Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Uzcars.uz

uzcars_uzb
O'zbekiston va dunyoning avtomobil yangiliklari Barcha savollar bo’yicha — @uzcars_connect Reklama va hamkorlik: 77 151 50 00
Subscribers
1 698
24 hours
-1
30 days
-24
Post views
246
ER
14,49%
Posts (30d)
15
Characters in post
775
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Motors
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 10, 13:04
Media unavailable
8
Show in Telegram

UzAuto Motors yangi gibrid Chevrolet sotuvini boshladi
UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Equinox PHEV gibrid krossoverining sotuvini boshladi. Bu Chevrolet brendining O‘zbekiston bozoridagi birinchi PHEV modeli bo‘ldi.
Avtomobil Activ 80KM va Activ 120KM komplektatsiyalarida taklif etiladi. U tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlanadi va kundalik safarlarning katta qismini faqat elektr tortishda amalga oshirish imkonini beradi.
Activ 80KM versiyasi elektr tortishda 80 km gacha, Activ 120KM esa 120 km gacha masofani bosib o‘tadi. Batareya to‘liq quvvatlangan va yonilg‘i baki to‘la bo‘lganda, umumiy yurish masofasi 1000 km dan oshadi.
Equinox PHEV 1,5 litrli turbo benzinli dvigatel, 188 ot kuchiga ega elektromotor va 2 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasi bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi komplektatsiyaga qarab 17 yoki 24 kVt·soatni tashkil etadi.
Krossover adaptiv kruiz-kontrol, avtomatik favqulodda tormozlash, qatorda ushlab turish tizimi, ko‘r nuqtalarni nazorat qilish, 360° kamera va oltita xavfsizlik yostig‘i bilan jihozlangan. Salonda esa 11 dyuymli raqamli panel va multimedia ekrani, Apple CarPlay, simsiz quvvatlash, panoramali tom hamda old o‘rindiqlarni isitish va shamollatish funksiyalari mavjud.
Tavsiya etilgan narxlar:
• Equinox PHEV Activ 80KM — 463,5 mln so‘m;
• Equinox PHEV Activ 120KM — 478,5 mln so‘m.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

September 08, 14:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

Audi tarixidagi eng tejamkor avtomobilni chiqardi
Audi kompaniyasi to‘liq elektr A2 e-tron modelini taqdim etdi. Yangi elektromobil 100 km masofaga atigi 12,8 kVt·soat energiya sarflaydi — bu Audi tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
A2 e-tron modernizatsiya qilingan MEB+ platformasida yaratilgan. Model orqa motor va orqa uzatmaga ega bo‘lib, dizaynida birinchi avlod A2 g‘oyalari davom ettirilgan.
Avtomobilga 50, 61 va 79 kVt·soat sig‘imli batareyalar o‘rnatiladi. Quvvat versiyaga qarab 170, 190 va 326 ot kuchini tashkil etadi. A2 e-tron bir quvvatda 600 km dan ortiq, eng uzoq masofani bosib o‘tuvchi versiyasi esa 649 km gacha yo‘l bosa oladi.
Yangi modelning sotuvi 2027-yil boshida boshlanadi. Bundan tashqari, elektromobil ikki tomonlama quvvatlash funksiyasiga ega bo‘lib, tashqi qurilmalarni ham quvvatlantira oladi.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

September 07, 06:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toshkentda AI-95 benzini bo‘yicha vaziyat o‘zgardi
Rossiyada AI-95 benzini ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda ushbu turdagi yoqilg‘i mamlakatdagi taxminan 30 foiz AYOQShlarda mavjud. Bu holat O‘zbekistondagi bozorda ham sezilmoqda. Toshkentdagi ayrim, jumladan «Lukoil» va «Tatneft» AYOQShlarida AI-95 benzini bir oydan ortiq vaqt davomida sotuvda yo‘q.
Shu bilan birga, Toshkentda AI-95 narxi Rossiyaga nisbatan sezilarli darajada yuqori. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkentda bir litr AI-95 taxminan $1,70, Moskvada $0,84, Qozog‘istonda esa $0,60–0,67 atrofida turadi. Ya’ni, Toshkentdagi narx Moskva bilan solishtirganda qariyb ikki baravar yuqori.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

September 03, 13:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

BYD Chazor 30 mln so‘mga arzonlashdi
BYD Uzbekistan kompaniyasi BYD Chazor 55 km Luxe UzPride modelini mahalliy ishlab chiqarishni boshladi. Avval ushbu komplektatsiya 288 mln so‘m turgan bo‘lsa, hozir uning narxi 256 mln so‘m etib belgilangan.
Shu tariqa, mahalliy ishlab chiqarilgan Chazor UzPride avvalgi narxiga nisbatan 32 mln so‘mga arzonlashdi.
Hozir model qatorida ikkita komplektatsiya qoldirilgan: 55 km Luxe va 120 km Flagship.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

August 29, 18:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toyota Corolla 60 yillik yubileyini maxsus versiya bilan nishonladi
Toyota Yevropa bozori uchun Corolla 60th Anniversary maxsus versiyasini taqdim etdi. Yubiley avtomobili xetchbek, universal va sedan kuzovlarida taklif qilinadi.
Maxsus Corolla ko‘k metallik kuzov rangi, qora tom, 17 dyuymli yangi disklar va 60th Anniversary logotipiga ega dekorativ elementlar bilan ajralib turadi.
Salon deyarli o‘zgarmagan. Avtomobil 12,3 dyuymli raqamli panel, 10,5 dyuymli multimedia ekrani va yubiley logotipli yangi bezaklarga ega.
Texnik tomondan o‘zgarish yo‘q. Corolla faqat o‘zini o‘zi quvvatlaydigan gibrid tizimlar bilan taklif qilinadi: 1,8 va 2,0 litrli dvigatellar mos ravishda 138 va 176 ot kuchiga ega.
Corolla 1966-yildan beri ishlab chiqariladi. 60 yil ichida model oilasining dunyo bo‘yicha savdolari 57 million donadan oshdi. Yangi avlod Corolla 2027-yilda taqdim etilishi kutilmoqda.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

August 29, 14:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xitoy elektromobillari o‘zini o‘zi quvvatlaydi: Hongqi kuniga 10 kVt·soatgacha energiya beradigan quyosh tizimini ishlab chiqmoqda
Hongqi elektr krossoverning panoramali tomiga perovskit fotoelementlaridan iborat quyosh panelini o‘rnatdi. Hozirgi prototip 300 Vt quvvatga ega bo‘lib, yiliga taxminan 400 kVt·soat energiya ishlab chiqarishi mumkin.
Kelajakda kompaniya panellarni kapot, eshiklar va kuzovning boshqa qismlariga ham joylashtirmoqchi. Ideal sharoitlarda tizim kuniga 10 kVt·soatgacha energiya ishlab chiqarib, avtomobilga 80 km gacha qo‘shimcha yurish imkonini berishi mumkin.
Biroq bu hozirgi prototipning emas, istiqboldagi tizimning ko‘rsatkichi. Haqiqiy samaradorlik ob-havo va quyosh nuri darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy muammo esa perovskit panellarining uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlashdir.

August 25, 11:00
Media unavailable
4
Show in Telegram

O‘zbekistondagi ilk pullik yo‘ldan 35 km masofaga o‘tish 25 ming so‘mdan boshlanadi
Yo‘l Urganch aeroporti va Xivani bog‘laydi.
Mazkur yo‘lda avtomobillar 150 km/soatgacha tezlikda harakatlanishi mumkin. Minimal tezlik esa 40 km/soatni tashkil etadi.
Yo‘l haqini
uzsent.uz
sayti orqali to‘lash mumkin.
Hozircha to‘lov tizimi test rejimida ishlamoqda. SMS-shlyuz hali ulanmaganligi sababli, tasdiqlash kodini so‘ragan barcha telefon raqamlariga bir xil — 666 666 kodi yuborilmoqda.
Yo‘l $120 mln investitsiya hisobiga atigi olti oyda qurib bitkazilgan.
Endi to‘lov tizimi ham yo‘lning o‘zi kabi tez va muammosiz ishlashini kutamiz.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

August 24, 10:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xitoy brendlari O‘zbekistonda yangi avtomobillar bozorining 18 foizini egalladi
2026-yilning yetti oyida Xitoy brendlarining O‘zbekiston yangi avtomobillar bozoridagi ulushi 17,8 foizga yetdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 11,6 foizni tashkil etgan.
O‘sishning asosiy drayveri rasmiy savdo va parallel import orqali kirib kelayotgan Xitoy krossoverlari bo‘ldi.
Bu segment umumiy avtomobil bozoriga qaraganda ancha tez o‘smoqda. Shu bilan birga, yangi avtomobillar bozori umuman olganda pasayishda davom etmoqda.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

August 23, 14:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Cobalt’ni chegirma bilan kreditga olish mumkin
Chevrolet Cobalt Style MCM va Midnight MCM modellari 10–15 mln so‘mgacha chegirma bilan sotilmoqda. Ularning narxi mos ravishda 146,1 mln va 150,2 mln so‘mni tashkil etadi.
Boshlang‘ich to‘lov — 25 foizdan, kredit muddati — 5 yilgacha.
Ammo past oylik to‘lov avtomobilni arzonroq xarid qilasiz degani emas.
Masalan, Cobalt Style MCM uchun 25% boshlang‘ich to‘lov qilib, kreditni 5 yilga olsangiz, yakunda avtomobil sizga qariyb 220 mln so‘mga tushadi. Bu avtomobilning boshlang‘ich narxidan qariyb 1,5 baravar ko‘p.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

August 21, 07:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

O’zbekiston bozorida gibridli Chevrolet Captiva 6 sotilishi mumkin
UzAuto Motors yangi Chevrolet Captiva PHEV’ni O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazish uchun tender
e’lon qilgan
.
Model bo‘yicha rasmiy taqdimot Mustaqillik bayrami arafasida bo‘lishi mumkin.
Captiva PHEV aslida Xitoyda ishlab chiqariladigan Wuling Starlight S asosidagi model bo‘lib, Chevrolet brendi ostida sotiladi.
Hozir O‘zbekistonda uning to‘liq elektr versiyasi taxminan 260 mln so‘m turadi. Meksikadagi Captiva PHEV narxi esa qariyb 420 mln so‘mga teng.
Model 1,5 litrli benzin dvigateli va 150 kVt quvvatli elektromotor bilan jihozlangan. Umumiy yurish zaxirasi 1000 km dan oshadi.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok