni amalda qilibdi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, universitetning davlat byudjetidan oladigan yillik mablag‘i taxminan 100 million dollar. 12 yil oldin bu raqam 300 million dollar atrofida bo‘lgan. Katta ehtimol bilan kapital investitsiyalar yakunlanib, hozir asosan operatsion xarajatlar qolgan.
Albatta, muammolar hali ko‘p. To‘liq tenure tizimi hanuz joriy etilmagan, ya’ni professorlar muddatli kontraktlarda ishlaydi. Bu olimlar uchun noqulay, garchi universitet amalda kontraktlarni uzaytirib kelayotgan bo‘lsa-da. Turli korrupsiya mojarolari haqida ham gaplar ko‘p. Lekin umumlashtirib aytmoqchimanki, mintaqamizda bunday ulkan loyiha hali bo‘lmagan. Markaziy Osiyoda ilm-fan markazining barpo etilishi mutlaqo yangi hodisa.
Universitet rahbariyati bilan suhbatda bildimki, Yangi O‘zbekiston Universitetidan ular bilan bog‘lanishgan va bir necha uchrashuvlar ham bo‘lgan ekan. Balki kelajakda, aynan shu darajada bo‘lmasa ham, bizda ham shunday yaxshi universitet paydo bo‘lar. Mamlakatga kuchli universitet o‘ta zarur.
Rostini aytsam, “yuqsin, yuqsin” deb qaytdim. Markaziy Osiyoda bunday dargohning mavjudligi o‘zbekistonliklar uchun ham katta imkoniyat. Balki talabalarimiz u yerga ko‘proq borib o‘qir, domlalarimiz borib fikr almashar. O‘zbekistonning kelajagi uchun shunday universitetlar bo‘lishi va ular bilan yaqin aloqa o‘rnatish juda muhim.

October 24, 02:02

Aytgancha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio yaqinda O'zbekistonga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev va ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuvda AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik, xususan, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi aloqalar haqida gapirar ekan, Dallasdagi Texas universitetini ham alohida tilga olibdi.
Rubio ilg'or ilmiy va texnologik hamkorlikka misol sifatida UT Dallas va Samarqand kvant markazi (Samarkand Quantum Center) o'rtasidagi aloqalarni keltiribdi.
https://www.state.gov/releases/office-of-the-spokesman/2026/10/secretary-of-state-marco-rubio-at-the-u-s-uzbekistan-business-and-investment-council/
Eshitib xursand bo'ldim.
Umid qilamanki, ikki mamlakat universitetlari o'rtasidagi ilmiy hamkorlik, tadbiqotlar bundan keyin ham kengayib boradi.
@uzbekonomics

October 23, 15:17

George Soros degan personajning haqiqiy ismi Elon Musk ekan.
Oraliq saylovlarining o'zida yarim milliard dollar sarflabdi, o'z nomzodlarini saylatish uchun:
https://thehill.com/homenews/campaign/6167594-elon-musk-midterm-spending/
@uzbekonomics

October 22, 17:23

Internet, kiber xavfsizlik masalasi har qachongidan aktual bo'lib qolibdi, ayniqsa bank sohasida.
Bugun ikkita maqolaga ko'zim tushib qoldi. Birinchisi, AQShdagi bir qancha banklar mijozlarning shaxsiy hisoblariga, kabinetlariga AI agent orqali kirishlar va mijoz nomidan undan so'ramasdan qaror qabul qilishga urinishlar ko'paygani haqida xabar
berishmoqda
. Bank of America, Morgan Stanley va Wells Fargo kabi banklarga masalan Metaning Muse va shunga o'xshash agentlar kirayotgani ko'payibdi.
Menimcha, bank/moliya hisoblaringizga turli AI agentlarga "dostup" bermaganingiz ma'qul. Berib kelayotgan bo'lsangiz ham, endi buni iloji bo'lmay qolsa kerak. Banklar bunday agentlarga "dostupni" aniq yopadi.
Menga qachondir "agentic bank run" ko'ramizmi yo'qmi degan savol qiziq.
Ikkinchisi, FTda o'z agentingni bilib ol ma'nosidagi
maqolasi
. Komplayns prinsipi bo'lgan KYC (know your customer) o'rniga endi KYA (know your agent) muhimroq bo'lib qoldi deyilmoqda.
@uzbekonomics

October 21, 14:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

mood

October 19, 17:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dunyoning eng tez o'sayotgan shaharlari Afrikada. Yiliga ikkita Londonga to'g'ri keladigan miqyosda shaharlar o'sayotgan ekan.
Bundan oldin ham bo'lishgan edim, kutilmalarga ko'ra 2050 yilga kelib dunyoda tug'ilishlarning deyarli yarimi Afrikaga to'g'ri kelar ekan.
@uzbekonomics

October 19, 17:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

Financial Timesda Afrika haqida juda qiziq maqola chiqibdi. Unda qit'adagi shiddat bilan o'sayotgan urbanizatsiya haqida gap boradi.
Urbanizatsiya o'sishning muhim omili.
https://www.ft.com/content/5203e527-ebdd-45d2-9019-6c440b4c4e93?syn-25a6b1a6=1
@uzbekonomics

October 15, 05:52

Tobora respublikachilar, amaldagi hokimiyat partiyasi AQShda yaqinda bo'ladigan oraliq saylovlarda Kongressni/Senatni berib qo'yadiganga o'xshaydi.
Asossiz urushlar/tariflar natijasida narx-navo oshib ketganini parda bilan yopib bo'lmaydi.
Demak, boshqa fon kerak. Eronga urush yana jadallasharmikan? Qayerdadir qandaydir notinchlik o'rinli tasodif bo'lib qoladigandek.
@uzbekonomics