Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Uzcars.uz

uzcars_uzb
O'zbekiston va dunyoning avtomobil yangiliklari Barcha savollar bo’yicha — @uzcars_connect Reklama va hamkorlik: 77 151 50 00
Подписчики
1 645
24 часа
-2
30 дней
-34
Просмотры
165
ER
10,03%
Посты (30д)
21
Символов в посте
615
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Автомобили
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 26, 06:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Cadillac eng qimmat Escalade’ni taqdim etdi
Cadillac Escalade-V’ning brendning 125 yilligiga bag‘ishlangan maxsus talqini taqdim etildi. Atigi 252 dona ishlab chiqariladigan SUV $240 ming ga baholangan. Eng qizig‘i, xaridor avtomobil uchun VIN raqamini o‘zi tanlashi mumkin.
Model 6,2 litrli V8 benzin dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 692 ot kuchiga ega. To‘liq uzatma tizimiga ega avtomobil 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erishadi.
Maxsus talqin 24 dyuymli disklar, karbon bezaklar va salondagi ko‘k aksentlar bilan ajralib turadi.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 23, 06:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kia yangi Seltos narxlarini e’lon qildi
Yangi Kia Seltos O‘zbekistonda beshta komplektatsiyada taklif etiladi. Narxlar 350 mln so‘mdan boshlanib, 450 mln so‘mgacha yetadi.
Barcha versiyalar 200 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo dvigatel va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Modelning to‘liq uzatmali versiyasi ham mavjud.
Krossover 100 km/soat tezlikka 8,2 soniyada erishadi. Yoqilg‘i sarfi esa 100 km uchun taxminan 9,2 litrni tashkil etadi.
Kia Seltos gabaritlari:
Uzunligi — 4 460 mm
Kengligi — 1 830 mm
Balandligi — 1 615 mm
G‘ildirak bazasi — 2 690 mm
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 21, 07:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekistonda benzin importi 12 baravar kamaydi
O‘zbekiston aprel oyida 140,5 mln litr benzin import qilgan bo‘lsa, avgustda bu ko‘rsatkich 11,4 mln litrga tushdi. Yetkazib berish hajmi may oyidan boshlab mintaqadagi geosiyosiy vaziyat fonida keskin kamaygan.
Avvalroq Rossiya O‘zbekistonga import qilinadigan benzinning 85–90 foizini yetkazib bergan. Sentabrda import 16,3 mln litrga yetgan bo‘lsa-da, bu aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 8,6 baravar kam.
Import benzini ham qimmatlashdi. Aprelda 1 000 litr benzin $576 ga tushgan bo‘lsa, avgustda narx $995 ga yetdi. Yanvar–avgust oylarida AI-95 benzini narxi 20,7 foizga oshdi.
O‘zbekiston Rossiya benzini o‘rnini qoplash uchun Ozarbayjon, Turkmaniston va Belarusdan yangi yetkazib beruvchilarni izlamoqda. Shu bilan birga, sakkiz oyda mamlakatda benzin ishlab chiqarish 4,6 foizga oshib, 811,3 ming tonnani tashkil etdi.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 20, 07:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkentda Bolgariya benzini paydo bo‘ldi
Toshkentdagi ayrim AYoQShlarda Bolgariyada ishlab chiqarilgan AI-95 benzini litri 19 700 so‘mdan sotilmoqda. Mamlakatdagi yagona neftni qayta ishlash zavodi «Lukoyl» kompaniyasiga tegishli.
Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib berishda yuzaga kelgan uzilishlardan so‘ng, «Lukoyl» O‘zbekistonda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan AI-95 benzinini ham sotishni boshlagan. Uning narxi litri uchun 20 800 so‘mni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, Qozog‘istondagi «Lukoyl» AYoQShlarida AI-95 benzini 329 tenge yoki taxminan 8 750 so‘m, AI-92 esa 255 tenge yoki 6 750 so‘mdan sotilmoqda.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 20, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangi Kia — qulay kredit shartlari bilan
Kia Sonet, Kia K5 yoki Kia Sportage
— qaysi biri sizga mos?
Endi o‘zingizga yoqqan avtomobilni 25% dan boshlang‘ich to‘lov va 60 oygacha kredit muddati bilan xarid qilish imkoniyatidan foydalaning.
Moliyalashtirish shartlari tanlangan komplektatsiya, boshlang‘ich to‘lov miqdori va muddatga qarab o‘zgarishi mumkin.
Telefon: +998555008118
Manzil:
Kia Urgut
(reklama huquqlari asosida)

October 19, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Cobalt savdosi 27 foizga pasaydi
2026 yilning yanvar-sentabr oylarida UzAuto Motors 69 230 dona Chevrolet Cobalt sotdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga kam.
2025 yilning dastlabki 9 oyida xaridorlarga 95 362 dona Cobalt yetkazib berilgan.
Savdolar faqat III chorak oxirida tiklana boshlagan. Avgust va sentabr oylarida ko‘rsatkichlar o‘tgan yilgi darajaga yaqinlashgan. Bunga chegirmalar, foizsiz bo‘lib to‘lash va imtiyozli avtokreditlar sabab bo‘lgan.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 17, 08:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kia Sonet — shahar hayoti uchun qulay krossover
Oylik to‘lov — 1 922 115 so‘mdan.
• Boshlang‘ich to‘lov — 50%;
• Muddat — 52 oy | 0% yillik stavka.
Bepul test-drayvga yoziling va to‘lov jadvalini oling!
Manzil:
Kia Ahmad Donish
Telefon: +998555006886
Shartlar individual hisoblanadi. Sug‘urta majburiy.
(reklama huquqi asosida)

October 16, 05:45
Файлы недоступны
1
6
Открыть в Telegram

Tesla havoda sakraydigan Roadsterni taqdim etdi
Yangi sportkar 2028-yildan seriyali ishlab chiqarilishi kutilmoqda
Tesla kompaniyasi yangi Roadster sportkarini taqdim etdi. Ilon Mask avtomobil tirbandliklar ustidan sakrashi, havoda aylanishi va g‘ildiraklari bilan yerga qo‘nishini ma’lum qildi.
Buning uchun avtomobilda siqilgan gaz texnologiyasi va maxsus ventilyatorlardan foydalanilishi aytilmoqda. Roadster 100 km/soat tezlikka atigi 0,59 soniyada chiqishi, maksimal tezligi esa 370 km/soat bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi Roadsterning seriyali ishlab chiqarilishi 2028-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 16, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

AvtoVAZ $83 mingli poygalar uchun LADA Iskra’ni taqdim etdi
AvtoVAZ $83 ming qiymatidagi poyga sedanini taqdim etdi. Premyera 10-oktabr kuni Moskva Raceway avtodromida korxonaning sport tarixiga bag‘ishlangan festival doirasida bo‘lib o‘tdi.
Avtomobil 218 ot kuchiga ega 1,6 litrli turbomotor bilan jihozlangan. TMS Boost tizimi qisqa vaqt davomida quvvatni 240 ot kuchigacha oshirish imkonini beradi. Dvigatel 6 pog‘onali sekvensial uzatmalar qutisi bilan ishlaydi.
Poygalar uchun sedan xavfsizlik karkasiga ega yengillashtirilgan kuzov, aerodinamik kuzov to‘plami va sozlanadigan amortizatorli kuchaytirilgan osma bilan jihozlangan. Shuningdek, 17 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan.
Poyga versiyasi Lada Iskra Cup monokubogida qatnashadi. Musobaqalarning ilk mavsumini 2027-yilda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok

October 14, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkentda avtobuslar yo‘lagida yurgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda
Farg‘ona yo’li ko’chasida avtobus yo‘laklariga o‘rnatilgan kameralar ishga tushdi. Endi 06:00 dan 23:00 gacha oddiy mashinada «A» yo‘lagiga chiqqan haydovchiga 440 ming so‘m jarima yoziladi.
23:00 dan 06:00 gacha esa bu yo‘laklarda barcha transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan.
Jarimani dastlabki 15 kun ichida to‘lasangiz, 50 foiz chegirma bilan 220 ming so‘m to‘laysiz.
Bunday kameralar Toshkentning boshqa ko‘chalarida ham bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok