Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Uzbekonomics

uzbekonomics
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Substack: https://botir.substack.com/ Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Aloqa: @econ_feedback_bot
Подписчики
20 032
24 часа
9
30 дней
-177
Просмотры
5 459
ER
27,25%
Посты (30д)
28
Символов в посте
618
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
September 11, 16:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

The Wall Street Journal
ning bugungi muqovasi.
25 yil bo'libdi. Dunyo shu kuni butunlay o'zgarib ketgan edi. Esimda, shu onda ko'chada mahalladagi bolalar bilan futbol o'ynab yurgan edim,
"uyga kir, urush boshlandi"
degan gapni o'zgacha ohangda eshitiboq uyga kirganim va jonli efirda barchasini tik turib ko'rganim esimda.
@uzbekonomics

September 11, 05:38

Oqibatlardan biri: ch va sh harfi bor ismlarni qo'yish kamayadi. Maslahatim ham shu, lekin uzoqni o'ylagan ota-onalar farzandlariga bunday harfi bor ismlarni qo'yishdan tiyilishsa kerak endi. Kimdir uni dum bilan yozadi, kimdir dumsiz, tinchgina bu muammo…

September 11, 02:31

Hurmatli do‘stlar,
Sizni, do'stimiz, Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin.
Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin:
🔗
https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_7W1RJf0oo4jY6UK
Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.

September 10, 14:49

Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.
Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.
Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi.
Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi.
Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar.
Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos.
@uzbekonomics

September 10, 13:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oqibatlardan biri:
ch
va
sh
harfi bor ismlarni qo'yish kamayadi. Maslahatim ham shu, lekin uzoqni o'ylagan ota-onalar farzandlariga bunday harfi bor ismlarni qo'yishdan tiyilishsa kerak endi. Kimdir uni dum bilan yozadi, kimdir dumsiz, tinchgina bu muammo bilan to'qnashmasin farzandimiz deyishadi.
@uzbekonomics

September 10, 13:11

De-fakto uchta alifboli o'zbek tiliga ega bo'lganimiz va uchta yozuvda yozadigan avlodlarga bo'linganimiz bilan tabriklayman.
Umrimiz davomida alifbo yana qachonlardir yana va yana o'zgartirilishini ko'rishga yo'l ochilibdi.
@uzbekonomics

September 10, 05:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Didox — endi
korporativ karta
bilan
💳
Buyurtmalar, limitlar va xarajatlar hisobi — barchasi Didox kabinetida.
1️⃣
Korporativ kartani onlayn buyurtma qilasiz
2️⃣
Summa, muddat va xarajat turi boʻyicha limit qoʻyasiz
3️⃣
Cheklar Didox va 1C ga oʻzi tushadi, soliqqa bitta tugma bilan yuboriladi
4️⃣
Avans hisoboti oʻzi toʻldiriladi
Karta hisobraqami onlayn ochiladi, uni istalgan bankdagi hisob-raqamingizdan toʻldirsangiz bo'ladi.
Birinchi oy bepul, keyin tranzaksiyalar summasidan 0,5%.
👉
Batafsil
Reklama

September 09, 02:58

​​
Bugungi kun yangiliklari:
OpenAI olimlari: biz eng qiyin matematik masalani
yechdik
.
Anthropic olimlari: AI butun insoniyatni keyingi 10 yil ichida o'ldirishiga
ishonamiz
.
Odamlar: ahmoqona urushlarni to'xtating, odamlar o'lmasin, narxlar tushsin...
AQSh hukumati esa: navbatdagi ko'l va bo'g'ozning nomini
o'zgartiramiz
.
@uzbekonomics

September 08, 19:47

​​
Matematik Tristan Buckmasterning aytishicha, o'zining Codex bilan muloqotlarida uni ishlatib Navier-Stokes masalasini yechishga yaqinlashganda OpenAI uning shaxsiy yozishmalari/ma'lumotlari bilib olib kashfiyotni oxirgi marragacha yetkazib qo'ygan, ya'ni o'g'irlagan deb ayblamoqda.
Ya'ni, inson kashfiyotga yaqinlashganda, katta texnologiya korxona ham "tasodifan" bir paytda uni yechibdi. Albatta, ularda hisoblash imkoniyati ancha katta.
Tafsilotlarni yangi Netflix hujjatli filmidan yoki Dvarkeshning yangi postidan bilib olsak kerak.
Xullas, qanday qilib shundan keyin odamlar Codex, Claude Code ga ishonishi kerak degan savol aktual. Yozishma va sessiyalar faqat lokal saqlanadi, training uchun ishlatilmaydi deyilsa ham, agar siz qandaydir kashfiyot ustida ishlayotgan bo'lsangiz, Anthropic, OpenAI va Alphabet sizning yozishmalaringiz, va progressingizni kuzatib turadigandek. Balki bu bir tarafdan ham ijobiydir? Yechimga yaqinlashgan, lekin yarim yo'lda qolib ketgan, draftda qolib ketgan masalalarni katta texnologiya korxonalari davom ettirib qo'yadi. Masala chatlar/sessiyalar mutlaqo yopiq emasligida.
Shu bilan birga, agar siz tadqiqotchi-olim sifatida shunday kashfiyot yoki masala ustida ishlayotgan yoki ishlamoqchi bo'lsangiz, u korxonalarda yoki ular bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashingiz kerak.
@uzbekonomics

September 08, 19:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Navier Stokes masalasi yechilish bo'sag'asida bo'lishi mumkin deyishmoqda.